Mulla Muhammad Yusuf toshkentlik kaxxol bo’lgan. Uni Samarqand hokimlaridan Abdullatifxon o’ziga shaxsiy tabib qilib tayinlagan . Muhammad Yusuf tabibning isitmali kasalliklariga bag’ishlangan “Isitmalarni aniqlash”, “tomir va peshob haqida risola” nomli asarlari mavjud. Kitob ikki qismdan iborat bo’lib, birinchisida tomir urishining yil fasli, kishining ruhiyat va kasalligining turiga qarab o’garishi bayon etilsa, ikkinchisida so’z peshobga qarab kasalliklarni aniqlash usuli bayon etiladi. Muallifning ko’z kasalligiga bag’ishlangan “Tahqiq ul- xummiyat” ya’ni “Kaxxolikning mohiyati” nomli kitobida ko’z kasalliklari va ularning belgilarini tashqi tomondan turib belgilash usulini ko’rsatgan, davolash usullarini bayon etgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |