Mulla Mubinning falsafasi



Download 25 Kb.
Sana31.12.2021
Hajmi25 Kb.
#208692
Bog'liq
feleton.Mulla Mubin


Mulla Mubinning falsafasi

Nima desangiz ham, aziz zamondoshim, tilg`irom va fayzbog` ajoyib yaratmalar! Ajoyib foydalansangiz, ajiboti ochilaveradi. Dunyoning u chekkasi bilan bu chekkasini bog`lagandan keyin dunyo ajoyiboti shunda-da! Tili shirin tanishlaringni, unutilib ketganlarini ham so`ramasang-da “lo`p” etib chiqarib qo`yaveradi. Bir unutgan birodarlarimizdan maktub( sms xabar) kelibdi. Aytsam ishonmaysiz, bu kim deng? –Mulla Mubin! Sizam taniysiz uni. Dunyoga dong`i ketgan “faylasuf” Mulla Mubin. Qadrli ustozimiz bizga dorulfununning muborak ikkinchi bosqichida falsafadan ta`lim berganlar. “Domillo”ning butun semestr davomida hurmat-izzatllarini joyiga qo`ydik va u kishi ham yuqori hurmat ila biz “bedonalarga” dialekt, qarama-qarshiliklar, sifat o`zgarishlari kabi ancha-muncha nimarsalarni o`rgatganday bo`lgandilar. Imtihonlar yakunida, albatta, mehmonni kuzatganda ko`nglini xushlaganingizdek, Mulla Mubinni ham “minnatdor” qilib yuborganimiz ayon. Kaminadan sal behurmatlik o`tganmi yoinki to`rt qator mashqlarimiz bilan eslarida qolibmizmi saodatli kunlarning birida yod etibdirlar. Samimiy suhbatlarda suhbatdoshimning ilmidan amaliy foydalanish odatim bor. Shu kishi faylasufdirlar, hayotning ma`nosiga boshqacha nazar bilan qaraydirlar, deya dardi hol qilayin dedim. Ul kishining o`z dardi ochilib qoldi. Bu yog`ini qulog`ingizning paxtasini olib eshiting!

Mulla Mubin har daf`a dorulfununga kiraversalar hovlida oppoq to`p bulut paydo bo`larmush. “Ol, qulim” , deganday misqol-misqol etaklariga oltin to`karmush. Mulla Mubin hayratda :bul bandasiga xudoning bergani, deb olaverarmish. Hamkasblariga ham ilinib saxiy domillomiz kelasi daf`a bir yosh hamkasbining oilasiga yordam bo`lar, har holda toza ro`zg`or, deya Mulla Lazizjon bilan dorulfunun hovlisiga birga kirmishlar. Bu yog`i ne bo`ldi deb o`ylaysiz? Mulla Laziz etak-etak oltinni ko`z oldiga keltirib bir ishonib, anovi “Jinlar bazmi”dagiday bir lagan go`ng misoli bir etak axlatni xiyol qilib bir ishonmay , birida yurib, birida yurmay borar emish. Ko`rsinki , kelsa etak-etak oltin berur bulut u yonda tursin, bir etak go`ngdan ham chorak soat o`tmishki darak yo`qmish. Bulutni esa Sulaymonning shamoli uchurib ketgani tayin. Mulla Mubin hayratda emas , hasratda “o`lay agar” deb bir hovuch oltin ko`rsatarmush. Mulla Laziz soxta dermish. Qonot siltab darsxonasiga jo'namish, tinch o'tirolmasmish. So'ng shu kundan Mulla Mubinning iziga tushmish, bildirmay, yashirib, orqama-orqa bormish. Ne ko'z bila ko'rsinki, Mulla Mubinning cho'ntagidan o'lik og'ziga paxtada suv tomizmishday dona-dona oltinlar tushib borarmish. Mulla terib borarmish, har holda ovqatni ko'rmasa-da , yuntisidan uning ta'mini his qilmish kabi 3-4 tillolik bo'libdur. Shu iz bosishlikni har kun kasb qilmish. Endi bu yog'ini Mulla Mubindan eshiting! Mullo : "Bu o`lmagur Lazizning bir gapi bo`lmasin tag`in deya takror-takror yak o`zi kelmish. Qarasaki atrofda kimarsa yo`q, bulut pag`a bo`lib turibdir. Oltinlarni Fayloqusning Doroga yubormish tilla tuxumlariday etakka sochmish. Tekin osh kimga yoqmas! Bulutdan tunovgi ginani unutib Mulla Mubin shod darsga jo`namish. Dars esa doimgiday “hurmat-izzat”da kechmish. Mulla Mubin o`zini tilla hadya qiluvchi bulut musaxxar bo`lmishday tutar. Biroq faylasufmasmi bir yaxshining har yomonini ham o`ylab mag`zini chaqmaydimi? Nega shunday zamonda faqat unga bu tilsim?! O`ylay-o`ylay aqldan ozay deganda tong oqararmish. Ertasi yana shu hol. Tentaknamo bo`lib, qasrlar solib, “Molibu”larni qo`sha olib, shugun tillo kerakmas desa, o`rgangan devona ko`ngul: “Hali evaralaringning kelajagini ham o`ylasang, ol,ol”, - dermish. Oxirini kutyapsizmi?

Oxiri telbaday bo`lib Mulla Mubin bu kechmishni menga yozmish. Men bechora o`zida yo`q aqlni o`rgatmish: “Qo`ying , domillo, voz keching, bilmassizki buni oxiri ne bo`lur va yana bir nimarslar…?” Mulla Mubin jahli chiqur:”Nechun hayotni lazzatidan bebahra qolarman, Xudo bergani-da, sen devonamisan”?



–Xo`sh unda yuravering , ne qilursiz arzu hol qilib? Tolibi ilmlarga hadya qiling, duosini oling.

  • Ey befarosat, qo`lingda turganni sochib ne qilursan, erta bu bulut bormu yo`qmu yoki men o`lsamchi, hayotdan zavqlanib yashamoqni o`rganishing kerak sen bola hali!

To`g`risi, men bu voqeadan na muammo topdim, na chora. Mulla Mubinga esa nachora! Ammo aynan Mulla Mubinning dorulfununida saxiy bulutlar bor ekan, hayotdan zavqlanib yashash mumkinligini anglab yetdim. Siz-chi, siz bu yozganlarimdan nimani angladingiz ? Angladingizmi o`zi?
Download 25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish