Mavzu: Mashhur kishilar. Maqsad



Download 20.86 Kb.
Sana24.06.2017
Hajmi20.86 Kb.


Mavzu:Mashhur kishilar.

Maqsad:Ta’limiy .O’quvchilarga mashhur kishilar,ularning ilmiy meroskari haqida keng tushuncha berish.

1.Tarbiyaviy: o’quvchilar qalbida vatanparvarlik tuyg’usini singdirish,mashhur kishilarga hurmat,faxrlanish tuyg’usini shakllantirish. 2. Rivojlantiruvchi:Mustaqil fikrlash,o’z fikrini erkin bayon eta olishi,taqdim qilish,og’z-nutqini o’stirish ko’nikmalarini shakllantirish.

Dars turi:Suhbat,noan’anaviy. Dars metodi:”Klaster”,”Baliq skleti”,”Blis-so’rovnoma”,”Sinkveyn” guruhlar bilan ishlash.

Ko’rgazma:”Mashhur kishilar”rasmi,buklet,qo’shimcha kitoblar,darslik,didaktik tarqatma materiallar. Darsning qoidasi:-o’zaro hurmat; -gapni bo’lmaslik; -aniq fikr bildirish; -fikrlarni takrorlamaslik.

Sinf o’quvchilari 3 guruhga bo’linishgan 1-guruh-“A’LOCHILAR” 2-guruh-“ZUKKOLAR” 3-guruh-“CHAQQONLAR”



O’qituvchining kirish so’zi -Keksalarni e’zozlash,hurmat qilish haqida qanday maqollarni bilasiz? 1.Qarisi bor uyning parisi bor. 2.Oltin olma,duo ol. 3.Keksalar izzatda,yoshlar hurmatda. 4.O’ta o’tirgan uyning tomiga chiqma. 5.Qari kelsa oshga,yosh kelsa ishga. 6.Kattaga hurmatda bo’l kichikka izzatda bo’l. 7.Keksalar oldida doimi eshitguvchi bo’l. 8.Qarilikni –donolik bezar. 9.Qarida –xislat ko’p. 10.Keksalik-ko’prik. 11.Keksaning yoshini so’rama-ishini so’ra. 12.Oltmishga kirgan otadan osh so’rama. 13.Har keksada bir naql.

O’qituvchi so’zi:Keksalar juda katta hayot tajribasigha ega.Ularning aytganini doimo bajarining hurmat qilsangiz,albatta baxtli bo’lasiz.

Uy vazifasini so’rash: Jihozlar:1-guruh:Uy jihozlari,sinf jihozlarini ayting. 2-guruh:Rang-tus bildirgan so’zlar ishtirok etgan gap ayting. 3-guruh:Maza-ta’m bildirgan sifatlar.

1-guruh:Uy jihozlari:gilam,televizor,kompyuter,qandil Sinf jihozlari:doska,kitob javoni,parta, stol,stul,parda,baner,eshik. 2-guruh:Rang-tus bidirganlar so’zlar:oq-qora,sariq-qizil, 1.Men maktabga oq ko’ylak,qora shimda kelaman. 2.Svetaforning qizil,sariq,yashil rangi bor. 3.Men qizil lolalarni yoqtiraman. 3-guruhga Dasturxonda shirin mevalar,mazali pishirqlar bor. Dadam achchiq qalampirli mastavani yaxshi ko’radi,men nordon limonni yoqtiraman.



Saylanma diktant. Yakshanba kuni uyimizga mehmon keldi.Mehmonaning o’rtasida katta yashil stol va 10 ta qora stul bor.Stol ustiga oq dasturxon yozdim.Xavorang vazani shirin mevalar bilan,pushti rang vazani mazala pishiriqlar bilan bezatdim.Choynakda issiq ko’k choy va 10 ta qizil rangli payola keltirdim. Javob varaqasi. 1.Jihozlar 2.Ranglar 3.Maza-ta’m stol oq dasturxon shirin stul yashil stul mazali vaza qora stul dasturxon havo rang choynak pushti piyola ko’k qizil

Yangi mavzu: Mashhur kishilar

Hurmatli o’quvchilar bugun sizlar bilan mashhur kishilar haqida suhbatlashamiz.Nima uchun biz ularni mashhur kishilar deymiz.Ular juda katta hayot tajribasiga,mehnat tajribasiga ega,ular o’zlaridan juda katta ilmiy meros:asarlar,ilmiy tajriba,yangiliklar,ilm sohasida ,sport sohalarida katta ishlarni bajarib bizga meros qoldirganlar.Men sizlarga ana shunday kishilar haqida izlanib o’rganib,ular haqida ma’lumot topib keeling deganman.Ular kimlar ekan ular haqida qanday she’rlar yod olib keldingiz.

Lug’at so’zlar

Mashhur-знаментный. yiroq-далекий kalom- слова gulxan-костёр ilm- наука doston-поэма sahro-пустиния



Yangi mavzu Abdulla Avloniy

Jamiyati xayriyа Matn “Zanjir”usulda o’qildi,rus tiliga tarrjima qilish. Matn asosida savollarga javob berish. A.Avloniy-pedagog,ustoz,muallim,o’qituvchi,asar muallifi,ustozlarning ustozi,o’zbek madaniyatining ulkan vakili . Mustahkamlash Qaysi mashhur kishilar haqida ma’lumot topib keldingiz. 1.gr.Ulug’bek 2.gr.A.Naviy gapda “Sinkveyn” 3.gr.A.Qodiriy …….”Baliq” metodi 3-mashq Baholash Uyga vazifa



Mustahkamlash 1 guruh A.Navoiy haqida ma’lumot beradi.”Sinkveyn ”mewtodi asosida o’z fikrini taqdim etadi.

Ot - Navoiy Sifat- mashhur,buyuk Fe’l- izlandi,ijod qildi,yozdi Gap- Navoiy “Xamsa”asarini yozdi Sinonim so’z- Foniy

2 guruh.Abdulla Qodiriy haqida ma’lumot”Baliq skleti”metodi asosida taqdimot

1.yozuvchi,adib 2.10.04.1894yil 3.Toshkentda 4.9-10 yosh maktabga 5.Julqunboy 6.roman 7.hikoya 8.rus-tuzem maktabi 9.300 maqola 10.tarjimon 11.O’tgan kunlar 12.Qodir bobo 13.1937 o’lgan 14.1991-yil oqlangan



3 guruh Mirzo Ulug’bek to’g’risida ma’lumot beradi.”Blis-so’rovnoma”asosida taqdim etadi.

1.M.Ulugbek qachon va qayerda tug’ilgan?(1394-yil Sultoniya shahrida) 2.Ulug’bekning bobosi kim?(A.Temur) 3.Ulug’ek kim bo’lgan ?(astanom,olim) 4.U nechta yulduzni o’rgangan?(1018) 5.Uning asari qanday nomlanadi?(“Zichi Ko’ragoniy ”)





Guruhlar ishini baholash: “Eng kuchli guruh ” ”Eng zukko o’quvchi” “Eng bilimdon o’quvchi”nominatsiyasi beriladi. Uyga vazifa :”Mashhur bo’lish uchun nima qilish kerak?”matn tuzish.

11-umum ta’lim maktabi davlat tili o’qituvchisi Sodiqova Muhabbatning 5-sinf o’zbek tili fanidan “Mashhur kishilar” mavzusidagi dars ishlanmasi.





Do'stlaringiz bilan baham:


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2017
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa