Tovug`i ignachiyu oʻrdagu g`ozi — kapalak.
Bor-yo 'q uylarini banda bayon gar qilsam:
Bir katak, ikki kapa, uch olachuq, to 'rt katalak.
Dema uy, balki, zaminkandur, agar kirsa kishi,
Har taraf betiga urgaylar aning ko 'rshapalak.
Xalqini koʻrsang agar oʻlasiyu qoqu xarob,
Ochlikdin egilib qomati misli kamalak.
Ajiriq tomirini oʻg`irida mayda tuyub,
Qaynatib kunda ichar, otini derlar sumalak.
Gar tahorat qilsa qavmi suv topolmay nochor,
Betini qumga yuvib ko 'ziga surtar guvalak.
Kecha go yo eshitib shuhrati tillo pulini,
Hapalak qo 'rqusidin uchdi misoli kapalak.
Ey falak, qadru adolat shiyamu mulki malak,
Marhamat chog`ida rahm ayla baholi Hapalak.
Himmating yoʻlida bir turfa karomat qilg`il,
Hapalak boz qoʻnub joyig`a boʻlg`ay hapalak.
Maxmur qoʻygan nom: «Maxmur Maxdum aloqador boʻlgan «Hapalak» qishlog`ining sifatida». Maxmurning yana ikkita xonga arznomadan iborat she'ri bor. Biri g`azal, biri masnaviy. Uning «Ta'rifi viloyati Qurama» muxammasi sayohatnoma tarzidagi asardir. Unda shoirning Qandil dovoni va Qirovchi choʻli orqali Quramaga qilgan sayohati taassurotlari aks ettirilgan. Qurama yoʻllaridagi xarob joylar, choiu biyobonlar, xasis boy-badavlat kishilarning xudbinligi shoir tomonidan afsus bilan ifodalanadi. U oʻn toʻqqiz beshlikdan iborat. Maxmurning bu asari oʻsha davrdagi zamondoshi Dilshod-Barnoning Farg`ona viloyati shaharlari haqidagi muxammasining, XIX asrning ikkinchi yarmiga kelib esa, shoir G`urbatning Namangan safari haqidagi sayohatnoma muxammasining, Muqimiy sayohatnomalarining paydo boʻlishiga ta'sir koʻrsatgan.
Maxmur hajviyotiga mansub asarlar ichida hazil-mutoyiba, chandish orqali oʻziga yoqmagan shaxsni tanqid qiluvchi yumoristik she'ri ham bor. U satira bilan yumorga xos xususiyatlarni oʻzida mujassamlashtirgan asardir. U «Avsofi Karimqul Mextar» mavzusidagi masnaviysida mansabdor shaxs Karimqulning Maxtnurga ot va'da qilib, unga nihoyatda xarob bir otni hadya etganligi, bu otning kulgili qiyofasi tasvirlanadi.
Garchand yumoristik she'rlar Maxmurgacha ham og`zaki hajviyotda, ham yozma adabiyotda (Turdi she'rlari) yaratilgan boʻlsa-da hazil-mutoyibaning oʻtkirligi, hayotiyligi, kulgi qoʻzg`atish kuchi jihatidan Maxmur she'rlari darajasida emas edi. Shu bois, bu turkumdagi she'rlar Muqimiyda yumorning muhim oʻrin tutishiga omil boʻldi. Muqimiy bevosita Maxmurning shu mavzudagi she'ridan ta'sirlanib, muxammas shaklida «Ot», «Hajvi ot», g`azal shaklidagi «Bu otingiz», «Otim», «Dar sifati asbi Toji tilgirofchi» asarlarini yaratdi.
Demak, Mahmud ibn Akmal Maxmur XIX asrning I yarmi oʻzbek adabiyotida oʻziga xos mavqe egallagan ijodkor boiib, xususan, hajviyotda maktab yarata olgan desak boʻladi. U hajviyotda mubolag`a, boʻrttirish, piching, kesatiq, laqab qoʻyish, kinoya, masxaralash, satirik tavsif, obrazning oʻzin
i tilga kiritish, syujetli hajviy hikoyalar yaratish kabi an'anaviy usullarni rivojlantirgan, ayrim yangiliklar bilan boyitgan, shular asosida hayotiy, zamonaviy asarlar yoza olgan.
