Alisher Navoiy ijodida nutqiy muloqot masalalari
Reja:
Kirish
Asosiy qism
I bob Mutafakkir asarlarida nutq madaniyati xususida.
1“Muhokamat ul-lug’atayn” asarida til va tafakkur masalalari.
1.2“Mahbub ul-qulub” da voizlar va til odobi haqida.
1.3“Xamsa” dostonlarida “so`z ta`rifi”.
Bob “Nazm ul- javohir” da so`z qudratining ulug’lanishi.
2.1Alisher Navoiyning tilga munosabati.
2.1 Buyuk mutaffakkir ijodida nutq madaniyatining yoritilishi.
2. 2Alisher Navoiyning nutq madaniyati va voizlarga munosabati.
2.3 Alisher Navoiy komil insonni tarbiyalash to’g’risida.
Xulosa
Adabiyotlar
Kirish
Biz bugun ко'rib turganimiz butun borlig' hissiyot va tuyg'ularimiz orqali tasavvur etayotganimiz barcha-barchasini so'z orqali ifoda etamiz. Yaratganning kalomini ham shu so'z bois anglashimiz, Parvardigorni tanishimiz va unga ibodatu iltijolarimiz, Allohning rasuli Muhammad Mustafo sollallohu alayhissalomning hadisi shariflarini anglashimiz, odamlarning bir-birlariga bog'lanishida, muomala-munosabatida asosiy vosita bo'lgan so'zning (nutqning) tarixiy taraqqiyotimiz yo'lidagi, madaniy-maishiy ishlarimizdagi, ijod va ilm olish borasidagi xizmatlarini chegaralab bo'lmaydi. Insoniyatni maxluqot olamidan ajratib turgan ham shu so'z bo'ladi. Insonga fikrini ijro etish uchun sezgi organlaridan biri sifatida Alloh tomonidan til berildi. Aqlni esa inson ixtiyoriga qoldirdi. Endi inson bolasi aqlini ishga solib, tili orqali so'zlarni (nutqini) ifodalashga kirishdi. Yaratgan egam tanamizdagi sezgi organlarimizdan biri tilni (zabonimizni) ehtiyot qilib joylagan. Unga o'ttiz ikkita tishlarimiz ortidan joy berib, yana lablar bilan berkitdi. Bu suyaksiz tilimizga ehtiyotkorlik chorasi ham edi. Chunki shu bir parcha (go'sht) til orqali har narsaga: yaxshilik va yomonlikka; go'zallik va xunuklikka; mehribonlik va yovuzlikka; baxt va baxtsizlikka; mansab va itoatkorlikka; boylik va kambag'al* likka; do'stlik va dushmanlikka; birlik va ayriliqqa; obro' va obro'sizlikka; omad va omadsizlikka; ezgulik va johillikka: mehnatsevarlik va dangasalikka; halimlik va qo'pollikka; havas va hasadga; taraqqiyot va zalolatga; yarashish va janjalga; tinchlik va urushga; ruhiy tetiklik va tushkunlikka; sog'lomlik va bemorlikka; turmush va ayriliqqa; mo'min va kofirlikka; izzat va sharmandalikka; xursandchilik va dil xiralikka; madaniyatlilik va madaniyatsizlikka kabi bu foniy dunyoda mavjud bo'lgan barcha narsaga, oxiratda esa jannat yoki jahannamga erishish mumkin
Do'stlaringiz bilan baham: |