Mavzu: zahiriddin muhammad boburning hayoti va adabiy merosi


Yoʻqdurur davroni dunparvar madorigʻa qaror, Inqilobe birla oxir boʻlgʻusidur xor-zor



Download 417,3 Kb.
bet36/91
Sana23.07.2022
Hajmi417,3 Kb.
#842275
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   91
Yoʻqdurur davroni dunparvar madorigʻa qaror, Inqilobe birla oxir boʻlgʻusidur xor-zor.
Vah necha ul oy Nishotiy bandasin yod etmagay, Yoʻqdurur birdamki davri charx bedod etmagay.
Noʻshi ishrat, neshi mehnat birla bordur tavamon, Ohkim bu dard qildi gʻunchai kgʻnglimni qon.
Shoir XVIII asr oʻrtalaridagi Xiva xonligi hayotidan olgan taassurotlarini lirik kechinmalar formasida ifodalab, «davroni dunparvar»ni qoralagan va oʻsha mashaqqatli ayyomdan qoniqmaganinr yashirmay yozgan. Nishotiyning Navoiy gʻazaliga bogʻlagan muxammasining quyidagi bandi ham mazmuni jihatidan shu ruhdadir:
Nechun etmay charxi kajraftor alindin dodkim,
Gʻam uza gʻam yetkurur bedod uza bedodkim, Nega hasrat oʻtigʻa kuymay mani noshodkim,
Soʻzi ishqimdin savol etdi ul oy faryodkim,
Yuz javobim boru yoʻq hushim demakka bir javob.
Shoir Nishotiy Fuzuliyning gʻazaliga muxammas bogʻlaydi:
Hamdam — ohu hamnafas—afgʻon, baloligʻ band—band, Ruh mahzun, jon — hazin, xotir — gʻamin, soʻhbat gazand.
Hamrahim — gʻam, munisim — dardu rafiqimdur ano,
Mahramim — mehnat, shafiqim — marg, hamdardim qazo.
Quyidagi parchada shoir oʻzini olov ichida qolgan somon parchasiga oʻxshatadi, aql va donish uchun najot yoʻli qolmaganligini, falakning teskariligi va davlat ishlari tushkunligini ta’kidlab bunday deydi:
Vah nuchuk aylay gumon oʻzni bu holatda hayot,
Xok aro pinhonman andoq oxtarib topmas mamot,
Oʻtda bargi kohdek aqlu xiradgʻa yoʻq najot,
Elda bargi loladek tamkinu donish besabot,
Suvda aksi sarvdek ta’siri davlat vojgun.
Shoirning ishqiy-intim she’rlarida ham bunday ziddiyatlarni koʻrish mumkin.
Har bir kunim edi oy, har oyim erdi bir yil, Ul zulfu yuzni koʻrgach xush boʻldi mohu solim.
Dedimki: shomi hijron toʻl erdi ham qorongʻu, Dediki: koʻzing oydin topding bu tun visolim
kabi baytlari hayotiyligi, haqqoniyatligi bilan maroqlidir.
Nishotiy she’rlarining anchagina qismi Navoiy gʻazallariga bogʻlangan muxammaslardan iborat. Shoir Navoiyni «aql-donishda gʻurron palang» deb ta’riflagan va uning gʻazallariga 15dan ortiq muxammas bogʻlagan. Bu muxammaslarning ba’zilari Navoiy misralariga gʻoyaviy-badiiy jihatdan hamohangdir, ba’zilari esa Navoiy misralariga gʻoyaviy-badiiy jihatdan mos kelmaydi. Nishotiy lirikasi XVIII asrdagi oʻzbek poeziyasining goʻzal namunasidir.
«Husnu Dil» dostonining syujeti fors-tojik va turkiy tillar adabiyotida koʻpdan beri keng tarqalgan va qayta-qayta ijodiy ishlangan syujetdir. Chunonchi, XV asrda shoir Fattohiy (1450 yilda vafot etgan) «Husnu Dil» syujeti asosida nasru nazm uslubida tojikcha doston yozgan edi. Bu dostonning qoʻl yozmasi Tojikiston Fanlar akademiyasi til va adabiyot institutining Sharqshunoslik boʻlimida saqlanmoqda. Shu fondda saqlanayotgan «Ravzat-ul-ushshoq va hikoyati Ibodullohil Gʻafuri Nishopuriy va Riyoz-ul-latoif» nom-li qoʻl yozma kitobning 89—137 betlarida ham tojikcha «Husnu Dil» dostoni berilgan. Bu doston oʻz syujeti, nasriy ifodasi, vazni va boshqa jihatlari bilan, qisman boʻlsada, Fattohiy variantidan farq qiladi. SHuningdek, mashhur tojik yozuvchisi Mushfiqiy ham (XVI asr) «Gulzori eram» dostonida «Husnu Dil» syujetini ijodiy ravishda qayta ishlagan (1571 yil). Fors-tojik adabiyotida «Husnu Dil» dostonining boshqa variantlari ham bor.
«Husnu Dil» dostoni oʻzbek adabiyotida ham xiyla uzoq tarixga ega. Jumladan, XVI asrda oʻtgan oshnozlik shoir Ohiy «Husnu Dil» sujetida doston yozgan. Nishotiyning «Husnu Dil» dostoni shu syujet asosida yaratilgan boshqa dostonlardan tubdan farq qiladi. Bu dostonning koʻpgina qoʻl yozma nusxalari Toshkent, Xiva, Buxoro, Samarqand va boshqa joylarda bor.
Shoir oʻz davrining ilgʻor gʻoyalari mavqeida turib, ajoyib afsonaviy syujet formasida tinch va osoyishta hayot haqidagi olijanob insoniy ideallarni ifodalagan. Shoir, aql va ishq, fahm-farosat, himmat-muruvvat, ong-idrok bilan ish koʻrgan taqdirdagina oliy niyatlarga erishish mumkin, degan oqilona xulosalar chiqargan. Nishotiy mamlakatda ranju sitam urugʻiga barham berish va olamni har qanday «xoru xas»dan tozalab, «Dahr eliga «fayz va zavq» bagʻishlovchi bogʻ-rogʻlar yaratish gʻoyasini quyidagi misralarda yaqqol ifodalagan:

Download 417,3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish