15.02.2022 yil.
Mavzu: Tadbirli va tartibli bo’ling.
Maqsad:
A) Ta'limiy: o'quvchilarga tadbirli va tartibli bo’lish haqida bilim berish;
B) Tarbiyaviy: o'quvchilarda bir biriga bo’lgan mehr tuyg'ularini tarbiyalash;
D) Rivojlantiruvchi: o'quvchilarni ijodiy flkrlashga, o'rganganlaridan xulosa chiqara olishga o'rgatish.
Tartibli bo‘lish — barcha narsa va buyumlarni o‘z o‘rnida ozoda saqlash, ulardan unumli foydalanish. Tadbirli bo‘lish esa — ”Endi nima qilsam ekan?“ degan savol tug'ilganda, yaxshilab o'ylash, yo‘lini izlash va chora topish degani.
Bolajonlarim, tartibli va tadbirli bo‘ling.
Jamoat joylarida o‘zingizni qanday tutishni bilasizmi?
Odobing — ko‘rking.
Ko‘cha-ko‘yda, muzeylarda,
Istirohat bog‘larida —
Yurgan paytda odob saqla,
Hatto ta’til chog‘larida.
Tartibli bo‘l, tadbirli bo‘l,
Kutar turli ilmlar.
Tayyor daftar, rangli qalam, Turli plastilinlar.
”Tejog‘li ish — bejog‘lidir“,
Yodda tuting, buni Sizlar.
Isrof qilmang nonni, tuzni,
Suvni tejang, o‘g‘il-qizlar.
Dilshod Rajab
Tartiblilik va tadbirlilikning foydasi haqida so‘zlab bering.
Tartibli bo‘lish — barcha narsa va buyumlarni o‘z o‘rnida ozoda saqlash, ulardan unumli foydalanish. Tadbirli bo‘lish esa — ”Endi nima qilsam
ekan?“ degan savol tug'ilganda, yaxshilab o'ylash, yo‘lini izlash va chora topish degani.
Bolajonlarim, tartibli va tadbirli bo‘ling.
Jamoat joylarida o‘zingizni qanday tutishni bilasizmi?
Tartiblilik va tadbirlilikning foydasi haqida so‘zlab bering.
Ko‘cha, maktab, transport, dam olish maskanlari, kino, teatr, muzey va is tirohat bog'i jamoat joylari hisoblanadi. Jamoat joylarida o‘zini tutishning bir qancha odob qoidalari bor:
Maqol turmush tajribalari zaminida tug'ilgan va xalq donoligini ifodalagan qisqa, ko'pincha she'riy shakldagi hikmatli so'zlar, chuqur ma'noli iboralardir. Maqollar xilma-xil mavzularda bo'lib, hayotning turli masalalarini qamrab oladi. Ko'pincha maqol o'git, nasihat xarakterida bo'ladi: „Yer haydasang - kuz hayda, Kuz haydamasang yuz hayda", „Hunari yo'q kishining, mazasi yo'q ishining" kabi.
Maqol xalq og'zaki ijodining juda qadimiy shakllaridan biri bo'lib, unda xilma-xil badiiy ifoda vositalari-ohangdosh tovuslilar takrori bo'ladi. Katta hayotiy va ijodiy tajribaga ega bo'lgan ajoyib so'z ustalarining o'lmas satr va hikmatli so'zlari ham ko'pincha xalq maqollariga o'xshab ketadi. Masalan, A.Navoiyning „Mahbub ul-qulub” asarida aytgan bir qancha hikmatli so'zlari shular jumlasidandir: „Oz-oz o'rganib dono bo'lur, qatra-qatra yig'ilib daryo bo'lur", „Tilga ixtiyorsiz-elga e'tiborsiz" va boshq.
Maqol — xalq ogʻzaki ijodi janri; qisqa va loʻnda, obrazli, grammatik va mantiqiy tugal maʼnoli hikmatli ibora, chuqur mazmunli . Muayyan ritmik shaklga ega. maqollarda avlod-ajdodlarning hayotiy tajribalari, jamiyatga munosabati, tarixi, ruhiy holati, etik va estetik tuygʻulari, ijobiy fazilatlari mujassamlashgan. Asrlar mobaynida xalq orasida sayqallanib, ixcham va sodda poetik shaklga kelgan.
Maqollar mavzu jihatdan nihoyatda boy va xilma-xil. Vatan, mehnat, ilmhunar, doʻstlik, ahillik, donolik, hushyorlik, til va nutq madaniyati, sevgi va muhabbat kabi mavzularda, shuningdek, salbiy hislatlar xususida rangbarang maqollar yaratilgan. Maqol uchun mazmun va shaklning dialektik birligi, koʻp hollarda qofiyadoshlik, baʼzan koʻp maʼnolilik, majoziy maʼnolarga boylik kabi xususiyatlar harakterli. Maqollarda antiteza hodisasi koʻp uchraydi (mas, "Kattaga hurmatda boʻl, kichikka izzatda boʻl" va boshqalar).
Turkiy xalqlarning maqollaridan namunalar dastlab maqol Koshgʻariyning "Devonu lugʻotit turk" asarida keltirilgan. Bu maqollarning bir qanchasi hozir ham oʻzbek xalqi orasida turli vari-antlarda ishlatiladi. Mas, maqol Koshgʻariy asarida "Kishi olasi ichtin, yilqi olasi tashtin"; "Odam olasi ichida, mol olasi tashida" kabi.
M. baʼzan maye al, zarbulmasal, naql, hikmat, hikmatli soʻz, tanbeh, mashoyixlar soʻzi, hikmatli maqol, donishmandlar soʻzi, otalar soʻzi kabi nomlar bilan ham yuritiladi. M.larning ijtimoiysiyosiy va tarbiyaviy ahami-yati gʻoyat katta. Matalyaa narsa tasviri, uning harakteristikasi beriladi, M.da esa toʻla tugallangan fikr-xulosa ifodalanadi.
Bir yigitga qirq hunar oz
* * *
Odobli bola elga manzur.
* * *
Buzoqning yugurgani somonxonagacha.
* * *
Qari bilganni pari bilmas.
* * *
O'zinga yahshilik tilasang,
O'zgaga yomonlik qilma
* * *
O'zinga yaxshi - olam yaxshi
* * *
Birni bersang otangga,
Mingni olasan bolangdan.
* * *
Bolam sevsin desang, bolasini sev.
* * *
Dunyo yorug' bo'lsin desang,
Uyingga chiroq yoq.
* * *
Obod qilgan obod bo'lar.
* * *
Odam bo'lish oson,
Odamiy bo'lish qiyin.
Qayd etilgan
Nodi 19 Iyun 2006, 06:44:33
Oldin pichoqni o'zinga ur
Og'rimasa, birovga ur
* * *
Saroy qurib, shahar buzma.
* * *
Tilagi yahshi obro' topar,
Tilagi yomon - zavol.
* * *
Yahhsilik nur keltirar,
Yomonlink - zulmat.
* * *
Yaxshilik eksa, esonlik o'rar
* * *
Yahshilik ikki jahonni orttirar.
.
Do'stlaringiz bilan baham: |