Mavzu: zahiriddin muhammad boburning hayoti va adabiy merosi


Bulbul fig`on etib ayrilmas guldin, Parvo qilmon , jonim olsalar tandin



Download 417,3 Kb.
bet32/91
Sana23.07.2022
Hajmi417,3 Kb.
#842275
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   91
Bulbul fig`on etib ayrilmas guldin, Parvo qilmon , jonim olsalar tandin,
Sadpora qilsalar kechmanam sandin, Oshiqlarga doʻnmak ordur, Sanamjon.
kabi nidolarida pok va samimiy muhabbat sezilsa, Shohsanamning:
Yuragimda yorning dardi yotibdur, Ishq oʻti jon-jonimdan oʻtibdur...
Gul koʻnglinga, doʻstim, qayg`u keltirma, Zamona hamisha shunday bor boʻlmas -
kabi soʻzlarida vafodor ma’shuqa ichki olami aks etadi.Dostondagi termalar xilma-xil vaznda boʻlib, ularga Xorazm xalq maqomlari singdirilgan. SHuning uchun dostondagi termalarning biror misrasini (“Dardingdan”, “Yorning guli galdi”, “Manga siz yor kerak, dunyo kerakmas”, “Ilojim yoʻq, yora bora bilmadim”) xotirga keltirilishi bilan uning oʻynoqi yoki mungli kuyi ham qoʻshilib kelaveradi. Asar asosan 8 va 11 boʻg`inli barmoq vaznida yaratilgan boʻlib, unda:
Jon chiqmasdin burun jononni keltir, Muhabbat shavqida armonni keltir
tarzidagi aruzning sare’i musaddasi matvii mavquf(mafoilun mafoilun faulun) bahriga oʻxshash ayrim termalar ham borki, bu asarning yozma adabiyot bilan munosabati natijasi boʻlsa kerak.
XVI-XVIII- XIX asrlar yozma adabiyoti uchun xarakterli narsa shu boʻladiki, ularda insonparvarlik va ma’rifatparvarlik, ijtimoiy adabiyotga intilish yoʻalishi ustunlik qiladi, hayotdagi adolatsizlik va kamchiliklar keskin qoralanadi, tanqid qilinadi. Xorazmda, Xiva adabiy muhitida ijod qilgan shoirlar xuddi ana shu oqimning yirik namoyondalaridir. Ularning ijodini oʻrganar ekanmiz, oʻsha davr Xorazm adabiy muhitini qardosh turkman, tojik, azarbayjon va fors adabiyoti bilan juda yaqin aloqada boʻlganligini guvogʻi boʻlamiz.
Darhaqiat, bu davrda Xorazmda Fuzuliy, Nizomiy, Ganjaviy, Firdavsiy, Navoiy va Maxtumquli kabi sharqning mashhur allomalari asarlari mashshoqlar tomonidan sevib kuylangan. Yuksak gʻoyalar bilan bitilgan gʻazallar. Dostonlar, xorazm adabiy muhitida alohida ta’sir koʻrsatadi. Ular ta’sirida xiva adabiy muhitida etishgan namoyondalarining asarlarida, gʻazallarida qasida va marsiyalarida davrning dolzarb gʻoyalari targʻib qilindi. Xorazm shoirlari oʻsha davrda ikki tilda oʻzbek va fors-tojik tillarida bemalol ijod qilganlar, ular ijodida nafaqat an’anaviy sevgi-muhabbat tuygʻulari shu bilan birga ijtimoiy va falsafiy yoʻnalishdagi gʻoyalar ham alohida oʻrin oladi. Gʻazal va muxammaslarda ularning hayotiy kuzatshlari oʻz ifodasini topdi. Asrlarning koʻpchiligi falsafiy-didaktik harakterga ega.
Xorazmda XVI- XVIII asrlardagi adabiy muhit haqida ma’lumotlar unchalik koʻp emas. Oʻtmishdagi ilgʻor an’analarni davom ettirgan bir qancha taraqqiyparvar shoirlar va yozuvchilar etishib chiqqan.Shulardan Xorazmda yashab ijod etgan Mavlono Vafoiy, Muhammad Xoksor(XVII), Pahlavonquli Ravnaq, Andalib, Nurmuhammadniyoz Nishotiy (XVIIIasr) va Munis Ogahiylar (XIX asr)ni koʻrsatishimiz mumkin.
Abdulgʻozi XVII asrning mashgʻur davlat arbobi, tarixchisi adabiyot va madaniyat namoyondasidir. 1603 yilda tug`ilgan Abulgʻozi CHingizxonning avlodidan boʻlgan SHayboniyxonning oʻgʻli Arabmuhammadning taxtdan umidvor yeti oʻg`lidan toʻrtinchisi boʻlib, oʻttiz yildan koʻproq vaqt Xorazmda markazlashgan davlat uchun kurashdi, akalarining barcha qarshiliklarini(Eronga chetlatilib, 10 yil nazorat ostida yashab, qochib yurtiga keladi) yengib, 1945-yilda Xiva taxtini egalladi. 1663-yilda og`ir xastalikka duchor boʻlib qolganligi sababli taxtni oʻz ixtiyori bilan oʻg`li Anusha Muhammadga topshiradi va koʻp oʻtmay 1664 yilda 61 yoshida vafot etadi.
Abulgʻozi ma’rifatparvar shoh, mohir lashkarboshi va zukko olim edi. U 20 yillar chamasi Xiva xonligi hukmdori sifatida siyosat olib brogan, ilm-fan, adabiyot va san`atga xayrixohlik bilan qaragan ma`rifatparvar shaxs sifatida tarixda nom qoldirgan ulug` zotdir.
Prezidentimiz I.A.Karimov oʻzining “Oʻzbekiston XXI asr boʻsag`asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari” asarida oʻzbek xalqining ilg`or mutafakkirlari qatorida Abulg`ozi Bahodirxon nomini ham faxr bilan tilga olganligi bejiz emas.
U asarida oʻziga Aulg`oziy ismining qoʻyilishi otasi Arabmuhammadning Xivaga hujum qilgan Oʻrol kazaklari ustidan “g`azot”ga(g`l`b`g`) erishishi bilan bog`liq ekanligini qayd qilib oʻtadi. Abulg`oziy asarlarida uning shaxsi, xonlik taxti uchu kurashdagi sabr-toqati, jasorati, tortgan mashqatlari, egallagan bilimlari va qizqishlariga doir muhim ma`lumotlar bor. Masalan, u “SHajarai turk”da oʻz bilimi va iqtidori xususida quyidagilarni yozadi: “Bu faqirga xudoi taolo inoyat qilib koʻp nimarsa bergan turur. Xususan, uch hunar bergan turur: avval sipohiygarlikning qonuni va yoʻsunikim, ikkinchi masnaviyot va qasoid va g`azaliyot va muqattaot va ruboiyoti va barcha ash’orni fahmlamaklik, arabiy, forsiy va turkiy lug`atlarning ma’nosini bilmaklik. Uchinchi, Odam atodin to bu damgacha Arabistonda, Eron va Turonda va Moʻg`ulistonda oʻtgan podsholarning otlari va umrlari va saltanatlarining kamu ziyodini bilmaklik”.Abulg`oziyning bu e`tiroflarini uning faoliyati, yaratgan asarlari toʻla-toʻkis tasdiqlaydi. U oʻz davrida ilm-ma’rifat uchun zamin yaratdi. Madrasa, maktablar qurdirdi, yangi Urganch shahriga asos soldi, koʻplab suv inshoatlarini binshoatlarini bunyod etdi, sharq mamlakatlari bilan iqtisodiy madaniy aloqalarni kengaytirdi.
Abulgʻozi ilgʻor fikr egasi sifatida yodnomalar, tarixiy asarlar yaratdi. Uning turkiy (oʻzbek) tilida yozgan “SHajarai turk” (Turklar sulolasi) va ”Shajarai tarokima” (Turkmanlar tarixi) asarlari, tibbiyotga doir 120dan koʻp kasallikning davolash choralari bitilgan “Manofe’ ul-inson” kitobi shular jumlasidan. Tarixiy asarlari “Boburnoma” singari badiiy nasrning na’munalari hamdir. Ularda tarixiy voqealar badiiy uslubda qiziqarli bayon etiladi. Koʻplab afsonalar, rivoyatlar keltiriladi, ba’zi hodisalar yarim tarixiy yarim fantastik yosinda tasvirlanadi. Xususan, muallif u bu fikrni isbotini muayyan ertak va maqollar yordamida musahkamlaydiki u xol kitobning tasviriyligini oshirgan, unga joziba bogʻishlagan. Ayniqsa, tabiat manzalarining lavhalari, kishilarning xarakteri va portretini tasvirlashga nasrdagi saj usulidan keng foydalanilgan.
Abulgʻozining 1-tarixiy asari “Shajarai tarokima” hijriy 1071 mil. 1660-61 yillarda yozilgan. Muqaddimada: “Turkmanning mullolari va shayxlari va beklari mening tarixni yaxshi bilurimni eshitibdurlar, “Bizning ichimizda “Oʻg`uznoma” koʻpturur. Ammo hech yaxshisi yoʻq, barchasi g`alat, bir-birisiga muvofiq emas. Har qaysisi bir turluk va bir durust e’tibor qilg`udek tarix boʻlsa erdi, yaxshi boʻlur erdi” deb oʻtun qildilar. Ersa onlarning oʻtunlarin qabul qildim. Taqi bu kitobga “SHajarai tarokima” ot qoʻyduk”. Abulg`oziy bu asarga oʻg`uz-turkman urug`larining kelib chiqish tarixi, rasm-rusumlari, oʻg`zaki ijod namunalari, afsona va rivoyatlari oʻta shirali Xorazm lahjasida bayon etilgan. Muallif tarixiy manba va rivoyatlarni ham afsona va hikoyatlarni kiritishga harakat qilgan. Sodda, ommabop uslub va tilda yozilgan. Oʻzidan burungilar arab, fors va turkchani qoʻshganlarini aytib, bunday qilmaganini, “bu kitobni oʻqig`uchi va tinglag`uchi albatta turk boʻlg`usi turur, bas turklarga turkona aytmoq kerak, to ularning barchasi fahm qilg`aylar ” deydi. U oʻz asarlarini yozayotganida “andoq aytmoq kerakkim, yaxshi va yomon borchalari bilib, koʻngullariga ma’qul boʻlg`oy” degan prinsipga amal qilgan. “SHajarai tarokima”ni V.Bartold turkman xalqi tarixiga bag`ishlangan maxsus kitob sifatida ta’riflagan. “SHajarai tarokima”da eng qadimgi zamondan XVIII asrgacha boʻlgan Turon, Eron, Hindiston, Orolboʻyi va boshqa hududlardagi voqealar bayon etiladi.
Bu asar akademik N.Kononov tmonidan rus tiliga tarjima qilinib, tilshunoslik aspektida chuqur oʻrganilgan. Mustaqillik yillarida “Shajarai tarokima” prof. Qozoqboy Mahmudov tomonidan 1995-yili Toshkentda, SamDU dotsenti Q.Tohirov tomonidan 1998-yili Samarqandda nashr etildi.
Adib ikkinchi asarini tugata olmay vafot etdi, uni Mulla Muhammad Zamon Urganjiy 1664-yilda yakuniga yetkazdi. Tadqiqotchilar fikricha, 9 bobdan iborat bu asarning 7-8 va 9-bobning bir qismini Abulg`oziyning oʻzi, 1-6 boblar va 9-bobning oxirini Muhammad Zamon Urganjiy yozgan. “SHajarai turk”da Odam Ato davridan toki CHingizxon hukmronligi davri va Abulgʻozining oʻzi guvoh boʻlgan tarixiy voqealar tasvirlangan.
“SHajarai turk” qisqa muqaddima va 9 bobdan iborat. Muqaddima qismida asarning yozilish sababi hamda xonlikdagi ahvoli haqida muallif quyidagilarni yozadi:“Bizning ota-oqalarimiz beparvoligi sababidan Abdullaxonning otalari birlan otalarimizning ayrilg`on to bizga kelguncha tarixlarini bitmay erdilar. Beparvoligi va loqaydligi, bu ikki sababdan bizning jamoatimizning... ayrilgan eridan to bizga kelguncha tarixlarini bilmas edilar.Bu tarixni bir kishiga taklif qiladi deb fikr qildik, hech kishi topmaduk, zarur boʻldi, ul savobdin oʻzimiz aytdik”. 1-2 bob Odam Atodan boshlab CHingizxongacha boʻlgan voqealar bayoniga, 3,4,5- boblar CHingizxon va uning CHig`atoy, Toʻli ismli oʻg`illari hamda bularning bolalarining movarounnahr, moʻg`uliston, Eron va qashqardagi hukmronliklari bayoniga bag`ishlanadi; 7-8-boblarda Joʻji bolalarining dashti Qipchoqdagi hokimiyati tasvirlanadi.9-bobda 16-asrdan 17-asrning 2-yarmi 60-yillarga qadar boʻlgan Xorazm tarixiga doir voqealar naql va rivoyatlarga yaqin bir uslubda hikoya qilinadi. Jaloliddin, Temurmalik, Ali sulton, Qurbon hoji kabilardan ibrat olishga chaqiradi, Sevinchxon, Berdibek, Habash, Elbors kabilarni hajv ostiga oladi.
Abulgʻozi asarida Xiva xonligi bilan turkmanlar oʻrtasidagi, shuningdek, Buxoro va Eron munosabatlariga alohida ahamiyat berilgan. Asarning alohida qimmatli tomoni shundaki, u tarixiy voqealarda juda boy, voqealar aniq, batafsil va xolisona hikoya qilingan. SHuningdek asarda nafaqat siyosiy voqealar, shu bilan birga Xorazmning oʻsha davrdagi xoʻjalik hayoti. Dehqonchiligi, sugʻorish sistemalari, savdosi, shahar hayoti va aholining turmush tarzi va urf odatlari haqida ham boy ma’lumotlar beriladi.
