Navoiy Davlat Konchilik va Texnologiyalari Universiteti
Konchilik fakulteti
Kon ishi asoslari va ishlab chiqarish texnologiyalari fanidan
MUSTAQIL ISH Guruh: 19a-20 TMJ Bajardi: Eshmamatov Sh
Qabul qildi: Normatova M
NAVOIY-2022
Mavzu:Ekskavatorlarning zaboylari va ishlab chiqarish unumdorliklari
REJA:
1.Ekskavatorlarning tasniflari va ularning
texnologik xarakteristikalari.
2.Ekskavatorlarning zaboylari 3.Ekskavatorning ishlab chiqarish unumdorligini
hisoblash
EKSKAVATORLARNING TASNIFLARI VA ULARNING
TEXNOLOGIK XARAKTERISTIKALARI.
Karyerlarda qazish-yuklash ishlari uchun asosan ekskavatorlar foydalaniladi.Kon massasini qazib olish, uni bo’shatish joyiga tashish, navbatdagi qazishjoyiga borish va bo’shatish bir cho’michli ekskvator bilan ketma-ket amalgaoshiriladi. Umumiy holatda bu operatsiyalar ekskavatorning ishchi stiklinitashkil qiladi. Ko’p cho’michli ekskavatorlarda bu jarayonlar bir vaqtda amalgaoshiriladi. Shu sababli bir cho’michli ekskavatorlar davriy harakatli, ko’pcho’michlilar esa cheksiz harakatli mashinalar hisoblanadi.
Bir cho’michli va ko’p cho’michli ekskavatorlar ishchi, mexanik, harakat vakuch asboblariga, rama, kuzov va boshqaruv mexanizmlariga ega. Cho’michning o’q bilan bog’lanishi tuzilishiga ko’ra qattiq bog’liqli bir
cho’michli ekskavatorlar (to’g’ri cho’mich, teskari cho’mich, gidravlik
ekskavator) va bir cho’michli yumshoq bog’liqli bo’ladi (draglayn, greyfer).
Ko’p cho’michli ekskavatorlar zanjirli (cheksiz zanjirga qotirilgan
cho’michlar bilan), cho’zish-cho’michli cho’zish ishchi organli va kon
massasini qazishga qaratilgan va bo’shatish joyiga tashishga mo’ljallangan
cho’mich zanjirli, frezer-cho’michli frezey ishchi organli va cho’michli zanjirli,
rotorli, ularda ishchi organ kon massasini qazish uchun mo’ljallangan rotor
g’ildiragi va cho’michli bo’ladi.
Harakatlanish asbobi turiga ko’ra bir cho’michli ekskavatorlar zanjirli,
pnevmog’ildirakli, qadam tashlaydigan, suzuvchi bo’ladi, ko’p cho’michli
ekskavatorlar esa - zanjirli, qadam tashlaydigan-relsli, rels-zanjirli va temiryo’l
harakatida bo’ladi.
Kuch uskunasiga ko’ra bir cho’michli va ko’p cho’michli ekskavatorlar
elektrik, dizel-elektrik va dizel-gidravlik bo’ladi. Karyerlarda asosan elektrik
ekskavatorlar qo’llaniladi.
O’qning cho’mich bilan qattiq bog’linishiga ega to’xri mexanik ko’raklar
katta qazish kuchini hosil qiladi (3500 N/sm gacha)va ishchi asbobning katta
chidamliligi bilan xarakterlanadi. Ular turli o’lchamdagi cho’michlar hajmi
0.25-35 m3bilan ishlab chiqariladi va yumshoq va yumshatilgan yarim
qoyasimon va qoyasimon tog’ jinslarida foydalaniladi. Karyerlarda bajariladiganishlar hajmiga ko’ra mexanik kuraklar olingi o’rinlarda turadi. Ular tog’jinslarini transport vositalariga yuklashda va qazib olingan maydonga tog’jinsini tashishda ham xizmat qiladi. Mexanik kuraklarning asosiy kamchiligi-davriylik. Qazib olishga asosan faqatgina 20-30% davr vaqti sarflanadi. Oxirgivaqtlarda tashqi va ichki karyerlarda mexanik kuraklardan ko’ra unumdorbo’lgan gidravlik ekskavatorlar qo’llanilmoqda (bo’lim 3.5).
Draglaynlar ishchi organining harakatlanuvchanligiga ko’ra mexanik
kuraklarga qaraganda tog’ jinsini katta masofaga ko’chirishi mumkin. Lekin ularmexanik kurakdan ko’ra kamrok qazish ta’sir kuchiga ega. Karyerlarda draglaynlar asosan qazib olingan maydonga yumshoq yoki yumshatilgan yarim
qoyasimon tog’ jinslarini tashlashga ishlatiladi. Cho’mich hajmi 10 m3bo’lgan
kuchliroq draglaynlar yaxshi yumshatilgan qoyasimon tog’ jinslarida
qo’llaniladi. Draglaynlar shuningdek tog’ jinsi yig’imi hosil qilish, transheyalar
o’tish, kanavalar o’tish, foydali qazilmalarni tozalash va boshqa ishlarni
bajarishda ishlatiladi. Cho’mich hajmi <10 m3bo’lgan uncha katta bo’lmagan vao’rtacha draglaylar ba’zida kon massasini transport vositalariga yuklashga
xizmat qiladi.
Zanjirli ko’pcho’michli ekskavatorlar yumshoq iqlim sharoitida yumshoq vazich tog’ jinslarini qazib olishda qo’llaniladi. Qazib olishning to’xtovsizligi vayuqlashning zarbsizligi ularni lentali konveyerlar bilan va engil vagonlar bilan(pastrok idish koeffitsiyenti bilan) majmuada qo’llash mumkinligini bildiradi.Zanjirli ko’pcho’michli ekskavatorlarning unumdrligi (1t massasi uchun) bircho’michli ekskavatorlardan ko’ra 25-30% ga ko’p. Ko’p cho’michli
ekskavatorlarning kamchiligi yo’naltiruvchi uskunalarning va qazgich
zanjirining katta edirilishidir. Shu o’rinda ekskavastiyaning energiya talabi
oshadi. Shu o’rinda kamchiliklarga qazishning katta ta’sirini (600 N/sm gacha)
ham kiritish mumkin.
Rotorli ekskavatorlar zanjirli ekskavatorlarga qaraganda unumdorlik
birligiga ko’ra og’irlikni 1.2-1.4 martagacha kamaytirish mumkin, bu holat
qazish va bo’shatish joyigacha tashish funksiyasini alohida qilish evaziga
erishiladi. Katta qazish harakati (1800 N/sm gacha) zich va muzlagan tog’
jinslari va ko’mirlarni qazish imkonini beradi. Rotorli ekskavatorlar ajratilgan
qazib olish uchun samarali hisoblanadi. Rotorli ekskavatorning ekskavastiya
jarayoni osonroq avtomatlashtiriladi.
rasm. Draglaynni ishchi parametrlari.
Draglaynning ishchi parametrlari bu, qazish radiusi RЧ, qazish chuqurligiHЧ, bo’shatish radiusi RP, bo’shatish balandligi HP(1-rasm). Buko’rsatkichlar o’q uzunligi va uning qiyalik burchagiga bog’liq. Ko’tarishkanatining qaytish burchagi cho’michni tashlashda vertikalda 12-15 darajanitashkil qiladi. Ekskavatorlarning zaboylari
Zaboy ekskavatorning ish joyi hisoblanadi. Zaboyning o’lchamlari va
tuzilishi ekskavatorning o’lchamlari va tog’ jinsi xarakteristikalariga bog’liq
bo’ladi. Kon massasini mexanik kuraklar bilan qazib olishda quyidagi zaboy
turlari mavjud: old tomonli (yondan), oxiri berk (transheyali) va frontal (rasm.
3.5). Yon tomonli zaboy ekskavatorning maksimal unumdorligini ta’minlaydi,
bu uncha katta bo’lmagan yuklashga qaytishning o’rtacha qiyalik burchagi (90
darajadan ko’pmas) bilan, yuklashga transport vositalarini qulay etqazish va
transport aloqalarini tashkil qilish va harakatlanishida kam to’xtovlar bilan
asoslanadi. Oxiri berk (transheyali) asosan avtomobil va konveyer transportidan
foydalanib transheyalar o’tishda qo’llaniladi. Transheyani o’tishda temiryo’l
transporti qo’llanilsa, ekskavator ish paytida yuqoridan yuklashni amalga
oshiradi. Frontal zaboyda ekskavatorning o’rtacha qaytish burchagi 120-140º ni
tashkil qiladi. Zaxodkaning kichik kengligi sababli transport aloqalarining
ko’proq yangi tuzilishi va xarakatlanishi talab qilinadi, bu esa ekskavatorning
unumdorligini kamaytiradi. Shu sababli frontal zaboy kam qo’llaniladi (turli
zaboylarni avtomobil transportini qo’llab qazishda). Yon va transheyali
zaboylarda mexanik kuraklar 3.6 va 3.7 rasm.larda ko’rsatilgan sxemalardagi
kabi ishlaydi.