Agar on turki Sherozi ba dast orad dili moro,
Ba xoli hinduyash baxsham Samarqandu Buxororo.
(Agar u sherozlik turk jononi koʻnglimizni olsa, hinducha xoliga Samarqand va Buxoroni bag`ishlar edim) g`azaliga mahorat bilan tazmin muxammas bog`lagan. Biroq bizning koʻz oʻngimizda Maxmur asosan qalami oʻtkir, tili achchiq hajvchi shoir sifatida namoyon boʻladi. Shuning uchun ham uning oʻzbek mumtoz adabiyotidagi oʻrnini hajviy asarlari orqali tayin etish mumkin.
Hajviyoti. Maxmurning 1956 yili chop etilgan hajviy asarlari majmuasida yettita turkum asarlaridan (har bir turkum ikkita, ba'zan uchta g`azal va masnaviyni oʻz ichiga oladi) tashqari:
1. Munojat ba daigohi Qozi al-Xojot, mulamma' muxammasi.
2. Ta'rifi viloyati Qurama muxammasi.
3. Dar sifati Qosim beklarbegi muxammasi.
4. Dar hajvi Xoʻja mir Asad masnaviysi.
5. Dar hajvi domullo Atoi Ashti muxammasi.
6. Avsofi Karimqul mehtar masnaviysi.
7. Dar sifati Niyozcha og`olik mullama' masnaviysi.
8. «Dar sifati amir Olimxon ta'rix o'» hajviy tarixi (masnaviy) kabi asarlari bor. U bu asarlarining anchasini, masalan, muxammaslarining bir bandini oʻzbekcha, ikkinchi bandini forscha, masnaviylarining bir baytini oʻzbekcha, ikkinchi baytini forscha yozgan. Bir she'rni ikki tilda yozish Maxmur ijodiga xos xarakterli xususiyatlardan sanaladi. U adabiyotimiz tarixida mulamma' usulida she'rlar yozishga alohida ruju' qoʻygan zullisonayn shoirlardandir.
Maxmur hajviyotida uning koʻz oʻngida sodir boʻlib turgan voqea-hodisalar, ularning ishtirokchilari real shaxslar ifodalangan. U oʻz zamonasidagi illatlarni-qalloblik, diyonatsizlik, riyokorlik, nodonlik va zulmni nufuzli shaxslar qiyofalari orqali aks ettiradi. Ularning adolatsizliklarini el koʻzida fosh qiladi. Yuqorida sarlavhalari keltirilgan asarlardan ham ma'lum boʻlib turadiki, ular ichida oʻlib ketgan Amir Olimxonu, shoir Fazliydan tortib beklar begi, qozi, nodon tabib, mehtar og`alik, xazinachi, munshiy kabi amaldoru din arboblarigacha bor. Maxmur hajviyotidagi satirik obrazlar bir-birini toʻldiradi. U hatto qozi, hoji, tabib, mulla, saroy shoiri Fazliy hajviga bag`ishlab ikkita, ba'zan uchta she'r yozadi. Bunday turkumlilik Maxmur hajviyotiga xos alohida xususiyatdir.
Maxmurning turkum, bir mavzuga bir necha hajv bag`ishlangan she'rlari quyidagilardir:
1-turkum: g`azali Qozi Muhammad Rajab Avj (monolog-g`azal). Qozi Rajab oʻzini oʻzi fosh etadi. Bu usulni Maxmurdan avval Boborahim Mashrab hamda Huvaydo «oʻzim» radifli g`azallarida qoʻllagan edilar; 2. «Avsofi Qozi Muhammad Rajab Avj» qozining satirik obraziga shoir Maxmur tomonidan berilgan tavsif, masnaviy shaklida.
2-turkum va boshqa turkumdagi asarlar ham monolog-g`azal va shoir tavsiflaridan iborat boʻlib, bir-birini toʻldiradi va oʻquvchida ikki, uch asar orqali bir satirik obraz haqida toʻla tasawur hosil qilishga yordam beradi. Bular Hoji Niyoz, Loubol oʻratepagi, Hakim Turobiy, Mulla Yoqub Xoʻjandiy, Qozi Xoʻja Sag`bon, Fazliy haqidagi asarlardir. Shoir riyokor Mulla Yoqub va Fazliyga atab uchtadan she'r yozgan. Masalan, «Avsofi Qozi Muhammad Rajab Ayj» masnaviysida qozining munofiq, riyokor, diyonatsiz shaxs ekanligi, asli andijonlik boʻlib, Yangiqoʻig`onda istiqomat qilishi, Qoratepa qishlog`ida qozi ekeni aytiladi. Katta qozilik mansabida oʻtiigan bu shaxs johil va badaxloqligi bilan «mashhm» boʻlgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |