Mavzu: zahiriddin muhammad boburning hayoti va adabiy merosi


To kuydi qizil oʻzini zebo qilayin deb



Download 417,3 Kb.
bet20/91
Sana23.07.2022
Hajmi417,3 Kb.
#842275
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   91
To kuydi qizil oʻzini zebo qilayin deb,
Oʻt yoqti jahon mulkida gʻavgʻo qilayin deb.
Matla’da ilohiy mazmun hali ayon koʻrinib turgani yoʻq. Uni « yor oʻziga oro berish uchun alvon libos kiydi va oshiqlar orasida gʻavgʻo solmoq uchun ular koʻngiliga oʻt yoqdi»,- degan xayotiy- maishiy yoʻsinda tushunish toʻgʻriroq boʻlishi mumkin. Bu tashqi ma’nosi. Tasavvufiy ma’nosi esa: Parvardigor oʻz qudrati moʻ’jizalarini bilmoq boʻldi va alvon libosga burkanib, oshiqlariga koʻrindi. Bu bilan hammaning koʻngliga oʻt yoqdi:
Mastona xirom etti-ul koʻrguzdi qaddini,
Mendek necha devonani shaydo qilayin deb.
Bu baytda tabiiy yor belgilari yanada koʻproq. Ammo Alloh yor qiyofasida. U mastona yurib keladi, chunki u oʻz goʻzalligidan, aniqrogʻi, bu goʻzallikning barcha oshiqlarini mahliyo qilganidan mast. Shuning uchun ham u oʻz qaddi –bastini tantanavor namoyish etadi.
Ma’shuqaning koʻrinishi tasvirida ham mantiqiy izchillik bor. Oldin libosi, soʻng qaddi- qomati koʻrinadi. Navbat yorning jamoliga keladi:
Zebo sanamim gul yuzidin parda koʻtardi,
Olam hama koʻz boʻldi tamosho qilayin deb.
Goʻzal mahbuba gul yuzidan pardani koʻtargan edi,butun dunyo uni tamosho qiluvchi koʻzga aylandi. Bu baytning ma’nosi yaxshiroq tushinilishi uchun Mashrab izdoshlaridan boʻlgan Majzub Namangoniyning bir misrasini keltirish oʻrinli boʻladi:
Saqiy - manam, soʻgʻar- manam, ore, manam, manam, manam.
Soqiy ham oʻzimman, qadah ham oʻzimman,oʻzim ham oʻzimman, demoqchi shoir. Mansur «anal-haq»ining ayni oʻzi. Mashrabning yuqoridagi baytida ham xuddi shu singari borliqni ilohiylashtirish, yagona mavjudlik, ya’ni vahdati vujud ma’nosi ifoda etilgan. Mashrab fikricha, oshiq va ma’shuqa aslida bitta. Gʻazal yuqoridagi tartibda davom etadi. Gap yorning «zulfi», «qoʻshi»ga koʻchadi. Qoʻsh tasviri yana oshiqning qonini toʻkish bilan bogʻlanadi. Mumtoz adabiyotda qoʻsh qilichga uxshatiladi va shoirning bunday qismatga tayyorgarligi ifodalanadi:

Download 417,3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish