Yusupaliyevning hamda innovatsion rivojlanish vaziri I



Download 45,15 Kb.
Pdf ko'rish
Sana01.01.2022
Hajmi45,15 Kb.
#299868
Bog'liq
соглик



O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY MAJLISI QONUNCHILIK PALATASINING

QARORI


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI SOG‘LIQNI SAQLASH VAZIRI O‘RINBOSARI — SANITARIYA-

EPIDEMIOLOGIK OSOYISHTALIK VA JAMOAT SALOMATLIGI XIZMATI BOSHLIG‘I B.

YUSUPALIYEVNING HAMDA INNOVATSION RIVOJLANISH VAZIRI I.

ABDURAXMONOVNING “O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA KORONAVIRUS PANDEMIYASI

DAVRIDA AHOLI SALOMATLIGINI MUHOFAZA QILISH VA SANITARIYA-EPIDEMIOLOGIK

OSOYISHTALIKNI TA’MINLASH BORASIDA AMALGA OSHIRILAYOTGAN CHORA-

TADBIRLAR, SHU JUMLADAN AHOLINI KORONAVIRUSGA QARSHI EMLASH BORASIDA

REJALASHTIRILAYOTGAN ISHLAR TO‘G‘RISIDA”GI AXBOROTI HAQIDA

O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari — Sanitariya-epidemiologik

osoyishtalik  va  jamoat  salomatligi  xizmati  boshlig‘ining  hamda  innovatsion  rivojlanish

vazirining  “O‘zbekiston  Respublikasida  koronavirus  pandemiyasi  davrida  aholi  salomatligini

muhofaza  qilish  va  sanitariya-epidemiologik  osoyishtalikni  ta’minlash  borasida  amalga

oshirilayotgan  chora-tadbirlar,  shu  jumladan  aholini  koronavirusga  qarshi  emlash  borasida

rejalashtirilayotgan  ishlar  to‘g‘risida”gi  axborotini  eshitib,  O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy

Majlisining  Qonunchilik  palatasi  ta’kidlaydiki,  o‘tgan  davrda  mamlakatimizda  koronavirus

pandemiyasi salbiy oqibatlarining oldini olish, aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi

va salomatligini saqlash borasida keng miqyosli ishlar amalga oshirildi.

Mamlakatimiz  Prezidenti  tomonidan  so‘nggi  yillarda  sog‘liqni  saqlash  tizimini  tubdan

isloh  qilish,  ayniqsa,  birlamchi  tibbiy-sanitariya  yordami  ko‘rsatish  sifati  va  samaradorligini

oshirishga qaratilgan e’tibor samarasi tufayli, dunyo mamlakatlari orasida yurtimiz pandemiya

davrini qiyinchiliklarsiz va ijtimoiy-iqtisodiy yo‘qotishlarsiz o‘tkazdi.

O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  tomonidan  koronavirus  pandemiyasi  munosabati

bilan  qabul  qilingan  qator  farmon  va  qarorlarda  aholi,  iqtisodiyot  tarmoqlari  hamda

tadbirkorlik  subyektlarini  qo‘llab-quvvatlash  bo‘yicha  birinchi  navbatdagi  chora-tadbirlar

belgilab berildi.

Jumladan,  mamlakatimiz  Prezidentining  2020-yil  29-yanvardagi  farmoyishi  bilan

O‘zbekiston Respublikasiga koronavirus kirib kelishi va tarqalishining oldini olishga doir chora-

tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha respublika maxsus komissiyasi tuzildi.

Moliya  vazirligi  huzurida  Inqirozga  qarshi  kurashish  jamg‘armasi  tashkil  etilib,

pandemiyaga  qarshi  kurashish  va  uning  oqibatlarini  yumshatish  maqsadlariga  2020-yil

davomida qariyb 13 trln. so‘m mablag‘ yo‘naltirildi.

Koronavirus  infeksiyasi  bilan  bog‘liq  epidemiologik  barqarorlikni  ta’minlash  hamda

aholi  salomatligini  muhofaza  qilish  maqsadida  pandemiyaning  erta  bosqichlarida  respublika

bo‘ylab kuchaytirilgan karantin cheklovlari joriy etildi. Ta’lim muassasalari faoliyati masofaviy

tarzda  olib  borildi,  xalqaro  hamda  mahalliy  avia  va  temir  yo‘l  qatnovlari  faoliyati  to‘xtatildi.

Sanitariya-karantin  punktlari  faoliyati  kuchaytirilib,  hududlarda  moslashtirilgan  karantin

zonalari  tashkil  etildi.  Xorijdagi  fuqarolarimiz  charter  reyslar  bilan  mamlakatimizga  olib

kelindi va karantin zonalarida karantinga olindi.

Shu  bilan  bir  qatorda,  Toshkent  viloyatida  20  ming  o‘rinli,  Namangan,  Samarqand,

Surxondaryo  viloyatlari  hamda  Qoraqalpog‘iston  Respublikasida  jami  7  085  o‘rinli  karantin

muassasalari  hamda  Toshkent  viloyati  Zangiota  tumanida  4  000  o‘rinli  maxsus  shifoxona

qurilib,  zamonaviy  tibbiy  asbob-uskunalar  bilan  jihozlandi.  Bunday  maxsus  shifoxonalar

Nukus, Samarqand shaharlari hamda Termiz va Pop tumanlarida ham barpo etildi.

Inqirozga  qarshi  kurashish  jamg‘armasi  hisobidan  koronavirus  infeksiyasiga  qarshi

kurashish  tadbirlariga  4  825,0  mlrd.  so‘m  mablag‘  yo‘naltirildi.  Jumladan,  1  232,2  mlrd.  so‘m

qurilish-ta’mirlash  ishlariga,  2  217,2  mlrd.  so‘m  tibbiyot  xodimlarini  va  boshqa  xodimlarni

qo‘shimcha rag‘batlantirish to‘lovlariga, 1 317,8 mlrd. so‘m boshqa tadbirlarga (dori va gigiyena

vositalari, oziq-ovqat, tibbiy texnikaga va boshqalarga) sarflandi.

Jahon  sog‘liqni  saqlash  tashkiloti  ma’lumotlariga  ko‘ra,  o‘tgan  davr  mobaynida  dunyo

bo‘ylab COVID-19 aniqlanganlar soni 110 million nafardan, kasallikdan vafot etganlar soni 2,4



million nafardan oshdi.

Mamlakatimizda  aholi  salomatligini  muhofaza  qilish  hamda  sanitariya-epidemiologik

barqarorlikni ta’minlash borasida ko‘rilgan choralar natijasida dunyo bo‘ylab 221 ta mamlakat

orasida O‘zbekiston 1 mln. aholiga nisbatan koronavirus bilan kasallanish ko‘rsatkichi bo‘yicha

137-o‘rinni,  COVID-19  dan  o‘lim  holati  bo‘yicha  159-o‘rinni  egallagani  holda,  hozirgi  vaqtda

umumiy  aholi  soniga  nisbatan  COVID-19ning  faol  bosqichida  bo‘lgan  bemorlar  0,002  foizni

tashkil etmoqda.

Joriy  yilda  ham  koronavirus  pandemiyasiga  qarshi  kurashni  tizimli  ravishda  davom

ettirish  dolzarb  ahamiyat  kasb  etadi.  Koronavirusga  qarshi  kurashish  sohasidagi  tibbiy-ilmiy

izlanishlar  natijalariga  va  olimlarning  fikriga  ko‘ra,  aholini  koronavirusga  qarshi  ommaviy

emlash  inson  salomatligini  muhofaza  qilish  hamda  pandemiyani  jilovlashning  eng  samarali

usulidir.  Shu  nuqtai  nazardan  O‘zbekiston  Respublikasining  2021-yilga  mo‘ljallangan  Davlat

budjetida aholini koronavirusga qarshi emlash tadbirlariga 3,0 trln. so‘m mablag‘ yo‘naltirilishi

rejalashtirilgan  bo‘lib,  ushbu  mablag‘lar  hisobidan  aholini  koronavirusga  qarshi  emlash

tadbirlari ham amalga oshiriladi.

Bugungi  kunda  mamlakatimizda  aholini  koronavirusga  qarshi  emlash  tadbirlarini

samarali  tashkil  etish  yuzasidan  bir  qator  ishlar  amalga  oshirilmoqda.  Xususan,  rivojlangan

davlatlarning  yirik  farmatsevtika  kompaniyalari  va  ilmiy-tadqiqot  markazlari  tomonidan

ishlab chiqilgan koronavirusga qarshi vaksinalarni xarid qilish choralari ko‘rilmoqda.

Ma’lumotlarga  ko‘ra,  bugungi  kunda  rivojlangan  davlatlar  tomonidan  ishlab  chiqilgan

14 ta vaksina uchinchi bosqich klinik sinovlaridan o‘tkazilmoqda. Biroq, ayrim mamlakatlarda

koronavirus  bilan  bog‘liq  epidemiologik  barqarorlikni  ta’minlash  maqsadida,  favqulodda

holatni  inobatga  olgan  holda,  uchinchi  bosqich  klinik  sinovlari  yakunlanmagan  va  Jahon

sog‘liqni  saqlash  tashkiloti  ro‘yxatga  olmagan  COVID-19  vaksinalari  bilan  ommaviy  emlash

amalga oshirilmoqda.

Aholini  ommaviy  emlash  maqsadida  dunyoning  13  ta  farmatsevtika  kompaniyasi

hamda  ilmiy-tadqiqot  markazlari  bilan  koronavirusga  qarshi  vaksinalarni  tezkor  yetkazib

berish yuzasidan muzokaralar olib borilmoqda.

Jumladan,  O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  Sh.M.  Mirziyoyevning  Xitoy  Xalq

Respublikasiga  davlat  tashrifi  chog‘ida  O‘zbekiston  Respublikasi  Innovatsion  rivojlanish

vazirligi Xitoy Xalq Respublikasi Fan va texnika vazirligi o‘rtasida yo‘lga qo‘yilgan ilmiy-texnik

hamkorlik bo‘yicha quyi qo‘mita faoliyati doirasida Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan

Xitoy  Fanlar  akademiyasi  Mikrobiologiya  instituti  va  ushbu  mamlakatning  “Zhifei  Longcom

Biopharmaceutical  Co.,  Ltd”  kompaniyasi  bilan  hamkorlikda  koronavirusga  qarshi  yangi

rekombinant vaksinasi yaratish borasida hamkorlik qilingan.

“Zhifei  Longcom  Biopharmaceutical  Co.,  Ltd”  kompaniyasi  koronavirusga  qarshi

vaksinani  yaratishda  O‘zbekistonning  hissasi  va  sa’y-harakatlarini  inobatga  olib,  O‘zbekiston

Respublikasini  “ZF  2001”  vaksinasini  birga  yaratgan  hammuallif  davlat  sifatida  belgilaganligi

hamda  ushbu  yangi  vaksinani  “ZF-UZ-VAC  2001”  nomi  bilan  birgalikda  ishlab  chiqarish  va

undan foydalanishga kelishilgan.

O‘zbekiston  Respublikasi  GAVI  (Vaksinalar  va  immunizatsiya  bo‘yicha  global  alyans)

tashkilotining COVAX (koronavirusga qarshi emlash mexanizmi) fondiga a’zo davlatlar qatoriga

kiradi.  Sog‘liqni  saqlash  vazirligi  tomonidan  COVAX  fondi  hisobidan  mamlakatimiz  aholisini

koronavirusga  qarshi  emlash  bo‘yicha  yetarli  miqdorda  vaksina  yetkazib  berish  yuzasidan

buyurtma tayyorlanib, GAVI tashkilotiga taqdim etilgan.

Mamlakatimizda koronavirus infeksiyasiga qarshi emlash ishlariga tayyorgarlik ko‘rish

va  uni  amalga  oshirish  bilan  bog‘liq  aniq  vazifalar  belgilab  olinib,  xalqaro  tajribadan  kelib

chiqib, xavf guruhiga kiruvchi shaxslarni birinchi navbatda emlash nazarda tutilmoqda.

Shuningdek  emlanishi  lozim  bo‘lgan  shaxslarning  elektron  ro‘yxatini  shakllantirish,  3

138 ta emlash punkti, 862 ta harakatdagi va mobil brigadalar faoliyatini yo‘lga qo‘yish, mavjud

1 ta markaziy, 14 ta hududiy hamda 206 ta tuman (shahar) vaksina saqlash omborxonalarini,

ulardagi  457  ta  sovutkich,  148  ta  elektr  generator,  121  ta  termosumka  va  termokonteynerni

shay holatiga keltirish ishlari olib borilmoqda.



Aholini  emlash  tadbirlariga  jalb  etiladigan  tibbiyot  xodimlarini  va  boshqa  xodimlarni

joriy yilning fevral oyi yakuniga qadar koronavirusga qarshi emlash masalalari bo‘yicha qayta

va to‘liq tayyorgarlikdan o‘tkazish rejalashtirilgan.

Yuqoridagilardan  kelib  chiqib,  “Parlament  nazorati  to‘g‘risida”gi  O‘zbekiston

Respublikasi  Qonunining  10-moddasiga  muvofiq  O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisining

Qonunchilik palatasi qaror qiladi:

1.  O‘zbekiston  Respublikasi  sog‘liqni  saqlash  vaziri  o‘rinbosari  —  Sanitariya-

epidemiologik  osoyishtalik  va  jamoat  salomatligi  xizmati  boshlig‘i  B.  Yusupaliyevning  va

O‘zbekiston  Respublikasi  innovatsion  rivojlanish  vaziri  I.  Abduraxmonovning  “O‘zbekiston

Respublikasida  koronavirus  pandemiyasi  davrida  aholi  salomatligini  muhofaza  qilish  va

sanitariya-epidemiologik  osoyishtalikni  ta’minlash  borasida  amalga  oshirilayotgan  chora-

tadbirlar,  shu  jumladan  aholini  koronavirusga  qarshi  emlash  borasida  rejalashtirilayotgan

ishlar to‘g‘risida”gi axboroti ma’lumot uchun qabul qilinsin.

2.  O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  Sh.M.  Mirziyoyev  rahbarligida  sog‘liqni  saqlash

tizimini  tubdan  isloh  qilish  borasida  o‘z  vaqtida  ko‘rilgan  choralar  koronavirus  pandemiyasi

davrida  aholi  salomatligini  muhofaza  qilish  va  sanitariya-epidemiologik  osoyishtalikni

ta’minlashda ijobiy natijalar berganligi e’tirof etilsin.

3.  O‘zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasi  (A.N.  Aripov)  tegishli  vazirlik  va

idoralar hamda mahalliy hokimliklar bilan birgalikda:

mamlakatimiz aholisini koronavirusga qarshi ommaviy emlash tadbirlarini samarali va

shaffof holda tashkil etish;

sog‘liqni  saqlashga  doir  qonun  hujjatlariga  muvofiq  fuqarolarning  tibbiy  aralashuvni

rad etish yoki uning to‘xtatilishini talab qilish huquqiga ega ekanligi prinsipidan kelib chiqib,

koronavirusga  qarshi  ommaviy  emlash  tadbirlari  mazmun-mohiyati  va  oqibatlaridan  aholini

xabardor  qilgan  holda,  ixtiyoriylik  asosida,  fuqarolarning  roziligi  bilan  o‘tkazilishini

ta’minlash;

koronavirusga  qarshi  vaksina  olishni  istamagan  fuqarolarning  qonuniy  huquq  va

manfaatlarini himoya qilish hamda ularning huquqlarini cheklashga yo‘l qo‘ymaslik;

aholini koronavirusga qarshi ommaviy emlash tadbirlarini amalga oshirish jarayonida

vaksinaning  fuqarolar  sog‘lig‘iga  nojo‘ya  ta’siri  oqibatida  yetkazilishi  mumkin  bo‘lgan

zararning  (nogironlik,  o‘lim  holatlari)  o‘rnini  qoplash  (kompensatsiya)  hamda  javobgarlik

masalasini ko‘rib chiqish;

mamlakatimiz aholisini koronavirusga qarshi ommaviy emlash tadbirlarini tashkil etish

uchun  ajratiladigan  davlat  budjeti  mablag‘larining  samarali  va  maqsadli  sarflanishi  ustidan

moliyaviy nazoratni kuchaytirish hamda bu borada amalga oshirilgan ishlar yuzasidan aholini

xabardor  qilib  borish  imkonini  beradigan  shaffof  tizimni  yaratish  bo‘yicha  zarur  choralar

ko‘rishga e’tibor qaratsin.

4.  Rossiya  Federatsiyasi  tomonidan  mamlakatimizga  taqdim  etilgan  100  doza  “Sputnik

V”  vaksinasining  laboratoriya  tekshiruvlari  hamda  Rossiyada  o‘tkazilgan  uchinchi  bosqich

klinik  sinovlar  natijalari  asosida  O‘zbekiston  Respublikasida  “Sputnik  V”  vaksinasi

sertifikatlangan holda ommaviy qo‘llashga ruxsat etilganligi;

O‘zbekiston  Respublikasi  fuqarolarini  “Sputnik  V”  vaksinasi  bilan  emlagan  holda,

mehnat  muhojirlarini  Rossiya  Federatsiyasida  ishlashga  ruxsat  berish  masalalari  yuzasidan

Tashqi  ishlar  vazirligi  hamda  Bandlik  va  mehnat  munosabatlari  vazirligi  tomonidan

muzokaralar olib borilayotganligi;

Rossiya  to‘g‘ridan  to‘g‘ri  investitsiya  fondi  (RTIF)  bilan  bir  million  doza  “Sputnik  V”

vaksinasini  (besh  yuz  ming  dozasi  homiylik  xayriyalari  hisobidan)  xarid  qilish  bo‘yicha

choralar ko‘rilayotganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.

5.  Aholini  koronavirusga  qarshi  ommaviy  emlash  tadbirlarida  shaffoflikni  ta’minlash

maqsadida hamda xalqaro tajriba asosida ushbu kasallik bilan kasallanishda xavf osti guruhiga

mansub  aholi  qatlamini  emlash  birinchi  galda  amalga  oshirilayotganligini  inobatga  olib,

Respublika  maxsus  komissiyasi  (A.N.  Aripov)  koronavirusga  qarshi  emlash  tadbirlarini




bosqichma-bosqich  amalga  oshirish  tartibini  2021-yilning  1-mart  kuniga  qadar  tasdiqlash

masalasini ko‘rib chiqsin. Bunda:

85 va undan yuqori yoshdagi shaxslar;

75 yoshdan 85 yoshgacha bo‘lgan shaxslar;

65 yoshdan 75 yoshgacha bo‘lgan shaxslar;

tibbiyot xodimlari;

surunkali kasalliklari bo‘lgan shaxslar (18-65 yosh);

maktab o‘qituvchilari;

maktabgacha ta’lim tashkilotlari xodimlari;

Qurolli Kuchlar va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari;

chet  el  davlatlarda  tahsil  olayotgan  talabalar  birinchi  galda  bosqichma-bosqich  bepul,

davlat hisobidan emlanishi nazarda tutilsin.

6.  Ommaviy  emlash  tadbirlarida  birinchi  navbatda  xavf  guruhiga  kiruvchi  shaxslar

emlanishini  hisobga  olib,  Respublika  maxsus  komissiyasi  (A.N.  Aripov),  Sog‘liqni  saqlash

vazirligi (A.M. Xadjibayev), Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati

(B.Q. Yusupaliyev) xizmat safariga boruvchilar, mehnat muhojirlari, ixtiyoriy navbatsiz vaksina

olish istagidagilarga  qulaylik yaratish maqsadida nodavlat tibbiyot tashkilotlariga O‘zbekiston

Respublikasida  foydalanish  mumkin  bo‘lgan  koronavirusga  qarshi  vaksinalar  bilan  pullik

asosida  emlash  tadbirlarini  tashkil  etishga  ruxsat  berish  masalasini  ko‘rib  chiqish  tavsiya

etilsin.


Bunda,  Sog‘liqni  saqlash  vazirligi  nodavlat  tibbiyot  tashkilotlari  tomonidan  emlash

tadbirlari  belgilangan  tartibda  amalga  oshirilishi  ustidan  qat’iy  nazorat  olib  borilishini

ta’minlasin.

7. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (A.N. Aripov), Sog‘liqni saqlash vazirligi

(A.M.  Xadjibayev),  Sanitariya-epidemiologik  osoyishtalik  va  jamoat  salomatligi  xizmati  (B.Q.

Yusupaliyev),  Innovatsion  rivojlanish  vazirligi  (I.Y.  Abduraxmonov),  Moliya  vazirligi  (T.A.

Ishmetov)  aholi  salomatligini  muhofaza  qilish  hamda  epidemiologik  barqarorlikni  ta’minlash

maqsadida  koronavirusga  qarshi  ommaviy  emlash  tadbirlari  2021-yilning  mart  oyidan

boshlanishini  va  ushbu  tadbirlarni  budjet  parametrlari  doirasida  amalga  oshirilishini

ta’minlasin.

8.  Koronavirusga  qarshi  vaksinaga  talab  yuqoriligi  va  ishlab  chiqarish  quvvatlari

yetishmasligi  natijasida  dunyo  bo‘ylab  koronavirusga  qarshi  vaksinalar  taqchilligi  yuzaga

kelganligi,  vaksina  ishlab  chiqaruvchilar  tomonidan  birinchi  navbatda  epidemiologik  vaziyat

og‘ir  bo‘lgan  mamlakatlarga  vaksinalar  yetkazib  berilayotganligi  ma’lumot  uchun  qabul

qilinsin.

O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi (I.Y. Abduraxmonov), Sog‘liqni

saqlash vazirligi (A.M. Xadjibayev), Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi

xizmati  (B.Q.  Yusupaliyev)  hamda  soha  olimlarining  mamlakatimizda  koronavirus  infeksiyasi

bilan  bog‘liq  epidemiologik  vaziyat  barqarorligini  ta’minlash  maqsadida  aholini  ommaviy

emlash  tadbirlarini  tezkor  tashkil  etish  yuzasidan  bergan  taklifiga  asosan  Xitoy  Xalq

Respublikasining  “Zhifei  Longcom  Biopharmaceutical  Co.,  Ltd”  kompaniyasi  va  O‘zbekiston

Respublikasi  Innovatsion  rivojlanish  vazirligi  hamkorligida  o‘tkazilayotgan  “ZF-UZ-VAC  2001”

vaksinasining  uchinchi  bosqich  klinik  sinovlarida  kuzatilayotgan  ijobiy  natijalarga  tayanib,

ushbu  vaksinani  O‘zbekiston  Respublikasida  dunyo  tajribasi  asosida  favqulodda  holatlarda

foydalanish  tamoyili  bilan  tezlashtirgan  (soddalashtirilgan)  holda  davlat  ro‘yxatidan  o‘tkazish

hamda ommaviy emlash tadbirlariga yo‘naltirish masalasini ko‘rib chiqish maqsadga muvofiq

deb hisoblansin.

Respublika  maxsus  komissiyasi  (A.N.  Aripov)ga  “ZF-UZ-VAC  2001”  vaksinasini  dunyo

tajribasi  asosida  favqulodda  holatlarda  foydalanish  tamoyili  bilan  tezlashtirgan  holda

ro‘yxatdan  o‘tkazish  va  qisqa  muddatlarda  aholining  xavf  guruhiga  kiruvchi  shaxslarni

koronavirusga qarshi emlash choralarini ko‘rish tavsiya etilsin.

9.  O‘zbekiston  Respublikasi  Bosh  vaziri  o‘rinbosari  —  Turizmni  rivojlantirish  davlat

qo‘mitasi  raisi  A.A.  Abduxakimov,  Tashqi  ishlar  vazirligi  (F.N.  Arziyev)  mamlakatimiz  turizm



salohiyatini  yanada  kengaytirish  maqsadida  ikki  oy  muddatda  xorijiy  mamlakatlar  tajribasi

asosida  koronavirusga  qarshi  vaksina  olganlik  sertifikati  bilan  respublika  hududiga

cheklovlarsiz  kirib  kelish  tizimini  joriy  etish  yuzasidan  takliflarni  ishlab  chiqib,  Respublika

maxsus komissiyasiga kiritsin.

10.  O‘zbekiston  Respublikasi  Sog‘liqni  saqlash  vazirligi  (A.M.  Xadjibayev),  Sanitariya-

epidemiologik  osoyishtalik  va  jamoat  salomatligi  xizmati  (B.Q.  Yusupaliyev)  aholini  ommaviy

emlash tadbirlarini tizimli tashkil etish maqsadida:

Qoraqalpog‘iston  Respublikasi  Vazirlar  Kengashi,  viloyatlar  va  Toshkent  shahar

hokimliklari bilan birgalikda respublika bo‘ylab 3 138 ta emlash punktlari, 862 ta harakatdagi

va  mobil  brigadalar  faoliyati  to‘liq  yo‘lga  qo‘yilishi  hamda  ushbu  emlash  tadbirlarida

vaksinalarning  “sovuqlik  zanjiri”  tizimini  saqlash  uchun  vaksina  saqlash  omborxonalari,

ulardagi  sovutkichlar,  elektr  generatorlari,  termosumkalar  va  termokonteynyerlarni,

shuningdek, barcha avtorefrijerator va mini-avtorefrijeratorlarning shay holatga keltirilishini;

“Hududiy  elektr  tarmoqlari”  aksiyadorlik  jamiyati  (U.M.  Mustafoyev)  bilan  birgalikda

emlash  punktlari  va  vaksina  saqlash  omborxonalarida  “sovuqlik  zanjiri”  tizimini  saqlash

maqsadida ularni elektr energiyasi bilan uzluksiz ta’minlash choralarini ko‘rsin.

11.  O‘zbekiston  Milliy  teleradiokompaniyasi  (A.J.  Xadjayev),  Axborot  va  ommaviy

kommunikatsiyalar agentligi (A.A. Xodjayev)ga ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoq

vakillarini  keng  jalb  qilgan  holda  aholini  koronavirusga  qarshi  emlash  tadbirlarining  keng

yoritilishi hamda koronavirusga qarshi emlash bo‘yicha targ‘ibot-tashviqot ishlarini olib borish

tavsiya etilsin.

12. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Fuqarolarning sog‘lig‘ini

saqlash masalalari qo‘mitasi (E.M. Borisova):

aholini  koronavirusga  qarshi  emlash  tadbirlarining  o‘z  vaqtida  va  samarali  tashkil

etilishi ustidan parlament va deputat nazoratini o‘rnatsin;

bu  borada  amalga  oshirilayotgan  ishlar  yuzasidan  mutasaddi  vazirlik  va  idoralarning

axborotlarini qo‘mita majlislarida eshitib borsin;

aholini koronavirusga qarshi ommaviy emlash tadbirlarining borishi yuzasidan tahliliy

ma’lumotlarni  tayyorlab,  ularni  Aholi  salomatligini  mustahkamlash  borasidagi  islohotlarni

hayotga tatbiq etish bo‘yicha parlament komissiyasi muhokamasiga kiritib borsin.

13.  Ushbu  Qarorning  ijrosini  nazorat  qilish  O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisi

Qonunchilik palatasi Spikerining o‘rinbosari U.I. Inoyatov zimmasiga yuklatilsin.

14. Ushbu qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV

Toshkent sh.,

2021-yil 22-fevral,

763-IV-son



Download 45,15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish