To'g'ri cho'michli ekskavatorlar zaboyi minimal balandliklari, m.
Grunt guruhlari
Cho'mich sig'imi, m
3
0,25
0,5
1,0
2,0
3,0
I
1,3
1,5
2,0
3,0
3,5
II
1,8
2,0
2,5
3,5
4,0
III
2,2
2,5
3,0
4,0
5,0
To'g'ri cho'michli ekskavatorlarda, cho'mich maksimal qazish balandligidan
yuqori ko'tarib ishlaganda zaboy ustida «soyabon» hosil bo'ladi. Texnika xavfsizligi
talablari jihatidan «soyabon»ning hosil bo'lishi xavfli hisoblanadi, sababi — mashina,
mexanizmlar, ishlovchilar ustiga «soyabon» qulab tushishi xavfi hosil bo'ladi. To'g'ri
cho'michli ekskavatorlarda, cho'michni eng yuqori nuqtagacha ko'targanda, N
to’k max
da, eng yuqori to'kish balandligi, N
to’k min
va shunga loyiq to'kish radiusi hosil qilinadi.
Qazilmaning kengligiga qarab to'g'ri cho'michli ekskavatorlarda ham 2 xil zaboy
turi to'g'ri va yonbosh zaboylar farqlanadi.
To'g'ri zaboyda
ekskavator bir o'tganda ikkita (o'ng, chap) yon va old taraf
gruntini qazib, qazilma o'qi bo'yicha o'tadi (4.9 a-rasm). Qazib olingan grunt
ekskavator orqasida u bilan bir sathda turgan avtosamosvallarga ortiladi.
Yonbosh zaboyda
ekskavator gruntni o'tish o'qi yonida va oldida joylashgan
qiyaliklardan qazib oladi va yonida turgan avtosamosvalga ortadi (4.9, e-rasm).
To'g'ri zaboyda, qazilmaning usti bo'yicha eni keng oraliqda quyidagicha
o'zgarishi mumkin:
B
e
= (0,8-1,9) R
qaz
Usti bo'yicha zaboy eni (0,8—1,5) R
qaz
bo'lganda, avtosamosvallar grunt ortish
uchun ekskavator orqasidan, bir taraflama qo'yiladi (4.9, a-rasm), agarda zaboy
kengligi (1,5—1,9) R
qaz
— bo'lganda, avtosamosval navbat bilan, ekskvatorning ikki
tarafidan qo'yiladi. Bunda ekskvatorning o'rtacha burilish burchagi qisqarishi evaziga
ish unumdorligi oshishiga va mexa-nizmlarining teng ishlashiga erishiladi (4.9, b-
rasm). To'xtab turishining oldini olish hamda avtosamosvallar qayrilib olishini
osonlashtirish maqsadida usti, bo'yi, eni kengaytirilgan —2,5 R
qaz
dan zaboy
qo'llanishi mumkin. Bunday zaboylarda ekskavator «ilon izi» (zig-zag) bo'ylab
harakatlanishi sxemasi tanlanadi (4.9, d-rasm).
Usti bo'yicha kengligi -2R
qaz
dan katta bo'lgan zaboylarda, ekskavator gruntni
yonboshdan qazib, asosan, o'tish o'qining bir tarafidan, oz qismini ikkinchi tarafidan
qazib olib ishlaydi (4.9, d-rasm).
To'g'ri cho'michli ekskavator, bir ishchi pozitsiyasida, dastakning bosim hosil
qiladigan uzunligiga yaqin masofadagi gruntni qazib ola oladi. Shuning uchun
to'g'ri cho'michli ekskavatorlarning, keyingi ishchi pozitsiyasiga ko'chish qadami
quyidagicha belgilanadi.
Q = (0,75-0,8) L
bos
Ekskavator ish jarayonida, qazilmay qolgan grunt qatlami hosil bo'lmasligi
uchun, texnologik ko'rsatkichlar (R
qaz
, H
qaz
, H
to’k
) maksimal chekka o'lchamlarida
ishlash tavsiya qilinmaydi. Yuqondagi ekskavator o'tish o'qidan zaboy usti
nuqtasigacha bo'lgan masofa quyidagi B
1
, ko'rsatkichi o'lchamidan katta bo'lmasligi
kerak (4.9, e-rasm).
a
b
d e
Do'stlaringiz bilan baham: |