Yuzlanib har lahza shoirlarga fayzi inbisot,
Toza qildi har bin bir nazm birla fikratin.
Men dog'i uljumladek fdjumla tab'im ochilib,
Gulshani fikrimda ko'rguzdim eram xosiyatin,
Jur'ate ay lab Navoiyg'a tatabbu' ayladim,
Safha uzra xoma surdim istab oning himmatin...
Munis «Saylanma»sida keltirilgan yana ikkita qasida zamona nosozligi, charxikajraftorning shumligidan shikoyatga bag'ishlangan qasidalardir. Ular kuchli ijtimoiy motivlarga, hasbi hollik xususiyatlarga ega. Ularda shoirning «men»i bor. Uning daxridunning bedodliklaridan, taqdirning tahqirlashidan chekkan ohu nolalari eshitilib turadi. «Erur charx berahm» degan nom bilan keltirilgan birinchi qasida 23 baytdan iborat. U g'azal qofiya tartibida aa, ba, va, ga, da... tarzida qofiyalanib keladi. Matla' bayti:
Erur charx bir turfa barahmu qotil,Ki osmish qilich mohi navdin hamoyil —
tarzida beriladi. Asarni baytlar hajmiga ko'ra katta bo'lganligi uchungina qasidaga kirltish, qasida deb atash mumkin. Chunki o'tmish she'rshunoslari «Agar g'azal o'n to'qqiz baytdan ortib ketsa, bunday she'r qasida deyiladi» tarzida fikr aytganlar. Munisning ushbu asari uning «Shuaro», «She'r», «So'z», «Xos o'lib joh ahliga» g'azallari kabi haqsizlfk va qashshoqlikdan shikoyat qiluvchi asarlari jumlasiga kiradi. Shoir qasida davomida shum zamonning bevafoligi tufayli inson boshiga yog'dirilayotgan g'amu anduhlardan bezganligini, chorasiz qolganligini tasvirlab beradi:
Ulum ichra gar rif'ate topsa olim, Qilur xor, balkim giriftori johil...
Na she 'r irtifoe topadur, na shoir, Na fazl e 'tibore topadur, na fozil.
Bu yanglig' jafosiga yo'q haddu g'oyat, Zamona aning kinidin bo'lma g'ofil...
Falak shikvasiga tuganmak na mumkin, Agar sharhiga tortsang xoma yuz yil.
Ko'rinadiki, qasida falak shikvasiga qaratilgan. Shoir uning inson boshiga yog'dirayotgan kulfatlari ustidan aybnoma chiqargan. Bundan keyingi qasidani ham fikriy yo'nalishiga ko'ra birinchi qasidaning davomi deyish mumkin. U «Charog'i nola» deb nomlangan. «Saylanma»dagi matni toʻliq emas. Qisqartirilib keltiriladi. Chunki matn oxirida shoir taxallusi keluvchi maqta' bayt yo'q.
Bu qasidadagi muborizkor, davr bilan kelisha olmayotgan siymo shoirning o'zidir. U qasidaning boshidan oxirigacha nolayu-afgon tortadi. O'z qismatining og'irligidan, nochor ahvolidan, ruhan majruhligidan so'zlaydi. Bu siymoning kuni ham, tuni ham, ro'zg'ori ham tiyradir. U zamondan, uning mulkdor kimsalaridan na shafqat, na oqibat ko'radi.
Umuman, benazir shoir Shermuhammad Munisning boshqa she'rlari kabi qasidalari ham shoir davri tarixiy-ijtimoiy sharoitdagi hodisalarni an'anaviy qolipdaifodalovchi zamonaviy asarlardir.Ularda traditsion madhiyadan uzoqlashib, zamona kulfatlaridan nolish ustun turadi.
Shermuhammad Munis lirikasi o'zbek she'riyatining ham mazmun, ham shakl va uslub jihatidan xiyla yangilangan, rivojlantirilgan namunalaridir. Bu holni munisshunos olimlar o'z tadqiqotlarida (M.Yunusov, N.Jumaxo'ja) ancha yaxshi yoritib berganlar.
Munis o'zbek shoirlari ichida ayniqsa aruz vaznlarini, she'riy va qoflya san'atlarini ishlatishda o'zgacha mahorat ko'rsata oladi. Bu uning she'r, adab ilmi, badiiy nutq go'zalligi boyliklarini chuqur o'rganganligidan dalolat beradi. Munis g'azaliyotida aruz sistemasining qariyb barcha bahr va vaznlaridagi shc'rlar uchraydi. U vaznJardan foydalanishda nuqsonlarga yo'l qo'ymaydi. O'z she'rlarida fikr va mazmunga mos vaznlar tanlab ishlatadi.
Munis — qofrya san'ajining mumtoz ustasi. Uning she'riyatida boshqa shoirlar ijodida siyrak uchraydigan qo'shqofiyalar, raddul matla' va takror so'zli qofiyalar, tarse' hamda sajli qofiyalar, narsalaming tovushiga taqlidni anglatuvchi so'zlardan tuzilgan qofiyalar ko'p uchraydi. Mana bu baytlardagi bir so'zli oddiy qofiyalarning o'zi bayt mazmuniga mos xalq iboralaridan tanlanganini ko'rsatadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |