Forsiy tildagi tarixiy manbalar



Download 48,5 Kb.
Sana06.07.2022
Hajmi48,5 Kb.
#751762
Bog'liq
kurs ishi


8.3. Fors tilining tarixiy manbalarda tutgan wrni
Forsiy tilning tarixiy manbalarda tutgan wrni.
Forsiy tildagi tarixiy manbalar.
Forsiy tildagi tarixiy manbalarning umumiy xususiyatlari va ah’amiyati.
8.3.1. Forsiy tilning tarixiy manbalarda tutgan wrniArab xalifaligining siёsiy, iqtisodiy va h’arbiy qudratining zaiflashuvi va mah’alliy h’okimlarning kuchayishi asta-sekin markaziy h’ukumat nomigagina bag’dodda bwlib, uning wlkalardagi noiblari deyarli mustaqil davlatlar sifatida faoliyat kwrsata boshladilar. Bu esa madaniyat, ilm-fan soh’asiga katta tasir o’tkazdi. Nomigagina xalifalikka qaram mamlakatlarida avval oddiy xalq orasida, asta-sekin ldimdar va davlat aёnlari va rah’barlari orasida arab tili bilan fors va turkiy tillarining istemol etilishi, keyinchaarab tili din va diniy bilimlar tiliga aylanib, ayniqsa sheriyat va tarixda forsiy va turkiy tillar malum mavqega ega bwlib, ularda ilmiy, badiiy va tarixiy asarlar yaratildi, davlat h’ujjatlari yuritila boshlandi. Bora-bora forsiy tildavlat tili darajasiga kwtarilib, bu tilda juda katta h’ududda badiiy va tarixiy asarlar yaratildi. Masalan, Nizomiddin Shomiy va Sharafuddin Ali Yazdiyning “Zafarnoma” asarlari, Mirzo Ulug’bek rah’namoligi va ishtirokida bitilgan “Tarixi ulusi arba” (“Twrt ulus tarixi”), Muh’ammad Mirxondning “Ravzat us-safo” (“Jannat bog’i”), Mirzo Haydarning “Tarixi Rashidiy” va boshqalar forsiy tilda bitildi. Movarounnah’rda forsiy va turkiy til doimo ёnma-ёn istemol etilar edi. Bizning tariximizga oid salmoqli tarixiy manbalar avval arab tilida yaratilgan bwlsa, ayniqsa davlat rah’barlari ёki h’okimlar arab bwlganlarida, keyincha forsiy tilda bitildikim, bu til ilmiy doiralar, madrasa va maktablarda umumiy taraqqiёt darajasini belgilovchi zarurat sifatida wrgatilar va XIX oxirigacha, ziёli oilalarda vrvb tili din va “Quroni karim” tili sifatida, sheriyat va boshqa soh’alar uchun forsiy va lna turkiy tillari istefoda etilar edi.
8.3.2.Fors tilidagi tarixiy manbalar
“Buxoro tarixi”
“Buxoro tarixi”, “Tarixi Narshaxiy” va “Tah’qiq ul-viloyat” (“Buxoro viloyati tah’qiqi”) nomlari bilan mashh’ur bwlgan bu asarda Buxoro va quyi Zarafshon voh’asida joylashgan shah’ar va qishloqlarning jwg’rofiy h’olati, ah’olisining VII-X asrlardagi ijtimoiy-siёsiy h’aёtini aks ettirgan qimmatli tarixiy manbadir. Kitob muallifining nomi qisqacha Narshaxiy (899-959 yy.) deb ataladi. Uning twliq ismi Abu Bakr Muh’ammad ibn Jaxfar ibn Zakariёibn Xattob ibn Shariq bwlib, X asrda ijod qilgan buxorolikymrmk tarixchi sifatida mashh’urdir. Tarixchi Samoniyning malumotiga qaraganda, Narshaxiy asli Buxoroning Narshax (h’ozirgi Vobkent ёnida) qishlog’idan. Narshaxiy wz asarini 944 yili ёzib tugallagan. “Buxoro tarixi” asarining Narshaxiy ёzgan arab tilidagi asli saqlanib qolmagan. Asar 1128 yili farg’onalik (Quva shah’ridan) Abunasr Ah’mad ibn Muh’ammad ibn Nasr al-Qubaviy tarafidan ilkbor qisqartirilib forsiy tilga tarjima qilingan. Oradan taxminan 50 yil wtgach, 1178 yili kotib Muh’ammad ibn Zufar ibn Umar“Buxoro tarixi” tomonidan ikkinchi marta tah’rir etildi. Shuni h’am kwrsatish lozimki, “Buxoro tarixi” asarining bizgacha etib kelgan nusxalarida 1178-1220 yilgi voqealar baёni uning tarkibiga kiritib yuborilgan. Shunga qaraganda, Narshaxiyning asari uchinchi marta nomalum muh’arrir tomonidan twldirilgan kwrinadi. “Buxoro tarixi” Wzbekistonning arablar tomonidan bosib olinishi, bu erda islom dinining tarqatilishi h’amda mamlakatning Somoniylar h’ukmronligi yillaridagi tarixini baёn etadigan noёb manbadir. Bu asarning forsiy matni 1892,1894, 1904 va 1939 yillarda Parij, Buxoro va Teh’ronda chop etilgan. Kitob rus, ingliz va wzbek tillariga (1897, 1954, 1966 yillari) tarjima qilingan.
8.3.4.“Hudud ul-olam”
“Hudud ul-olam” fors tilida ёzilgan (982 y.) birinchijug’rofiy xarakterdagi asardir. Kitobning twla nomi “Hudud al-olam min Mashriq ila-l Mag’rib”dir( “Sharqdan G’arbga qarab joylashgan mamlakatlarning chegaralari”). Asar muallifi nomalum. U Guznono (Afg’onistonning sharqi-shimoliy qismida joylashgan qadimiy viloyat) h’okimlaridan (Farug’iniylar) biriga atab ёzilgan. Kitobning yagona qwlёzma nusxasi sharqshunos A.G.Tumanskiy (1861-1920 yy.) tomonidan
1892 yili Buxoroda topilgan. “Hudud ul-olam” asari muqaddima va 59 bobdan iborat. Uning 1-7 boblarida erning tuzilishi, dengizlar, orollar, tog’lar, darёlar, chwlu biёbonlar h’amda dunёning inson yashaydigan twrtdan bir qismi – rubi maskun va unda istiqlmat qiluvchi xalqlar, rubi maskunning mamlakat h’amda viloyatlariga taqsimlanishi h’aqida umumiy muloh’aza yuritiladi. 8-59- boblarida sharqdan g’arbga qarab joylashgan mamlakatlar, ularni xalqi, wsha mamlakatlarda ishlab chiqariladigan asosiy matolar, ayrim wrinlarda esa savdo-sotiqning umumiy ah’voli xususida swz boradi. “Hudud ul-olam” asarida Wzbekistonning shah’arlari, ah’olisi va ularning mashg’uloti h’aqida qimmatli malumotlarni uchratamiz. Asarning matni aynan (fotomatni) faksimilesi, kirish va zarur izoh’lar bilan birga, 1930 yili V.V.Bartold tarafidan, inglizcha tarjimasi esa (tadqiqot va izoh’lar bilan birga) 1937 yili V.F.Minorskiy tarafidan nashr etilgan. Uning forscha matni ikki marta (M.Sotude va sayyid Jaloluddin Teh’roniy tarafidan) Eronda chop etilgan. 1983 yili asarning tojikcha nashri amalga oshirilgan. Ushbu kitob fors tilidagi ilk tarixiy-jug’rofiy manba sifatida juda qimmatli asar h’isoblanadi.
8.3.5. “Siёsatnoma”
Bu mashh’ur asar muallifi Nizomulmulk laqabini olgan Saljuqiylar davlatida vazir sifatida xizmat qilgan yirik davlat arbobi vatarixchi olimdir. Uning asli ismi Abu Ali al-Hasan ibn Ali ibn İsh’oq at-Tusiy (1018-1092 yy.) bwlib, Saljuqiy h’ukmdorlar Sulton Alp Arslon (1063-1073)h’amda Sulton Malikshoh’ I larning bosh vaziri bwlgan va bu davlatning ijtimoiy-siёsiy h’aёtida katta rol wynagan. U saltanatdagi tarqoqlikkabarh’am berish, markaziy davlat tuzumini mustah’kamlash, davlatning moliyaviy ishlarini tartibga solish uchun h’arakat qilgan. Shuning uchun unga mamlakatni tartibga soluvchi, yani Nizomulmulk nomi berilgan. Nizomulmulk Bag’dodda “Nizomiya” atalmish musulmon h’uquqaqoid maktabiga asos solgan. “Siёsatnoma” asarining boshqa nomi ”Ciyar al-muluk” (“Podshoh’larning turmushi”)dir. Kitob 1092 yili ёzib tugallangan. U 51 bobdan iborat bwlib, unda davlat tizimi, moliyaviy h’isob-kitob ishlari, qwshin tuzulishi, mansablar va ularga
amaldorlarni tayinlash tartibi, amaldorlar faoliyati muammolari xususida fikr yuritiladi. Asarda Wzbekiston tarixiga oid muh’im va qimmatli malumotlar bor. Somoniylar zamonida turk g’ulomlarining davlatning ijtimoiy-siёsiy h’aёtida tutgan wrni, Turkiston xonlari Qoraxoniylar saroyida xizmat qiluvchi xodimlarning maishiy ah’voli, Somoniylar xizmatida bwlgan amirlar unvonlari, Xorazmshoh’ Oltintosh (1017-1032) bilan Sulton Mah’mud G’aznaviyning vaziri Ah’mad ibn Hasan wrtasidagi ёzishmalar ana shular jumlasidandir. Asarda, bundan tashqari, karmatlar, botiniylar h’arakati, Muqanna qwzg’oloni h’aqida h’am ayrim diqqatga sazovor malumotlar mavjud. “Siёsatnoma”ning forschasi 1931, 1956 yillari, frantsuzchasi 1893 yili, inglizchasi 1960 yili h’amda ruschasi1949 yili B. D. Zaxoder tomonidan chop qilingan. Kitob wzbek tiliga h’am tarjima qilingan.
