Tayanch tushunchalar: Andalib hayoti va ijod, tarjimai holi, adabiy merosi, doston va masnaviylari, “Zaynularab”, “Yusuf va Zulayho”, “Layli va Majnun” dostonlari, dostonlar sujeti, Qur’oni Karim va hadis g`oyalarining talqini, dostonlarining timsollar olami, ularning oʻziga xos jihatlari, shoir asarlariga xalq og`zaki ijodining ta’siri, she’riy mahorat masalalari, Nishotiy hayoti va ijodi manbalari, hayoti va adabiy merosi, she’riy devoni va bayozlar, ularning qoʻlyozmalari, shoir she’riyatining mavzu va g`oyaviy qamrovi, lirik qahramon tabiati, asarlarining falsafiy asoslari, she’riy mahorati, «Qushlar munozarasi» asarida an’ana va yangilik, ramziy timsollar talqini, «Husnu Dil» dostonining timsollar olami va ramziylik, ularning nomlanish tarixi va talqini, shoirning she’riy mahorati qirralari.
Tayanch tushunchalar: SHermuhammad Munisning ijodiy faoliyati, adabiy, ilmiy merosi, devonlarining tuzilish tarixi va qoʻlyozma nusxalari, «Munisu-l-ushshoq» devoni, devon tartibida an’ana va janrlar tarkibi, shoir ijodida ularning takomillashuvi, lirik qahramon tabiati, timsollar olami, badiiy xususiyatlari, Munisning ilmiy merosi, “Savodi ta’lim” risolasi, uning ilmiy-badiiy qimmati, tarixiy asarlari, tarjimalari, adib ijodining oʻzbek adabiyoti tarixidagi maqomi.
Tayanch tushunchalar: Ogahiy hayoti va ijodi manbalari, oʻrganilish tarixi, shoirning adabiy-ilmiy merosi, “Ta’vizu-l-oshiqin” devoni, qoʻlyozma nusxalari, devonda debochaning oʻrni, janrlar tarkibi, mavzular doirasi va g`oyaviy koʻlami, shoirning timsol qoʻllash mahorati, she’riyatida Alisher Navoiy ijodiga munosabat, devondagi asarlar badiiyati, Ogahiy - tarixnavis, tarixiy asarlarining qomusiy tabiati haqida, ularning ilmiy va badiiy qimmati, Xorazm tarjima maktabida Ogahiyning oʻrni, tarjimalarining ahamiyati.
XVII—XIX asrlar adabiyoti xonliklar davri, oʻzaro nizo-janjallar, taxt-toj uchun kurashlar davri adabiyotidir. Mamlakatimiz hududining parchalanishi XVI asrdan boshlangan edi. Xiva xonligiga 1512- yilda kelib chiqishi oʻzbek urug`laridan bolgan Elbarsxon (1512—1538) asos solgan edi. 1804- yildan uni qoʻng`irotlar egalladilar.XVI-XIX asrlar Oʻrta Osiyo xonliklarida boʻlganidek Xorazm tarixi uchun ham feadal tarqoqligi va feodallarning oʻzaro taxt talashuvi avj olganligi bilan xarakterlanadi. Bu ahvol xonlikda markaziy hokimiyatni shu qadar ojizlantirib yubordiki, natijada Xorazm Eron shohlari va Buxoro xonlari tomonidan ketma-ket talanib turadi. Shularga qaramasdan, madaniy-adabiy hayot toʻxtab qolmadi. Xivada ,,Arabmuhammad" (1616), ,,Sherg`ozixon" (1719), ,,Muham-madamin inoq" (1770) kabi bir qator madrasalarning qurildi.
Bu yillarda bir qator tarixiy asarlar yozildi. Munis va Ogahiyning ,,Firdavs ul-iqbol" ,,Baxt bog`i", ,,Riyoz ud-davla" ,,Qoʻsh-qo'sh bog`lar", ,,Zubdat ut-tavorix" (,,Tarixlar qaymog`i"), ,,Gulshani davlat", ,,Iqboli Feruziy" kabi tarix kitoblari dunyo yuzini koʻrdi. Ayniqsa, Xiva xoni Abulg`ozi Bahodirxon (1603—1664) nomi bu davr tarix fanini rivojida ayricha oʻrin tutadi. Uning ,,Shajarai turk" (,,Turklar shajarasi") va ,,Shajarayi tarokima" (,,Turkman-lar shajarasi") madaniyatimiz tarixida ,,Boburnoma"dan keyingi eng noyob hodisa boʻldi. Xonlikda oʻziga xos adabiy maktab shakllandi. Xiva adabiy muhitida tarjimachilikka alohida e'tibor berildi. Ogahiy tarjimachilik maktabini yaratdi.Bu davrda koʻpgina tarixiy asarlar yaratilishi bilan birga tarjima sohasida him birmuncha ishlar qilindi. Fors-tojik tilidan koʻplab tarjimalar qilindi. Sayid Hasan Xorazmiy, Munis, Ogahiylar oʻz hissalarini qoʻshdilar. Munis Mirxondning “Ravzat us-safo”sini, Ogahiy Sa’diyning “Guliston”, Muhammad Vorisning “Zubdat ul-hikoyot”, Kaykovusning “Qobusnoma”, Mahmud G‘ijduvoniyning “Miftoh ut-tolibin”, Husayn Koshifiyning “Axloqi Muhsiniy”, Muhammad Mahdiy Astrobodiyning “Tarixi Nodiriy”, Jomiyning “Bahoriston”, shuningdek, “tazkirai Muqimxoniy”, “Tabaqoti Akbarshohiy”, “Ravzat us-safo” kabi nasriy-tarixiy, didaktik asarlarni tarjima qildi. Xoja sayid Husayn eron shoiri Zohir Kirmoniyning “Vomiq va Azro”, Ogahiy Nizomiy Ganjaviyning “Haft paykar”, Dehlaviyning “Hasht behisht”, Jomiyning “Salomon va absol”, “Yusuf va Zulayho”, Hiloliyning “SHoh va gado” kabi badiiy asarlarni tarjima qildilar. Bulardan nasriy “Vomiq va Azro” she’riy tarzda, she’riy “Haft paykar” nasriy tarzda, boshqalari originalda qanday boʻlsa shunday tarjima qilingan.
Xorazmda oʻsha davrda xalq ogʻzaki ijodi xalq dostonchiligi ancha rivoj topadi. Yerli aholi hamda oʻtroqlashayotgan oʻzbek, turkman va qoraqalpoqlar orasida xalq dostonchiligiga e’tiborini kuchayishi oʻsha davrda adabiy muhitning xarakterli xususiyatlaridan biri deb koʻrsatish mumkin. Shuningdek, badiiy adabiyot mazmunida xalqchillik alomatlari chuqur ildiz otayotganligi, yozma va ogʻzaki adabiyot an’analarini bir-biri bilan yaqinlashib, uygʻunlashib borayotganligi ham aniq koʻzga tashlanadi. Xalq ogʻzaki ijodiyoti uning ongini badiiy va estetik dunyoqarashini shaklantirishiga ijobiy ta’sir koʻrsatadi. Oʻsha davrda Xorazmda Xalq orasida “Oshiq Gʻarib va SHohsanam”, “Goʻroʻgʻli” xalq dostonlari keng tarqala boshladi hamda xalq sayllarida hofizlar va baxshilar tilida sevib kuylandi. Bu dostonlarda vatanparvarlik, sevgi-muhabbat, qahramonlik va sof muhabbat gʻoyalari katta mahorat bilan tarannum etib kuylandi. Baxshilar toʻy va marosimlarda yuqoridagi turkum dostonlarni maromidaga etirib ijro qilindi. 1842 yilda “Goʻroʻg`li”ning ozarbayjoncha naqlini nashr ettirgan A.Xodzko “…uning Osiyodagi shuhrati Gomerning Gretsiyadagi shuhrati qadar buyukdir” degan edi. “Oshiq G`arib va SHohsanam” dostoni 1956 yilda OʻzRFA tomonidan qisqartirilgan holda nashr etilgan. Dostonning xalq kitobi holidagi variantlarida “Ammo roviylar andoq nivoyat qilurlarkim”, “alqissa shul tariqa ahdu paymon bog`ladilarkim”, “ahdnoma tuzdilarkim” tarzidagi kitobiy ta’birlar, “savoli Aqcha”, “javobi G`arib” dialoglari, “na farog`atdur”, “na qabohatdur”, “na qiyofatdur” kabi yozma adabiyotga xos kiobiy soʻzlar kiritilgan boʻlsa ham, doston xalq ijodiga xos asosiy va yetakchi xususiyatlarni saqlab keldi.
Dostonda shoh Abbos qizi SHohsanam va kambag`al oiladan chiqqqan G`aribning muhabbati kuylanadi. G`aribning:
Do'stlaringiz bilan baham: |