Ekskavator haqida umumiy ma’lumot. Ekskavatorlar turlari Eng katta ekskovatorlar



Download 1,06 Mb.
bet1/2
Sana17.01.2022
Hajmi1,06 Mb.
#382779
  1   2
Bog'liq
Ekskavator
Office tarkibi, REJA, sinfdan va maktabdan tashqari ishlarda tejamkorlik tarbiyasi, BIR NЕCHTA JADVAL VA SO`ROVLARDAN BЕRILGANLARNI TANLASH USULLARI, 6-sinf mavzulashtirilgan testlar to'plami 549(1), Cho'yanlar, 3-mavzu, 3-mavzu, Индувидидиал лойиҳа бўйича ҳисобот (2), Nuritdinova Moxinur IB-3 2 oraliq nazorat xmm, Parsons Pol - Nauchnye teorii za 30 sekund, Шамсиева Башорат Уктамовна

Ekskavatorlar va ularning turlari

Reja:

  1. Ekskavator haqida umumiy ma’lumot.

  2. Ekskavatorlar turlari

  3. Eng katta ekskovatorlar

Ekskavator (lot. yexsauo — oʻyaman, qaziyman) — togʻ jinslari va yerni (gruntni) qazish, ularni transport vositalariga yuklash yoki toʻplash uchun moʻljallangan qazishyuklash mashinasi. Yer qazish mashinalarini yaratish gʻoyasini 16-asrda Leonardo da Vinchi Ekskavator draglayn sxemasi tarzida ilgari surdi. Ekskavator ning chizmasini birinchi marta rus muhandisi A.A. Betankur 19-asr 20- yillarida ishlab chiqqan. 1834 yilda AQSH da V. Otisom natent olgan; 1910 yilda birinchi elektr dvigatelli Ekskavator, 1912 yilda dizel yonilgʻisida ishlaydigan, 1920- yillarda relsda harakatlanib, toʻla buriladigan Ekskavator ishlab chiqarildi. Keyinchalik Ekskavator ning tuzilishi takomillashtirib borildi.

Ekskavator bir kovshli (uzluksiz yoki siklli ishlaydigan) va koʻp kovshli (uzluksiz ishlaydigan) xillarga boʻlinadi. Ekskavator ning asosiy qismlari; kovsh (choʻmich), sharnirli quloch, kuch qurilmasi (dvigatel), buriladigan korpus va yurish qismi (gusenitsa, gʻildiraklar). Bir kovshli Ekskavator ning ish sikli kon jinsi yoki gruntni kesish yoki qazish, toʻlgan kovshni boʻshatish va kovshni zaboyga qaytarishdan iborat. Ekskavator ning quvvati, turi va ish sharoitiga qarab, ish sikli 15—80 sek davom etadi. Yurish qismlarining turiga koʻra, gusenitsali, gʻildirakli, odimlovchi, relsda yuradigan, suvda suzadigan, gʻildirakligusenitsali; kuch qurilmasining turiga koʻra, bir dvigatelli va koʻp dvigatelli; ichki yonuv dvigatelli, elektr, gidravlik, pnevmatik va aralash dvigatelli; boshqarish turiga qarab, qoʻlda, gidravlik, pnevmatik, elektr bilan va aralash boshqariladigan; ish organining turiga koʻra, toʻgʻri va teskari kurakli, draglaynli, greyferli va boshqa Ekskavator lar boʻladi. Toʻgʻri kurakli E. keng tarqalgan. Bunday Ekskavator lardan foydali qazilmalarni qazib olishda, qattiq va toshloq gruntlarda zovurlar qazishda foydalaniladi. Teskari kurakli Ekskavator tor zovurlar qazishda, uncha katta boʻlmagan zovurlarda inshootlar qurishda qoʻllaniladi. Draglaynli Ekskavator oʻzi turgan sathdan pastdagi gruntlarni qaziydi. Greyferli Ekskavator yuklash ishlarida, zovur qazish va boshqalar maqsadlarda ishlatiladi. Turli almashtiriladigan jihozlar (montaj ishlari, yuk ortish va tushirish, burgʻilash, ustunqoziqlar qoqish va boshqalaruchun) bilan jihozlangan Ekskavator lar universal Ekskavator deyiladi. Gidroyuritmali, yaʼni gidroekskavatorlar ham keng tarqalgan. Ularda turli ish organlari buriladigan platforma bilan sharnirli birikadi va yuqori (30—100 MPa) bosimli nasoslar bilan harakatlanadi. Vazifasiga qarab, bir kovshli E., qurilishda, karyerda, tunnelda ishlatiladigan, kon ochadigan, suzib yuruvchi va boshqalar xillarga boʻlinadi. Tunnel vashaxta Ekskavator lari aksari yer osti ishlarida qoʻllanadi. Bir kovshli Ekskavator lar kovshining sigʻimi — 160 m³gacha.



Koʻp kovshli Ekskavator ish jihozlarining turiga qarab, zanjirli va rotorli xillarga boʻlinadi. Zanjirli Ekskavator larda kovshlar (12—40 ta) yoʻnaltiruvchi rama gʻaltaklari boʻyicha harakatlanuvchi uzluksiz zanjirga mahkamlanadi. Rotorli Ekskavator larda ish organi 6—12 ta (baʼzan 24 gacha) kovsh oʻrnatilgan rotordan iborat. Bunda grunt toʻkish konveyeriga berilib 150 m gacha tashiladi. Uning kovlash balandligi 50 m gacha, chuqurligi esa 25 m gacha boʻladi. Rotorli Ekskavator lar koʻproq konlarda ishlatiladi. Harakat yoʻnalishiga qarab, koʻndalangiga, boʻylamasiga qaziydigan va buriladigan xillarga boʻlinadi. Koʻp kovshli Ekskavator larning ish unumdorligi 15000 m³/soat gacha yetadi. Ekskavator lar Rossiya, AQSH, Germaniya, Fransiya, Yaponiya, Polsha, Chexiya va boshqalar mamlakatlarda ishlab chiqariladi. Toshkent ekskavator zavodida ham Ekskavator lar ishlab chiqarilgan (1945—90).



Qadim zamonlardan buyon odamlar tuproq ishlari bilan shug'ullanishgan. Bunday tartiblarning zamonaviy hajmi shunchaki ulkan (qurilish maydonchalari, karerlar, yo'llar). Barcha jarayonlarni qo'lda bajarish shunchaki haqiqiy emas va juda ko'p vaqt talab etadi. Maxsus texnika yordamga keladi. Keling, ekskavator nima ekanligini va uning sanoat iqtisodiyotida qanday o'rni borligini ko'rib chiqamiz.

Leonardo va boshqa ko'plab olimlar besh yuz yildan ko'proq vaqt oldin erni o'zlashtirish jarayonini mexanizatsiyalashga harakat qilishdi. Zamonaviy avtomobillar modifikatsiyasiga va to'g'ridan-to'g'ri maqsadiga qarab, ko'p jihatdan farq qiladi. Asosiy tasnif quyidagi parametrlarga muvofiq amalga oshiriladi:


  • Shassi turi (g'ildiraklar, yo'llar, temir yo'llar va boshqalar).

  • Operatsion xususiyatlari (qurilish, karer qazib olish, konni ishlab chiqarish va boshqalar uchun).

  • Quvvat bloki.

  • Faoliyat printsipi bo'yicha.

Ushbu ko'rsatkichlarning barchasi turli xil variantlarda birlashtirilishi mumkin, shu sababli ko'rib chiqilayotgan texnikaning ko'plab modifikatsiyalari ishlab chiqilgan.

Paletli


Paletli ekskavator nima? Bu har qanday yuzasi bo'lgan yo'llarda ham, u holda ham o'tadigan mashinadir. O'ziyurar ekskavator uskunalarining aksariyat qismi aniq kuzatiladigan bazaga joylashtirilgan. Istisno shahar ichida ishlaydigan analoglar tomonidan amalga oshiriladi. Ko'rib chiqilayotgan modellar bo'shashgan tuproq, torf botqoqlari, yo'lsiz, o'rmon va tosh to'siqlarini osonlikcha engib chiqadi.

Pnevmatik g'ildiraklardagi ekskavatorlar o'zlarini shahar sharoitida ishlashlarini isbotladilar. Kuzatilgan hamkasblar bu erda mos emas, chunki ular asfalt qoplamasini yo'q qiladi. G'ildirakli modellar nafaqat yo'l dizayni bo'yicha muloyim, balki zarbani mukammal darajada yutadi va minimal shovqin darajasiga ega.

Yuradigan ekskavator nima? Bunday modifikatsiyada yo'llar yoki g'ildiraklar yo'q. Jihozning pastki qismida ish paytida platforma vazifasini bajaradigan taglik plitasi mavjud. Mashina maxsus gidravlik poyabzal yordamida harakatga keltiriladi. U ularga ko'tarilib, o'zini uzatadi va yana taglik plitasiga tushadi. Yuqori tezlikdagi sayohat rejimi soatiga 80 km gacha bo'lishi mumkin.

Bitta maqbul va universal ish usulini aniqlash mumkin emas. Hammasi qazib olinadigan material turiga va atrof muhitga bog'liq. Har bir aniq holatda texnikaning o'ziga xos turi talab qilinadi.




Download 1,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
axborot texnologiyalari
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
guruh talabasi
O’zbekiston respublikasi
nomidagi toshkent
o’rta maxsus
davlat pedagogika
toshkent axborot
texnologiyalari universiteti
xorazmiy nomidagi
rivojlantirish vazirligi
Ўзбекистон республикаси
pedagogika instituti
haqida tushuncha
таълим вазирлиги
tashkil etish
O'zbekiston respublikasi
махсус таълим
toshkent davlat
vazirligi muhammad
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
respublikasi axborot
saqlash vazirligi
vazirligi toshkent
bilan ishlash
Toshkent davlat
fanidan tayyorlagan
uzbekistan coronavirus
sog'liqni saqlash
respublikasi sog'liqni
vazirligi koronavirus
koronavirus covid
coronavirus covid
risida sertifikat
qarshi emlanganlik
vaccination certificate
covid vaccination
sertifikat ministry
Ishdan maqsad
o’rta ta’lim
fanidan mustaqil
matematika fakulteti
haqida umumiy
fanlar fakulteti
pedagogika universiteti
moliya instituti
ishlab chiqarish
fanining predmeti