Xojanazar G`oyibnazar oʻg`li Huvaydo XVIII asr oʻzbek adabiyotining Farg`ona vodiysida yashab, ijod etgan eng yirik va mashhur vakillaridan biridir. Uning lirik va epik asarlari shoir yashagan davrda ham, undan keyin ham ancha shuhrat yoydi, koʻp iste'dodli shoirlar ijodiga ta'sir koʻrsatib keldi. oʻzbek adabiyotining hatto hozirgi zamon avlodlari vakillari — Hamid Olimjon, Charxiy, Habibiy, Chustiy, Vosit Sa'dulla, Erkin Vohidov, Toʻlan Nizom kabi iste'dodli namoyandalari ijodi ham Huvaydo merosi ta'siridan xoli emas.
Adabiy merosining oʻrganilishi tarixi. Shoʻrolar mafkurasining salbiy ta'siri tufayli XX asrning turli yillarida yaratilgan ayrim ishlar tarkibida, alohida yozilgan ilmiy-ommabop maqolalarda Huvaydoning boy falsafiy ruhiy dunyosiga, shoirlik mahoratiga biryoqlama baho berish, asarlarining tub mohiyati xususida atroflicha fikr yuritmaslik mayllari sezilib turdi. XX asrning 60—yillaridan boshlab adabiyotshunoslikda uning merosini kengroq tadqiq etish davri boshlandi, deyish mumkin. Shu yillari adabiy merosimizning yirik bilimdonlari va tadqiqotchilari sanalmish akademiklar V.Zohidov, VAbdullayev, talantli olimlar Toʻxtasin Jalolov, Suyima G`aniyevaning Huvaydo ijodiga bag`ishlangan ilmiy ishlari e'lon qilindi.
«O'zbek adabiyoti tarixi» besh tomligining uchinchi tomida (1978) V.Abdullayev va R.Orzibekovning Huvaydoga bag`ishlangan adabiy portreti chop etildi. Tadqiqotchi Abdusalom Xudoyberdiyev shoir haqida nomzodlik dissertatsiyasi yoqladi va bir qancha ilmiy, ilmiy-ommabop maqolalar e'lon qildi. Huvaydo adabiy merosini oʻiganishga qiziqish davom etmoqda. Keyingi yillari uning «Rohati dil», «Ibrohim Adham» qissalari, "Devon"i va ular nashri bilan bog`liq fikrlar e'lon qilindi.
Nusratillo Jumaxoʻjaning «Milliy mustaqillik mafkurasi va adabiy meros» mavzuidagi doktorlik tadqiqotida Huvaydo merosidagi soʻfiyona dunyoqarash talqini va tahliliga alohida e'tibor qaratildi. Shu mavzuga bag`ishlangan muallif maqolasi «Sharq yulduzi» jurnalining 1998 yil 4—sonida bosildi. N.Joʻmaxoʻjaning Huvaydoga bag`ishlangan ishlarida shoirning islom va tasavvuf ta'limotidagi she'rlarida ma'rifat nurlari yolqinlanib turishi, umuminsoniy hayotbaxsh masalalar orifona talqin etilganligi ochib beriladi.
Huvaydo ijodining nechog`li muhim ma'rifiy ahamiyatga ega ekanligini XX asrning 60—yillaridayoq akademik V.Zohidov shunday baholagan edi: «U na saroy bilan bog`liq boʻldi, na mamlakatni idora etish ishlariga amaliy aralashdi... Lekin shunga qaramasdan, oʻz qalami bilan hayotni keng qamrab olishga, har bir muhim masalaga oʻz munosabatini bildirishga va shunday qilib, oʻz zamonining hozirjavob shoiri boʻlishga intildi... Uning ijodida insonning oliyjanob xislatlaridan va Vatan tabiati goʻzalliklaridan tortib to davr chirkinliklari, odam qiyofasidagi yovuzlarning razil qilmishlariga qadar boʻlgan voqealar oʻzining barcha ziddiyatlari bilan aks etdi» (V.Zohidovning «Hayotbaxsh badiiyat taronalari» kitobida. —T., 1975).
Tarjimai holiga oid ma`lumotlar. Huvaydo Oʻshda tug`ilib, Farg`onaning Chimyon degan goʻzal maskanida yoshligi kechdi. U umrining oxiigi yillarigacha shu erda yashab, ijod etgan. Bu maskanda Huvaydoning padari G`oyibnazar eshon, uning avlodlari, shu jumladan, Xojanazar Huvaydoning marqadlari bor. Keyingi yillari bu muborak dargoh muxlislar tomonidan qayta ta'mirlanib, obodonlashtirilib, ziyoratgohga aylantirildi. Huvaydoning tavallud yili ma'lum emas. Shoirning zamondoshi, ixlosmandi Mavlono Noseh, shogirdi shoir Mirhasan Sadoiy hamda chevarasi Mullo Yuldosh Xilvatiyning marsiya-ta'rixlarida Huvaydo shaxsi va fazilatlari ta'rif etilib, vafoti sanasi melodiy 1780 yil deb koʻrsatiladi, shunday ta'riflarning birida biz:
...Xirad ustodi ta'rix vafotin, Bitibdur: «G'oyib oʻldi qutbi hodiy»
ta'rix moddasiga duch kelamiz. Bu sana abjad hisobida 1195 hijriy, 1780-1781 melodiy yilga toʻg`ri keladi.
Huvaydoning otasi G`oyibnazar soʻfi oʻz davrida Sharqiy Turkistonda-Qashqarda mashhur boʻlgan Hidoyatullo Ofoqxoja eshonning muridlaridan boʻlib, oilasi bilan Chimyonga kelib qolgach, u yerda masjid va xonaqolar qurdirgan, eshonlik qilgan.
Huvaydo devonida keltirilgan bir naqlga koʻra, shoirga Xojanazar ismining qoʻyilishi ham Ofoqxojaning iltifoti bilan boʻlgan. Koʻrinadiki, Huvaydo eshonlar oilasida tarbiya oladi, avval ibtidoiy maktabda, keyin Qoʻqonda madrasada tahsil koʻradi. Otasi vafotidan soʻng maktab va xonaqolarda maktabdor domla sifatida yoshlarga saboq oʻrgatadi. Huvaydo eshon sifatida yuksak obro-e'tiborga ega boʻladi. Chimyon, Farg`ona, Vodil manzilgohlari aholisi, ayniqsa, keksalari orasida Huvaydoning avliyosifat xislatlari, pok e'tiqodi, ayrim karomatlari haqida ajoyib naqllar, rivoyatlar mavjud. Uning ta'lim-tarbiya sohasidagi ishlari toʻg`risida zamondoshi Noseh yozib qoldirgan quyidagi misralar bu fikrlarni tasdiqlaydi:
Tutib suhbat davom umri boricha,
Bayoron ta 'lim erdi fikri yodi.
Dabistonda sa`y aylab tunu kun,
Yozilgan necha tolibning savodi...
Huvaydodan soʻng uning avlodidan bir necha shoir va shoira yetishib chiqqanligi ma'lum. Ular haqida Toʻxtasin Jalolov oʻzining «Samarbonu» risolasida qiziqarli ma'lumotlar keltiradi. Chunonchi, Huvaydoning nabirasi Mavlaviy Sirojiy (vafoti 1877), chevaralari Samarbonu (1837-1891), Salohiddin Soqib (1838-1910), Mullo Yoʻldosh Xilvatiy (1858-1921) sohibi devon shoirlar boʻlgan. Shulardan Samarbonu va Xilvatiyning she'riy devonlari nashr etilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |