Yorqin iste’dodlarga boy mumtoz adabiyotimiz madaniyatimiz tarixida Ogahiyning oʻrni oʻta salmoqlidir. U talantli lirik shoir, iste’dodli tarjimon, zabardast tarixchi sifatida juda boy meros qoldirgan. Shu sababli Ogahiy zamondoshlaridan Muhammad Rahim Feruz, Ahmad Taroziy, Ahmad Tabibiy, Muhammad Yusuf Bayoniy, Komil Xorazmiy kabi davrining taniqli, ilm madaniyat arboblari, shoirlari uning ta’rifida ajoyib fikrlar bayon etganlar.
Ogahiy zamonidan boshlab uning koʻp yillik ijodiga tarjima va tarixiy asarlariga qiziqish soʻnmay davom etib keladi. Mashhur sharqshunos olimlardan Bartold, Samaylovich, Yakubovskiy, Yahyo Gʻulomov, Q.Munirov kabilarning adabiyot tarixiga; Gʻaybulla us- Salom, J.Sharipov, N. Kamolovning tarjimashunoslikka oid asarlarida Ogahiy ilmiy adabiy faoliyatining muhim jiatlariga fikrlar bayon qilingan.
1960 yili uning “Ta’viz-ul oshiqin” devoni nashr etildi. 1971-1980 yillar ichida “Ta’viz-ul oshiqin” devoni, tarjima va tarixiy asarlaridan namunalarni oʻz ichiga olgan 6-jildlik asarlari chop etildi. 1989 yili bu ulugʻ shoir va madaniyat arbobining 180 yilligi, 1999 yili esa 190 yilligi keng nishonlandi.
Ogahiy 1809- yil 17 dekabrda Xiva atrofidagi Qiyot qishlogida (hozirgi Ogogiy nomli jamoa hoʻjaligi ) Erniyozbek mirob oilasida dunyoga kelgan. Muhammad Rizoning mashxur shoir va olim tarjimon boʻlib yetishishida togasi Munis Xorazmiyning xizmatlari katta boʻlgandir. Bolalik va oʻsmirlik yillarini Qiyotda oʻtkazdi, boshlang`ich ma’lumotni oʻsha erda oldi. Keyin Xeva madrasalarida tahsil koʻrdi. Madrasa tahsili davrida otasi olamdan oʻtdi. Shu orada, anikrog`i, 1829 yili Ogahiy amakisi, ustozi Shermuhammad Munisdan ham ajraldi. Olloqulixon Ogahiyni Munis oʻrniga mirob etib tayinladi. Shu davrdan e’tiboran, Ogahiy xalq hayoti va saroy ishlari bilan bog`landi. Qizg`in ijtimoiy-ijodiy mehnat bilan mashg`ul Oga-hiy 1845 yili miroblik yumushlari bilan safarda yurga-nida, otdan yiqilib oyog`i shikastlandi va oʻz ta’biri bi-lan aytganda, «shakarlang» (shol) boʻlib qoldi. «Ta’viz ul-oshiqin» debochasi, avvalo, Ogahiyning hayoti, hasbi holi haqida ma’lumot beruvchi birlamchi manbadir. Unda shoirning orzu va rejalari, sarguzashtlari, hayoti-ning turli davrlaridagi ruhiy holati izchil, marokli aksini topgan. Debochada ijodkor dunyoqarashining shakllanishi, yosh, izlanuvchan Muhammadrizoning jamiyatdagi voqea-hodisalarga, turfa toifa, guruh, amal namoyandalariga munosabatini kuzatshp mumkin. Mana bu soʻzlar Ogahiy devon yaratgunga qadar shoir sifatida tanilgani, uning asarlari xalq tomonidan yaxshi kutib olingani va sevib oʻqilganidan kafolat beradi:“… har birining rangin ruxsori va mushkin gisoʻsi tamoshosidin shavq va dard ahlining shaydo koʻngullarin volalig` va asirlig` maqomig`a etkurur erdim, andoqkim, shavqangez g`azallar va mav’izaomez qasidalar va muhab-batosor ruboiylar va diqqatparvar masnaviylar va bazmoro muxammaslar va ruhafzo musaddaslar nazm silkiga chekib bir necha qog`oz poralarg`a musavvada qilur erdim. Alarning koʻprog`i xaloyiqning tillari azkorida mazkur, koʻngullari avroqida mastur boʻlib, olam atrofi va fa-lak aqtorida quyosh yanglig` shuhrat tutub, akobir majolisida rutb ul-lison va asog`ir mahofilida virdi zabon boʻlur erdi, tokim alardin, ba’zi musavvadasi juzdonda pinhon qolib, ba’zining musavvadasi beparvolig`im saba-bidin har tarafg`a sochilib, nobud va parshpon boʻlur erdi». Ehtimolki, bu ishga sharoit va imkon topolmagan, madad va rag`bat sezmagandi.
Ogahiy bu davrdagi hasbi holi, she’rlarining ahvoli haqida «Ta’viz ul-oshiqin» devoni debochasida shunday hikoya qiladi: «Ammo roʻzg`or tashvishotidin va taalluq tasdiotidin andak forug` boʻlg`on va fursat topg`on vaqt-larda kamoli shavq va ixlos bila goho ulamoyi izom xiz-matlariga rag`bat bila borib, nuktaronlig`lar sharbati lazzatidin shirinkom boʻlib, bahrayi tamom olur erdim va goho shuaroyi donshpiltizom suhbatlarin sur’at bila oxtorib, kitobxonlig`lari vaqtidan hazzi vofir olib, ru-hafzo iboratlariga quloq solur erdim va goho haqqoniy obidalar savmaasi ziyoratig`a ixlos bila yuz urub, muborak suhbatlari jannatining gullaridin fayzu futuh royihasik topar erdim va goho riyoyi zohidlar xonaqohi bozorig`a karhan oʻzimni etkurub, majlislari qudratning g`uboridin ixlos va e’tiqodim/ Alarning koʻprog`i xaloyiqning tillari azkorida mazkur, koʻngullari avroqida mastur boʻlub, olam atrofi va falak aqtorida quyosh yanglig` shuhrat tutub, akobir majolisida rutb ul-lison va asog`ir mahofilida juzdonda pinhon qolib, ba’zining musavvadasi beparvolig`im sababidin har tarafg`a sochilib, nobud va parishon boʻlur erdi».
Badiiyat namunalarining tarqoq holda qolipshi bu paytda faqat Ogahiyga xos emas, balki ijod ahli uchun umumiy hol edi. Adabiy merosga nizom va intizom beruvchi rahnamo va nazarkarda bir kuchga ehtiyoj sezilardi.Ayni shu zamonda mamlakat taxtiga ma’rifatparvar hukmdor kelib, adabiy jarayonga yangi toʻlqin olib kirib, jonlantirib yubordi. Hokimiyat va madaniyatdagi bu yangilanishni Ogahiy mamnuniyat bilan e’tirof etadi: «Tokim, ayyom tasorifi va a’vom tabodili bila bir necha zamon oʻtti, jahon xaloyiqiga musarrat va bohjat hangomi etti.Maliki mannon inoyati bila Xorazm diyorining firdavsbazm mamlakati hazrati xilofatpanohi saltanatdastgohi, sipehrrif’at, xurshedmartabat, iskandarnshion, sulaymon-makon... boisus saxovat val adolat, vorisul mamlakat va saltanati abul muzaffar va mansur Sayyid Muhammad Bahodirxon qoʻlig`a kirdi va ul mamlakatga podshohona siyosat va mulukona adolat bilan oʻzga yanglig` ziynat va nizom berdi va har toifani oʻz holig`a koʻra marhamat va navozishlar bilan xushdil va bahramand va har jamoani oʻz martabasiga yarasha makramat va baxshshplar bila xushhol va xursand qildi” «... bir kun (Feruz) faqirg`a inoyat nazari bila boqib, dilnavozlik yuzidin xitob qilib de-dikim: «Borcha musavvadalardagi va bayozlardaga va oʻzga erlardagi parishon boʻlgan she’rlaringni jam’ etib, de-von suratida tartib bergil va onga debocha ham yosob soʻngra aytilgan ash’oringni dog`i hamul devonda oʻz mahalida rakam silkiga gavhar yanglig` tergil”.
Ogahiy, dilsoʻz nazmingni eshitsa ahli vshq
Boʻynig`a ta’vizdek aylarlar ash’oringni band.
Xususan, «Ta’viz ul-oshiqin» debochasida Ogahiy oʻz nazmi mohiyatini juda aniq va ravshan izohlab ketgan:
Toza she’r tafakkuri bodasin ichib, goho oʻzimga keldim, goho oʻzimdin ketdim. Chun borchasi dardi ishq oʻtining harorati bila og`ushta va shavqu muhabbat asarining siroyati bila sirishta va oshiqlar g`amining taskiniga sabab va dardmandlar alamshgang tahfifiga mujib erdi.
Ogahiy yirik zullisonayn shoir hamdir. «Ta’viz ul-oshiqin» devonida 1300 misradan ortiq asar «Ash’ori forsiy» nomi bilan alohida oʻrin tutadi.
Ogahiy asarlarida inson bekami-koʻst kamolga yetishishi uchun yoshlikdan ilm va kasb-hunar egallashi shart ekanligini takidlaydi, uningcha ilm marifat insonning ma’naviy kamolotida va jamiyatning taraqqiyotida kuchli vositadir.
Ogahiydan boy ijod meros qolgan. U madrasada oʻqib yurgan paytlardanoq "Bayozi mutafarriqai forsiy" nomli bayoz tuzdi. Bu bayozda Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy,- Xofiz sheroziy, Bedil, Fuzuliy gazallarini kiritish bilan bir qatorda ularga ergashib yozgan oʻzining o'n besh gazali va ikki muhammasini qoʻshadi.
Ogahiy ustozi Munis boshlab qoʻygan, ammo tamomlay olmagan tariziy "Firdas ul - iqbol" asarinbi yozib tugatdi. Ogahiy dunyoga,insonga tuganmas, hayotga cheksiz muhabbat mehr bilan qaraydi. Shoir inson hayot goʻzalliklarini muhabbat shavq-zavqini tolib toshib toshib tarannum etadi. Mutafakkur oʻz asarlariga ijtimoiy fikrlarni mahorat bilan singdirib yuboradi. Ogahiyning yuksak insonparvarlik ruhi bilan sugorilgan goʻyalari Xon va shoir Feruzning siyosiy ma’rifiy tarbiyasiga ta"sir qiladi. U tarixchi olim sifatida Xiva xonligiga, yirik tarixiy shaxslarga bagishlab qasidalar yozgan.
Ogahiyning oʻz zamonasining mumtoz lirik shoiri sifatidagi xilma-xil mavzu va janrlardagi she’rlari 1852 yili tartib berilgan “Ta’viz-ul oshiqin” devonida jamlangan asar biz Ogahiyning 1874 yilgacha hayot boʻlganligi hamda saroydagi miroblik xizmatidan forigʻ boʻlib, asosan ijodiy ish bilan shugʻullanganligini e’tiborga olsak, shoir yigirma yillar davomida yana qanchadan-qancha lirik she’rlar yozganligi, binobarin Navoiydan keyingi oʻzbek adabiyotida eng sermaxsul lirik shoir sifatida namoyon boʻlganiga ishonch hosil qila olamiz. “Ta’viz-ul oshiqin” qoʻlyozmalari 1882-1905 yillari litografik usulda bosmadan chiqarilgan. Bizning davrimizda esa, biroz qisqartirilgan holda 1960 yili nashr etildi. Devondagi she’rlar Ogahiy lirikasining hammasi boʻlmasa ham hajman salmoqlidir.
“Ta’viz-ul oshiqin” da 500 ga yaqin gʻazal, ruboiylar, 89 muxammas, mustazodlar, 19 qasida, 5 musaddas, 4 musamman, 4 masnaviy, 8 qit’a, 10 tuyuq, 4 chiston, 20 tarix she’r, 4 tajriband kabi 13 xil lirik janrdagi asarlar jamlangan.
Devon adogʻida “Ash’ori forsiy” nomi bilan keltirilgan 1300 misra she’r ham bor.
Ogahiy devon tartib berish va uni nomlashda ham Shermuhammad Munis yoʻlidan boradi. Munis va Ogahiy oralaridagi ustodu-shogirdlik koʻp qirralidir. Ularning munosabatlari togʻa-ziyanlikdan, oilaviy yaqinlikdan ijodiy yaqinlik tomon oʻsib borgan.
Munis va Ogogʻiy adabiy merosiga nazar tashlasak, dastavval ularning devonlari orasidagi oʻxshashlik e’tiborimizni oʻziga tortadi. Munis ijodidan Navoiyona tartibda devon tuzish a uni maxsus nomlash an’anasini ikkinchi umri boshlangan boʻlsa, Ogahiy “Ta’viz-ul oshiqin” devonini tuzib, bu an’anani yana yuksak pogʻonaga koʻtaradi. Ogogʻiy porokanda va tarqoq xoldagi lirik asarlarini shoh va shoir, Ogagʻiyning muxlisi Muhammad Rahim Feruz taklifi bilan devon holiga keltirilgan. Ogahiy oʻz lirik she’rlarining oshiqlar qalbiga yaqin, ular bilan tumordek doimo hamroh boʻlishini, ishq ahlini dard-alamlardan xolos qiluvchi fazilatlarga ega boʻlishini istadi va devonini “Ta’viz-ul oshiqin” (Oshiqlar tumori) deb atadi.
Devondagi she’rlarning umumiy soni, adadi 600 ga yaqin, shulardan 500 ga yaqini gʻazallardir. Koʻrinadiki Ogahiy Alisher va Munisdan soʻng eng koʻp gʻazal yozgan va bu janr taraqqiyotiga ulkan hissa qoʻshgan shoirdir.
Ogogʻiy gʻazaliyoti oʻzbek gʻazaliyotining Lutfiy, Navoiy, Bobur, Mashrab, Xuvaydo, Munis gʻazallaridagi eng yaxshi an’analarining gʻazal va ijodiy davomidir. Klassik poeziyadagi koʻpgina an’anaviy xususiyatlar Ogahiy ijodiga shu ikki buyuk shoir tajribasi orqali oʻtgan, desak xato boʻladi, albatta.
Ogahiy she’riyati, jumladan, gʻazalyoti dunyoviy va ilohiy ishqni, inson komilligini, ahloqiy gʻazallikni birlikda ifodalovchi asarlardir. U har bir asarini ma’rifat nurlari bilan goʻallashtirib, ularni tarbiyaviy ahamiyatini oshirishga xarakat qiladi:
Ushshoq koʻnglun olgʻali xulqu malohati shart emas,
Yoʻq sarvaso qomatu ruxsorai gulfomi shart.
Uning tasviridagi sevuvchilar har qanday gʻaraz va manfaatdorlikdan uzoq, yuragi toza, dili pok, xushxulq, zukkok shaxslardir. Masalan; u malaksimo yor obrazini chizar edi, uni Navoiy “Farhod va Shirin” dostonida Mehnbonu saroyidagi ilm-ma’rifatga intiluvchi, turli sohalarda oʻz iste’dodini namoyon eta olgan qizlarga xos fazilatlar egasi tarzida koʻrishni orzu qiladi.
Ogahiy hayot sevar shoir. U insonlarni umrini gʻanimat bilib, koʻngilni xush tutib, Olloh nasib etgan xursandchilikdan bahramand boʻlishga chaqiradi. Bu gʻazal insonlar mashvarati, oʻyin-kulgusi, sharbat kayfi, mutribu xonandalarning yoqimli navolari, koʻngul istaklari misoli ifodalaydi.
Ogahiy she’riyati, ta’vizdagi gʻazallari majoziy ishq tasviridangina iborat emas, albatta. Uning devoni ishqi haqiqiy tasvirida ham chuqur falsafiy-ijtimoiy mazmunga ega namunalar bor.
Ayniqsa:
Ogahiy, jaht et, masahib boʻl haqiqat ahliga,
Tabokay boʻlgay majoz ahli bila ulfat sanga
maqtai bilan tugallangan gʻazalida Ogahiyning ham majoziy-dunyoviy ham haqiqiy, islomiy-ilohiy ishqqa falsafiy munosabati ifoda topgan. Demak, u taxallus tanlaganda ham ilohiy-ishq Ollohga muhabbat sirlaridan ogohlikni, xabardorlikni nazarda tutgan. Shuni alohida ta’kidlab oʻtish kerakki, Ogahiy gʻazaliyoti boshqa janrdagi asarlarida zamondagi haqsizliklarga, nochorliklarga adolatsizliklarga norozilik, dahri dirning cheksiz kulfatlari va kamsitishlariga isyon aniq hamda kuchli sado berib turadi.
Ogahiy gʻazallari badiylik nuqtai nazaridan ham haqiqiy san’at mevalaridir. Ularda alvon-alvon lafziy va ma’naviy san’atlar, qofiya, radif hada aruz vaznlari jilvasini koʻramiz. Quyidagi baytlarda misralar ichida ham qofiyalar ham ishlatilib, she’rda ritmik ohanglarni yuzaga keltirishga imkon yaratuvchi musadj’a san’ati ishlatilgan:
Mehri vafo razmin tuzib, jabru jafo tarvin buzib,
Shirin tabassu koʻrguzub, la’li duroxshonim kelur.
Badiiy vositalari ichida istihroj san’ati ham oʻzi xos oʻrin egallaydi. Istixrojning lugʻaviy ma’nosi – “qazib chiqarmoq” degani. Istilohiy ma’noda esa, badiiy matnda keltirilgan harflardan soʻz qazib chiqarmoqni anglatadi.
Oʻzbek mumtoz adabiyotining iste’dodli namoyondalari bu poetik san’atga murojat etishib, arabiy harflarni tilga kiritishib, ishqiy-tasavufiy ma’nolarni zamzama qilishga muvaffaq boʻlganlar. Bu san’at kitobat – harf san’atining xiyla murakkab koʻrinishlaridan biridir.
She’riyatda hurufiylik ta’limotining ta’siri tufayli paydo boʻlgan. Mohir soʻz ustasi Ogahiy ham eski oʻzbek alifbosidagi ba’zi harflar shakllaridan badiiy ashyo va ta’sir vositasi sifatida foydalanadi:
Dogʻuzra alifdurmu koʻksim uzra chekmish hajr,
Yo dard sipehrida mehvazmu ekan o yo?
Bu baytda shoir “dogʻ” va “dard” soʻzlarining yozilish shaklidan foydalanib soʻz oʻyini yasagan.
Ogahiy mustazodi sof oshiqona ruhdagi asar boʻlib, uiing boshdan-oyoq mazmuni oshiqning ma’shuqani vasf etishi, unga dil izhorini ifodalapshga bag`ishlangan. U soʻfiyona asardir, chunki unda ilohiy ma’shuqa — Olloh jamoli, visoli madh etiladi. Uushbu mustazod ilohiy ishq tuyg`ularini tarannum etuvch» goʻzal badiiy obidadir.
Ogahiyning mashhur “Ustina”radifli gʻazalining matla’ bayti ham shu san’atning oliy namunasidir. Ogahiy gʻazallarida, umuman, lirik she’rlarida aqlga sigʻmaydigan mubolagʻalar, uning tableh, igʻroq, gʻuluvv kabi aqlan ishonish mumkin boʻlgan, oʻta kuchaytirilgan, ba’zan aql bovar qilmaydigan turlari uchraydi.
Ogahiy arabcha “Chiroyli dalillash” ma’nosini anglatuvchi, badiiy asarlarda tasvirlanayotgan voqea hodisaning shoirona sababini ham koʻrsatib ifodalash san’ati hisoblangan “Husni ta’lil” usuliga ham tez-tez Ogahiy va umuman Munisdan e’tiboran Xorazmlik shoirlarning koʻpida she’rda muayyan soʻzni takror qoʻllash san’ati hisoblangan takrirning ham xilma-xil koʻrinishlarini uchratamiz. Ogahiyning bir gʻazalidagi matla’dan maqta’gacha koʻllangan takril san’ati gʻazal baytlarining ikkinchi misralarida ifoladalayotgan ma’nolarni kuchaytirib, birinsi misralardagi oshiq dardlarini yorqinroq ochishga xizmat qiladi. Takrir she’r baytlarida (boshi, oʻrtasi yoki oxirida) juft-juft soʻzlar qoʻllash san’ati sanalgan mukarrar san’atdan farq qiladi.
Professor A.Hojiahmedovning she’riy san’atlar va mumtoz qofiya risolasida qofiya san’atlari xususida juda muhim nazariy ma’lumotlar, tahliliy sharxlar keltirilib, shu san’atda Ogahiyning shoir oʻylagan poetik niyatni yuzaga chiqarishga xizmat qiladi. Ogogʻiy she’riyatida oʻz mavzularining zamonaviyligi, dolzarbligi, ma’no va mazmunining chuqurligi bilan birga, badiiy - estetik gʻazallagi jihatidan ham ibratli maktabdir.
Ogahiy she’rlarida vazn, qofiya noqisliklari umuman uchramaydi:
Toki ul qotilgʻadur sanidon koʻngul, xunxor koʻz,
Jabru zulmidun manga vayron koʻngul, xunbor koʻz.
bayti bilan boshlanuvchi oshiqona gʻazalida shoir gʻazalning oxirigacha har bir baytda ikki soʻzni qofiyadosh qilib keltirish (yuqoridagi baytda “sandon, xunxor – vayron, xunbor”)ni mohirlik bilan ishlatgan. U tasavvufiy ruhda yaratgan mustazodlarida ham orginal qofiyalar topib ishlatishga muvoffaq boʻladi.
20 asrning 2-yarmidan yuksak bosqichga koʻtarilgan, ayrimlariga Feruz va Komil Xorazmiy tomonidan kuylar bastalanib, notalarda aks ettirilgan Xorazm shoshmaqom va suvora turkumidagi mumtoz qoʻshiqlarni asosiy qismini Ogahiy gʻazallari, muxammaslari tashkil etdi.
Masalan, Ogogʻiyning “Ustina” radifli mashhur ishqiy orifona gʻazali “Peshravi Feruz” deb ataladi. Uni Komil Xorazmiy notaga olgan. 6 jilddan iborat “Xorazm maqomlari” kitobidagi shunday qoʻshiqlarning koʻplari Ogahiy she’riyatiga bastalangan qoʻshiqlardir. Ularning Xorazmning mashhur hofizlari Madraim Sheroziy, Komiljon Otoniyozov kabilar ijro etganlar.
Ogahiy oʻzbek shoirlari ichida eng koʻp musammallar yaratgan shoirlardan biridir. “Ta’viz ul oshiqin” devonida 2 ta murabba’,89 muxammas, 5 musaddas, 4 musamman keltirilgan. Koʻrinadiki, Ogahiy muxammaslar yaratishga alohida e’tibor bergan. U xatto muxammaslarni devoniga alifbo tartibida joylashtirishni lozim koʻrgan. Ularni bir joyga jamlagudek boʻlsa, muxammaslardan iborat bir she’riy majmua, muxammas she’rlar devoni paydo boʻlishi mumkin. Ummat Toʻychiev “muxammas janrining asoschisi Ogahiy” deganlarida, garchand, bu fikr boʻlmasada, Ogahiyning bu janriga ayricha qiziqish va e’bitor bilan qaraganlarini nazarda tutgan edik. Ayrim tasavvuf ruhidagi namunalar bu anrga nashrga kiritilmay qolgan boʻlishi mumkin. Ogahiy Mavlono Fuzuliyning 5 ta, Munisning 4 ta, zamondoshlaridan Roji Xorazmiyning 3 ta, shoh va shoir Feruzning 5 ta Dilovorning 1 ta, Amiriy (Umarxonning) 1 ta, Gʻoziyning 1 ta gʻazaligi tazmin muxammaslar bogʻlagan.
Ogahiyning qolgan 40 dan ortiq muxammasi oʻzining mustaqil va bir nechasi oʻz gʻazallariga oʻzi yozgan muxammaslardir. Aytish mumkinki, Ogahiy muxammas she’rlar ijod qilishda birinchi navbatda Navoiy tajribalariga, qoʻllagan usullariga murojat etdi. U Navoiydan soʻng shu janrni eng yuksak bosqichga koʻtara olgan shoir boʻldi. Buyuk Alisher Navoiy, soni unchalik koʻp boʻlmasa-da, bu janrning etuk namunalarini yaratdi. Ayniqsa, boshqa shoirlar, shu jumladan oʻz gʻazallariga tazmin muxammaslar yozish an’anasiga ham asos qoʻydi. Ogahiy shu nuqtada Navoiy dahosidan nihoyatda kuchli ta’sirlandi.
Ogahiyning Navoiy gʻazaliga 3 misradan qoʻshib borgan satrlarida ham gʻazaldagi asosiy gʻoya-erkinlik, faqirlik-boylik, eski boʻryo - taxti Kayon, atta - aziz ta’om kabi qarama – qarshi narsalar va sifatlar oʻxshatish boʻlib kelgan. Navoiy va Ogahiy gʻazallaridagi fikrlar bir-biriga shuqadar bogʻlanganki, ularning ikki muallif – Ogahiy va Navoiy misralari ekanligi mutlaqo sezilmaydi. Agar muxammas oxiridagi taxalluslarga qarab, uning Ogahiy va Navoiy misralari ekanligi bilinib turmasa, ularni bir shoir qalamidan chiqqan deb oʻylash mumkin.
Ogahiy devonidagi “saqqoqimiz - ishtiyoqimiz”, “ayting” radifli yoki shunday qofiyali she’rlari Lutfiy she’rlari ta’sirida, “bidoyati - bihoyati” qofiyali she’ri Fuzuliyning “qomati - qiyomati” qofiyali she’ri Fuzuliyning “qomati-qiyomati” qofiyali she’ri ta’sirida yaratilgan. Shuningdek, shoirning Fuzuliy gʻazallariga bogʻlagan muxammaslari ham bor. Ogahiy hukumdorlarga bagʻishlangan qasidalarda xonni “adolatli”, hayotni “farovon” qilib koʻrsatgan. Bu ayniqsa “ramozon”, “qurbon” sayillari navroʻz munosabati bilan bitilgan she’rlarida ravshan koʻrinadiki, lekin qasidalarning ayrim misralari mazmunidan shoirning bu “adolat” va “farovon”liklar sirini ochishga, toʻgʻri “maqtovdan” tanqidga, fosh etishga oʻtganini payqash qiyin emas. Masalan: Said Muhammadxon davrida yozgan qasidalaridan birida Ogahiy oʻzining er va bogʻidan mahrum ekanligi toʻgʻrisida bunday deydi:
Meni ham bogʻi erli qilsa, lutfidin eru borkim
Aban anjat mango hovandu homiyo qadirdondur,
Agarchi iltifotidin erur vaqtim bogʻoyat xush,
Va lekin bogʻ ila er yoʻqligʻi koʻnglimda armondur.
Ogahiyning oʻz zamonasiga, oʻsha davrdagi hukumron tabaqalar hamda mehnat ahllariga boʻlgan qarashlarini yanada chuqurroq oʻrganish uchun uning ijodini boshqa shoirlarning ijodi bilan ham jogʻishtirib koʻrish mumkin. Chunonchi, shoirning ishq muhabbat mavzusidagi she’rlarini koʻraylik. Ma’lumki, muhabbat mavzusi juda qadim zamonlardan beri adabiyotimizda qalamga olib kelinayotgan etakchi mavzulardandir. Chunki, muhabatsiz hayot bema’nihayotdir. Haqiqiy muhabbat, vafodorlik, samimiyat va joʻshqin his - tuygʻular bilan sugʻorilgan boʻladi. Cubutsizlik, jafokorlik va razillik haqiqiy ishq-muhitga yotdir. Iste’dodli lirik shoir Ogahiy ham chinakkam oshiqliq, pok, samimiy muhabbat kuchsizdir. Shu sababdan u “Devoni” dagi gʻazallarning birida:
Ogahiy xolini gar ishq ichra bilmak istasang,
Chashmi ibrat birla dardangiz devonimga boq.
deb kuyladi: va oʻz devonini ham “Ta’viz ul oshiqin” (Oshiqlar tumori) deb atadi.
Shoirning tojikcha she’rlari ham oʻz tematikasi mazmuni va badiiy xususiyati bilan oʻzbekcha she’rlaridan qolishmaydigan yuksak asarlar boʻlib, ularda oʻsha zamon turmush taassuroti inikos ettirilgan. Masalan, shoir uzoq vaqtgacha oʻrlik bilan ta’machohiga duchor boʻlganini tama bilan bandidan qutilish, izzatga loyiq boʻlish orzusida ekanligini aytib oʻtadi:
Xolosi doda az bandi tamakun loyqi izzat,
Ki muddatho ba xori mubtaloi qari in choham
Ogahiyning fors-tojik she’rlari Sa’diy, Xofiz, Bedil kabi klassik shoirlar ta’sirida yozilgan shoir fors-tojik mumtoz adabiyotidagi yutuqlarni oʻzlashtirish uchun Bedil va Amiriyning tojikcha she’rlariga muxammaslar ham bogʻlagan.
Ogahiyning butun umri davomida bir xon oʻrniga ikkinchisining kelishi Xivada bino qilingan turli quruvchilar, madrasalar haqidagi tarix she’rlari devonining “ashori forsiy” qismida keltirilgan.
She’riyatning tarix tarzida keltirilgan baytlardan koʻrinishicha, Ogahiyning koʻproq madrasa qurilishlari qiziqtirgan. Shuning uchun Sayid Mahmud Toʻra va Muhammadniyoz Devonbegi madrasalaridagi tarixiga toʻrttadan she’r yozgan. Bu ham Ogahiyning ilm, madaniyat va maorifga ishtiyoqmandigini koʻrsatadi. Shoir bunday qurilishlardan xursand boʻlganidan Muhammad Amir madrasasini “dilkashi dilkusho, dilkashu jon parvar” va “ikinchi jannat“ deb ta’riflanadi.
Muhammad Rahimxon tomonidan soldirilgan madrasani esa “ahli ilm” uchun “binoi sharafnishon” va “latofatu fayzu sharofati” bilan “ahli fayz” uchun “binoi sharafnishon” va “latofatu fayzu sharofat”i bilan “ahli fayz” uchun dunyoning “toza behisht” deb baholaydi va uning tarixini “madrasa fayz afzo” deb ataydi.
Ma’lumki, Rahmonberdibiy va Muhammadniyoz Devonbegi xonlikda katta amaldor boʻlishlaridan tashqari, katta er egalari ham edilar. Shoir bularning madrasalariga ham tarix yozgan. Shoirning maqsadi bu shaxslarning behisob davrlarini madaniyat yoʻliga safqildirish boʻlib u, Rahmonberdibiy va Muhammadniyoz Devonbegilarning diqqatini tortish uchun, ularning madrasalariga “betavvaqquf” “fibhol” deb tarix aytgan, hatto Rahmonberdibiy madrasasini “fazli kamol” talabgarlarning makoni, deb baholagan. Muhammad Rahimxonning amaliysi Amirul Umaro Said Mahmud madrasasini ham ta’riflab oʻtadi.
Ogahiy yurakdan his qilib, unga bogʻlangan muhammasini shu jihatlarini yanada takmilga erishtiradi. Oʻz gʻazalining birinchi baytidayoq shoir yor qoshi—koʻzining nihoyatda chiroyligi va uning oshiq qalbiga larza solishini kuchli tashbehlar va tarf-vositasida ifodalab “nun” va “sod” harflarining islomiy koʻchma ma’nolaridan foydalanib, yangi misralar hisobiga gʻazallashtirib, asar mazmunini chuqurlashtirib boradi. Birinnchi matlabaytning oʻziyoq nechogʻli ramziy-majoziy fikr hamda badiylik, ijodiy qoʻri bor. Shar tasavvuf ishq jilvasini gavdalantirish uchun ramziy manolarga ham ega “nun” hamda “sod” harflaridan foydalanndi. Ikkinchi misradagi “nun” birinchi misradagi qoshga ikkinchi misrdagi “sod” esa birinchi misradagi chachim (koʻzda) oʻxshatilgan. Shuning bilan birga, “nun” va “sod” haflari biriksa, yani “nun etibon sod ustina” “nas” soʻzi paydo boʻladi.Uning ma’nosi biror norsani bajarishga berilgan hukm, buyrukdir.
Bu buyruqning oqibati “Sening jallod koʻzlaring ustidagi timqora va chiroyli qoshlaring xaraktka kelsa, uning tagidagi jallod qoshlaring harakatga kelsa, uchirilsa, uning tagidagi jallod koʻzlarining mening qatlimga shaylanadir. Ya’ni gʻazal yorning koʻzi jalloddek jon oluvchi boʻlib, mushikdek qop-qora qoshi koʻzini himoya qilish uchun saf tortgan posponlar-qochiriqchilar hay’atidir”. Ogahiy shunday san’at orqali gʻazalning qoshi-koʻzini himoya qilish uchun saf tortgan posponlar-qoʻriqchilar hay’atidir. Ogahiy shunday san’at orqali gʻazalning qoshu koʻzini ta’rif etadi. Keyingi bayllarda gʻazalga shu ajoyib tasvir baytma-bayt tadrij asosida rivojlantirib boriladi. Shunday san’atkorlik biz yuqorida keltirganimiz ikkinchi baytda yana oʻzgacharoq namoyon boʻladi:
Agar sen shamshod daraxtiga gul payvand qilinganini va uning ochilib, yashnab ketganligini payqamagan boʻlsang, gʻazal yor qomatini va oydek yuzini tomosho qilaver, chunki uning qomati shamshoddek tik va xipcha boʻlib, yuzi shamshod qadi ustida ochilgan qizil guldekdir. Ogahiyning shu radifidagi gazali ham, unga oʻzi yozgan taxmin muxammasi ham bejiz “peshravi Feruz” yoʻli bilan maqomlar tarkibidan mustahkam oʻrin olib ijro etilmaydi: iste’dodli shoirimiz Omon Matchonning “Muxammasi muloqat” asarining yaratilishi ham bu asarlarga xos boʻlgan chuqur tafakkur, fikriy teranlik va gʻazal badiiyatdir.
Ogahiy “Yolgʻiz” radifi gʻazalini tazmin uchun bekorga tanlangan emas.
Bu gʻazalda u yashagan davrda hukm surgan haqsizliklar ostida ezilib, azob tortayotgan ilgʻor kishilarning ruhiy ahvoli yoritilgan. Shoirning oʻzi ham shulardan biri edi. Shoir shu ichki azobni aks ettirish uchun bu mavzuga yana qaytildi: uni yanada chuqurroq, hayajonliroq qilib ifodalashni istaydi. Yolgʻizlikni ifodalovchi bu muxammasda, darhaqiqat, uning gʻazal variantiga nisbatan badiiy hayotgan qarshi isyon yana kengroq koʻlamda, yanada chuqurroq tasvirlangan.
Ogahiyning “Arzimas” radifli gʻazal va muxammasida ta’magirlik qoralanadi. “mo dune orttiraman deb oʻzingn harob etma, qanoat rasmini tut, boriga shukur qil, halol yasha” degan gʻoya ilgari suriladi. Ogahiy oʻzining ishqiy, ilohiy, ijtimoiy-ta’limiy fikrlariga toʻla quyidagi matlali gʻazallarini ham, yuqoridagi poetik maqsadlarni koʻz tutgan holda, beshlamalarga aylantirgan.
Bu an’ana rivojida yangi sahifa ochgan Ogahiy yoʻlini uning Fargʻonalik izdoshi Mavlano Muqimiy davom ettirdi. U gʻam oʻzining bir qancha oshigʻona gʻazallaridan tashqari xatto hajviy gʻazallariga ham yana oʻzi tazmin, muxammas bogʻladiki, bu hol oʻrta asrlar fors adabiyotida avval tasmit nomi bilan halqasimon she’r yaratish usuli sifatida paydo boʻlib, soʻng musammad she’r shakllari sifatida rivojlana boshlagan, dastlab turkiy namunalari asosan Navoiy, Nizompiy va boshqalar orqali XVII asrlarda Turdi Farogʻi, Mashrab, Saydo Nasafiy, Mirzo Bedil yodida ijtimoiy xatto isyonkor oganglarni ifodalovchi janglardan biriga aylanganini koʻrsatadi. Bunda, shbhasiz Ogahiy bu jang takomili va rivojidagi mavqei nihoyattda katta boʻldi.
Ogahiyning ijodi boʻyicha ilmiy ish oli borib disertatsiya yoqlangan. Madina Matyoqubova Ogahiy ijodini chuqur oʻrganib ilmiy tadqiqot ishlarini olib borgan. Filologiya fanlari nomzodi Madina Matyoqubova "Diydor" gazetasining 2003-yil 17 dekabr 38 sonida shunday degan: "Ogahiy sofiy shoir emas biroq soTiona ruhda yozilgan asarlari ham anchagina shoir tabiricha koʻnglida Olloh boʻlgan odam goʻzal hulqqa ega boʻladi. Yana inson Olloh yaratgan mavjudodlar ichida eng buyugi va eng suyugidir vatandoshimiz xorazmiy aytganidek "Haloyiq sevganin sevar, Holiq ham" bas shunday ekan, Ollohning ishqi tushgan insonni shor nega sevmasin? Ogahiy ijodida asosan naqshbandiylik taMimoti mavjud ekanlligini koʻramiz". Degan yana umumta’lim maktablari va oily oʻquv yurtlaridagi adabiyot dasturlarida Ogahiy ijodini oʻrganish uchun juda kam soatlar qoʻyilganini Ogahiy ijodida darslikka kiritilishi lozim boʻlgan jihatlar juda koʻp ekanligini aytadi. Qani endi Ogahiy ijodi boʻyicha lugat tuzilsa shoir asarlari kengroq oʻqitilsa uning Zohiriy botiniy jihatlari atroflicha oʻrganilardi degan edi.
Muhammad Fuzuliy bir she’rida:
She'r bir zevardur, ammo biz kabi nokaslarga,
Ulki komildur, uni muhtoji zevar etmamish... dey
Fuzuliyning nuqtai nazariga koʻra, "Nokaslar she'rga muhtoj" durki, "She"r nokasni komil" aylar. Uningcha Ollahu taolo she"rga munosabatda paygambary va ummati orasida farq paydo etib, Paygambar komil boʻlgani uchun ham Olloh unga she’r oʻrgatishni lozim koʻrmagan. Oddiy inson esa nokas va kamchiliklardan holi boʻlmaganligi bois she’rga muhtojlik sezib yashaydi. Sharqda she’riyatga alohida ahamiyat berilishi va shfer kuchiga favqulotda ishonch ila qalishining tub sabablaridan bittasi anashudir. Shuning uchun she"r asrlar davomida faqat inson ruhi qalbi va tafakkurining emas balki, ahloqning koʻzgusi oMaroq qadrlanib keladi. "Xoliq", "Mahluq", "Xulq", "Ahloq" bu kalimalar mohiyati bir biri bilan bogliq. Bu soʻzlaning yaralishi ham mazmun mohiyatini ham bir biridan ajratib boʻlmaydi. "Hulq" yoki "Ahloq" desangiz beihtiyor "Halq" yoki "Mahluq" soʻzi yodga tushadi. Xalq haqida oʻylaganda albatta Xoliq yodga keladi.
Ahloqiy erkini muhofaza eta bilmagan xalq insonlik gururi va sharafmi amalga himoya qilolmagan olomon. Adolat diyonat, shijoat, hurriyat hulas xalq hayoti uchun suv va havoday zarur qanday fazilat yoki tushunchalar boʻlsa hamma hammasining asosi ahloqMuhammad Rizo Ogahiy gazallaridan birida:
Ox kim, ahli zamon oldida odam ul durur,
Kim esa hayvon kabi nodonu hoʻrdu xoblig.
Deydi. Hayvonsifatlikni qadr topishi va hayvontab kimsalarning "Ahlizamon" tomonidan e’zozlanishi shunchaki xodisa emas. Bu ahloqiy ma"naviy qadriyatlarning qadrsizlanishi edi. Bu moddiyatga tayangan qoʻpol shavqatsiz kuchning aqlu donishdan ustun kelishi demak. Bu ruhdan yiroqlashib, nafsga taslimiyatdurki Ogahiy ahloqiy tanazuldan qutulishning bosh chorasini koʻrsatib deydi:
Begona qil gar odamersang oʻzni nafsdin,
Ihlos ila mudom oʻlibon oshnoi ruh.
Ogahiy fikr qamrovi juda keng mushohada iqtidori o"tkir tabiatan xokisor ruhan bedor ogoh shoirdir. Uning ruhiy olami haqiqatga tayangan shoir nazarida bu olam koʻhna bir "Hasratxona" barcha ulug shoirlardagidek Ogahiyda hamdard va hasrat koʻp. u oshiq sifatida tolesizligi zamonning kajroftorligi, odamlarning oqibatsizligi va bagritoshligi, adolatning qoʻli qisqaligi, don ova oqillarning xor-u zorligi hullas ko'p narsalardan hasrat chekadi, qalbi dardga toʻlganligidan zorlanadi. Lekin Ogahiyda hasratga kulfat va gussaga qullik yoʻqxhunki Ogahiyda tafakkur va tahayyul maqomi baland. U hayolning kengligiga qancha ishonsa fikrning kuch quvvatriga oʻshancha inonadi.Samoviy hissiyotlarga erk berish fursatlarini nazardan soqit qilmaydi. Uning:
Ogahiy, jahd et musohid boʻl haqiqa ahliga
Tobakay boʻlgay majoz ahli bilan ulfat sanga... degan fikrlari ham aynan shu ehtiyojdan tugilgandir.
Ogahiyning gazali "Agar mulki millatga xar jihatdan bilagon ya"ni ogoh kishilar sarkorlik qilsalar tayanch botsalar shoxlar bu dunyoning ham u dunyoning ham obroga musharraf boTurlar" degan.
Bir istak bilan boshlanadi. Ayni paytda shu bayt gazalining ma'no yoʻnalishini belgilab beradi ya"ni gazalxon navbatdagi misralarni oʻqimasdanoq shoir nazarda tutgani ogohlarga zid kimsalar toʻgTisida gap gapirmoqchiligini darxol biladi. Shoir esa goʻyo shuni hisobga olganday asl maqsadga koʻchadi:
Vax nechuk mahkam boTur ul shozga davlat qasri keng,
Boʻlmasa arkoni oning koʻxna davlat xoxlar.
"Amalida jahd gayrat koʻrsatmoq deydi. Imom Gʻozzoliy, zoxirni botinga, botinni xozirga muvaffaqlashtirmoq erur tashqi harakat ichida yoʻq bir faoliyatga dalolat qilmasligi, ya'ni qilinajak har qanday ish toʻla toʻkis hulq va koʻngildan yuzaga chiqishi zarur... Ba"zi odamlar vazminlik viqor ichida yursada, aslida botinlarida viqor va donolikdan asra ham yoʻqdir. Bundaylar ish va amallarida sodiq boʻla olmaslar"
Ogahiy zoxiri botiniga botini esa zoxiriga mos kelmaydigan kimsalarning davlat dasyori boʻlganliklariga qarshi gapirmoqda.
Adabiyotni hech vaqt zamon va davrdan ajratib bolmaydi biroq adabiyotni zamon va davrga tobe qiyofada tasavvur etish ham notoʻgri. Adabiyotning mutloq haqiqat va adabiyotga daxldor tushunchalari anashunda taraqqiy topadi. adabiyotga xos ana shu talab va qonuniyatning Ogahiy nihoyatda teran anglab ijod qilgan Ogahiy uchun she`r "Jaxonda to qiyomat yodgor" boTib qoladigan kashf va ilhom hosilasi edi. Buyuk shoirning devonida umrboqiy sheTlarning koʻpligi ham shu fikrning isbotidir.
Tong ermas, Ogahiy ahli jaxon she’ringga mayil etsa,
Nadinkim, har soʻzing nazm ichra bir gavharga oʻxshaydur... deb yozgan edi shoir oʻzining bir gazalida xozir bu faxriyaning naqadar haqiqat ekani shoir bashoratining oʻrinli ekani ma"lum.
Muhammad Rizo Ogahiyning koʻlami keng ilmiy adabiy merosi hususan poetik ijodining yuksak qiymati XIX asrning ikkinchi yarmidayoq bilimdonlar muxlislar tomonidan xushnudlik bilan etirof etilgandir "Jonparvar ashori" badiiy soʻzinin qadrlovchilar maylining oʻziga qaratib shuxrat qozongan edi. Ma'lumki koʻpgina shoirlar yilning baxor fasli haqida quvonch va shodlik mazmunidagi gazallarni bitganlar bunday gazallar Ogahiy devonlarida ham uchraydi. Shoirning lolaning ochilishiyu bulbulning xonishidan muhimroq masalalar o"sha jamiyatda inson va uning qadr qimmati qiziqtiradi.
Anashu boisdan navbahorga bagishlangan gazalda tabiat tasviridan koʻra ijtimoiy mulohazalar bayoni kuchaygani tufayli manzara lirikasi ijtimoiy she'riyatga aylanadi. Bunga quidagi gazaldan olingan parcha yaqqol misol boʻla oladi:
Navbahor ayyomi boʻlsa har kim ayshu bogsiz,
Loladek bir lahza hamdin koʻngli ermas dogsiz.
Kimsa boʻlsa bog"u boʻstonsi agar faslibahor
Uyla naxledurkim boʻlgay shoxayu yafrogsiz
Har koʻngilkim bogʻ aro ishrat mayidin shod emas
Maslf aledurkim yoruglik yoʻqdir anda yogsiz.
Garchi bunda "Navbaxor, lola, bog` boʻston, naxl, shox, yaproq" boʻlsa baxoriy gazallarida ishlatiladigan soʻz tushunchalar mavjud boʻlsa ham ammo uning umumiy ruhi an’anaviy baxoriy gazallaridan farq qiladi. Zero baxoriya gazallarida shodlik koʻtarinkilik ruhi yetakchi boʻlsa, unda baxorning issiq nafasi sezilib tursa, bunda gamginlik, maxzunlik bilan birga ma'lum bir norozilik tuygulari boʻrtib seziladi. Ikkinchidan gazalda tazod kayfiyat va holat yaratishga intilish birinchi misradanoq koʻzga tashlanib turadi: "navbaxor ayyomi" "bogsizlik".
Biz Ogahiyning gʻazallaridagi kabi, mustaqil hamda tazmin muxammaslarida ham badiiyatning koʻrkan va betakror namunalariga duch kelamiz. Ogahiy she’r mazmuni talabi bilan aruz bahrlari va vaznlaridan qofiya va radif san’atidan yuksak mahorat bilan foydalaniladi, ma’naviy va lafsan’atlar nozik did bilan ishlatilgan goʻzal baytlar toʻrtlamalar, beshlamalar yod qiladi “ustina” dadifli goʻzal va muxammasga xos poetik unsurlarning oʻziyoq Ogahiyning mumtoz adabiyotimizning tor ma’nodagi iste’dodli vakillaridan biri ekanligini isbotlab turadi.
Shu bois Ogahiyning oʻzi ham yaratuvchi unga in’om etgan shoirlik ne’matidan, uning samaralari xalv va ma’naviyat manfaatlari uchun xizmat qilayotganligidan faxrlanib:
Tong emas, Ogahiy axli jahon she’riga moyil etsa,
Nedimki har soʻzing, hazm ichra gavharga oʻhshaydi
oboristik bayt bitgan edi.
Ogahiy anchagina masnaviylar yozgan “Tavis ul-oshiqin”da 450 baytdan iborat 4 ta mustaqil masnaviy bor. Shu devonga Ogahiy yozgan debochada ham kichik-kichik 8 ta masnaviy parcha mavjud boʻlib, ular 88 baytni tashkil etadi. Masnaviylar shoir tarixiy asarlari tarkibida turli munosabatlar bilan keltiriladi. Masalan: uning “Riyoz ud-davla” asarida 2 baytdan 278 baytgacha 91 masnaviy : “Zubdat ut-tavorix” asarida 2 baytdan 52 baytgacha boʻlgan 51 masnaviy: “Jomi ul-voqlati sultoniy” asarida ikki baytdan 37 baytgacha boʻlgan 65 masnaviy va masnaviy parchalar: “Gulshani davlat” asarida 2 baytdan 138 baytgacha boʻlagn 96 masnaviy parchalar uchraydi. Ogahiyning 20 ga yaqin tarjima asarlari tarkibida ham masnaviylar keltirilgan. Masalan Sa’diy Sheroziyning “Guliston” asari tarjimasida undagi hikoyatlar ruhiga mos va qit’alardan tashqari umumiy xajmi 63 baytdan iborat 2 baytdan 7 baytgacha boʻlgan 20 kichik-kichik masnaviy parchalar mavjud. Yuqoridagi kuzatishlardan ma’lum boʻladiki, Ogahiyning badiiy, tarixiy va tarjima asarlarida masnaviy ancha salmoqli oʻrin tutadi. Demak, Ogahiy bu janrdan foydalanishda 2 xil usuldan foydalangan ekan:
1-masnaviy she’r shaklida alohida-alohida asarlar yozish (“Ta`viz ul oshiqin”dagi masnaviylar);
2-chi turli voqea hodisalar, sabablar munosabati shu voqea hodisalarga bogʻlab masnaviy parchalar keltirish. Buni Ogahiy tomonidan shunday masnaviylarga quygan nomlar ham tasdiqlaydi: masalan; u “Imorati oliy” (“Jomiy ul voqeati sultoni”)da Xiva shahri, “Ichon qal’a” ichida qurilgan bir katta binoni tasvirlaydi.
Ogahiyning 3 guruh masnaviylari ijtimoiy – ahloqiy mavzulariga bagʻishlangandir. Shunday asarlardan eng xarakterlisi Ogagʻiyga bagʻishlangan ilmiy adabiyotlardan “Qasida nasihat” nomi bilan atalib keluvchi ancha katta hajmdagi asar hisoblanadi. Ogagʻiyning Feruzga bagʻishlab yozgan asarlari ancha. Biroq bitta masnaviysi katta ijtimoiy-ahloqiy qimmatga ega. Bu masnaviy Muhammad Rahimxon Soniyning 1863 yili otasi Muhammad Rahim-1 vafotidan soʻng Xorazm taxtiga chiqishi munosabati bilan yozilgan. Asar tuzilishi va mazmuniga koʻra, Alisher Navoiyning Xusayin Bayqaroning Xuroson taxtiga kelishi munosabati bilan yozilgan “Hildiya” qasidasiga oʻxshab ketadi. Biroq bu davr, mavzu undagi tarixiy shaxslar obrazlari badiiy tasvirlar tomonidan oʻzgacha, Masnaviy Ogahiyning oʻz ijodiy yoʻlidan boruvchi shoir ekanligini namoyon etib turadi. Ogahiyning ta’kidlashicha, yangi xukumdor Feruz Xorazmdagi saltanatning barqarorligini ta’minlamogʻi uchun quyidagi ommillarga izchil amal qilmogʻi lozim.
Shunda soʻng shoir birin ketin saltanat rivojida va adolatning qaror topishiga xizmat qiluvchi yana bir qancha boshqa sabablarni sanab oʻtadiki, ular: futuvvat (oliyjanoblik) sof niyat, muruvvat, ahamiyat (intilish, jahd), shariyat fikrining oldini olish, raiyat navozlik (xalqparvarlik), chorasizlik, tarbiyat, sipohlarga e’tibor, qaram va boshqalar. Mutafakkir shoir davlatni mustahkamlash, uning tinchligi va osoyishtaligini saqlash uchun yuqoridagi masalalarga qattiq e’tibor berish bilan birga, uning barqarorligiga xukumdorning mavqei va obrozida zarar etkazuvchi ahloq - odob mezonlarini ham koʻrsatib oʻtadi. Shoir yosh xukumdor Feruzni ogohlantirib, davlat boshligʻi, umuman aqliy inson uchun oʻta zararli boʻlgan quyidagi hayrinsoniy odatlarni sanab oʻtadi. Shoir nazmida saltanat ravnaqiga putur etkazuvchiyana bir qancha yaramas illatlar mavjud. Kimki shu illatlardan chetda turmasa, uni xilqat bosadi, ishi yurishmaydi, obroʻsi tubanlashib ketadi. Bu ayniqsa hukumdorlarga xalq tagdiri topshirib qoʻyilgan shoxlarga koʻprok aoqadordir.
Fisqu bid`at, jabr moparastlik, ayshu ishrat, mayhoʻrlik, qimorbozlik, mulkdan behabarlik, izzat ahlini xor qilish bezori, beshavqat avbosh odamlarga mansab berish ularga iltifot koʻrsatish xasatgoʻylik, chaqimchilik, sudxoʻrlik, shunday yaramas odatlar sanaladi.
Tarixiy ma’lumotlarga koʻra, Feruz Xorazmda 47 yil xukumdorlik qilgan, koʻp yaxshi ishlar qilgan, ishlari ilm, san’at va adabiyotga xomiyligi, talantli shoir, musiqachi boʻlganligi bilan yaxshi nom qoldirgan. Buni tasdiqlovchi dalillar yoʻq emas. Chunonchi, Ogahiy “Qobusnoma” tarjimasidan yozgan soʻz boshisidan “Ul saltanat burjining muallo axtari… Sayidmuhammad Rahim Bahodirxon bo vujudi yigitlik ayyomi va ayshu-ishrat hangomida hech bir lavha labga (behuda ish, oʻyin-kulgi) moyil boʻlmay, aksar vaqt kitobxonlik va ma’nodan ligʻishiga mashgʻul boʻlib, har turli kitobni mutalo qilur edi va oʻzga mashgʻulotlardin ani a’lo afzal bilur edi” – deb yozadi.
Uning uzoq yillar saltanat boshida turishi, yaxshi ishlarni amalga oshirib, oʻzidan nom qoldirgan, xech shubhasiz, uning Ogagʻiy nasihatlarini quloqqa olganligi ham bir sababdir. Ogahiyning Feruzga aytib yozgan bu asari garchandmamlakatning yangi xukumdoriga bagʻishlangan boʻlsa-da, qasida emas. U 200 misralar atrofidagi, har bayti masnaviy yoli bilan qofiyalangan asrdir. Ba’zi manbalarda u Feruzga bagʻishlanganligi, kirishda tarif va maqtovlarning keltirilganligi sababli qasida janri namunasi sifatida tilga olinadi.
Munis va Ogahiy risola haqida maqolalar yozgan. Nasrullo Jumaxoʻja bu asarni “Ogohiynoma” deb ham atagan. Chunki, asar qisman madh ruhi bilan yozilgan, tarixiy shaxsga qaratilgan masnaviy namunasidir..
Ogahiy tarixnavisligiga mansub «Firdavs ul-iqbol» (bu asarni Munis boshlagan, Ogahiy davom ettirgan), «Riyoz ud-dav-la», «Zubdat ut-tavorix», «Jome ul-voqeoti sultoniy», «Gulshani davlat», «Shohidi iqbol» asarlari mamlakati-miz oʻtmishi voqeligini haqqoniy aks ettiruvchi nodir tarixiy hujjatlardandir.
Ogahiy forsiydan' oʻzbek ti-liga oʻgirgan — Mirxondning «Ravzat us-safo», Muhammad Maxdiy Astrobodiyning «Tarixi Jahonkushoyi Nodiriy», Zayniddin Vosifiyning «Badoe’ ul-vaqoe’», Mahmud binni Shayx Ali G`ijduvoniyning «Miftoh ut-tolibin», Muhammad Muqim Hirotiyning «Tabaqoti Akbarshohiy», Muhammad Yusoʻf Munshining «Tazkirayi Muqimxoniy», Rizoqulixon Hidoyatning «Ravzat us-safoyi Nosiriy», Husayn Voiz Kopshfiyning «Axloqi Muhsiniy», Kayko-vusning «Qobusnoma», Muhammad Vorisning «Zubdat ul-hikoyot», «Sharhi daloyil al-hayrat», Sa’diy Sheroziyning «Guliston», Abdurahmon Jomiyning «Yusuf va Zulayho», Badriddin Hiloliyning «Shoh va gado», Nizomiy Ganjaviyning «Haft paykar» kabi tarixiy, badiiy asarlari oʻzbek tarjima adabiyotining ulkan boyligi hisoblanadi.
Sa’diyning «Guliston» asari Sharq olamida odob-axloq boʻyicha darslik darajasida dasturulamal si-fatida qoʻllanib kelingan. Fors tilida yaratilgan ushbu asarning turkiy tilga tarjimalari oldin ham yaratilgan boʻlishiga qaramay, Ogahiyning oʻzi yozishicha, shahzoda Muhammad Rahim toʻra, ya’ni Feruz mazkur asarni turkiy tilga tarjima qilishni buyuradi. «Guliston» asari «Podshohlar sshfati zikrida», «Darveshlar axloqi zikrida», «Qanoat fazilati zikrida», «Xomushlig` favoyidi zikrida», «Ishq va yigitlik zikri-da», «Zaiflik va qarilik zikrida», «Tarbiyat ta-siri zikrida», «Tavongarlik va darveshlik bayonida Sa’dinning muddaiy bila jadal qilg`oni zikrida», «Suhbat va xizmat odobi zikrida» kabi boblardan tuzilgan.
«Suhbat va xizmat odobi zikrida» bobidan nutq odobi, mol-dunyoga munosabat, karam va minnat, ilm va amal, qismat va nasiba, yomonlik va yaxshilik, doʻst va dushman, tanqidning mohiyati, nodollik va doiolik, himmat va ibodat kabi hayotiy muammolarning ajoyib axloqiy-ta’-limiy talqinini topshis mumkin
Do'stlaringiz bilan baham: |