Reja: - Shayboniylar davrida amalga oshirilgan islohotlar.
- Shayboniylar davrida tibbiyot rivoji uchun hissa qo’shgan olimlar.
- Ashtarxoniylar davrida tibbiyot.
Shayboniylar davrida amalga oshirilgan islohotlar. Temuriylar sulolasi parokandalikka uchragandan so’ng , XVI asr boshida Movarounnahrni Shayboniyxon zabt etdi . So’ng Xorazm va Xurosonni zabt etdi. Temuriylarga taqlid qilib mamlakatda iqtisodiy hayot, fan va madaniyatni rivojlantirishga intildi. Bu borada u ba’zi tadbirlami ham amalga oshirdi. Mamlakatda kattagina qurilish ishlari olib borildi. Ular qatorida hammomlar, kasalxonalar ham bor edi. Bu qurilishlar mamlakatning iqtisodiy va madaniy hayotida muhim rol o‘ynadi. Muhimi shundaki, bu vaqtga kelib, o‘zbek tilida yozilgan kitoblar paydo bo’la boshladi. Shayboniylar hukmronlik qilgan davrda (XVI asr) mamlakatda tibbiyot anchagina rivojlandi. Deyarli har bir shaharda kasalxona, nogironlar uyi, dorixona, tibbiy maktablar bo‘lar edi
Do'stlaringiz bilan baham: |