Ikki ruxsoring qizil guldurmu yo bargi suman?
Donai rayxon- qaro xoli xating - sahni chaman.
Siymtan,gul pirahan,shirin suxan, nozik badan,
Odammisan yo parisan bu nazokat birla san?
Hurmisan,gʻilmonmusan, jannatmusan, rizvonmusan!
Bu parchada istifhom san’atidan tashqari, yana bir qancha tashbehu qiyos san’atlarni sintezlangan holda istifoda etilgani ma’lum boʻlib turibdi. Uning Haq yoʻlidagi intilishlarini, chekkan riyozatlarini ibrat qilib koʻrsatishga bagʻishlangan sofiyona she’rlarida ham ma’joziy-ramziy soʻz va iboralar, tashbehlar, qiyoslar ishlatiladi. Hatto u xalq maqollari, matallariga oʻxshash iboralarga oʻz diniy-islomiy qarashlarini singdirish qobiliyatiga ega:
Tikansiz gul, sadafsiz dur, mashaqqatsiz hunar boʻlmas,
Riyozat chekmaguncha yor vasliga etib boʻlmas.
Bu oʻrinda «yor» Haq diydori boʻlib,uning visoliga mujassam boʻlish oʻzlikdan kechib, riyozatlar chekishni taqoza etadi. Buni isbotlash uchun hayotiy dalillar, qiyoslar keltiradi. Ma’lumki, gul tikansiz boʻlmaydi, gulni qoʻlga kiritish uchun tikanning zaxmiga bardosh berish kerak. Sababsiz dur ham boʻlmaydi. Zero, durni sadafdan ajratib olish nozik mehnat, bardosh, riyozat talab qiladi. Koʻrinadiki, shu bitta aforistik baytda qancha chuqur hayotiy ma’no, falsafiy mushohada bor. Shu ma’noda, mashrabshunoslikka muhim hissa qoʻshgan olimlardan Nusratilla Jumaxoʻjaning quyidagi fikrlari bor haqiqatni oʻziga ifodalaydi:
«Boborahim Mashrab badiiy mahorat sirlarini mukammal egallagan san’atkor shoirdir. Uning mahorati badiiy san’atlarni qoʻllash bilan emas,balki lirik asarlarni quyuq falsafiy fikrlar bilan yoʻgʻirishla koʻrinadi. Mashrab asarlarni badiiyati oʻziga xos falsafiy tafakkur salmogʻi bilan oʻlchanadi. Koʻp ma’noni oʻz soʻz bilan ifodalash san’ati nuktadonlik, nuktasoniylik deyiladi. Nukta san’atini koʻpchilik, ayniqsa, kaltafahm kishilar, Mashrab ta’biri bilan aytganda, «koʻtohnazar el» tushinib etmaydi. Mutafakkir shoir xos ma’nilarni xos kishilarga qarata aytgan».
Chindan ham, Mashrab she’rlari tasavvuf falsafaning turkona badiiy talqinidir. U oʻz e’tiqodidan kelib chiqib bu ta’limotning magʻzini chaqadi,uning murakkab jihatlarini qalandar –sofiy shoir sifatida oʻz ijodiy laboratoriyasidan oʻtkazib, iloji boricha, sodda va tushunarli uslubda ifodalashga muvaffaq boʻladi.
Mashrabning hamma she’rlarini ham boshdan oxirigacha sof tasavvufiy deb qarash unchalik toʻgʻri emas. Shoir «Qaydasan?» radifli gʻazalida berayotgan soʻroqdan va matlaedagi gapni koʻngilga koʻchirishidan tashqari she’rdagi tasvir va tamsillarning barchasini bevosita atrofdagi voqelik bilan bogʻlaydi:
Ey, mening nozik nihol,oromijonim qaydasan? Ey koʻngil boʻstonida gʻuncha dahonim, qaydasan?
Mashrab falsafasining oʻzi juda murakkab. Unda bu yorugʻ olam Alloh tushunchasi bilan birlashib ketadi. Shoir ijodida biz koʻrib turgan bu atrov- olam hammasi sir-sinoat va unda faqat Alloh namoyon ekani ifodasini topadi. Quyidagi gʻazalda bu fikr- qarashlar ochiqroq ifoda qilingan:
Do'stlaringiz bilan baham: |