Nasibim g'am uza g'am bo'ldi charxi gardondin,
Musibat uzra musibat yetushdi davrondin —
deb nola chekadi shoir «Munis ul-ushshoq» devoniga yozilgan debochada. Bunday oilaviy fojia kechinmalaridan tashqari, u g'azallarida nochor fuqaro ahvoli, tirikchiligi mavzulariga ham murojaat etadi, ularni dard bilan qalamga oladi.
Ne natija berur adab, ne nazarga kirar nasab,
Bas erur bu zamonda bisoting aro bo 'lsa qaro siymu zaring—
deya nola qiladi shoir. Munis ma'rifatparvar ijodkor sifatida o'sha zamonda ilm-fazl ahllari, shu jumladan, shoirlarning qadrsizlanganligini, ularning qismati nihoyatda og'ir kechayotganligini tasvirlar ekan, o'zining shoh asarlari sanalmish «Shuaro», «She'r», «So'z» radifli g'azallarida bunday baxtiqarolikning sababchisi jamiyatda hukm surayotgan tengsizlik, jaholat ahli deb biladi.
Yutubon bu zamonda qon shuaro, Nazm etar gavhari fig'on shuaro...
Yuz xushomad bila gadolig' yetib, Topa olmas yemakka non shuaro...
Dardmandu jafokash elga qilur, Nazm ila dardini bayon shuaro.
Uning adolatli, muruvvatli hukmdorlar haqidagi sotsial qarashlarida ham navoiyona gumanistik qarashlar yotadi. U zamona hukmdorlariga murojaat yetib, ulardan ulusga, muhtojlarga nisbatan shafqat, g'amxo'rlik talab qiladi. Aks holda, oqibati yomon boiishini ogohlantiradi. Munisning ixcham bir masnaviy she'rida biz shunday baytlarni o'qiymiz:
Sabot istasang yurt bunyodig'a, Adolat bila yet ulus dodig'a.
Adolat o'ldi el osoyishi, El osoyishi — mulk oroyishi.
Qayu mulkkim shohi odildurur, Anga barcha el ko'ngli moyildurur...
Ma'lumki, g'azalshunos olimlarimiz o'zbek g'azaliyotining ko'pasrli tajribalarini chuqur o'rganishib, uni kompozitsionjihatdan parokanda, yakpora, voqeaband hamda musalsal tuzilishga ega g'azallar sifatida tekshirishni tavsiya qiladilar. Ayniqsa, mavlono Lutfiy, she'riyat mulkining sultoni Navoiy va ularning nihoyatda iste'dodli davomchisi Bobur ijodida yakpora g'azallar yaratishga e'tibor kuchaydi. Chunki yakpora g'azallarda muayyan mavzuni izchil yoritish, matladagi fikrni g'azal oxiriga qadar poyama-poya davom ettirish, chuqurlashtirib boorish, shu yo'l bilan g'azakri mazmun va poetik shakl jihatidan yaxlit qilish nazarda tutiladi.
Shermuhammad Munis g'azallarining ko'pchiligini yakpora g'azallar tashkil etadi. Uning davrning ijtimoiy masalalari tasviriga bag'ishlangan turkum g'azallarining deyarli barchasi shunday kompozitsiyaga ega. Bu hoi shoirga zamonadagi nosozliklaming ancha real manzaralarini chizish imkoniyatlarini ochadi. Uning «Yutubon bu zamonda qon shuaro», «She'r ul tig'i dudamdurkim, jahonni fath etar», «Sabot istasang mulk bunyodig'a», «Xos o'lub joh ahlig'acha in'omi sohib tojlar”, «Bul zamon ichra aziz el ne ajab xor o'lub...», «Ro'za bisyor meni tang etmish» misralari bilan boshlanadigan yakpora g'azallarda chuqur sotsial mazmun bor. Munisning
Do'stlaringiz bilan baham: |