Mavzu: zahiriddin muhammad boburning hayoti va adabiy merosi



Download 417,3 Kb.
bet40/91
Sana23.07.2022
Hajmi417,3 Kb.
#842275
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   91
Husn obrazi. Husn Shahriyori Ishqning qizi boʻlib, u goʻzal,bilimdon, tadbirli , bardoshli boʻlishi bilan birga, vafo va sadoqat timsoli hamdir. Husn naqqoshlik, binokorlik, muzika va she’riyatni juda sevadi. Xayol uning yonida naqqoshlik qilsa, Gʻamza maqomnavozlik qiladi. Husn «Qal’ai diydor»da yashab, xotin-qizlar bilan birga boʻladi; or-nomusi va yurt himoyasi uchun mardona kurashda sherga teng keladigan bu xotin-qizlarga homiylik qiladi.
Husn Nazarni samimiyat bilan kutib oladi. Fuod ishqi-ning nishonasi sifatida «Chashmai hayvon» aqiqini berib, naqqosh Xayol bilan nagʻmanavoz Gʻamzani unga qoʻshib yuboradi. Ammo «Qal’ai diydor»ga lashkar tortgan Aqlshohga qarshi kurashga otlanishga majbur boʻladi. U adashmaslik uchun kengashib ish qilishni birdan-bir tadbir deb biladi. Shuning uchun ham u oʻz farmonida quyidagilarni aytadi:
Neki kengosh birla topar irtikob, Boʻlgʻusi albatta xatosiz savob...
Husn Aqlshoh qoʻshini bilan Shohi Fasod ustidan gʻalaba qozongandan soʻng, Fuodni zindondan qutqarish tadbirlarini oʻylab, bu haqda Vafobonu bilan maslahatlashadi. Bu bilan shoir gʻalabaga erishish uchun kengashib ish tutish kerak, degan toʻgʻri xulosa chiqaradi.
Husn — ishq sirini har kimga ham bermaydigan, oʻylab ish qiladigan, hayoli, iffatli sohibjamol qiz. Uning qalbiga eng yaqin kishilardan biri Vafobonu edi. Nazar Fuodga qanchalik sadoqat bilan xizmat koʻrsatgan bgʻlsa, Vafobonu ham Husnga shunchalik vafodor va fidokor edi. Shuning uchun ham shoir uni Vafobonu deb atagan. Husn oʻz muhabbatini yashira olmaydi; buni Nishotiy quyidagicha ifodalaydi:
Mushkni gar saqlasang eldin nihon, Qilgʻusidur isi-oʻq oni ayon.
Mushk ila ishq oʻlmagʻusi yoshirun, Zohir etar gʻt bor ekanni tutun...
Husn faqat oʻz sevgisi, baxt-saodati uchungina emas, balki doʻstlari omadining kelishi, hayotining quvnoq boʻlishi uchun ham jonbozlik qiladi. Chunonchi, u Nozni Nazarga, Vafobonuni Himmatga, Karashmani Sabrga unashtirish ishiga aralashadi. Nishotiyning fikricha, Husn oʻzi va doʻstlarining muhabbatini el osoyishtaligi, vatan obodonligi, vijdon pokligi uchun kurash bilan chambarchas bogʻlangan deb bilgan nomusli va qahramon qizdir.
Shahriyori Ishq. Ishq —ideal shoh abrazi. Nishotiyning tasviricha, Ishq kishilarni qadrlash, doʻstlikka rivoj berish, maslahat bilan ish koʻrish, yurt obodonligi uchun gʻamxooʻrlik qilish kabi olijanob insoniy xislatlarga ega boʻlgan. Shoir Ishqning gʻalabasidan, riyokorlikning mahv etilishidan quvonadi, she’riga qanot bogʻlab, zamoniga yetib keladi. Uzining zamon «Zarqi riyo»laridan uzoq turgan holda, Ishqning fazilatlariga ixlosmandligini bildiradi. Aqlshohni yenggan Ishq bu gʻalaba bilan cheklanib, magʻrurlanib qolmaydi, balki Aqlshohning yurti «Mulki badan»ni egallab olgan Shohi Fasodga qarshi kurash ham ochadi. Hamma joyda tinchlik, osoyishtalik oʻrnatmoqchi boʻladi. Koʻpchilikning maslahati bilan Aqlshohni zindondan qutqaradi va oʻziga vazir qilib belgilaydi. Hamma joyda «amn-amonlik», nisbiy tinchlik uchun kurashadi, hunar ahllarining ham qadr-qimmatini oshiradi. Nishotiy bu ideal shohlikda ishq va aql ham, dil va himmat ham borligini ifodalaydi va himmat bgʻlmagan joyda dunyo «Chohi balo»dan iborat boʻladi, deb yana oʻz zamonidan shikoyat qiladi:

Download 417,3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish