Mavzu: zahiriddin muhammad boburning hayoti va adabiy merosi



Download 417,3 Kb.
bet60/91
Sana23.07.2022
Hajmi417,3 Kb.
#842275
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   91
Tayanch tushunchalar: Qoʻqon xonligidagi madaniy hayot, oʻrganilishi, adabiy muhitning shakllanishi va oʻziga xos xususiyatlari, Amiriyning adabiy muhit asoschisi va rahnamosi sifatidagi maqomi, janrlar poetikasi, adabiy muhitda xalq og`zaki ijodiga munosabat masalasi, tarixnavislik, she’riyat, nasr, matbaa ishlari, adabiy hamkorlikning noyob mahsullari yaratilishi, tazkiranavislikning yangi shakllari, Fazliy Namangoniy rahbarligida tuzilgan tazkira, “Majmuai shoiron”ning Oʻzbek adabiyoti tarixidagi oʻrni, tuzilishi va janrlar tarkibi, G`oziy ijodi, “Yusuf va Zulayho” dostoni, satirik va yumoristik asarlar, Maxmur adabiy merosi, Xoʻjanazar Huvaydoning hayoti va ijodi, lirik merosi, devonining tuzilishi va janriy tarkibi, shoirning dunyoqarashi va badiiy mahorati, «Rohati dil» dostoni, asarning tuzilishi, asardagi hikoyatlarning asar kompozitsiyasidagi oʻrni, timsollar olami, Huvaydoning dostonnavis sifatidagi mahorati va oʻziga xosliklari, Amiriy hayoti va ijodi manbalari, oʻrganilish tarixi, adabiy maktab asoschisi ekanligi, tarjimai holi, Amiriy devoni, qoʻlyozma nusxalari, asarlarining koʻlami va janr xususiyatlari, devonda debochaning oʻrni, she’rlarining mavzu doirasi va g`oyaviy qamrovi, an’ana va yangilik, timsollar olami, lirik qahramon tabiati, badiiy mahorat qirralari.
Markaziy Osiyodagi eng kenja xonlik Qoʻqon xonligi boʻldi. Ming urug`idan boʻlgan Shohruhbiy 1710- yildan Qoʻqonni mustaqil idora qila boshladi. Bir zamonlar bitta davlat bolgan yerlarda bir emas, uch xonlikning paydo boʻlishi ular oʻrtasida oʻzaro urushlar, talonlar avj olishiga sabab boʻldi. Bu hol, tabiiyki, xalqning iqtisodiy-madaniy hayotiga qattiq zarba boʻlib tushdi. Xonliklar davrida yurt g`oyat bezovta boʻlgan, odamlar ertangi kunga ishonolmay yashashgan. Hukmdorlarning tinimsiz almashaverishi, ular oʻrtasida toj-u taxt uchun qonli talashlar boʻlganidan dalolatdir. Buxoro amiri Nasrulloxonning 1842-yildagi Qoʻqon yurishi adolatsizligi jihatidan kurakda turmaydigan bahonaga asoslangan edi. U goʻyo shariatni himoya etmoq uchun Qoʻqonga bostirib borgan va mashhur shoira Nodirabegimni farzand-u nabiralari bilan hammaning koʻzi oʻngida vahshiylarcha qatl ettirgan edi. Bunday misollar juda koʻp. Shularga qaramasdan, madaniy-adabiy hayot toʻxtab qolmadi. Qoʻqonda ,,Madrasayi Mir", ,,Xonxo'ja", ,,Hokim oyim" kabi bir qator madrasalari qurildi.
Bu yillarda bir qator tarixiy asarlar yozildi. Qoʻqon xonligida Hakimxon Toʻraning ,,Muntaxab ut-tavorix" (,,Tanlab olingan tarixiy voqealar"), Mirzo Qalandar Mushrifning ,,Shohnomayi nusratpayom" (,,Zafarli Shohnoma") kitoblari yaratildi.
Ajdodlar tarixini g`oyat sinchkovlik bilan nihoyatda sodda, samimiy, jonli va jozibali bir tilda ifodalab bergan bu asarlar XlX asrdayoq dunyoga mashhur boʻlib ketgan edi. Bu davrda tarix kitoblarining koʻproq yaratilishining muayyan sabablari bor. Negaki, bir zamonlar g`oyat qudratli saltanatga ega boʻlgan yurtning mayda davlatlarga boʻlinib ketishi, dunyo taqdirida ilgarigiday muhim oʻrin tutmaslik bu yurtning olimlari, ziyolilari e'tiborini tarixga, millat oʻtmishining shonli kunlariga qaratdi. Ular tarixni tasvirlash asnosida millat g`ururini uyg`otishga urindilar.
Madaniy-adabiy hayot koʻproq saroylarda va zamonasining mashhur pir-shayxlari atrofida shakllandi. Shunga koʻra bu davr adabiyotini ikkiga boʻlish mumkin:
1. Saroy adabiyoti.
2. Soʻfiylik adabiyoti.
Xonlikda oʻziga xos adabiy maktab shakllandi. Garchi, u umumoʻzbek adabiyotining umumiy yoʻnalish va xususiyatlarini oʻzida aks ettirgan boʻlsa-da, bir qator jihatlari bilan farqlanib turadi. Qoʻqonda hajviyot yangi shakl va mazmun kasb etdi (Gulxaniy, Maxmur), voqeiy dostonnavislik (Uvaysiyning ,,Voqeoti Muhammad Alixon" hamda Shahzoda Hasan, Shahzoda Husayn haqidagi dostonlari) koʻproq rivoj topdi. Bu muhit adabiyot olamiga Nodira, Uvaysiy, Mahzuna, Dilshodi Barno kabi shoiralarni yetkazib berdi. Shoiralarimizning badiiy ijod sahnasiga bu xil ketma-ket va uzluksiz chiqishi ilgari koʻrilmagan hol edi. Tabiiyki, ular bilan birga adabiyotga ayollarga xos nozik kechinmalar, tuyg`u va ifodalar ham kirib keldi. Ayol ijodkorlar milliy adabiyotimiz taraqqiyotida oʻziga xos oʻrin tutdilar. Chunki avvalgi davrlarda olamni ayol koʻzi bilan koʻradigan, dunyo hodisalariga ayol nuqtayi nazari bilan baho beradigan, badiiy adabiyotning azaliy mavzulariga ayol pozitsiyadan yondashadigan holat nihoyatda kam boʻlardi. oʻshandan buyon oʻzbek adabiyotida ayol ijodkorlarning oʻz ovoziga egaligi odatiy bir holga aylandi deyish mumkin. Ta'kidlash joizki, ayol ijodkorlarning, asosan, Qoʻqon adabiy muhitidan chiqishi bu yerda yetishgan ayol iste'dodlar mavjudligidan tashqari, muayyan ijodiy sharoitning yaratilganligi bilan ham bog`liq.
Qoʻqon adabiy maktabida tilga munosabat va undan foydalanishda oʻziga xoslik bor. Xonlikda zullisonaynlik (ikki tilda ijod etish) an'anasi rivojlangandi.
Ushbu davrda maydonga kelgan tazkiralar XVII—XIX asrlarda ham adabiy hayot gullab-yashnaganini, yuzlab shoirlar badiiy ijod bilan shug`ulanganini koʻrsatadi. 1821- yilda Fazliy Namangoniy tartib bergan ,,Majmuayi shoiron" (Shoirlar toʻplami) tazkirasida Qoʻqon xoni Amir Umarxon saroyi atrofidagi 101 shoirning she'rlari ular haqidagi ixcham ma'lumot bilan birgalikda berilgan.
Qoqonda XVIII asr oxiri XIX asr boshlarida bir qator tarixiy asarlar yozildi. Qoʻqon xonligida Hakimxon Toʻraning ,,Muntaxab ut-tavorix" (,,Tanlab olingan tarixiy voqealar"), Mirzo Qalandar Mushrifning ,,Shohnomayi nusratpayom" (,,Zafarli Shohnoma") kitoblari yaratildi.
G`oziy biografiyasiga oid ma’lumotlar juda kam. Uning hayoti va ijodiga oida ma’lumotlar “”Majmuai shoiron” tazkirasida, “Qoʻqon tarixi va adabiyoti”da va Attorning “Tuhfat ut-tavorixi xoniy” asarida uchraydi. G`oziy devonida uchraydigan she’r –ta’rixlar ham hayotining ayrim momentlari bilan tanishishga imkon beradi. G`oziy 18-asr oxiri 19-asr boshlarida yashab ijod etgan.G`oziyning asl nomi Muhammadg`oziy boʻlib, Qoʻqon atrofidagi qishloqlardan birida tug`ilgan. “Majmuai shoiron”da yoziladi:
Padar to padar xoki in oston,
Ba darbori sohibqiron qadrdon.
G`oziy devonida “Ta’rixi modari xoni xoʻja safdar”da “xudo rahmati” deb ta’rix tushurgan. Buning son ma’nosi 1163(1749-1750) yilni anglatadi. CHilimga bag`ishlangan ta’rixning moddasi esa 1186(1772-1773) yilni bildiradi.
“Qoʻqon tarixi va adabiyoti”da koʻrsatilishicha, G`oziy, Buxoroda oʻqigan. soʻngra Qoʻqondagi Madrasai Mirda mudarrislik qilgan. Ustod Muhammadya’qub degan bir mudarris Buxorodan kelgach, muftilik qilgan. SHoir devonida ikkita bolasining chechak kasalidan vafot etganligiga yozilgan ruboiy-ta’rix bor. “Ta’rixi Avliyoxon” moddasi 1225(1810)yilni anglatadi. Bular G`oziy haqida ma’lumotlar beradi. “Majmuai shoiron”da yozilishicha zamondoshi shoir Akmal bilan doʻst boʻlgan:
Az on ba’d G`ozist she’razmo,
G`azalxon shirini oʻ dilkusho.
Hamedant suhbat ba Akmal mudom,
Baham budash on muttafiq dar kalom.
Attorning “Tuhfat ut-tavorixi xoniy” asarida G`oziyning mulla azarmuhammadning lavozimdan tushishiga bir ta’rix yozganini aytib, oʻsha ta’rixni keltiradi.
Shoirning vafot yili ma’lum emas.taxminan 1818 yillarda vafot etgan deyiladi.
G`ozi y devonidagi she’rlar shoir ijodini deyarli toʻla aks ettiradi. Devonining 4 qoʻlyozma nusxasi saqlangan. G`oziy an’anaviy janr va mavzularda ijod qilgan. G`azal, mustazod, muxammas, ta’rix tarzidagi ruboiyUning lirik she’rlarida inson qalbining kechinmalari aks etadi. Turkiy va fors tilida yozgan.
Qilma bir jonima ming javr ila bedod emdi,
Oʻrgulay, ayla hazin xotirimi shod emdi.
Devonda ijtimoiy mavzudagi g`azallar ham bor.
Dahrdin nokomlig` vajhini, G`oziy angladim,
Bois ermish tiyra ayyomig`a tab’i ravshanim.
Junaydilla Hoziq “YUsuf va Zulayho” dostonini sayyor sujetlar asosida yozgan. Asarning 20dan ortiq qoʻlyozma nusxalari mavjud. Asar tojik tilida boʻlib, hajmi manbalarda turlicha, taxminan 900 misradan iborat. Doston Amir Umarxonga bag`ishlangan. Asar kirish qismi bilan boshlanadi. Dastlabki 12 bob hamd, na’t, Amir Umarxon madhi, soʻz ta’rifida kabi qismlardan tashkil topgan. Kirish qismidagi “ishq kayfiyati xumxonasidan soʻz sahbosining qaynab chiqishi”, “Soʻz nasimi subhiga til g`unchasining ochilishi” boblari xotimasiga “Kulang hikoyati”, “Qallob va oʻg`ri”hikoyatlari ilova qilingan. 13-bobdan dostonning asosiy qismi boshlanadi. YUsuf Malik Rayyonga:
SHohning shavkatidur xalq tufayli,
Raiyatparvar boʻlsun shoh asli.
Agar shoh boʻlmasa shoh kimga shohdir,
Quyosh gar boʻlmasa, olam siyohdir
Deydi. Asarda YUsuf, Zulayho, misr shohi Malik Rayyon, unin vaziri Aziz, Zulayhoning otasi shoh Taymus, YUsufning otasi YA’qub, savdogar Molik, uning quli Bashri, karvon ahli, zindonbon, Obdor, Sufragustor kabi obrazlar ishtirok etadi.
Dostonning “Muammo ba ismi Muhammadalixon” xotima qismida xon ulug`lanadi.
Maxmur - Ismi Mahmud, adabiy taxallusi Maxmur (xumorlangan, biror narsaga havas qoʻygan) boʻlgan bu shoir XVIII asrning II yarmida Qoʻqonda Norboʻtaxon madrasasining mudarrisi Shermuhammad Akmal xonadonida tavallud topgan. Uning tug`ilgan va vafot etgan yillari aniq emas. Qori Qunduziy «Tavorixi manzuma» (She'riy ta^rixlar) asarida Maxmurning 1844 yili Qoʻqon hukmdorlaridan Sheralixon vafotiga bag`ishlab yozilgan she'riy tavrixini keltiradiki, bundan Maxmurning shu yillari hayot boʻlgani anglashiladi.
Maxmurning otasi Shermuhammad a'lam oʻz davrining e'tiborli ziyolisi va mudarrisi boʻlishdan tashqari, iste'dodli shoiri ham boʻlgan. U ikki tilda ravon she'rlar yozib, devon tartib bergan.Shermuhammad Akmalning devoni, badiiy ijodi haqida Rahmatullo Vozehning 1871 yili Buxoroda kitobat qilingan «Tuhfat ul-ahbob...», Poʻlatjon Domulla Qayyumiyning «Tazkirai Qayyumiy», akademik A.Qayumovning «Qoʻqon adabiy muhiti» asarlarida ayrim malumot va ta'riflar keltiriladi.Mahmud Maxmur yoshligida otasi mudarrislik qilib turgan madrasada tahsil oladi, fozil va shoir kishi sifatida shakllanadi. Awal Mahmud Maxdum, soʻngroq taxallusiga koʻra, Maxmur Mahdum nomlari bilan taniladi. Mahmud Maxdumning madrasa tahsilidan soʻng bir qancha vaqt, xuddi Gulxaniy kabi, Umarxon lashkarlari safida xizmat qilganligi ham aytiladi. Biroq, Maxmurning Umarxonga yozgan bir qancha murojaat-arznoma she'rlaridan ma'lum boʻlishicha, u va oilasi muhtojlikda, faqirlikda kun kechiigan, hayotda roʻshnolik koʻrmagan. Masalan, shoir Umarxonga arznomadan iborat «Arz kardani Maxmur ba janobi Umar Sulton» nomli masnaviy she'rida uch farzandli boʻlib, oilada eyishga non, kiyinishga kiyim yoʻqligidan zorlanib, hukmdordan iltifot, yordam kutadi:
Kechalar yotgani na qo 'shim bor, Kunduzi ichgani na noʻshim bor. Bir hovuch na uyimda g`allam bor, Ikki gaz na boshimda sallam bor...
Arzi holimni shammai bilgil, Bandazodingga marhamat qilg`il...
U boshqa bir oʻzbekcha-tojikcha misralar aralash muxammasi mulammasida ham oʻzi va boshqa oʻziga oʻxshash fazilatli, diyonatli va bilimdon kishilarning og`ir qiyinchiliklar, ruhiy iztiroblar ichida yashayotganliklarini, e'tibordan mutlaqo chetda ekanliklarini bir dard va afsus bilan qalamga oladi, adolatsiz davrni la'natlaydi.
Muxamasning 5-bandi:

Download 417,3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish