To’garaknining mavzusi:,, Shoirlikda shoh, shohlikda shoir – Bobur ”. Darsning shiori



Download 23.07 Kb.
Sana09.02.2020
Hajmi23.07 Kb.
Shoirlikda shoh, shohlikda shoir – Bobur

( Z.M. Boburning hayoti va ijodi bo’yicha )



To’garaknining mavzusi: ,, Shoirlikda shoh, shohlikda shoir – Bobur ” .

Darsning shiori:

Vatan, to tanda jonim bor, seningdurman, seningdurman. Tanim xok o’lsa ham takror, seningdurman, seningdurman.

Darsning maqsadi

Oquvchilarning Zahiriddin Muhammda Bobur hayoti va ijodiy faoliyatini o’rganish bo’yicha olgan bilimlarini mustahkamlash, ham lashkarboshi, ham shoir, nosir, ham ibratli, mehribon padar sifatidagi faoliyatini ochib berish, ularda buyuk bobomizning hayot va ijod maktabi bilan faxrlanish hissini, vatanparvarlik, dovyuraklik xislatlarini kamol topdirish, mustaqil ijodiy fikrlashga o’rgatish

Yangi mavzu bayoni:

Tarix sarvaraqlarida oltin harflar bilan bitilgan shunday saxifalar bor! 1483-yili o’z ,, Xamsa ”lari bilan olamni egallagan, forsiy shoirlarni yengib, turkiylarni yuksakka olib chiqqan ulig’ Navoiyning ,, Xamsa ”si dunyoga kela boshladi. Va xuddi shu yili o’z iste’dodi, xarbiy salohiyati, zakovati bilan olamni lol qoldirgan shoir va davlat arbobi, mohir sarkarda va olim, tarjimon Z.M.Bobur Farg’onaning Andijon shahrida Temuriylar xonadonida dunyoga keldi. Viloyat hokimi Umarshayx Mirzo Amir Temurga evara – to’rtinchi avlod, onasi Qutlug’ Nigorxonning otasi Yunusxon esa 12 avlod bilan Chingizxonga tutashardi. Ko’rinardiki, Bobur insoniyat tarixidagi 2 buyuk sulola tutashgan nuqtada dunyoga kelgan. Unga Bobur – arabcha ,, Sheryurak ” deb nom qo’yishdi. Bu nom butunlay uning suvrati va siyvatiga singib ketgan edi.

1494-yil marshayx Mirzoga qarshi o’z akasi – Samarqand hokimi Sulton Ahmad hamda qaynog’asi – Toshkent hokimi Mahmudxon o’zaro til biriktirib, yurish qiladi. Kutilmaganda Boburning otasi Axsi qo’rg’onida kutubxonasi bilan qulab, halok bo’ladi. Umarshayxdan uch o’g’il - Bobur Mirzo, Jaxongir Mirzo, Nosir Mirzo va ikki qiz qoladi. O’g’illarining kattasi 12 yoshlik Bobur taomil bo’yicha taxtga o’tiradi.

Bobur hayoti davomida Samarqandga 3 bor yurish qilib, 1497-yilda – 15 yoshida 1-marta zarb etadi. Lekin, 1500-yilda chekinishga majbur bo’ladi. 1504-yilda Avg’oniston, Pokiston, Bangladeshni qo’lga kiritadi. 1505-1515-yillarda Markaziy Osiyoga qaytishga urinib yurishlar qiladi. 1507-yildan esa Bobur Hindistonga qiziqa boshlaydi va 1525-yilda Hindistonga yurish qiladi. Bir yildan so’ng Panitpatda mashhur Ibrohim Lodiy va Bobur jangi bo’lib o’tadi. 1527-yil Malva rojasi Ronal Sangaga qarshi urishdan keyin Boburning Hindistondagi mavqeyi batamom mustahkamlanadi va 1527-yilda nomi Xutbaga qo’shib o’qiladi. U 1526-1530-yillar davomida Hindistonda hukmronlik qiladi. Bobur 1530-yil 26-dekabr kuni vafot etadi. Agraga Jamna daryosi bo’yidagi ,, Bog’i Orom ”da dafn qilinadi. .

Bobur xalqimizning har jihatdan yetuk, g’oyat iste’dodli farzand edi. Uning hayoti faqat jangkar bilan emas, ilhomiy onglar bilan ham to’la bo’lgan. U 16-17 yoshlaridan boshlab badiiy ijod bilan shug’ullana boshlagan.

Bobur o’zbek va fors tillarida ijod qilgan zullisonayn shoirdir. U ona tilida yozgan she’rlarini to’plab, 1519-yilda Kobulda, 1528-29-yollarda Hindistonda devonlar tuzgan.Bu 2 to’plam o’sha joylat nomi ,, Kobul devoni ” va ,, Hind devoni ” deb atalgan. Kobul devoni topilgan emas. Mataxassislar fikricha, saqlanib qolgan she’rlarining soni 400 dan ortiq. Shundan 119 tasi g’azal, 231 tasi ruboiy. Shuningdek, shoir tuyuq, fard, masnaviy, qit’a, muammo kabi janrlarda ham ifod qilgan.



Bobur 20 yoshida ,, Xatti Boburiy ”ni , kashf etadi va tajriba sifatida ana shu alifboda ,, Qur’oni Karim”ni ko’chiradi. U musiqa bilan shug’ullanib, ,, Chorgoh” maqommida ,, Savt ”lar bitadi.

Mustahkamlash uchun savollar :

  1. Bobur u narsani ko’rganda ,, Vatanni ko’rganday yum-yum yig’lagan ” Bu nima edi? ( Qovun )

  2. Bobur ,, Vatandan ketdim, ammo unda mening nimam qoldi ” degan? ( Anda jonim qoldi )

  3. Bobur ,, Men qoldirgan bir narsa xalqlar o’rtasidagi rishtani bog’laydi ” degan edi. Bu narsa nima? ( ,, Boburnoma ” )

To’garak mashg’ulotlari davomida faol ishtirok etgan o’quvchilar rag’batlantiriladi.

Uyga vazifa: ,, Bobur – men sevgan shoir ” mavzusida insho yozish.
Download 23.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
davlat pedagogika
o’rta maxsus
axborot texnologiyalari
nomidagi toshkent
pedagogika instituti
texnologiyalari universiteti
navoiy nomidagi
samarqand davlat
ta’limi vazirligi
toshkent axborot
nomidagi samarqand
guruh talabasi
toshkent davlat
haqida tushuncha
Darsning maqsadi
xorazmiy nomidagi
vazirligi toshkent
tashkil etish
Toshkent davlat
Alisher navoiy
Ўзбекистон республикаси
rivojlantirish vazirligi
pedagogika universiteti
matematika fakulteti
sinflar uchun
таълим вазирлиги
tibbiyot akademiyasi
Nizomiy nomidagi
maxsus ta'lim
ta'lim vazirligi
bilan ishlash
махсус таълим
o’rta ta’lim
fanlar fakulteti
Referat mavzu
umumiy o’rta
Navoiy davlat
haqida umumiy
fanining predmeti
Buxoro davlat
fizika matematika
malakasini oshirish
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
universiteti fizika
jizzax davlat
davlat sharqshunoslik