8.3.6. “Chor maqola”
“Chor maqola” nomi bilan mashh’ur bwlgan bu qiziqarli asar muallifi Nizomiy Aruziy Samarqandiydir. Uning wz ismi Najmuddin Ah’mad ibn Umar ibn ali bwlib, asli Samarqandlikdir. Otasi bir vaqtlar Saljuqiy Alp Arslon xizmatida bwlgan. Bwlg’usi olim IX asrning 90- yillarida tug’ilgan, 1116-1119 yillari Sulton Sanjar (1118-1157) saroyida Nishopurda h’aёt kechirdi, swngra Gur va Bomiёnda (Afg’onistonning markaziy qismida joylashgan viloyatlar) h’ukm surgan Shansabiylar xizmatiga kirdi va umrining oxirigacha wsha erda yashadi. “Chor maqola” ilmiy, etnik-didaktik mavzuda ёzilgan asar bwlib, “Majma ul-g’aroyib” (“Ajoyibotlar majmuasi”) nomi bilan h’am ataladi. Asar 1156-1157 yillari bitilgan bwlib, twrt qismdan iborat:
3. Dabir (kotib)lar va dabirlik h’aqida;
4. Sheriyat ilmi va shoirlarning qadr-qiymati h’aqida;
5. Cayёralar h’aqidagi ilm va munajjimlik h’aqida;
6. Tibb (meditsina) va tabiblik xususidadir.
Birinchi qismda qoraxitoylar bilan Sulton Sanjar wrtasidagi 1141 yilning 9
sentyabrida Samarqand atrofida bwlganurush, Qoraxitoylar bilan Xorazm, shuningdek, Sulton Mah’mud G’aznaviy bilan Movarounnah’r h’ukmdori Qoraxoniy Bug’raxon Muh’ammad (1033-1056 yillar atrofida vafot etgan) wrtasidagi siёsiy munosabatlar, qoraxitoylar istilosi arafasida Buxoro sadrlarining umumiy ah’voli h’aqida qisqa, lekin qimmatli malumotlar keltirilgan. “Chor maqola”ning ikkinchi qismida h’am muh’im maoumotlarni uchratamiz. Mashh’ur forsiyzabon shoirlarRudakiy (taxm.860-941 yy.), Farruh’iy (1038 yili vafot etgan), Firdavsiy (taxminan 940-1020-1030 yillar orasi)larning h’aёtiga oid, shuningdek, Bodh’izning tabiiy sharoiti, masalan u erda bwlgan 1000ga yaqin koriz, uzumning 120ta navi, Qoraxoniylar davrida Movarounnah’rning adabiy va madaniy h’aёtiga oid axborotlar shular jumlasidandir. Uchinchi qismda Abu Rayh’on Beruniy va Umar Hayёmning (taxm. 1048-1123) h’aёti (Nizomiy Aruziy Samarqandiy u bilan yaqindan tanish bwlgan) bilan bog’liq malumotlar berilgan. Twrtinchi qismda wzbekistonlik buyukqomusiy olim Abu Ali ibn Sinoning (980-1037 yy.) Buxoro va Xoraz mdagi ilmiy faoliyati bilan bog’liq malumotlarni uchratamiz. Xullas, Nizomiy Aruziy Samarqandiyning ushbu asari Wzbekistonning XXI asrlardagi ijtimoiy-siёsiy va madaniy h’aёtini wrganishda muh’im ah’amiyatga ega bwlgan manbalardan biri h’isoblanadi. “Chor maqola”ning forsiy matni 1910 va 19551957 yillarda eronlik sharqshunos olimlar Mirzo Muh’ammad Qazviniy h’amda Muh’ammad Muin tomonidan chop qilingan. Asaringliz tiliga 1921 yili va 1963 yili rus tiliga tarjima qilingan. Sharqshunos Mah’mud Hasaniy uni wzbek tiliga tarjima qilib chop ettirgan.
8.3.7. “Mujmal at-tavorix va qisas”
Muallifi nomalum bwlgan “Mujmal at-tavorix va qisas” (“Tarixlar va qissalar majmuasi”) nomli bu asar ixcham tarzda ёzilgan umumiy tarixga oiddir. Unda qadim zamonlardan (islomiyatdan avval wtgan Eron podshoh’lari zamonidan to wg’uzlar tarafidan Sulton Sanjarning asir olinishi (1153) va Nishopurning vayron etilishigacha bwlgan davr ichidaEronda va qisman Wzbekistonda yuz bergan ijtimoiy-siёsiy voqealar h’ikoya qilinadi.
Asar 1153 yildan keyin yaratilgan. Kitobning ilmiy qimmati shundaki, unda turkiy xalqlar, ularning kelib chiqishi h’aqidagi rivoyatlar, turklarning vatanlaridan biri İssiqkwl h’aqida boshqa manbalarda uchramaydigan malumotlar keltirilgan. “Mujmal at-tavorix va qisas”ning yagona qwlёzma nusxasi Parij Milliy kutubxonasining qadimiy forsiy kitoblar fondida, 62 raqam ostida saqlanmoqda. Uning matni 1939 yili eronlik Malik ush-shuaro Bah’or tomonidan chop etilgan.
8.3.8. “Zayn al-axbor”
“Zayn al-axbor” (“Tarixlar bezagi”) nomli kitob muallifi XI asrning yirik tarixchisi Gardiziydir. Uning twla ismi Abu Said Abulh’ay ibn Zah’h’ok ibn Mah’mud Gardiziy, G’azniga (Afoniston) tobe bwlgan va uning sharqiy tarafida joylashgan Gardiz qishlog’ida tug’ilgan. U wz zamonidaёq shuh’rat topgan olimdir. Bu esa uning yaqin “Zayn al-axbor” nomli asari tufayli bwldi. Kitob 1049-1050 yillar orasida ёzib tamomlangan va G’aznaviylardan Sulton Abdurashidga (1049-1053) taqdim etilgan. “Zayn al-axbor” asosan qadim zamonlardan (islomiyatdan avval wtgan qadimgi Eron podshoh’lari zamonidan) to1041 yilgacha, yani G’aznaviylardan Sulton Mavdud (1041-1050) bilan Sulton Muh’ammad (1030-1031, ikkinchi marta 1041) wrtasida, yani 1041 yili Dinovarda bwlgan urushgacha Xurosonda bwlib wtgan voqealar h’aqida h’ikoya qiladi. Asarda ayniqsa Xurosonning arab istilosidan 1041 yilgacha bwlgan tarixi boshqa asarlarga nisbatan kengroq ёritilgan. Gardiziy ushbu asarini ёzishda as-Sallomiyning “Kitob fi axbor vuloti Xuroson”, al-Jayxoniyning “Ajoyib al-buldon”, shuningdek ibn Muqaffa, ibn Xalliqonning asarlaridan h’am foydalangan. “Zayn al-axbor” rumliklarning madaniyati (dar marifati rumiёn), turli xalqlarning diniy marosimlari va yil h’isoblari, Movarounnah’rning turkiy ah’olisi va Hindiston h’aqida degan boblardan iborat. Asarning turli xalqlarning (musulmonlar, yah’udiydar, xristianlar va boshqalarning) diniy marosimlari va yil h’isoblari h’amda Hindiston h’aqidagi boblari Abu Rayh’on Beruniy asarlari, Wrtv Osiёva Wzbekistonning turkiy ah’olisi h’aqidagi bobi esa qisman ibn Xurdodbeh’, Jayh’oniy va ibn Muqaffa asarlariga tayanib ёzilgan.
Gardiziyning “Zayn al-axbor” asari Xuroson va Movarounnah’rning arablar istilosidan to XI asrning wrtalarigacha bwlgan siёsiy tarixini qrganishda muh’im wrin tutadi. “Zayn al-axbor” asarining forscha matni eronlik Mirzo Muh’ammad Qazviniy 1937 yili, Muh’ammad Nozim 1928 yili h’amda Said Nafisiy tomonidan 1954 yili chop etilgan edi. 1969 yili Teh’ronda asarningtwla nashri amalga oshirildi. Uning turkiy xalqlar h’aqidagi bobi rus tilida V.V.Bartold tomonidan 1900 yili nashr qilingan. Kitobning Wzbekistonga aloqador qismi A.K.Arends tomonidan ruschaga qilingan tarjimasi 1991 yili L.M.Epifanova tomonidan nashrga tayёrlanib Toshkentda chop etildi.
8.3.9. “Kitob al-qand fi tarixi Samarqand”
“Kitob al-qand fi tarixi Samarqand” (“Samarqand tarixi h’aqida qand kitob”) nomli asar muallifi yirik tarixchi, tilshunosva faqih’ Najmuddin Abu Hifs Umar ibn Muh’ammad ibn Ah’mad ibn Luqmon an-Nasafiy (1068-1142)dir. U musulmon qonunshunosligiga oid “Manzumot an-Nasafiya fi-l-xulofiёt” (“Kelishmovchiliklar h’aqida Nasafiyning sheriy asari”), “Aqoid an-Nasafiy” (“(İslom) aqidalariga an-Nasafiy sharh’i”) shariat ywl-ywriqlari va “Quroni karim” sharh’iga bag’ishlangan “Al-yavoqit fi-l-mavoqit” (“Qulay vaqtlar xususida ёqutlar”), “Zallat al-qoriy” (“Qorilarning xatolari h’aqida”) va tasavvuf xususida “Risolai Najmiya” kabi bir necha kitoblar yaratgan. Nasafiyning tarix fani uchun eng muh’im “Kitob al-qand fi tarixi Samarqand” asaridir. Uning yana bir nomi “Kitob al-qand fi marifati ulamoi Samarqand” (“Samarqand olimlarini tanish borasida qand kitobi”) h’am mashh’urdir. Ushbu asarda Wzbekistonning islomgacha bwlgan tarixi, uning arab istilochilari tomonidan bosib olinishi, Samarqandning diqqatga sazovor osori atiqalari h’aqida malumot keltirilgan. “Kitob al-qand fi tarixi Samarqand”ning arabcha asl nusxasi bizgacha etib kelmagan. Nasafiyning shogirdi Abulfazl Muh’ammad ibn Abdujalil ibn Abdumalik ibn Haydar as-Samarqandiy (XII asr) ushbu asarning qisqartirilgan forscha tah’ririni yaratgan. V.V.Bartoldning fikricha (Asarlar, VIII jild,- M.: 1973, 257 bet) Abulfazl Muh’ammad as-Samarqandiy asarning forscha tah’ririga
Abulfazl Muh’ammad as-Samarqandiy al-İdrisiyning (1015 yili vafot etgan) “Kitob komil al-marifat ar-rijol” (“Mashh’ur kishilarnitanish h’aqida mukammal kitob”) nomli asaridan am ayrim parchalarni olib kiritgan. “Kitob al-qand fi tarixi Samarqand”ning XV asr oxiri XVI asr boshlarida Said Ah’mad ibn Mir Vali qalamiga mansub forscha tah’riri h’am bor. “Qandiyayi xurd” (“Kichik qandiya”) nomi bilan mashh’ur bwlgan bu asarning qwlёzma nusxalari Sankt-Peterburg, Toshkent va Dushanbe shah’arlarida h’amda Germaniya, Hindiston va Saudiya Arabistoni kutubxonalarida saqlanmoqda. “Qandiyayi xurd” bir necha marta toshbosma usulida Samarqand (1909 y.), Toshkent va Teh’ronda (1955 y.) chop etilgan; bir qismi V.L.Vyatkin (1869-1932 yy.) tarafidan rus tiligatarjima qilingan va 1906 yili nashr etilgan.
8.3.10. “Tarixi Muborakshoh’”
“Tarixi Muborakshoh’” (“Muborakshoh’ tarixi”) asarining muallifi Faxriddin Muborakshoh’ Mavarrudiy bwlib, u XII asrning ikkinchi yarmi va X111 asrning boshlarida yashagan yirik tarixchi olimdir. Tarixchining twla ismi Faxriddin Muborakshoh’ ёki Faxri mudir nomi bilan mashh’ur bwlgan ekan. Faxriddin Muborakshoh’ wz asarining debochasida, shuningdek, İbn Al-Asir va “Haft iqlim” muallifining keltirgan malumotlarga qaraganda, otasi h’am, wzi h’am G’uriylardanShah’obiddin (ёki Muizziddin) Muh’ammad (1173-1206) h’amda G’iёsuddin Mah’mud (1206-1212) saroyida xizmat qilgan va wz zamonasining keng malumotli kishilaridan h’isoblangan. Faxriddin Muborakshoh’ 1206 yili wzining mashh’ur “Tarixi Muborakshoh’” asarini ёzib tamomladi va Loh’urda G’iёsuddin Mah’mudga taqdim etib, uning etiborini qozongan. Asar, muallifning swzlariga qaraganda, 13 yil ichida tamomlangan. “Tarixi Muborakshoh’” asari 136 qism(shajara)dan iborat bwlib, unda Muh’ammad pag’ambar, xulafoyi Roshidin (Abubakr, Umar, Usmon, Ali), ansorlar, muh’ojir sah’obalar, G’assaniylar, yani Suriya h’ukmdorlari, Yaman podshoh’lari, joh’iliyat zamonida, yaniislomiyatdan avval wtgan shoirlar, sah’oyuadar orasidan chiqqan shoirlar, Ajam podshoh’lari (Peshdodiylar,
Kaёniylar, Ashkoniylar, Sosoniylar), Umaviylar, Abbosiylar, Toh’iriylar, Safforiylar, Somoniylar, G’aznaviylar va nih’oyatG’uriylar tarixi baёn etilgan. Ushbu asarning biz uchun qimmati shundaki, unda Turkistonning sarh’adlari va Turkistonda ishlab chiqaraladiganmol va matolar, ularning h’orijiy mamlakatlarda etibor qlzongan navlari, turk qabilalari va urug’lari, ularning tili va madaniyati, ёzuvlari, urf-odatlari h’aqida boy daliliy malumotlar keltirilgan. “Tarixi Muborakshoh’” asarining yagona mwtabar qwlёzmasi Angliyaning Oksford shah’ridagi Bodli kutubxonasidasaqlanmoqda. Kitobning G’uriylar va turkiy xalqlar tarixiga oid qismi matnini ingliz sharqshunosi Denison Ross 1927 yili chop qilgan.
8.3.11. “Tarixi Masudiy”
Ananaviy tarixiy asarlardan yaqqol ajralib turadigan “Tarixi Masudiy” (“Masud tarixi”) asarning muallifi Abulfazl Muh’ammad ibn al-Husayn al-kotib al-Bayh’aqiydir (995-1077). U Nishopur viloyatiga qarashli Harisobod qishlog’ida badavlat mansabdor oiladatug’ilgan, asosan Nishopur shah’rida talim olib, balog’atga etgan. Abulfazl Bayh’aqiy taxminan 1021 yili G’aznaviylar davlatining devoni rasoili - xorijiy mamlakatlar bilan aloqayurituvchi mah’kamaga dabirlik mansabiga qabul qilindi va vazir Abu Nasr Mishkon rah’barligida 19 yil ysha mansabda xizmat qildi. Abu Nasr Mishkon vafotidan swng 1039 yili Abulfazl Bayh’aqiy uning wrniga devon boshlig’i etib tayinlandi. 1041 yili Sulton Masud wldirilgandan swng u saroy xizmatidan chetlatildi vafaqat Sulton Abdurashid 1050 yili h’okimiyat tepasigakelgach, yana wz wrniga tiklandi. Abulfazl Bayh’aqiy bu lavozimda 1059 yilgacha, yani Sulton Farruh’zod (1053-1059 yy.) saltanatining oxirigacha davlat xizmatida bwldi, keyin istefoga chiqib, ilmiy ish bilan mashg’ul bwldi. U 1077 yili vafot etgan. Abulfazl Bayh’aqiy “Ziynat ul-kitob”(“Kitoblar ziynati”), “Tarixi oli Mah’mud” (“Mah’mud xonadonining tarixi”) ёki “Jomi fi tarixi oli Sabuqtegin” (“Sabuktegin xonadoni tarixidan h’ikoyalar majmuasi”) nomli asarlari bilan mashh’ur. “Tarixi Bayh’aq” (“Bayh’aq (viloyati) tarixi”) asar muallifi Abulh’asan
Ali Bayh’aqiy, XII asrning ikkinchi yarmida wtgan va kwpincha ibn Funduq nomi bilan mashh’ur bwlgan olimning maoumotiga qaraganda, Abulfazl Bayh’aqiyning “Tarixi oli Mah’mud” asari wttiz jilddan iborat bwlgan. Lekin bu ulkan asarning faqat oltinchi jildining ikkinchiqismi, 7, 8, 9 jildlari h’amda 10-jildining bir qismi etib kelgan, xalos. Bu qismlar Sulton Masud (1030-1041 yy.) davri tarixini wz ichiga oladi va “Tarixi Masudiy” nomi bilan malum va mashh’ur. “Tarixi Masudiy” asarida boshqa tarixiy kitoblardan farqli muallif wzi kwrgan va ishonchli kishidardan aniqlagan malumotlarni, shuningdek, h’ukumat mah’kamalarida saqlangan rasmiy h’ujjatlar asosida h’amda maishiy tafsilotlarga h’am aloh’ida etibor berilgan. Bu xususiyat asarning daliliy malumotlarga boyligi, voqealarning keng va atroflicha baёn etilishi va nih’oyati zwr badiiy mah’orat bilan ёzilganligi, uning boshqa tarixiy asarlardan aloh’ida ajratib turadi. Kitobda asosan Sulton Masud davri G’aznaviylar saltanati ixtimoiy-siёsiy ah’voliga keng wrin berilgan. Bundan tashqari, asarda Safforiylar, Somoniylar, Saljuqiylar tarixiga oid muh’im malumotlar h’am bor. Ayniqsa, G’aznaviylar bilan Xorazm, Saljuqiylar h’amja Qoraxoniylar davlati wrtasida bwlgan siёsiy munosabatlar h’aqida qimmatli malumotlar kwp. Ushbu asarda Abu Rayh’on Beruniy h’aёti twg’risida tafsilotlar va uning bizgacha etib kelmagan Xorazm tarixigaoid asaridan lavh’alar biz uchun juda qimmatlidir. Chunki muarrix ulug’ vatandoshimiz bilan muloqotda bwlgan, uni yaxshi bilgan va fikrlarini qadrlagan. “Tarixi Masudiy” asarining forsiy matnini U. Morley Kalkuttada 1861 yili, Teh’ronda esa Ah’mad Peshavoriy 1886 yili, Said Nafisiy 1941-1954 yillari, G’ani va Faёz 1945 yili chop etganlar. Uning arabcha tarjimasi Qoh’irada Yah’ёHashshob va Sodiq Nishot tomonidan chop etilgan. “Tarixi Masudiy” asarining ruscha tarjimasi tadqiqot va zarur izoh’lar bilan atoqli manbashunos olim A.K.Arends tomonidan Toshkentda 1962 yili va Moskvada 1969 yili elon qilindi. Kitobning X-XI asr tarixini wrganuvchilar uchun manba sifatidagi ah’amiyati juda katta.
8.3.12. “Lubob ul-albob”“Lubob ul-albob” (“Qalblar qalbi”, 1222-1223 yillari ёzilgan) nomli asarning muallifi Saduddin Muh’ammad Avfiy bwlib, u XII asrning swnggi choragi va XIII asrning birinchi yarmida yashagan adib, tarjimon va tazkiranavis olimdir. Avfiy 1172-1177 yillar orasida Buxorodatug’ilgan, asosiy malumotni ona shah’rida olgan va 1201 yili Samarqand h’okimi Qoraxoniy İbroh’im IV ibn Husayn (1178-1204 yy.) saroyiga taklif etilgan. U bu erda kwpgina fozil kishilar, jumladan shayx Najmuddin Kubro (1221 yiliUrganjda mwg’ullar qirg’ini vaqtida h’alok bwlgan) h’amda shayx Majdiddin Bag’dodiy (1216 yili xorazmshoh’ Alouddin Muh’ammadning amri bilan qatl etilgan) bilan uchrashgan. Olim 1205 yildan boshlab Movarounnah’r va Xuroson bwylab kwp saёh’at qilgan, dastlab Niso, Marv, Tus, Hirot vaSeistonda bwladi. U Nishopurda h’am bwlib, Xurosonning etuk arabiynavis va forsinavis shoirlari bilan yaqindan tanishadi. Xullas, olim Xuroson shah’arlari bwylab qilgan saёh’ati vaqtida bwlajak tazkirasi uchun malumotlar twplaydi. Avfiy mwg’ullar istilosi arafasida Hindiston safariga otlanadi. G’aznaga etkanda Chingizxon (1206-1227 yy.) boshliq mwg’ul qwshinlarining Wrta Osiёga bostirib kirgani h’aqida xabar tarqaladi.Olim Xuroson va Movarounnah’rdan kelgan qochoqlarga qwshilib Hindistonga jwnaydi va 1222 yili Panjobning Uch viloyatiga kelib, bu erning h’okimi Nosiruddin Qabochaning (1205-1227 yy.) xizmatiga kiradi. Oradan kwp vaqt wtmay, Avfiy Gujoratga qozi qilib tayinlanadi. U 1227 yili Deh’liga kwchib kelib, Sulton Shamsuddin Eltutmishningxizmatiga kiradi va umrining oxirigacha shu erda kun kechiradi. Nuriddin Muh’ammad Avfiy Uchda turgan vaqtida wzining “Lubob ulalbob” nomli tazkirasini ёzdi, Gujoratda esa arabiynavis olim qozi Muh’sin Tanuh’iyning (940-994 yy.) “Al-faraj bad ash-shiddat” (“Ofatdan swnggiovunish”, 984 yili ёzilgan) nomli asarini arab tilidan fors tiliga tarjima qildi. “Javomi ul-h’ikoyat va lavomi ar-rivoyat” (“Hikoyatlar majmuasi va rivoyatlar shulasi”) asarini h’am wsha erda ёza boshladi. “Lubob ul-albob” tazkira bwlib, unda Wzbekiston, Xuroson, İroq, Ozarbayjon, G’azna h’amda G’arbiy Hindistonda X-XII asrlarda yashab ijod etgan 299 shoir va adib h’aqida umumiy malumot beriladi. Asar Uch viloyatining h’okimi Raziuddin Abubakrning topshirig’i bilan ёzilgan. “Lubob ul-albob”ning forsiy matni 1903 va 1906 yillari E.Braun va Mirza Muh’ammad Qazviniy tarafidan chop etilgan. Avfiyning ikkinchi muh’im asari “Javomi ul-h’ikoyat” bwlib, 1227-1236 yillari orasida ёzilgan. Asar twrt qismdan, h’ar bir qism esa 25 bobdan iborat. Unda Hinliston, Eron, Wrta Osiёva Wzbekistonning ijtimoiy-siёsiy va madaniy h’aёtiga oid 2113 ta tarixiy latifadan iborat. Biz uchun uning ayniqsa twrtinchi qismi aloh’ida qimmat kasb etadi. Bu qismda Wrta Osiёning qadimiy turkiy xalqlari va Buxoro sadrlari h’aqida muh’im malumotlar bor. “Javomi ul-h’ikoyat” chop qilinmagan, ayrim qismlari İ.Nizomutdinov va T.Fayziev tomonidan wzbek tiliga tarjima qilingan.
8.3.13. “Tarixi jah’onkushoy”
“Tarixi jah’onkushoy” (“Jah’ongir (Chmngizxon) tarixi”) nomli yirik tarixiy asarni yaratgan tarixchi XIII asrda wtgan yirik olim va davlat arbobi Juvayniydir. Uning twla ismi Alouddin Otamalik ibn Bah’ouddin Muh’ammad al-Juvayniy. U 1226 yili G’arbiy Xurosonning Juvayn h’ududiga qarashli Ozodvor qishlog’ida badavlat va nufuzli siёsiy arbob oilasida tug’ilgan.Otasi Bah’ouddin Muh’ammad Xorazmshoh’ Alouddin Muh’ammadning Xurosondagi noibi bwlgan, mwg’ullar xuruji vaqtida Sulton Jaloluddin bilan birga ularga qarshi danglarda qatnashgan. Mwg’ullar 1221 yili Nishopurni ishg’ol qilgach, Bah’ouddin Muh’ammad Tusga qochib bordi va uning mustah’kam qalalaridan biriga yashirindi. Lekin qala h’okimi uni bandga olib mwg’ul lashkarboshilaridan Qwlbwlotga topshirdi. Qwlbwlot asirning malumotli va istedodli shaxs ekanligini anglab, uni tirik qoldirdi. Keyincha Bah’ouddin Muh’ammad mwg’ullar xizmatiga qabul qilindi va tovafotiga (1258 y.) qadar Xurosondagi mwg’ul h’okimlari Chintemur, Kirkwz, Arg’un og’a h’uzurida soh’ib devonlik vazifasida turdi. Bah’ouddin Muh’ammaddan ikki wg’il qoldi. Twng’ichi Shamsuddin Muh’ammad 1262-1283 yillari Erondagi mwg’ul h’ukmdorlari Elxonlardan Halokuxon (1256-1265 yy.) h’amda Abaqaxon (1265-1282 yy.)ning vaziri, soh’ib devon bwlgan va mamlakatning idtimoiy-siёsiy h’aёtida katta rol wynagan. Bah’ouddin Muh’ammadning kenda wg’li Alouddin ёshligidan yaxshi wqidi, arab, fors, keyinchalik mwg’ul va uyg’ur tillarini mukammal wrgandi, wrta asr fanining bir talay soh’alarini puxta egalladi. U ёshligidaёq mwg’ul h’ukmdorlari xizmatiga qabul qilindi va Kirkwz h’amda Arg’un og’aning devonida xizmat qildi. Alouddin Otamalik JuvayniyArg’un og’a bilan uch marta 1246-1247, 1249-1251, 1252-1253 yillari Mwg’ulustonga, Qoraqwrumga bordi. U 1256 yilning boshlarida Halokuxonning buyrug’i bilan İsmoiliylar h’ukmdori Rukniddin Hurshoh’ h’uzuriga Maymanduzqalasiga elchi bwlib bordi va unga qarshilik kwrsatmay taslim bwlish h’aqidagi talabnomani topshirdi. Juvayniy Maymanduzni mwg’ul qwshinlari tomonidan ishg’ol qilish chog’ida İsmoiliylarning boy kutubxonasini talon-tarojdan saqlab qoldi. Alouddin Otamalik Juvayniy 1259 yili İroq va Xuzistonga h’okim, malik qilib tayinlandi. Wshanda u Bag’dod va uning atrofidagi joylarni obod qildi. Tarixchi Vassofning (XIII asr oxiri-XIV asrning birinchi yarmi) malumotlariga qaraganda, u katta mablag’, 10000 oltin dinor sarflab Frot darёsidan Kufa va Najafga suv olib kelgan. Juvayniy bu lavozimda 20 yildan ortiq turdi. 1271 yili raqiblari qozi sayyid Tojiddin Ali ibn Muh’ammad, “Kitob al-faxriy” asari muallifi Abu Jafar Jaloluddinning otasi, boshchiligida unga qarshi zimdan kurash boshladilar. Oqibatda ular Juvayniyni mansabini suiistemol qilib, xazinani bir qismini wzlashtirganlikda aybladilar. Juvayniy odam ёllab qozi Tojuddin Alini wldirtirdi, lekin bu bilan muxoliflarining taqibidan qutulib qololmadi. Wsha yilning wzida Abaqaxon Bag’dod devonini taftish qilish uchun odam yubordi. Taftish natijasida 250 tuman, bir tuman 10000 kumush dinorga teng, kamomad borligi aniqlandi. Juvayniy qamab qwyildi va kamomad undirib olingandan keyin h’ibsdan ozod qilindi va wz mansabiga tiklandi. Oradan wn yil wtgach, 1281 yili, Tojuddin ismli bir shaxs uni yana xazinaga “qwl chwzishda” va yashirincha Misr bilan aloqa bog’laganlikda aybladi. Bag’dodning moliyaviy xwjaligi yana taftish qilindi va 300 tuman kamomad borligi aniqlandi. Bag’dodning moliyaviy xwjaligi yana taftish qilindi va 300 tuman kamomad borligi aniqlandi. Juvayniy yana h’ibsga olindi, lekin kamomadgi twlashga swz bergani uchun qamoqdan ozod qilindi. Lekin, butun er-suv va qimmatbah’o buyumlarni sotsa h’am kamomadning faqat 170 tumanini qopladi, xalos. Juvayniy yana qamoqqa olindi, uni qiynoqqa soldilar, Bag’dod kwchvlari bwylab yalangg’och qilib olib wtdilar. Juvayniy Twqudar Ah’mad davri(1282-1284 yy.)da og’asining ёrdamida h’ibsdan ozod etildi,musodara qilingan molu mulki qaytarib berildi. Lekin oradankwp wtmay, shah’zoda Arg’un Bag’dod devonini qaytadan taftish qilish va Juvayniyning mol-mulkini musodara qilishni buyurdi. Wsha vaqtda Juvayniy Ozarbayjonning Arronida edi. Bu xabar fojeaga olib keldi – 1283 yili Juvayniyning .ragi ёrilib vafot etdi. Alouddin Otamalik Juvayniy Mwg’uliston, Wzbekiston h’amda Eronning XIII asrdagi ijtimoiy-siёsiy tarixidan h’ikoya qiluvchi asari bilan shuh’rat topti. Kitob 1260 yili ёzib tamomlangan. “Tarixi jah’onkushoy” asari uch qismdan iborat: 1)mwg’ullar, ularning Chingizxon davridagi istilochilik yurishlaridan to Guyukxon (1246-1249 yy.) davrigacha, shuningdek, Jwjixon, Chig’atoyxon va avlodlari tarixi, 2)Xorazmshoh’lar va Xurosonning mwg’ul h’ukmdorlari davridagi (1258-yilgacha) tarixi, 3) Eronning 1256-1258 yillardagi ijtimoiy-siёsiy ah’voli, shuningdek, İsmoiliylarning diniy-h’arbiy uyushmasi va İsmoiliylar davlati (1090-1258 yy.) tarixi. İsmoiliylar tarixi Maymanduzdagi kutubxonada topilgan asarlar, xususan İsmoiliylarning kwzga kwringan namoyandalaridan Hasan Saboh’ning (taxminan 1055-1124 yy.) h’aёti va faoliyati h’aqida h’ikoya qiluvchi “Sarguzashti sayyidno” (“Sayidimizning sarguzashtlari”) nomli kitob asosida ёzilgan. Wrta Osiёva Wzbekiston tarixi uchun “Tarixi jah’onkushoy”ning I-II qismlari aloh’ida qiymatga ega. AsarningXorazm va Xorazmshoh’lar tarixiga oid qismi (II qism) bizgacha etib kelmagan “Mashorib at-tajorib va g’avorib alg’aroib” (“İmtih’onni salqinlashtirish joyi va ajoyib narsalarning yuqori darajasi”), Faxriddin Roziyning (1210 yili vafot etgan) “Javome ul-ulum” (“İlmlar majmuasi”) kitoblari asosida ёzilgan. Movarounnah’r va Sharqiy Turkiston tarixi, shuningdek, Mwg’uliston h’aqidagi xabarlar asosan muallifning shu mamlakatlarga qilgan saёh’atlari vaqtida twplangan malumotlar asosida ёzilgan. “Tarixi jah’onkushoy”ning forsiycha matni Mirzo Muh’ammadxon Qazviniy tarafidan 1912, 1916 va 1937yillari nashr etilgan. Asarning twla inglizcha va turkcha-usmonlicha (1 jildi) tarjimalari bor.
8.3.14. “Jome ut-tavorix”
“Jome ut-tavorix” (“Tarixlar majmuasi”) asarining muallifi mashh’ur qomusiy olim, tarixchi, tilshunos, tabib va yirik davlat arbobi Rashiuddin Fazlulloh’ ibn İmoduddavla Abulxayr al-Xamadaniydir. Uning ota-bobolari h’am wz zamonining wqimishli kishilaridan bwlgandar. Masalan, bobosi dastlab yirik qomusiy olim Nosiruddin Tusiy (1201-1274 yy.) bilan birgalikda Alamut qalasidaİsmoiliylar xizmatida bwlgan, swng mwg’ullar tarafiga wtib ketgan. Otasi İmoduddavla Abulxayr wrta h’ol kishi bwlib, Hamadonda tabibchilik bilan kun kechirgan, keyinchalik Elxlniylar saroyiga taklif qilinib, u erda h’am wz kasbi bilan shug’ullangan. Rashiduddin 1247 yili Hamadonda tug’ilgan. Ёshligidan yaxshi wqib, ota kasbidan tashqari, kwpgina ilmlarni – iloh’iёt, tabiiy fanlar, mumtoz adabiёt, tarix, geografiya va boshqa fanlarni puxta egallagan. Rashiduddin Elxon Abaqaxon (1265-1282 yy.) davrida uning shaxsiy tabibi bwlib xizmat qilgan, keyincha G’ozonxon (1295-1304 yy.) vaWljoytuxon (1304-1317 yy.)lar vaziri bwlgan. Ushbu xonlarning h’omiyligi, ayniqsa wzining tadbirkorligi orqasida, davlatning moliyaviy muassasasi tamoman uning qwlida edi, Rashiduddin vazirlik yillari (1298-1317 yy.) wz davrining eng badavlat va nufuzli kishilaridan biriga aylandi. Halokuiylar davlatining turli viloyatlarida uning 80 000 gektar h’osildor er-suvi, bog’lari, wnlab h’ammomlari, karvonsaroylari, h’unarmandchilik va savdo dwkonlari, yaylovlarda esa 250 000 qwyi, 30 000 yilqisi, 10 000 tuyasi bwlgan. Rashiduddinning shaxsiy boyligi, tarixiy manbalarning guvoh’lik berishicha, 35 000 000 dinorga teng bwlgan. Uning kwp sonli wg’illari, 16 nafar Bag’dod,Rum, Gurjiston, Ardabil, İsfah’on, Fors, Xuziston, Kirmon va Domg’on vilochtlarining h’okimi edilar. Rashiduddin feodal tarqoqlik va ayirmachilik tarafdori bwlgan kwchmanchi turk-mwg’ul katta er egalaridan farqli wlaroq, wtroqlik h’amda markaziy davlat muassasini mustah’kamlash tarafdori edi. Uning G’ozonxon davrida wtkazgan mamuriy va moliyaviy isloh’otlari shunga qaratilgandi. Oxiri Rashiduddin elxoniylar saroyida h’ukm surgan fitna qurboni bwldi. Endigina taxtga wtqazilganAbu Saidxon (1317-1335 yy.) Rashiduddinni saroydan chetlashtirdi. Oradan bir yil wtgach, u Wljoytuxonni zah’arlab wldirishda ayblanib, 1318 yilning 18 iyulida qatl etildi, barcha mol-mulki musodara qilindi. Wshandauning Tabrizdagi 600 000 jild kitobga ega boy kutubxonasih’am talon-taroj qilindi.
Rashiduddin tarixda wzining yirik asarlari bilan h’am nom qoldirdi. İloh’iёt ilmining ayrim masalalariga bag’ishlangan “Al-majmuot ar-Rashidiya” (“Rashiduddinning majmualari”), tabiёtga oid “Al-osor va-l-ih’ya”(“Tirik narsalarning qoldiqlari”), “Baёn al-h’aqoiq” (“Haqiqatlar baёni”), qurilish masalalariga bag’ishlangan “Asila va ajiba”(“Ajib vaasil narsalar”) va nih’oyat, jah’on tarixini wx ichiga olgan “Jome ut-tavorix” uning qalamiga mansub asarlar jumlasidandir. Olimning bizning zamonamizgacha twla etibkelgan birdan-bir asari ana shu “Jome ut-tavorix” bwlib, u wrta asr tarixnavisligining wziga xos noёb asari h’isoblanadi. Bu kitob wrta asr Sharq tarixchiligida yangi ananani boshlab bergan asar. Unda umumiy tarix sifatida musulmon mamlakatlari tarixi bilan birga, G’arb mamlakatlari, Xitoy h’amda Hindiston tarixini h’am ёritishga intilgan, Sharq mamlakatlari tarixini umum jah’on tarixining bir qismi, deb h’isoblangan. “Jome ut-tavorix” asari 1301-1311 yillari orasida G’ozonxonning topshirig’i bilan ёzilgan. Asar uch qismdan iborat: 1) mwg’ullar va ular asos solgan davlatlar Ulug’ yurt yani Mwg’uliston, Elxoniylardavlati h’amda mwg’ullar asoratiga tushib qolgan mamlakatlar, Shimoliy Xitoy, Urta Osiёva Yaqin h’amda Wrta Sharq mamlakatlari xalqlarining mwg’ul istolchisigacha bwlgan qisqacha tarixi; 2) Sharq mamlakatlari xalqlarining islomiёtdan avvalgi tarixi, Arab xalifaligi va uning tarkibida tashkil topgan G’aznaviylar imperiyasi, Saljuqiylar davlati, Xorazmshoh’lar davlati tarixi; Xitoy,qadimgi yah’udiylar, franklar, Rim imperiyasi va Hindiston tarixi; 3) Er kurrasi h’amda etti iqlimmamlakatlarining geografik h’olati. Afsuski, asarningswnggi, uchinchi qismi saqlanmagan. Qwlёzma 1318 yili Rashiduddinning shaxsiy kutubxonasi talon-taroj qilingan vaqtlarda ywqolgan bwlishi mumkin. Mazkur asar, ayniqsa uning turk va mwg’ul xalqlarining Chingizxonga qadar kechgan tarixi Mah’mud Koshg’ariy va Alouddin Otamalik Juvayniy asarlari, Elxoniylar kutubxonasida saqlanaёtgan “Oltin daftar”, Chingizxon va uning ota-bobolari tarixi, shuningdek, turk-mwg’ul xalqlari tarixi va irvoyatlarini yaxshi bilgan kishilar, Pwlod, Chjen-syan, G’ozonxon va boshqalarning og’zaki axborotlari, G’arb mamlakatlari, Xitoy va Hindiston xalqlari tarixiga oid qismlari wsha vaqtlarda Eronga kelib qolgan frantsiyalik ikki katolik roh’ib, ikki xitoylik olim va kashmirlik roh’ibning ishtirokida ёzilgan. Twplangan malumotlarni tartibga solish ishlarini muallifning ёrdamchilari Abdulla Koshoniy h’amda Ah’mad Buxoriylar bajarganlar. “Jome ut-tavorix” asarining ayniqsa turk-mwg’ul xalqlari tarixini wz ichiga olgan qismi Markaziy Osiёxalqlari tarixini wrganishda katta ah’amiyatga ega. Kitobning Wrta Osiё, Eron va Kavkaz orti xalqlarining XIII asr boshlaridagi ijtimoiy-siёsiy h’aёtiga oid qismlari h’am benih’oyatda qimmatlidir. Asarning ayrim qismlari Katrmer (1836 y.), E.Bloshe(1911 y.), K.Yan (1941 y.), İ.N.Berezin (1858-1888 yy.) tarafidan rus, frantsuz h’amda nemis tillariga tarjima qilingan va forscha matni, swz boshi bilan chop qilingan. Uning wzbek tiliga qilingan ikkita tarjimasi bor. Ulardan biri Shayboniylardan Kwchkinchixonning (1510-1530 yy.) topshirig’i bilan Muh’ammad Ali ibn Darvish Ali Buxoriy tomonidan qilingan vamuqaddima va uch jilddan iborat. Bu tarjimaning noёb qwlёzmasi Wzbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining Abu Rayh’on Beruniy nomidagi Sharqshunoslikinstituti fondida 2 tartib raqami ostida saqlanmoqda. İkkinchi tarjima esa 1556 yili Niso shah’rida Solur bob ibn Qul Ali tarafidan Urganch h’okimi Ali Sultonning (1572 yili vafot etgan) buyrug’i bilan bajarilgan bwlib, uning qwlёzma nusxasi Ashgabadda Turkmaniston Fanlar Akademiyasining Til va adabiёt institutida saqlanadi. “Jome ut-tavorix” asarining twla ruscha tarjimasi 7 nafar mwtabar qwlёzmalar asosida 1946-1960 yillari Sankt-Peterburgda amalga oshirilgan.
8.3.17. “Tarixi guzida”
“Tarixi guzida” (“Saylangan tarix”) asari muallifi Hamdulloh’ Qazviniy bwlib, u XIII asr swnggi choragi va XIV asrning birinchi yarmida yashab wtgan yirik geograf va tarixshunos olimdir. Uning twla ismi Hamdulloh’ ibn Abubakr ibn Ah’mad ibn Nasr Mustavfiy Qazviniy bwlib, kelib chiqishi bwyicha arab va 1281 yili Eron Ozarbayjonining Qazvin shah’rida tug’ilgan. Hamdulloh’ Qazviniy Rashiduddin davrida Qazvin, Abh’ar va Zanjon viloyatlarining moliya ishlarini boshqargan. Rashiduddin qatl etilgandan swng, uning wg’li G’iёsuddin Muh’ammad (1327-1336 yillari Elxoniy Abu Saidning vaziri bwlgan)ning xizmatida bwlgan. Tarixchi 1350 yili vafot etgan. Hamdulloh’ Qazviniy “Zafarnoma”, “Tarixi guzida” h’amda “Nuzh’at ulqulub” nomli asarlar muallifidir. “Tarixi guzida” umumiy tarix ywnalishida ёzilgan asar bwlib, unda qadim zamonlardan to 1330 yilgacha Eron va qisman, Urta Osiёda bwlib wtgan voqealar baёn etilgan. Hamdulloh’ Qazviniy vafotidan keyin wg’li Zaynuddin tomonidan asar davom ettirilgan va unga 1392 yilgacha Eronda bwlib wtgan voqealar qwshilgan. Kitobning asosiy qismi xoji G’iёsuddin Muh’ammadga bag’ishlangan. Asar muqaddima-fotih’a va olti bobdan iborat: 1) payg’ambarlar va avliёlar; 2) islomiyatdan avval wtgan Eron podshoh’lari; 3) Muh’ammad payg’ambar, xaoifayi Roshidin, Umaviylar va Abbosiylar tarixi; 4) Abbosiylar davrida Eron, Afg’oniston va Wrta Osiёda h’ukmronlik qilgan Safforiylar, Somoniylar, G’aznaviylar, G’uriylar, Daylamiylar, Saljuqiylar, Xorazmshoh’lar, mwg’ullar va boshqa sulolalar tarixi; 5) islomiyat davrida wtgan shayxlar, olimlar va shoirlar; 6) Qazvin shah’rining tarixi. “Tarixi guzida” Eron, Wrta Osiёh’amda Wzbekistonning XIII-XIV asrning birinchi yarmidagi tarixini wrganishda muh’im ah’amiyat kasb etadi. Kitob 1910 yili ingliz sharqshunosi E.Braun tarfidan matn va qisqartirilgan inglizcha tarjimasini h’amda 1960 yili Abdulh’usayn Navoiy asar matnini nashr qilgan.
8.3.18. “Ravzat uli-l-albob”
“Ravzat uli-l-albob” ёki “Ravzat uli-l-albob fi tavorih’al-akobirva-l-ansob” (“Akobir va asil (kishilar) tarixi xususida oqillar bog’i”) nomli asarning ijodkori Faxruddin Abu Sulaymon Dovud ibn Abulfazl Muh’ammad Banokatiy (1330 yili vafot etgan) bwlib, u XIII asrning II- yarmi va XIV asr I- yarmining birinchi choragida wtgan shoir va yirik tarixchiolimdir. U kwproq Banokatiy nomi bilan mashh’ur. Banokat eski Toshkent shah’ar nomlaridan biri bwlib, u İloq, yani Oh’angaron darёsining Sirdarёbilan qwshilish joyi yaqinida joylashgan qadimiy shah’ar, 1392 yilidan boshlab Shoh’ruh’iya nomi bilan atalgan. Tarixchi mana shu shah’arda tug’ilgan. Elxon G’ozonxon h’amdaWljoytuxon saroyida xizmat qilgan va 1301 yili malik ush-shuaro (shoirlar podshoh’i) unvoniga sazovor bwlgan.
Lekin Banokatiy kwproq tarixchi olim sifatida va jah’on tarixini wz ichiga olgan “Ravzat uli-l-albob” nomli asari bilan mashh’ur bwldi. Asar 1317 yili ёzib tamomlangan va muqaddima h’amda twqqizqismdan iborat: 1) Odam Atodan to Muso payg’ambargacha wtgan davrda yashagan patriarx va payg’ambardar; 2) qadimiy Eron podshoh’lari; 3) Muh’ammad payg’ambar, xalifayi Roshidin, imomlar, Umaviya va Abbosiya xalifalari davri; 4) Abbosiylar bilan h’amasr bwlgan Toh’iriylar, Safforiylar, Somoniylar, Xorazmshoh’lar va boshqa sulolalar; 5) yah’uliylarning payg’ambarlari va podshoh’lari; 6) xristianlar va franklar tarixi, xristianlarning dini va etiqodi, Armaniston va frank mamlakatlarining geografik h’olati; 7) Hindiston tarixi, h’indlarning dini va etiqodi; 8) Xitoy tarixi va uning geografik h’olati, xitoylarning dini va urf odatlari; 9) mwg’ullarning tarixi va ularning istilochilik yurishlari. “Ravzat uli-l-albob” asari Rashiduddinning “Jome ut-tavorix” asari asosida ёzilgan bwlib, uning qisqartirilgan tah’riri deb aytish h’pm mumkin. Lekin Banokatiy asarida Rashiduddin kitobida uchramaydigan malumotlar h’am bor. Masalan, etti iqlim mamlakatlarining tavsifi, Eronning 1310-1317 yillar orasidagi tarixi shular jumlasidandir. Xullas, Banokatiyning mazkur asari Wrta Osiёva Wzbekistonning XIII-XIV asrning birinchi choragidagi tarixi, geografik h’olati va ah’olisining turmishini wrganishda muh’im manbalardan h’isobanadi. “Ravzat uli-l-albob” XVII asrdan buёn ilmiy jamoatchilikning diqqatetiborini wziga tortib kelmoqda. Uning ayrim qismlari lotin, turk, ingliz h’amda frantsuz tillariga tarjima qilinib chop etilgan. Asarning qwlёzma nusxalari Toshkent, Sankt-Peterburg, Qozon, Dushanbe va xorijiy mamlakatlar kutubxonalarida mavjud. Kitobdan Alisher Navoiy wzining tarixiy asarlarini yaratishda foydalangan.
8.3.19. Shomiyning “Zafarnoma” asari
Mavlono Nizomuddin Shomiy ёki mavlono Nizomuddin Shanbiy, Shanbi G’ozoniy asli Tabrizning shimoli-g’arbiy tarafida, undan ikki mil masofada joylashgan joyda tug’ilgan tarixchi “Zafarnoma” asari bilan mashh’ur bwlgan. U 1393 yili Amir Temur xizmatiga qabul qilingan, 1404 yilgacha u bilan bwlib,
soh’ibqironning h’arbiy yurishlarida voqeanavis va voiz mansabida ishtirok qilgan. 1402 yili Amir Temur unga wzining tarixini aniq va sodda tilda ёzib berishni buyurgan. Nizomuddin Shomiy bu asarni 1402-1404 yillar orasida ёzib tamomlagan. Asar jah’ongirning h’okimiyat tepasiga kelishi (1370 yil.)dan to 1404 yilgacha bwlgan voqealarni wz ichiga oladi. “Zafarnoma” asari h’aqiqatan h’am sodda tilda, ravon uslubda ёzilgan, daliliy malumotlarga boy. Lekin Amir Temur h’aёti mazkur asarda birmuncha, Sharafuddin Aliga nisbatan kam, idealashtirilgan. Asar Wzbekiston, Qozog’iston, Yaqin va Wrta Sharq mamlakatlarining XIV asr II- yarmi va XV asr boshlaridagi ijtimoiy-siёsiy tarixini wrganishda muh’im va ishonchli manbalardan biri h’isoblanadi. Nizomuddin Shomiy wz asarini ёzishda G’iёsidin Ali Yazdiyning “Rwznomayi g’azavoti Hinduston”, Amir Temurning uyg’ur kotiblari tomonidan yaratilgan “Tarixi xoniy” va boshqa saroyda bitilgan kundaliklardan foydalangan. “Zafarnoma”yi Nizomuddin Shomiyning ikkita tarh’riri mavjud: 1) 1404 yili Amir Temur Ozarbayjon yurishidan qaytganda unga taqdim etilgan nusxa. 2) Mironshoh’ning wg’li Mirzo Umarga (1404 yid 26 martda Amir Temur “Halokuxon taxti”ni , yani G’arbiy Eron h’amda Ozarbayjonni inom qilgan) paytida taqdim qilingan. U yuqorida qayd etib wtilgan birinchi nusxadan deyarli farq qilmaydi. Asar “Zafarnoma” deb ataladi. Unga ayrim uslubiy tuzatishlar kiritilgan va debocha h’amdaMirzo Umarga bag’ishlangan kichik bir ilova (zayl) qwshilgan. Shunga qaraganda, Nizomuddin Shomiy umrining swnggi yillarini Mirzo Umar xizmatida bwlgan va onayurti Tabrizda istiqomat qilgan. “Zafarnoma”ning qwlёzma nusxalari Armaniston,Angliya, Frantsiya, İroq va Turkiya kutubxlnalarida saqlanmoqda. Asarning tanqidiy matni F.Tauer tomonidan 1937 va 1956 yillari Pragada chop etildi. 1996 yili Nizomuddin Shomiy “Zafarnoma” asarini Yu. Hakimjonov tomonidan amalga oshirilgan forscha tarjimasi A.Wrinboev tomonidan tah’rir qilinib nashr etildi.
8.3.20. “Muntah’ab ut-tavorixi Muiniy”
“Muntah’ab ut-tavorixi Muiniy” nomli Temuriylar davriga oid asar muallifi Muniddin Natanziydir. U İsfah’on shah’riga qarashli, undan qariyb yigirma farsah’
masofada joylashgan Natanz shah’ridatug’ilgan. Ch.A.Storining malumotiga qaraganda asli seistonlik bwlgan. Fors viloyatining h’okimi Temuriy İskandar Mirzo (Amir Temurning nabirasi, Umarshayxning wg’li, 1415 yili inisi Boyqaro Mirzo tomonidan wldirilgan) saroyida xizmat qilgan. Davlatshoh’ Samarqandiyning swzlariga qaraganda, “Muiniddin Natanziy Sulton İskandar davrida İroqi Ajam va Forsda shuh’rat topgan olimlar va shoirlar jumlasidagn bwlib..., ilmda wz zamonasining etakchisi edi va Mirzo İskandarning maqoma va h’olati h’amda tarixini ёzgan”. Muniddin Natanziy qalamiga mansub bwlgan va bizning zamonamizgacha etib kelgan bu asarning aniq nomi malum emas. U ilmiy jamoatchilik orasida “Anonim İskandera” nomi bilan mashh’ur. Asar 1413 yili ёzib tamomlangan. Uning ikkinchi tah’riri h’am bwlib, “Muntaxab ut-tavorixi Muiniy” (“Muniniyning saylangan tarixi”) deb ataladi va Temurning wg’li Shoh’ruh’ Mirzoga bag’ishlanadi. “Muntaxab ut-tavorix” umumiy tarix tipida ёzilgan asar bwlib, olamning yaratilishidan to Amir Temur vafotigacha, 1405 yil 18 fevralgacha musulmon mamlakatlarida yuz bergan voqealar h’aqida baxs yuritadi. asar muqaddima va uch bobdan iborat. Muqaddima diniy mazmunda bwlib, undaolamning yaratilishi, Odam Ato va uning farzandlari, Nuh’ payg’ambar va uning avlodi h’aqida umumiy gap boradi. Birinchi bobda qadimiy Eron va Yunoniston podshoh’lari, Rim va Vizantiya imperatorlari, Rim papalari, qadimiy arab h’amda Efiopiya podshoh’larining qisqacha tarixi baёn etilgan. İkkinchi bobda Muh’ammad payg’ambar va uning avlodi, xalifayi Roshidin, Umaviya va Abbosiya xalifalari, Arabiston h’amda Misrda podshoh’lik qilgan Ali va Fotima avlodi, shuningdek, Abbosiylar bilan zamondosh bwlgan Eron va Movarounnah’r h’ukmdorlari tarixi talqin etilgan. Asarning noёb va qimmatli qismi uning uchinchibobi h’isoblanadi. U turkmwg’ul qabilalari va ularning kelib chiqishi, Chingizxon va uning avlodi, Shimoliy Xitoyda ukmronlik qilgan mwg’ul xonlari, Chig’atoy ulusi h’ukmdorlari, Elxoniylar, Jaloiriylar, Chwponiylar, Muzaffariylar, Oq Wrdaxonlari, 1346-1370 yillar orasida Movarounnah’rda h’ukmronlik qilgan amirlartarixini wz ichiga oladi. Asarning uchinchi qismini ёzishda muallif Tabariy, Juvayniy, Rashiduddin
h’amda turkiy tilda ёzilgan ”Tarixi xoniy” kabi asarlardan keng foydalangan. “Muntaxab ut-tavorixi Muiniy” asarining matni 1957 yili Eronda Jak Oben tarafidan chop etilgan. Uning kwlёzma nusxalari Sankt-Peterburg, Angliya, Frantsiya va Eron kutubxonalarida mavjud. Bu asar twg’risida va undagi ayrim lavh’alar G’.Karimov tomonidan “Amir Temur va Ulug’bek zamondoshlari xotirasida”(T.: 1996) va “Temuriylar bunёdkorligi davr manbalari”(T.: 1997) nomli twplamlarda chop etgan.
8.3.21. “Majmu at-tavorix”
“Majmu at-tavorix” ёki “Zubdat ut-tavorix” nomli asar muallifi Hofizi Abru nomi bilan mashh’ur bwlgan yirik geograf vatarixchi olimdir. Uning h’aqiqiy ismi Shah’obuddin Abdulloh’ ibn Lutfulloh’ ibn Abdurashid al-Havofiydir. Abdurazzoq Samarqandiyning swzlariga qaraganda Hofizi Abru Hirot h’ududidagi Havofda tug’ilgan, Hamadonda tah’sil kwrgan va 1430 yilda Zanjonda vafot etgan. Boshqa tarixiy manbalarning malumotlariga va uning swzlariga qaraganda, Hofizi Abru Amir Temur va Shoh’ruh’ saroyida istiqomatqilgan va h’ar ikkala h’ukmdor bilan yaqindan munosabatda bwlgan. Agar u AmirTemur bilan faqat saroydagina yaqin suh’batdosh bwlgan bwlsa, Shoh’ruh’ bilan uning yurishlarida birga bwlgan. Hofizi Abru Shoh’ruh’ning topshirig’i bilan ikkita yirik asar ёzgan. Bulardan biri tarixiy-geografik mazmunda bwlib, 1414-1420 yillar orasida ёzilgan. U X asrda arab tilida bitilgan nomaxlum bir kitob asosida ёzilgan. Yu.E.Borshevskiyning swzlariga qaraganda, bu “Kitob al-masolik va-l-mamolik” deb atalib, Hasan ibn Ah’mad Muh’allabiyning qalamiga mansub bwlgan. Shoh’ruh’ Mirzo 1414 yili HofiziAbruga mazkur asarni fors tiliga tarjima qilish va boshqa manbalar asosida qayta ishlashni topshirgan. Demak, buasar shunchaki kompilyatsiya va tarjima bwlib qolmay, balki yangi dalillarbilan boyitilgan, diqqatga sazovor asardir. Shuni aytish kifoyaki, unda h’ar bir viloyatning geografik h’olatini tavsiflashdan tashqari, uning qisqacha siёsiy tarixi h’am baёn qilingan. Biz uchun asarda Amudarёning Kaspiy dengiziga quyilishi h’aqidagi, shuningdek, Movarounnah’r va uning yirik shah’arlari Buxoro, Samarqand, Nasaf, Kesh, Termiz, Xwjand va boshqalar h’aqida keltirilgan malumotlar muh’im ah’amiyat kasb etadi. Asarning yaxshi qwlёzma nusxalari Angliya va Rossiyada, Sankt-Peterburg shah’rida saqlanmoqda. Hofizi Abru Shoh’ruh’ning kwrsatmasibilan wzidan avval wtgan mazkur tarixchilar Tabariy, Rashiduddin h’amda Nizomuddin Shomiy asarlariga qwshimchalar (zayl) h’am ёzgan. 1412-1418 yillar orasida ёzilgan bu qwshimchalar “Majmua-yi Hofizi Abru” deb ataladi. Tabariy asarining Balamiy tah’ririga qilingan qwshimcha xalifa Muqtadir (908-932 yy.) zamonidan toMwtasim (1242-1258 yy.) davrigacha xalifalikka kirgan mamlakatlarda bwlib wtgan voqealarni wz ichiga oladi. Rashiduddinning “Jome ut-tavorix”iga qilingan qwshimchaga Kurtlar (Kartlar) sulolasidan chiqqan podshoh’lar,Tug’a Temur, Amir Vali ibn Shayx Ali Hindu, sarbadorlar h’amda Amir Arg’unshoh’ tarizi, yani Eronda 1306-1393 yillar orsida bwlib wtgan voqealar kiritilgan. Nizomuddin Shomiyning “Zafarnoma”sigaqilingan ilovada esa Amir Temur h’ukmronligining swnggi davri va Shoh’ruh’ tarixi 1416 yilga qadar baёn etiladi. “Majmua”ning ayrim qismlari matni va tarjimasini Xonbobo Baёniy 1938 yilda, F.Tauer 1959 yili va K.M.Maitra 1934 yili nashr ettirganlar. Hofizi Abruning asosiy katta tarixiy asari “Majmu at-tavorix” bwlib, uni muarrix Shoh’ruh’ning wg’li Boysung’ur Mirzo (1433 yili vafot etgan)ning topshirig’i bilan 1423-1425 yillari ёzilgan. Mazkur asar twrt qismga bwlingan: 1) islomiyatdan avval wtgan payg’ambarlar va Eron podshoh’lari; 2) Muh’ammad payg’ambar va arab xalifalari (al-Muh’tasimgacha); 3) Eronning Saljuqiylar h’amda mwg’ullar davridagi (Elxon Abu Said davrigacha) tarixi; 4) “Zubdat uttavorixi Boysunquriy”. Asarning swnggi, twrtinchi qismi asli va mustaqil ah’amiyatga ega bwlib, unda Amir Temur tarixi, qayta ishlangan va birmuncha twlatilgan h’amda Xuroson, qisman Movarounnah’rning 1427 yilgacha bwlgan ijtimoiy-siёsiy ah’voli baёn etilgan. “Majmu at-tavorix” asarining qwlёzmalari Toshkent h’amda xorijiy mamlakatlar Turkiya, Olmoniya, Angliya, Frantsiya, Eron va boshqa mamlakatlari kutubxonalarida saqlanmoqda.
8.3.22. “Tarixnoma”
“Tarixnoma” ёki “Zayli Zafarnoma” (“Zafarnoma”ga qwshimcha”) deb ataladigan muh’im tarixiy asar muallifi Xoja Tojuddin as-Salmoniydir. U etuk xattot bwlib Muzaffariylar saroyida, devoni inshoda xizmat qilgan. Amir Temur Sherozni egallab, Muzaffariylar sulolasi barh’am topgandan keyin 1393 yili boshqa ilm ah’li bilan Samarqandga olib kelingan va saroy xizmatiga tayinlangan. 1409 yili mart oyida amirlar isёni bartaraf etilgach, oliy h’okimiyat Shoh’ruh’ Mirzo Xoja Tojuddin as-Salmoniy uning amribilan Hirotga olib ketiladi va oliy h’ukmdorning topshirig’i bilan wzining mazkur asarini ёzishga kirishadi. Lekin uni tamomlay olmaydi. Lradan kwp vaqt wtmay saroyda vazir Faxruddinga qarshi uyushtirilgan fitnada qatnashganlikda ayblanib qamalib qoladi va jazoga tortiladi. Xoja Tojuddin as-Salmoniy mazkur asarida Amir Temurning swnggi yillari va Shoh’ruh’ Mirzoning tarixini ёzishni niyat qilgan edi. Lekin, taqdir taqazosibilan maqsadiga erisha olmaydi. Faqat 1404-1409 yillar tarixini ёzib bitirishga ulguradi, xalos. Asarda 1404 yilda Xitoyga yurish oldidan Konigilda wtgan katta tantanalar, shah’zodalar Ulug’bek, İbroh’im Sulton, İjil Mirzo, Sidi Ah’mad, Pirmuh’ammad va Mirzo Boyqarolarning nikoh’ twylari, Xitoyga yurishning boshlanishi, h’azrat soh’ibqironning 18 fevral 1405 yilgi vafotidan keyingi og’ir ah’vol, Xalil Sultonning noqonuniy ywl oliy h’okimiyatni egallab olish voqealari batafsil baёn etiladi. Voqealar tafsiloti 1408 yil mart oyida Xalil Sultonning amir Xuloydod boshliq bir guruh’ fitnachi amirlar tarafidan asir olinishi h’aqidagi h’ikoya bilan tugaydi. Xoja Tojuddin as-Salmoniyning “Tarixnoma” asari bizning zamonimizgacha uch nusxada etib kelgan. Ulardan biri suqutli va shu kunlarda Angliyaning muzeyida (İnv.№159) saqlanmoqda. Yana ikkitasi Turkiyada, İstanbuldagi Sulaymon Fotih’ (İnv.№4305) va Lala İsmoil afandi kutubxonalarida (İnv.№304) saqlanadi. Birinchi nusxa suqutli, ikkinchisi twla. Asar G.R.Rёmer tarafidan nemis tiliga 1956 yili, İsmoil aka tarafidan 1988 yili turk tiliga va Z.M.Buniyatov tomonidan 1991 yili rus tiliga erkin tarjima qilingan.
8.3.23. “Zafarnomayi Temuriy”“Zafarnomayi Temuriy”, “Fath’nomayi soh’ibqironiy”, “Tarixi jah’onkushoyi Temuriy” ёki “Zafarnoma” nomi bilan mashh’ur bwlgan asarni wz davrining yirik tarixchisi Sharafuddin Ali Yazdiydir. U asli Eronning Yazd viloyatidagi Taft qishlog’idan bwlib, turli fan soh’alarini egallangan edi. Shuning uchun h’am Alisher Navoiy uni “Sharaf davla va din”, yanidin va davlat sharafi deb tariflagan. Sharafuddin Ali Yazdiy Fors viloyatining h’okimi Temuriy İbroh’im Sulton (1415-1435 yy.) saroyida xizmat qilgan. U ilm-fan h’omiysi bwlmish mazkur shah’zodaniina emas, balki Shoh’ruh’ning h’am zwr h’urmat-etiborini qozongan edi. Sharafuddin Ali Yazdiy 1442 yili Shoh’ruh’ning nabirasiva Sultoniya, Qazvin, Ray h’amda Qum h’okimi Sulton Muh’ammad (1442-1446 yy.)ning taklifi bilan Qumga keldi va shah’zodaning xizmatiga kirdi. Sulton Muh’ammad 1446 yiliShoh’ruh’ning og’ir kasalligidan foydalanib, isёn kwtardi, Hamadon h’amda İsfah’onni bosib oldi, Sherozni qamal qildi. Shoh’ruh’ unga qarshi qwshin tortti. Culton Muh’ammad Shoh’ruh’ bilan ochiq jang qilishdan qwrqib toqqa qochdi. Shoh’ruh’ Sulton Muh’ammad bilan yaqin bwlgan kishilarni, shuningdek, mah’alliy sayyidlardan birmunchasini isёnda ishtirok etishda ayblab h’ibsga oldi va kwplarini wlimga mah’kum qildi. Wshanda h’ibsga olinganlar orasida Sharafuddin Ali Yazdiy h’am bor edi. Faqat Mirzo Abdullatifning (Ulug’bekning twng’ich wg’li) aralashuvi bilan Sharafuddin Ali Yazdiy jazodan qutulib qoldi. Shah’zoda uni Samarqandga, otasi h’uzuriga jweatib yubordi. Sharafuddin Ali Yazdiy Samarqandda bir yil chamasi istiqomat qildi va fikrimizcha, Ulug’bekning ilmiy izlanishlarida ishtirok etgan bwlishi kerak. Shoh’ruh’ vafotidan (1447 y.) keyin 1449 yilda Sharafuddin Ali Yazdiy Xurosonga qaytdi va Sulton Muh’ammadning ruxsati bilan yana wz vatani Taftga qaytib bordi va umrining oxirgi qismini uzlatda kechirdi. Sharafuddin Ali Yazdiy 1454 yili vafot etdi. “Zafarnoma” asosan Nizomuddin Shomiyning shunday nomli asari asosida zwr badiiy mah’orat bilan ёzilgan. Lekin Sharafuddin Ali Yazdiy Nizomuddin Shomiy asarida baёn etilgan voqealarning bazilariga yangi tarixiy manbalar asosida aniqliklar kiritdi, uni yangi isbot va dalillar bilan boyitdi. Amir Temurning shaxsiyati va uning faoliyatidagi qarama-qarshiliklar, yani bir tomondan qattiqqwl ekanligi, ikkinchi tomonlan esa Movarounnah’rdagi tarqoqlikka barh’am berib, markazlashgan davlatga asos solganligi birmuncha twg’ri va h’aqqoniy ёritilgan.
Sharafuddin Ali Yazdiy asarining zwr qimmati shundaki, unda Mwg’ul imperiyasining tarkibida tashkil topgan Oltin Wrda, Elxoniylar davlati, Chig’atoy ulusi, shuningdek Movarounnah’rning Chingizxon zamonidan to Temur davlatining paydo bwlishigacha bwlgan ijtimoiy-siёsiy tarixi qisqa tarzda ёritib yuerilgan. Asarning bu qismi “Tarixi jah’ongir”, ёki “Muqaddimayi Zafarnoma” nomi bilan ataladi va 1419 yili ёzib tamomlangan. “Zafarnoma” asarining asosiy qismi, muallifning dastlabki redalariga kwra, uch qism – maqoladan iborat bwlmog’i, birinchi qismda Amir Temur tarixi, ikkinchi qismda Shoh’ruh’Mirzo va nih’oyat, uchinchi qismda ushbu asar ёzishning tashabbuskori İbroh’im Sultonning davrida wtgan voqealar baёn etilishi mwljallangan edi. Lekin, biz h’ozir asarning birinchi qismigagina egamix, xalos. Uning ikkinchi va uchinchi qismlari saqlanmagan. Eh’timol, ikkinchi va uchinchi qismlari ёzilmay qolgan bwlsa kerak. “Zafarnoma” asarining asosiy qismi 1425 yili ёzib tamomlangan. Asarning qwlёzma nusxalari kwp, xorijiy mamlakat kutubxonalari, xususan Toshkentda WzR FA Sharqshunoslik institutida uning yigirma twrt nusxasi bwlib, ularning ikkitasiga (İnv. №3440 va №4472) XV va XVII asrlarda rasmlar ishlangan. “Zafarnoma” asari matni Hindiston (1885-1888 yy.), Eron (1957 y.) va 1972 yili A.W.Wrinboev tomonidan Toshkentda chop qilingan. Asar ikki marta wzbek tiliga, ingliz, frantsuz va turk tillariga tarjima qilingan. Undan ayrim parchalar ingliz h’amdarus tillarida bosilgan. “Zafarnoma” asarining muqaddimasi terma tarjimasi va 10 yilgi Movarounnah’r voqealari baёni O.Bwriev tomonidan tarjima qilinib, 1996 yili nashr qilindi. Kitob Wzbekiston va Markaziy Osiёmamlakatlari tarixini wrganishdagi ilmiy ah’amiyati juda katta. Keyincha yaratilgan tarixiy asarlarga bu kitobning tasiri yaqqol seziladi.
8.4. Fors tilidagi tarixiy manbalarning umumiy xususiyatlari va ah’amiyati
Fors tilida bitilgan tarixiy asarlar ananaga binoan arab tilida nomlanar, ularda h’am islomiy manbalar va islom tarixiy asarlar xususiyatlari yaqqol kwzga tashlanar edi. Xatto ёzuv ёki xat turi arab alifbosidabwlib, keyincha forsiy va turkiy til xususiyatlarini h’isobga olgan h’olda yigirma sakkiz arab h’arfiga twrt h’arf qwshildi va natijada arab ёzuviga asoslangan fors va turkiy til ёzuvi vujudga keldi. XIV asrgacha asosan arab ёzuvi mumtoz turlari kufiy, nasx va suls istemol etilgan bwlsa, XV asrdan boshlab yangi ёzuv nastaliq Temuriylar davrida Mir Ali Tabriziy nomli xattot tomonidan ixtiro etilib, istemolga kiritildi bu ёzuv badiiy va tarixiy asarlarda etakchi wrin egalladi. Ammo tarixiy asar matni ichida kelgan “Quroni karim”oyatlari, “Hadisi sharif”lar ananaga binoan arabtilida, kufiy, nasx va suls ёzuvlarida barcha h’arakatlari kwrsatilgan h’olda ajratilib bitilar va swngra ularga forsiy ёki turkiy tilda izoh’, tafsir keltirilar edi. Fors tilining tarixiy manbalar tiliga aylanish davri vataraqqiy etishi kitobat sanatining Movarounnah’r va Xurosonda yuksak darajada rivojlanish zamoniga twg’ri keldi. Aksariyat fors tilidagi tarixiy asarlar bksak sifatli qog’ozga bitilar, kitob turli ajoyib naqshlar va mwjaz rasmlar bilan ziynatlanib, saroy kutubxonalari va aёnlar uchun yaratilgan mwtabar qwlёzmalar oltin va kumush suvlari, turli bwёqlar bilan bezatilib, kitobat sanatining shoh’ asarlari darajasida yaratilib, yuksak sanat namunalariga aylantirilar edi. Ananaviy tarixiy asarlar, yani ulkan umumiy tarixga oid, barcha xalqlar tarixini wz ichiga qamrab oluvchi mah’obatli kitoblar wrnini asta-sekin aloh’ida davr va biron bir sulolalar tarixiga bag’ishlangan asarlar paydo bwlib, ularning wrnini egallay boshladi. Eng qadimgi fors tilida bitilgan manbalardan biri Narshaxiyning “Buxoro tarixi” asari bwlsa, Temuriylar davrida Nizomiddin Shomiy, Sharafuddin Ali Yazdiy, Hofizu Abru, Abdurazzoq Samarqandiy, Muh’ammad Mirxond, G’iёsiddin Xondamir kabi yirik muarrixlar bu tilda asarlar yaratdilar. Swnggi fors tilida yaratilgan tarixiy manbalardan birisifatida Ah’mad Donishning tarixiy asarlarini namuna sifatila kwrsatish mumkin. Forsiy tilda bitilgan tarixiy manbalarga xos xususiyatlardan biri matn orasida, voqealar baёni davomida sheriy lavh’alarning keltirilishidir. Bu sheriy lavh’alar tarixchining wz asari bwlishi mumkin va u boshqalarning sheriy asarlaridan h’am bemalol foydalanishi mumkin. Bu badiiy-sheriy lavh’alarda konkret tarixiy shaxslar nomlari obraz, timsol sifatida juda kwp ishlatilishidir. Fors tilida bitilgan ayrim tarixiy asarlarda wxshatish, mubolag’alar kwp ishlatilib, baёn uslubi wta jimjimador bwlishi mumkin. Mana shunday asarlar twg’risida Amir Temur tarixchi Nizomiddin Shomiyga shunday degan: “Shu uslubda ёzilgan, tashbih’ va mubolag’alar bilan oro berilgan kitoblarda kwzlangan maqsadlar wrtada ywqolib ketadi, agar swz qoida-qonunidan nasibador bwlganlardan birontasi manini fah’mlabqolsa qolar, ammo qolgan wntasi, balki yuztasi uning mazmunini bilishdan, maqsadga etishdan ojiz. Shu sababli, uning foydasi barchaga barobar bwlmaydi.”Yurtimiz h’ududida forstilida yaratilgan tarixiy manbalarda h’am arabiy, h’am turkiy, ayrim h’ollarda mwg’ul tili elementlari, swzlar, iboralar, atamalar va h’ujjatlar uchrashi va mavjud bwlishi biz uchun bir tabiiy h’oldir. Chunki wtmishda xalqimiz ziёlilari va namoёndalari uchun bir necha tilni bilish va ularni ishlatish odatiy h’ol edi. Ushbu qwllanmada barcha fors tilidagi tarixiy manbalarni twla qamrab olishni maqsad qilib qwymay, ularning ichidan eng muh’imlarni namuna sifatida tanlab olib, ular twg’risida ixcham, qisqa malumotlar keltirdik, xalos. Chunki bu bilimlarni talabalar wzlarimustaqil kengaytiradilar degan umiddamiz. Bizning maqsadimiz, keltirilgan ushbu malumotlar asosida talabada fors tilidagi tarixiy manbalar xususida umumiy tasavvurni shakllantirish va uni mustaqil fikrlashga wrgatishdir.
Download 48,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish