Mavzu: zahiriddin muhammad boburning hayoti va adabiy merosi



Download 417,3 Kb.
bet44/91
Sana23.07.2022
Hajmi417,3 Kb.
#842275
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   91
«Qosai Chin va Nargis» Gʻamzaning «Ravzai jannatobod»idagi suhbatda Qosa bilan Nargis munozarasi beriladi. Suhbatda qoʻldan-qoʻlga oʻtib yurgan Qosaning koʻzi hech kimni pisand qilmay gerdayib oʻtirgan Nargisga tushadi:
Bori takabburdin edi sargaron, Ilmas edi koʻziga yaxshi-yomon.
Shunda Qosa Nargisga oʻz naqshu nigorini ta’riflaydi. Nargis esa uning soʻzlariga shunday javob qaytaradi:Joning erur xayr tama’ gʻor-tan, Qayda taom oʻlsa ocharsan dahan
Bu masalda Nishotiy Qosa va Nargis obrazlari orqali jamiyatdagi «Naqshi-hayodin asar»i boʻlmagan nodonlarga, kecha-kunduz fikru xayoli «simu zar» (kumush, oltin) toʻplash bilan band boʻlgan «surat eli»ga ta’na qilib, «ma’ni eli»ga xayrixohlik bildiradi.
«Binafsha va CHang» Gesu toʻy qatnashchilarini oʻz binafshazoriga olib chiqadi. Binafsha toʻshalgan bu joyda kishilar ham binafsha libosida namoyon boʻladilar. Hamma mast boʻlib, yiqilib qolganida, qora kiyimli, boshini quyi solib oʻtirgan Binafsha ular oʻrtasida shayxga oʻxshab koʻrinadi.Binafshani bu ahvolda koʻrgan Chang unga qarab:
Loyiq emas boʻlmogʻing ushshoq aro, Vah na dedim bal bu kuhan toq aro,—deb, oʻzini maqtaydi:Koʻr mani kim, foyiqi ofoq man, Sarvari sardaftari ushshoq man.
Binafsha esa unga javoban oʻzini maqtashga kirishadi:
Bil mani attori gulistoni ishq, Mandin olur boʻyni gulistoni ishq.
Bildim ani dahr vafosiz emish, Umr degan usru baqosiz emish.
Oning uchun boʻldi libosim qaro, Oʻldumu ham tutdum oʻzumga azo.
Ushbu oʻlimdurki, muabbad hayot, Derlar ani yoʻqturur onga mamot.
Bu soʻzlar Changni hazin bir holatga soladi:
Bu masalda ham shoir Binafsha va Chang singari allegorik obrazlar ortqali oʻz zamonasining nojoʻya xatti-harakatlari ustidan kuladi, «Din yoʻlidin ish sango bezorliq» kabi misralar bilan mutaassiblarning bezoriligini ochib tashlaydi.
«Husnu Dil» dostonining tili va badiiy vositalari «Husni Dil» dostonining tili asosan klassik epik poeziya uslubi bilan uzviy bogʻlangandir. «Nahri hayot», «Ayni sadoqat chashmasi» kabi ta’birlar Navoiyning «Farhod va Shirin» dostonidagi oʻshanday iboralarga, «gʻul-gʻula»,«valvala» kabi soʻzlar esa «Saddi Iskandariy» dostonidagi soʻzlarga hamohangdir. Chunonchi:Chekti kelib na’rai purgʻulgʻula, Toʻldi falak dashti aro valvala.
Nishotiy leksikonida Fuzuliy she’riyatining barakali ta’sirini ham koʻrish mumkin. Chunonchi, dostonda tushum kelishigi qoʻshimchasi (-ni) -u shaklida (Kelturung Aqli dedi kishvarsiton), qaratqich kelishigi qoʻshimchasi (-ning)-ing shaklida (Qomating ogʻushigʻa qildi nigoh) qoʻllanilgan.
Dostonning tilida Xorazm shevasiga xos elementlar bor:
Xush dedimu amrigʻa qildim shuroʻ Soʻz qopusi sorigʻa ettim rujoʻ...
Shunintsdek, dostonda Buxoro shevasiga xos soʻz va iboralar ham tez-tez uchrab turadi (bu — dostonning Buxoroda yozilganidan boʻlsa kerak). Masalan, feodal oʻtmishda yomon xulqli kishilarga, zolim hukmdorlarga oʻlim tilanar ekan, ularning kiyimi, savlati va yurish-turishiga kinoya qilinib, «margi nav muborak» (yangi oʻlim muborak) deyilar ekan. Shahriyori Ishqning elchisi Gʻampahlavon Aqlshohning oldiga borib, u bilan soʻzlashganida gap orasiga shu tojikcha qochirimni qistirib oʻtadi. Doston klassik epik poeziyaning masnaviy formasida, aruzning «hafifi musaddasi maxbuni mahzuf» bahrida yaratilgan boʻlib, 7092 bayt (15584 misra)dan iborat. Ayrim boblardagi tavsiflar esa qofiyalangan musajja’i Sharq nasri uslubida yozilgan. Masalan, «Himmati sipahdor, sabri falak iqtidor, gʻayrati solor... Diyori Saksorga... Fuodi giriftorga» bordilar...— «Husni dilnavoz, Vafobonui So-hib e’zoz va Nozi Tannoz, Gʻamzai gʻammoz, Gesui fusunsoz va Mahliqoi oinapardoz va Mohtakallumi sehrparvoz va Mehrbonui bosoʻzu gudoz, Qomatsardori balandparvoz, Sarvi sarafroz, ya’ni Fuodi sohibniyoz...» xizmatga tayyor edi lar.
Nishotiy she’riy satrlarning mumkin qadar sodda, ma’noli, ravon va obrazli boʻlishi uchun harakat qilgan; asarning estetik ta’sir kuchini oshirish maqsadida xilma-xil badiiy priyomlarni ishga solgan. Dostondagi bayt va misralarda oʻxshatish, istiora, kinoya, mubolagʻa, sifatlash, majoz, qarama-qarshi qoʻyish kabi priyomlarni juda koʻp uchratish mumkin. Bu badiiy priyomlar voqeiy manzaralarni yorqin ifodalashga yordam beradi. Masalan, Nazarning suvsiz sahroda kezib holdan tolishi quruqlikka tashlangan baliq talvasasiga gʻxshatilib mubolagʻa bilan quyidagicha boʻrttirilgan:

Download 417,3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish