FARXOD VA SHIRIN DOSTONIDAGI TIMSOLLAR OLAMI
Reja:
Xusrav-Shirin-Farhod sujeti tarixiga oid ma’lumotlar.
“Farhod va Shirin” dostoni kompozitsiyasi va sujeti.
Farhod va Shirin dostonidagi ramzlar
Kirish
Adabiyot masalasi – bu ma’naviyat masalasidir... Prezident qayd etganlaridek: “ O’zbek adabiyoti deganda beixtiyor ko’z o’ngimizda Alisher Navoiy siymosi gavdalanadi. Alisher Navoiy xalqimizning ongi va tafakkuri, badiiy madaniyati tarixida butun bir davrni tashkil etadigan buyuk shaxs, milliy adabiyotimizning tengsiz namoyondasi, millatimiz g’ururi, shan’u sharafini dunyoga tarannum qilgan o’lmas so’z san’atkoridir. Ta’bir joiz bo’lsa, olamda turkiy va forsiy tilda so’zlovchi biron-bir inson yo’qki, u Navoiyni bilmasa, Navoiyni sevmasa, Navoiyga sadoqat va e’tiqod bilan qaramasa.”
Xusrav-Shirin-Farhod sujeti tarixiga oid ma’lumotlar.
Ko’pgina sharqshunoslarning tadqiqotlarida qayd qilinganidek, bu qissa aslida tarixiy shaxs bo’lmish Xusrav Parvez bilan bog’lidir.
Xusrav Parvez binni Hurmuz binni Anushervon sosoniylar sulolasiga mansub shohlardan bo’lib, u 590-628 yillar orasida hukmronlik qilgan. Uning shaxsiy va davlat arbobi sifatidagi fazilatlari haqida ma’lumot beruvchi ilk manbalar VII-XIII asrlarga tegishli bo’lgan misrlik Simokatta va arman tarixchisi Sebeosning tarixiy asarlari hamda anonim Suriya solnomasidir. Arab tarixchisi Tabariyning “Payg’mbarlar va shohlar tarixi” hamda shu asarning fors tilidagi erkin tarjimasi bo’lgan Bal’amiyning “Tarixi Tabariy” asarlarida, XV asr tarixchilaridan Mirxond va Xondamirning asarlarida, jumladan Alisher Navoiyning "Tarixi muluki Ajam"ida ham Xusrav tarixi bayon etilgan (6-tom, 215-218).
Tarixiy asarlar, yodnomalarda Xusrav va Shirin muhabbati, hatto Shirin Xusravning jufti haloli ekanligi haqidagi ma`lumotlar bor. Ammo X asrgacha bo’lgan davrdagi manbalarda Farhod eslanmaydi. Faqat X asr tarixchisi Abu Ali Muhammad al-Bal`amiyning "Tarixi Tabariy"asarida Farhod tilga olinadi.
Keyinchalik esa u badiiy tarzda bitilgan dostonlarning asosiy qahramonlaridan biri bo’lib qoladi. Shunday qilib, mazkur qissaning asosini tarixiy voqelik, ya`ni tarixiy shaxslar hayotidagi voqealar tashkil etsa-da, ammo keyinchalik bu tarixiylik faqat nomlarda saqlanib qolib, voqealar, sarguzashtlar bayonida badiiylik qonuniyati amal qila boshlaydi. Natijada, bu mavzuga murojaat etgan har bir shoir o’zining ijodiy maromi, dunyoqarashi va estetik mezonlari asosida asar yaratdi. Shuning natijasida, bunday asarlarda tarixiylikdan ko’ra badiiy yaratuvchilik me`yori etakchilik qilib, undagi obrazlar, voqealarning talqini ham turlicha yo’nalish va maqsadlarda amalga oshiriladi. Shundan-da, Xusrav, Shirin, Farhod obrazlarining turlicha tasvirlari, har xil talqinlari maydonga keladi. Jumladan, Abulqosim Firdavsiy "Shohnoma"sida Xusrav va Shirin tarixiy nuqtayi nazardan tasvirlanib, unda Shirinni sevuvchi Farhod ko’rinmaydi. Balki unda tilga olingan Farhod Xusrav sarkardalaridan biri bo’lib, Shiringa hech qanday aloqasi bo’lmagan bir shaxs sifatida tasvirlangan.
O`zbek mumtoz adabiyotida noma janrining taraqqiyoti va “Farhod va Shirin” dostonidagi timsollar.
O’zbek adabiyoti tarixi sahifalariga nazar tashlar ekanmiz, uning boyliklari qatorida asrlar davomida shakllangan va uzoq taraqqiyot yo’lini bosib o’tgan ko’plab janrlar bilan tanishamiz. Xalq og`zaki ijodiyotining qo’shiqlari, termalari, qissa va dostonlari, yozma adabiyotning g`azal va ruboiylari, tuyuq va qit’alari, noma va boshqa asarlari shular jumlasidandir.
O’zbek adabiyotining ana shu keng qamrovli janrlari o’rtasida noma ham katta o’ringa egadir. Sharq adabiyoti tarixida «Shohnoma», «Qobusnoma», «Iskandarnoma», «Boburnoma» va «Shayboniynoma», «Sayohatnoma» kabi asarlarni bilamiz. Noma so’zi bilan qo’shaloq kelgan bu asrlar bir holatda biror tarixiy yoki afsonaviy shaxsning sarguzashtidan iborat bo’lsa, ikkinchi bir o’rinda ibratlik hikoyalardan tashkil topadi. «Sayohatnoma»larning mundarijasi esa uning atamasidan ham anglashinib turadi. Sharq adabiyoti, jumladan o’zbek adabiyoti tarixida noma atamasi bilan keladigan asarlarning yana bir turi mavjud. Masalan, «Muhabbatnoma» yoki «Dahnoma» kabi. Bu asarlar muhabbat mavzuidagi lirik nomalardan iborat alohida janrni tashkil qiladi.
Shuningdek, qadimiy xalq dostonlarida ham noma janridan foydalanilganligini kuzatish mumkin. O’zbekiston hududidagi qadimgi urug`-qabilachilik, quldorlik tuzumining emirila boshlanishi va feodal munosabatlarning shakllana boshlashi davrini aks ettiruvchi, yaratilish davri ming yillar olislikka borib taqaluvchi o’zbek qahramonlik dostoni «Alpomish»da aka-uka o’rtasidagi kelishmovchiliklar tufayli qalmoqlar yurtiga ko’chib ketishga majbur bo’lgan Barchin qalmoq alplari o’ziga sovchi qo’yavergach, ulardan olti oyga muhlat olib, Hakimbek (Alpomishga)ga maktub — noma yo’llab, bo’lib o’tgan voqealarni bayon qilib, o’zi nochor
ahvolda qolganini ta’kidlab, tezda yetib kelib, qalmoq alplari zo’ravonligidan himoya qilishni so’raydi.Yuqoridagilardan ko’rinadiki, nomalarning paydo bo’lishida xalq og`zaki ijodi ham muhim o’rin tutadi.
Shunga ko’ra aytish mumkinki, Navoiy o’zining «Farhod va Shirin» dostonidagi Farhodning Shiringa va Shirinning Farhodga yozgan maktublarida Nizomiy va Dehlaviy dostonidagi noma an’analarini davom ettirgan.“Farhod va Shirin” dostoni o’zining tuzilishi, obrazlari, badiiy xususiyatlari jihatndan shu janrdagi yangi original asardir. Chunki Navoiyga qadar bunday xarakterdagi boshqa asarlar bo’lgan bo’lmagan. Navoiyning asari oshiq va ma’shuqalarning o’zaro sevgi-muhabbatlari mavzuidagi yozishmalari — nomalaridan tuzilgan o’ziga xos g`oyaviy-badiiy mundarijaga ega bo’lgan asardir.
Chunki u odamga, olamga, butun borliqqa mehr bilan, muhabbat bilan yo‘g‘ril-gan va oxir borib, Yaratganning o‘ziga ulashib ketadigan ishqdir.
Binobarin, dostonda Navoiyning komil inson haqidagi orzu-o‘ylari ifoda etilgan.
Bo’lurdin dahr bo’stonida mavjud,
Emasdur g’ayri so’z-u dard maqsud.
Ki ishq ahlidin o’lg’ay dostoni,
Muhabbat xaylidin qolgay nishone. (8-tom, 45)
Xamsa”ning bu ikkinchi dostoni ishqiy-sarguzasht mavzusidadir. Hajmi — 5782 bayt. Aruzning hazaji musaddasi mahzuf vaznida yozil gan. Muallif bu asarni “shavq dostoni” deb ataydi. Sababi, unda ishq kuylanadi, ishq talqin qilinadi, ishq ulug‘lanadi. Bu shunday ishq ki, u insonni poklaydi, ezgulik sari yetaklaydi, unga o‘zligini tanitadi, bir so‘z bilan aytganda, komillik sifatlarini tarbiyalaydi.
Ishq mavzusida yozilgan dostonlarning aksariyatida, oshiq va mashuqning bir- birlari bilan maktub orqali muloqot qilishlari asar pafosining eng yuqori cho’qqisi hisoblanadi. Chunki maktub dostondagi obrazlarning eng ichki intim hissiyotlarini , tuyg’ularni ifodalab , xarakter yaratish xususiyatiga egadir. Sevishganlarning bir- birlari bilan maktub orqali muloqot qilishlari “ Farhod va Shirin “ hamda “ Layli va Majnun “ dostonida alohida o’rin tutadi. Bu maktublar har ikkala dostondagi chuqur lirizim bilan to’la , eng yorqin badiiy lavhalardir.
Alisher Navoiy mavzuga doir ko’pgina tarixlarni ko’zdan kechirgan. Shunisi ham borki, bu tarixlar faqat yozma manbalardan iboratmi yoki xalq og’zaki ijodidagi shu mavzuga oid tarix - rivoyatlarni ham qamrab oladimi-yo’qmi, bu haqda aniq aytilmagan.
Alisher Navoiyning "Farhod va Shirin"i undan oldin shu mavzuda yozilgan dostonlardan, xususan, Nizomiy va Xusrav Dehlaviy talqinidagi dostonlardan tubdan farq qiladi. Bu farq, eng avvalo, ustozlar tomonidan qalamga olingan Farhod obrazining butun bir dostonning bosh qahramoni sifatida talqin qilinishida, Farhodni yaxlit bir ideal obraz – komil inson darajasida tasvirlanishida ko’zga yaqqol tashlanib turadi. Bu jarayonda Alisher Navoiyning dostonda Farhodning ishqu muhabbatdagi "so’zu dard"- kuyish va dardlariga alohida e`tibor berganini o’qtirish lozim. Bu xaqda Alisher Navoiy shunday yozadi:
“Farhod va Shirin” dostoni kompozitsiyasi va sujeti.
Demak, Farhod timsoli yaratilar ekan, garchi u Chin xoqoni o’g’li bo’lsa-da, ammo unda "ishq ahli"ning komil insonning barcha fazilatlari mujassam etilgan. Ana shu jihatdan Alisher Navoiy Farhodi ustozlar yaratgan Farhodlardan mukammalligi bilan farq qiladi. Dostondagi boshqa obrazlar talqini esa ana shu asosiy g’oya yo’nalishiga bo’ysindirilgan.
Alisher Navoiyning "Farhod va Shirin" dostoni 1484 yilda an`anaga ko’ra aruzning hazaji musaddasi mahzuf va maqsur vaznida yozilgan.
. U Farhodni bosh qahramon qilib oldi va bu bilan dostonning qurilishiIjodda o‘ziga xoslikka intilgan adib o‘zigacha bo‘lgan bu doston an’anasiga ijodiy yondashadi. Doston Navoiygacha “Xusrav va Shirin” shaklida mashhur edi. Ularda markaziy timsol shoh Xusrav edi. Lekin u komillikdan yiroq, ishqda beqaror, muhabbatdan toj-taxtni ustun bilguvchi xudbin shaxs. Shuning uchun Navoiy uni Shirinning muhabbatiga ham, yozilajak dostonidagi yetakchi timsol darajasiga ham loyiq ko‘rmaydini, mazmunini tamomila o‘zgartirdi. Mazkur o‘zgarish xamsachilikka shoir kiritgan eng katta yangilik edi.
Yozib jon Mus’hafidan ikki oyat,
Debon Farhod-u Shirindin hikoyat
Dostonning asosiy voqealari ovozasi olamni tutgan, qudrat-u shavkatda, davlat-u shuhratda yagona Chin xoqonining farzandsizligi va bundan uning so‘ngsiz iztiroblarga tushganligi tasviri bilan boshlanadi. Birdan bir orzusi farzandli bo‘lish edi. Maqsadiga yetish uchun ko‘p nazrlar qildi, talay tangalar sochdi, o‘g‘ilsizlarning ko‘nglini oldi, otasizlarga otalik qildi. Xayriyalari zoye ketmadi. Alloh iltijolarini ijobat qilib, unga o‘g‘il ato etdi.
degan shoir o‘z dostoniga “Farhod va Shirin” nomini beradi.
Tangri taolo tug‘ilishidan ruhiga payvasta etgan ishq Farhodga favqulodda iste’dod, tug‘ma qobiliyat ato etgan edi. U ta’limning dast labki uch oyida butkul savod chiqardi, bir yilda Qur’oni karimni yod oldi. Navoiy Farhodning bolalikdagi fazilatlarini shunday ta’rif etadi:
Bu yerda u yurtni adolat bilan boshqarayotgan malika Mehinbonu mehrini, uning jiyani Shirinning muhabbatini qozonadi. Oshiq va ma’shuqaning ilk uchrashuvlari va suhbatini muallif shunday tasvirlaydi:
Shu paytlarda Ajam bilan Arabda hukm surayotgan Xusrav Parviz degan shoh bor edi. Uning bir o‘g‘li bo‘lsa-da, shohlikka yaraydigan emas edi. Shoh shuning uchun ham yana bir tag-tugli qizga uylanib, o‘g‘il ko‘rish orzusida edi. Shirinning go‘zalligi-yu Farhodning unga oshiqi beqaror bo‘lgani ovozasi
Xusravgacha yetib bordi. Xusravning Buzurg Ummid degan vaziri maslahati bilanMehinbonuga Shirinni so‘ratib sovchi yuborildi. Mehinbonu davlatni o‘ylasa-yu, rozi bo‘lsa ham, Shirin ko‘narmikan?
Mehinbonu sovchilarni yaxshi ziyofat qilib, sovg‘a-salomlar berib, podshohga duoyi salomlar yo‘llab, bir bahona to‘qidi.
Aytdiki, Shirinning fe’li o‘g‘il bolalarnikidek, o‘q otib, ov qilib yuradi. Unga turmush qurish haqida gapirishning hech iloji yo‘q, bu haqda gap boshlaguday bo‘lsangiz, o‘zini o‘zi nobud qilishi ham ehtimoldan xoli emas.
Xusrav sovchi keltirgan bu gaplarga ishonmadi, avvalgidan ham bir tundroq sovchi yuborsa, u ham shu javob bilan qaytdi. Bu bir necha bor takrorlandi. Xusrav g‘azab otiga mindi.
Dostonda bu holat mana bunday tasvirlanadi:
Dedi: “Holim mening ul yerga yetti
Ki, bu nav’ el so‘zumdin nafrat etti.
Yaqindurkim, bu bema’ni fasona,
Erur boshtin-ayog‘ makr-u bahona.
Manga bas ermas erdi bu qadar nang
Ki, qilg‘aymen alarg‘a o‘zni hamsang.
Eshitmaklik kerak bu mojaro ham
Ki, qilg‘aylar alar so‘zdin ibo ham.
Erur o‘z baxtig‘a bermak nigunluq,
Zabunlarg‘a ayon qilmoq zabunluq.
Farhodning ko‘kaldoshi (emikdoshi) Bahrom Armaniyaga keladi va adolat, tartib o‘rnatadi. Uning talabi bilan Sheruya otasi mamlakatga yetkazgan ziyonlar uchun xazinasidan tovon to‘lab, yurtiga qaytadi.
Farhodning o‘limidan quvongan Xusravning xursandchiligi ham, umri ham uzoqqa bormadi. Uning noqobil o‘g‘li Sheruya nogahon Shirinni ko‘rib oshiq bo‘lib qoladi. Qizga yetishish uchun o‘z otasini o‘ldiradi. Navoiyning fikricha, Sheruya emas, davron Xusravdan Farhodning xunini talab qildi! Bu dunyoda hech narsa javobsiz qolmaydi. Shirin ham Farhodning ketidan bu dunyoni tark etdi. Mehinbonu bu musibatni ko‘tarolmay jon berdi. Bu muhabbat mojarolari Chinga ham borib yetgan edi.
Asardagi tasavvufiy g’oya, insoniylik mohiyati haqidagi qarashlar go’zal badiiy libosda berilgan.Bu badiiylikni ta’minlagan muhim omillardan biri, dostondagi badiiy-tasviriy vositalardir. Adabiyotni ma’naviyat xazinasi deb ta’riflashadi. Darhaqiqat, uning bag’rida hozirga qadar insoniyat ardoqlab kelayotgan eng tansiq hislar, latif tuyg’ular – insonparvarlik, adolat, shafqat, o’zaro hamjihatlik, do’stlik mehr va muruvvat, sevgi va muhabbat, go’zallikka tashnalik singari o’lmas insoniy tuyg’ular jamuljamdir.
Алишер Навоий. Мукаммал асарлар тўплами. 20 жилдлик. Ж. 7 - Т.: Фан, 1991. – 392 б.
Alisher Navoiy. Hayrat ul-abror. -T: 2006. – 392 b.
Ойбек. Навоий гулшани. Навоий ҳақида мақолалар. Т.: 1967. – 149 б.
Иззат Султон. Навоийнинг қалб дафтари. - Т.: Бадиий адабиёт, 1969. – 412 б.
Зоҳидов В. Улуғ шоир ижодининг қалби. - Т.: Ўзбекистон, 1970. – 495 б.
Шайхзода М. Асарлар. Олти жилдлик. Ж. 4. – Т.: Адабиёт ва санъат нашриёти, 1973. – 326 б.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
Do'stlaringiz bilan baham: |