Alisher Navoiyning «Muhokamat ul-lug’atayn» — «Ikki til muhokamasi» deb nomlangan asar 905 hijriy yilning jumodiyul avval oyi- 1499- melodiy yilning dekabr oyi oxirlarida chorshanba kuni yozib tugatilgan.
«Muhokamat ul-lug’atayn» da turkiy-o’zbek va fors-tojik tillarini qiyosiy o’rganish vositasida turkiy-o’zbek tilining Sharqda mashhur bo’lgan arab va fors-tojik tillari darajasidagi mavqeidan so’z yuritiladi hamda ulardan, xususan fors-tojik tilidan farq qiluvchi xususiyatlari turli xildagi ko’pgina misollar, jumladan «yuz lafz» (yuzta so’z)ni keltirib, talqin qilish bilan isbotlanadi. Bu ma’no Alisher Navoiyning quyidagicha yozganlarida ham o’z ifodasini topgan.
«Turkiy va sort lug’ati kayfiyati va haqiqati sharhida bu risolani jam’ qilib bitidim va anga «Muhokamat ul-lug’atayn» ot qo’ydum, to turk eli tili fasohatu diqqati va balog’atu vus’ati… zohir qildim. Va xayolimg’a mundoq kelurkim, turk ulusi fasihlariga ulug’ haq sobit qildimki, o’z alfoz va iboratlari haqiqati va o’z til va lug’atlari kayfiyatidin voqif bo’ldilar». (MAT, 20 tomlik, 16-tom, 40-bet).
Shuni eslatish joizki, Alisher Navoiy turkiy tilning fazilatlari haqida so’z yuritganda o’sha davrda mashhur bo’lgan arab, fors-tojik va hind tillarini kamsitmaydi, aksincha ularning har biriga xos bo’lgan xususiyatlarni ham ehtirom bilan bayon etadi.
Bundan kuzatilgan maqsad turkiy tilning fasohati va balog’ati haqida ilmiy asoslangan mulohazalarni bayon etish bilan bir qatorda «turk nozimlari (shoirlari) o’z alfozlari bilan she’rg’a mashg’ulluq qilg’aylar va ko’ngul g’unchasi dog’idinki, pechlar chirmanibdur, bahor nasimidek anfos bila guldek ochilg’aylar». (MAT, 20 tomlik, 16-tom, 38-bet).
Demak, Alisher Navoiy turkiy tilning fasohati va lug’aviy boyligini dalillar bilan isbotlash vositasida turkiy tildagi adabiyot-she’riyatning yanada ravnaq topishi lozimligini ham nazarda tutgan. «Muhokamat ul-lug’atayn»da faqat qiyosiy tilshunoslik masalalaridan so’z yuritilgan emas, balki unda til tarixi, o’zbek adabiyoti tarixi, she’riy janr va badiiy san’atlar, fors-tojik adabiyoti namoyandalari asarlari va o’zi (Alisher Navoiy)ning ijodiga doir qimmatbaho mulohazalar ham mavjud.
Alisher Navoiyning qayd qilishicha, turkiy til va turkiy tildagi adabiyot tarixi o’zaro chambarchas bog’lidir. Bu jarayonning Sulton Husayn Boyqaro-Husayniy tomonidan qo’llab-quvatlashi tufayli yanada rivojlangani ta’kidlanadi.
A.Navoiy o’zbek tilining boy sinonimlaridan o’z asarlarida ustalik bilan foydalangan. O’zbek tilida turli ma‘no nozikliklarini ifodalovchi sinonimik fe‘llardan 100tasi «Muhokamatul lug’atayn»da ham eslatib o’tadi: «Bu 100 lafzdurki, g’arib maqosid tayin qilibdurlarki, hech qaysi uchun sort tilida lafz yasamaydurlar». A.Navoiy o’zi keltirgan 100 fe‘lning har biri o’zbek tilida o’z sinonimlariga ega ekanligini ta‘kidlaydi. Masalan, biror bir suyuqlikni ichish harakatini ko’rsatuvchi ichmoq fe‘li bor. Navoiy bu fe‘lning sipqarmoq, tomshimoq kabi sinonimlardan ham foydalangan:
Soqiyo, tut bodakim, bir lahza o’zimdin boray,
Shart bukim, har necha tutsang labo-lab sipqaray.
Soqiy, chu ichib, menga tutar qush,
Tomshiy-tomshiy oni qilay no’sh.
A.Navoiy asarlarida «yig’lamoq» so’zining yig’lamsinmoq, bo’xsamoq, ingramoq, singramoq, siqtamoq, o’kirmak, inichkirmak, hoy-hoy yig’lamoq kabi sinonimlarini samarali qo’llagan.
Istasam dabir gulidin ishqingni pinhon aylamak,
Kechalar gah ingramakdur odatim, gah singramak.
Ul oyki, kula-kula hirog’latti meni
Yig’latti meni demaki, siqtatti meni.
A.Navoiy yuqoridagi misollarni keltirar ekan, ulardagi sinonimlarning poetik ustunligini, stilistik bo’yoqdorligini va poeziyadagi rolini ko’rsatadi. Bu bilan tildagi sinonimlarning rolini yaxshi tushunib yetganligini ko’rstadi.
Alisher Navoiy «Muhokamat ul-lug’atayn»da o’zini faqat tilshunos olim sifatida emas, balki arab, fors va turkiy adabiyot tarixining ham ulkan bilimdoni – olimi ekanini namoyish etgan.
A.Navoiy turkiy va forsiy tillarni qiyoslar ekan, juda ko’p turli soha so’zlarini bittama bitta yig’adi, tahlil qiladi. Hayotning turli sohalarga tegishli istilohlarini o’z asarlariga singdirdi.
Masalan:
Oziq-ovqat nomlari: qaymoq, qatlama, bulamiq, qurut, manti, quymoq, o’rqamach, qimiz, suzma, bo’za, tatmach, umach, kumach va b.
Chorvachilikka doir nomlar: to’bichak, arg’umak, yaka, yabu, tatu, toy, g’unon, dunon, to’lan, chirg’a, lang’a, jibildir, xana, tuqum, chilvir.
Kiyim-bosh nomlari: dastor, qalpoq, navruzi, tuppi, shirdoq, jarak, dakla, qur, terlik.
Ov hayvonlari nomlari: kiyik, to’ng’uz, xuna, qilchaqchi, suykun, bug’u, maral, ohu, gavazin, huk, guraz kabilar.
Qarindosh urug’chilik terminlari qiyosi: Ulug’ini og’a, kichigini «ini» derlar birodar Ulug’ qiz qardoshini «egachi» Kichigini «singil» hohar Otaning og’a-inisini «opag’a» alar hech qaysig’a ot Ona qarindoshini «tog’oyi» qo’ymabdur «ko’kaltash» turkcha til bila atka, enaga aytur.
Hayvon, qush nomlari. Kiyik erkagini «xo’na» ohu Urg’ochisini «qilchoqchi» der gavazin Suyqunning erkagini «bug’u» Urg’ochisini «maral» Elbasun-o’rdakning bir turi sartlar uni bilmaydi . Turklar o’rdakning erkagini sartlar ikkalasini ham «suna»,urg’ochisini «burchin» «murg’obi» derlar. Turkiy alfozda: kurka, erka, Suqtur,chaqirqavot,temirqanot, Oldaldag’a, alapo’ka,bonchol kabi sartlar barisin Nomlar bilan o’rdakning turla- murg’obi derlar. rini ayturlar. Ot nomlari: Tubichoq, arg’umoq, yaka, yobu barisin turkcha ay- Tatu turlar Toy, g’unon, do’nan, go’lan, lang’a yoshiga qarab cha aytur, ko’plari bilmaydur. Kiyim-kechak nomlari. Dastor, qalpoq: navro’ziy,to’ppi turkcha ayturlar. Shirdoq, dakla, yalak, yog’lig’,terlik Taom nomlari Orqa,oshuqlig’,yonso’ngak turkcha ayturlar qoburg’alik, qatlama, bo’g’izlag’u qaymog’, qurut, ulabi qimiz,suzma va b. Ko’rinadiki, A.Navoiy o’zbek tilining leksik imkoniyatldari fors tilidan qolishmasligini yuqoridagi misollar bilan ochiq-oydin isbotlagan. Buning uchun u turkiy xalqlarning mahalliy sheva xususiyatlarini, har bir so’z anglatgan ma‘nolarni chuqur bilgan va o’rgangandir. A.Navoiy turkiy va sart tillaridagi so’z yasalishi sohasida quyidagilarni misol sifatida keltiradi:
-sh- turk tilida harakatning bir necha kishi tomonidan bajarilishini bildiradi: chopishmoq, topishmoq, quchishmoq, o’pishmak;
-t- turk tilida orttirma nisbat yasaydi: yugurt, yashurt, qildurt, chiqart;
-chi qo’shimchasi mansab nomlarini yasaydi: qurchi, suvchi, xazinachi, yurtchi, tamg’achi, jebachi, yo’rg’achi, holvachi, qo’ychi, quvchi, kiyikchi, turnachi.
-vul esa: qiravul, yasavul, chingavul, bakavul, latavul , suzavul kabi.
-l qaqol, yasol, qabol, tumqol,tusgol, sevog’ol kabi.
Gumon va nisbat etish qo’shimchasi. -dek: borg’udek, yorg’udek, kelgudek, bilgudek, aytqudek, urg’udek, surg’udek. -ch fe‘lda harakat turii ko’rsatadi: aytgach, barg’ach, topg’ach, satqach.
-r so’zlarning oxiriga qo’shilib, mubolag’a va harakat bildiradi: bilako’r, qilako’r, ketako’r, Etako’r.
Shunday qilib, Alisher Navoiyning «Muhokamat ul-lug’atayn» ilmiy asari turkiy tilshunoslikning nodir yodgorligi bo’lib, unda turkiy tilning o’ziga xos xususiyatlari, uning buyuk ahamiyatga molik badiiy yodgorliklarni yaratishga qodirligi masalasi ilmiy asosda yoritilgan. Shuning bilan birga asarning mavzu doirasi keng bo’lib, unda umuman adabiyotshunoslikning turli xildagi muhim muammolari tilga olingan va o’sha davrdagi nasrning o’ziga xos xususiyatlari o’z ifodasini topgan.
Bugungi kunda 0‘zbekistonda maxsus ta’limga o'zgartirishlar kiritilishi milliy va umuminsoniy qadriyatlarga, rivojlangan mamlakatlar tajribasiga asoslanib, maxsus uyushtirilgan ta’lim-tarbiya orqali aqli zaif bolalarning nutqini o'stirish, ularni ijtimoiy hayotga moslashtirish, faollashtirish imkoniyatini yaratadi.
Aqli zaif bola nutqini egallashning o‘ziga xosliklarini tekshirish, ular bilan ishlash mazmuni va usullarini aynan maktabgacha yoshda, ya’ni nutqini egallash uchun eng ma’qul bo‘lgan davrda o‘rganish muhimdir.
Rivojlanishida nuqsoni mavjud bolalar bilan me’yorida rivojlanayotgan tengdoshlari orasidagi xarakterli farqlardan biri — ruhiy jarayonlarning yetarli rivojlanmasligi hisoblanadi. Rivojlanishi orqada qolgan bolalarning umumiy tavsifi uning verbal imkoniyatlari doimo past ekanligini ko‘rsatadi. Shuningdek, bola nutqining rivojlanish darajalari va uning intellekti orasida o'zaro murakkab munosabatlar hukm suradi.
Rivojlanishida nuqsoni bo'lgan va me’yoridagi bolalar asosiy nutqiy o‘sish bosqichlarini turli yosh davrlarida o‘tadilar. Nutqning orqada qolishi bola rivojlanishida qator kamchiliklaming yuzaga kelishiga zamin yaratadi.
Maktabgacha tarbiya yoshidagi aqli zaif bolalarda nutq o‘stirish muammosiga bag'ishlangan ko‘pgina ilmiy tadqiqotlarda ko‘rsatilishicha, bu xildagi nuqsonli bolalarda dastlabki nutqiy ko'rinishlar guvurlash davrining bo‘lmasligi yoki kechikishi (bu keyinchalik nutqni egallash uchun zarurdir); dastlabki so‘zlarning kechikib hosil bo'lishi; so‘z birikmalarini egallash davrining sekin va qiyinchilik bilan kechishi; so‘zlardan sodda gaplarni tuzish uchun uzoq vaqt talab etilishi; nutqiy ijodiyotda mustaqillikning yetishmasligi; fonetik kamchiliklaming uchrashi; nutqiy faollik darajasining pastligi; nutqiy muloqot kambag‘alligi kuzatiladi.
Nutqning bunday kech paydo bo‘lish sabablarini qayd etgan ko‘pgina tadqiqotchilar aqli zaif bolalarda ruhiy jarayonlarning umumiy rivojlanmasligi va aqliy rivojlanishning kechikishi xos xususiyat ekanligini ta’kidlaganlar. Buning natijasida tovushlarni idrok etish hamda ularni
o‘zaro farqlash kabi murakkab psixik faoliyat, ya’ni fonematik eshituv rivojlanmaganligi ko‘rsatiladi.
Fonematik eshituvning rivojlanmasligi tovushlarning ko‘pincha buzib talaflfuz etilishi va nutqning kechikib rivojlanishiga olib keladi.
Aqli zaif bolalar nutqini o'stirish qiyin kechsa-da, ta’lim-tarbiya jarayonida nutq hamisha diqqat markazida turishi lozim. Nutq tarbiyasi ta’lim asosini tashkil qiladi.
Shuning uchun ham aqli zaif bolalar nutqini o‘rganish dolzarb masalalardan biridir. Bolalarda nutqning o'sishiga yordam beradigan vositalami yoki uni orqada qolish sababini aniqlash bu jarayonga muvofiq pedagogik ta’simi tashkil etishning kaliti bo‘lib xizmat qiladi.
Aqli zaif bolalar nutqidagi kamchiliklar ularning bog'lanishli nutqini shakllantirishda bir qator muammolarni keltirib chiqaradi. Materialning ma’nosini anglash qiyinchiliklari, hodisalarning mantiqini tushuna olmaslik, vaqt haqidagi tasawurlaming yetishmasligi, mavzudan chalg'ib ketish, shuningdek, tevarak-atrofdagi predmet va hodisalar haqidagi yetarli ma’lumotga ega emasliklari oqibatida ularning so‘z boyliklari kambag‘allashadi va muloqotga kirishishni qiyinlashtiradi.
Umumiy va maxsus pedagogikadagi mavjud ilmiy tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, me’yorida rivojlanayotgan bolalarning kamolot bosqichi davrlarini, nuqsonga ega boMgan tengdoshlari ham, albatta bosib o‘tadilar, lekin bu jarayonlar ularda kechikibroq kechadi. Bunga aqli zaif bolalarning bosh miyasining organik jarohatlanishi natijasida bilish faoliyatining turg‘un buzilishi sabab bo'ladi. Bu holat aqli zaif bolaning nutqiga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Kuzatishlar shuni ko‘rsatadiki, aqli zaif bolalar nutqining fonetik tomonidan rivojlanishi sezilarli darajada orqada qoladi, nutq ma’no tomonidan o‘ziga xos shakllanadi, gaplar tuzishda grammatik jihatdan xatolarga yo‘l qo'yadilar.
Maxsus maktabgacha tarbiya muassasalarining oldida bolalar nutqini o‘stirish vazifasi turadi. Bunda aqli zaif bolalarga o‘z fikrini, istak- orzusini, hissiyotini aniq ifoda etish, ona tilida kishilar bilan aloqa o'rnatishda, hayotga o‘rganish jarayonida foydalanishga o‘rgatish, aqliy jihatdan kamchiliklarini bartaraf etish, ijtimoiy hayotga moslashtirish, hamda yordamchi maktab ta’limiga tayyorlashdan iborat.
Defektolog bolalar nutqini atrofdagi hayot bilan, oilaviy turmush, bolalar bog‘chasining hayoti bilan, mamlakatimizning ijtimoiy hayotidagi voqea va hodisalar, o‘zbek xalqining mehnati, jonli va jonsiz tabiat bilan tanishtirish asosida o'stirib boradi.
Maxsus usullar yordamida bolalami faqat lozim bo‘lgan so‘zlaming ma’nosini tushuntiribgina qolmasdan, balki undan o‘z nutqlarida faol qo'llashga o‘rgatib boriladi.
Bilish faoliyatining holati, atrofdagilar bilan bolaning muloqotga kirishish imkoniyati, odob-axloq normalarini o‘zlashtirish, ijtimoiy adaptatsiyaning muvaffaqiyatli bo‘lishi ko‘p jihatdan bola nutqining rivojlanish darajasiga bog‘liq. Maktabgacha yoshdagi aqli zaif bolalarni o‘qitish va tarbiyalash tizimining asosiy vazifasi - ularning nutqini rivojlantirish yuzasidan ishlash hisoblanadi.
Maxsus bolalar bog'chasining ta’lim va tarbiya jarayonida aqli zaif bolalar nutq o'stirish bo‘yicha quyidagi bilim, ko'nikma, malakalar bilan qurollantiriladi:
Nutq o'stirish kursi aqli zaif bolalarni ma’lum bilim va malakalami o'zlashtirib olishlarinigina emas, balki idrok, xotira, tafakkur, tasawur kabi bilish qobiliyatlarini rivojlantirishni ham nazarda tutadi. Bu yo'nalishda olib boriladigan ish ularga aqliy faoliyatining muhim usullarini o‘rgatish, analiz, sintez, taqqoslash, umumlashtirish, konkretlashtirish kabi aqliy operatsiyalarni bajarishga imkon beradi. Bunda korreksion-pedagogik ishning ahamiyati muhimdir. Korreksion- pedagogik ishda aqli zaif bolalaming yoshi, psixik xususiyatlari, oilaviy sharoitlari, ona tilining o'ziga xos tomonlarini hisobga olgan holda nutqini o'stirishga qaratilgan maxsus usullardan foydalanish va ularni hayotga moslashtirish imkoniyatini ta’minlaydi.
Maxsus tashkil qilingan mashg'ulotlar tizimi negizidagina maktabgacha yoshdagi aqli zaif bolalar nutqining rivojlanishiga erishish mumkin.
Bolaning nutqi to’liq rivojlanishi uch yo’nalishni o’z ichiga olishi kerak. Birinchisi, dunyoqarash, tushunchalar va atrof-muhit haqidagi qarashlar, hodisalar va narsalar (o’yinlar, yurishlar, kitoblarni o’qish)ni kengaytirish. Ikkinchisi — bolaning nutqida tutilishni oldini olish va kuzatilganda choralar ko’rish, ravon va sekin gapirishni, fikr va istaklarni mantiqiy va izchil tushuntirishga o’rgatish kerak. Uchinchisi — ovozning to’g’ri talaffuz qilinishi, ritmi va tempini shakllantirish. Biroq, bolani yangi axborot bilan me’yorida, asta-sekin tanishtirish kerak.
Xulosa
Hozirgi davr mustaqil davlatlar jahon hamjamiyatining vujudga kelishi va rivojlanishi moddiy omillar bilan birga ma’naviy omillarning roli ortib borayotganligi, ilmiy-texnikaviy taraqqiyotning tezlashuvi bilan xarakterlanadi.
Vatanparvarlik fuqarolarning Vatan oldidagi burchlarini anglashning tabiiy holati. Millatchilik–voqelikning me’yor doirasiga to‘g‘ri kelmaydigan, alohida g‘ayritabiiy holati, o‘z millatiga oid qadriyatlarga notanqidiy, nomunosib munosabatdir, boshqa millat qadiryatlarini inkor etishdir.
Shunday qilib, xalqimizning tub manfaatlariga, milliy g‘oyaning hayotiy kuchga aylanishi uchun kurash ayni vatanparvarlik namunasidir, chunki vatanning ravnaqiga xizmat qilmaydigan hech qachon milliy g‘oya bo‘la olmaydi, u Vatan ravnaqini belgilab beradigan tamoyillarni o‘zida aks ettirsagina kuch-qudrat manbayiga aylanadi.
Insonparvarlikni odatda, insoniylik bilan tenglashtiradilar. Bu yetarli emas. Insonparvarlik fuqarolarning tub manfaatlari bilan bo‘g‘liq. U insonning qadr-qimmati, odobi, axloqi, bilimi, kasbi-kori, jamiyatdagi o‘rni demakdir. Insoniylik va vatanparvarlik tushunchalari bir-birini to‘ldiradi.
Shunday qilib,kishilar ma’naviyati takomilida vatanparvarlik va insonparvarlik tuyg‘ularining rivojlanishi mustaqil O‘zbekiston kelajagining muhim kafolati bo‘lib qolishi muqarrar.
Do'stlaringiz bilan baham: |