“Shajarai turk”ni “...turkiy til bila aytdum. Turkiyni ham andoq aytibmankim, besh yashar oʻg`lon tushunur” deydi. Asarda “Oʻksuk oʻz kindigin oʻzi kesar tegan”, “YAxshilar aytib turur: oʻn darvesh bir palos ustig`a sig`ar, ikki podshoh jahonga sihmas”, “It semirsa egasini qopar” kabi maqollar ham uchraydi.
Abulgʻozining bu asarlari “Boburnoma” singari badiiy nasrning na’munalari hamdir. Ularda tarixiy voqealar badiiy uslubda qiziqarli bayon etiladi. Koʻplab afsonalar, rivoyatlar keltiriladi, ba’zi hodisalar yarim tarixiy yarim fantastik yosinda tasvirlanadi. Xususan, muallif u bu fikrni isbotini muayyan ertak va maqollar yordamida musahkamlaydiki bu hol kitobning tasviriyligini oshirgan, unga joziba bogʻishlagan. Ayniqsa, tabiat manzalarining lavhalari, kishilarning xarakteri va portretini tasvirlashga nasrdagi saj usulidan keng foydalanilgan. Unda 400dan ortiq tarixiy shaxslar-hukmdorlar, malikalar, din-tasavvuf ahllari haqida ma`lumotlar keltiriladi, ayrimlarining portretlari chiziladi.
Muallif sajning mutavozi usulidan unumli foydalanadi. Masalan, “Manglayxon taqi podshoh eedi. U taqi bir necha yillar et yeb, qimiz ichib, oq os qora qishni bichib, oyday, kunday suluvlarni quchib, simobday yoʻrg`alarni va yeldek yuguruklarni minib, koʻngli tegan yerlarga uchub, oʻgli Tengizxonni oʻz oʻrnida oʻlturtub ul dunyog`a ketdi”. Mualif “zolimta`b va fosiq va ichi qora va badniyat kishi erdi”,( kuchaytirish, 117-bet) “Ul holni koʻrub dimog`indan dudlar chiqib buyurdi”(Chig`atoyning oʻg`li oʻlgandagi holatiga qaratilgan jumla-mubolag`a, 114-bet ), “Azadan forig` boʻlg`ondin soʻng, har kim qoʻshli-qoʻshig`a ketdilar”(har kim oʻz-oʻzicha ketdi, ma`nosida – kinoya, 124-bet), “Ul vaqtda ajal kelib yaqosi” kabi, sifatlash va li oʻrinlar ham asarda uchrab turadi.
Abulg`ozi asarlari nasrda badiiy sayqal topganligi, oʻzbek tili nozikliklaridan mahorat bilan foydalanilganligi, tarixiy-etnografik ma`lumotlarga boyligi bilan ilmiy-badiiy qimmatga ega. Abulg`oziy XVII asrga kelib turkey tarixnavislik an`analarini davom ettirdi, Xorazm tarixnavislik maktabining asoschisi sifatida koʻrindi.
Abulgʻozining bu asaridan Munis, Ogahiy, Bayoniy, sharqshunoslar V.Bartold, G.Vamberi, N.Veselovskiy, A.Yakubovskiy, YA.G`ulomovlar foydalanganlar. Munis “Firdavs ul-iqbol”da “Abulgʻoziy bagʻoyat tarixdon va ash’orfahm kishi erdi” deb t a`riflaydi. Abulgʻozi h’aqida venger sharqshunosi G. Vatberi shunday deb yozadi “Abulgʻozi Bahodirxonning ishlari Boburni xotiraga tushiradi. Jahon “SHajarai turk” asari uchun undan minnatdor”.
R.R.Ivanovning ta’kidlashicha “SHajarai turk” asari hali XVIII asrdayoq Ovropaning 4ta tiliga tarjima qilingan. Asarning asl nusxadan hozirgi oʻzbek alifbosiga oʻgrilgan nusxasi professor B. Ahmedov rahbarligida bajarildi va 1992-yilda Toshkentda “CHoʻlpon” nashryotida bosmadan chiqarildi. SHu bilan Oʻzbek kitobxonlari Abulgʻozining nodir qoʻlyozma asarini qiziqib oʻrganish baxtiga muyassar boʻldilar.
Abulg`oziy qiziqishi keng shaxs sifatida umrining oxirida tibbiyotga doir “Manofe’ ul-inson” risolasini bitdi. U janglarda orttirgan jarohatlarini Ibn Sino, tabibi Yusuf, Abdurahmon tabiblarning tibbiyotga doir asarlari, maslahatlariga koʻra oʻzi muolaja qilgan. “Manofe’ ul-inson”da isitma, bel og`rig`i, qizamiq, tomoq shishi, koʻz, jigar kasalliklari, koʻp uxlash kabi 124 xastaliklar ularni davolash choralari bitilgan.

Download 417,3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish