2-rasm. Mexanik cho’michlarning zaboylari turi:
a-oxiri berk; b-yon tomondan; v-frontal.
3-rasm. Kon massasini ekskavator joylashgan gorizontda (a), ekskavatordan yuqorigi
gorizontda (b) transport vositalariga yuklash yoki ag’darmaga (v) tashish orqali
mexanik kuraklar yon zaboyda ishlash sxemasi.
4-rasm. Kon massasini ekskavator joylashgan gorizontda (a), ekskavatordan yuqorigi
gorizontda (b) transport vositalariga yuklash yoki lahim bortiga joylashtirish (v) orqali
mexanik kuraklar transheya zaboyida ishlash sxemasi.
EKSKAVATORNING ISHLAB CHIQARISH UNUMDORLIGINI
HISOBLASH
Ekskavatorning nazariy, texnik va ekspluatastion ishlab chiqarish
unumdorligi mavjud.
Nazariy unumdorlik - vaqt birligida ekskavatorning tuzulish parametrlariga
ko’ra ekskavatorning to’xtovsiz ishlash vaqtida qazib olinishi mumkin bo’lgan
kon massasi hajmi (tonna yoki metr kubda). Mexanik kuraklar uchun nazariy
unumdorlik yuklashga 90º qaytish burchagida, kuch vali balandligiga teng
qazish balandligi va ag’darmaga yuklashga qaytish nominal tezligi bilan
aniqlanishi mumkin. Draglayn uchun qaytish burchagi 135 º ga teng.
Ko’pcho’michli ekskavatorlar uchun nazariy unumdorlik kesishning nominal
tezligi, vaqt birligida yuklanadigan cho’michlar soni bilan aniqlanadi.
Cho’michda tog’ jinsi maydalanganligi va cho’mich to’ldirilish koeffitsiyenti
birga teng ko’rinishda qabul qilinadi.
Ekskavatorning yumshatilgan tog’ jinsidagi nazariy unumdorlik ( m3/s)
quyidagi formula bo’yicha aniqlanadi:
Пэ.т=60Enk
bunda, E-cho’mich hajmi, m3 ;
nk - bir daqiqada bo’shatiladigan cho’michlar soni.
Ko’p cho’michli ekskavatorlar uchun nk ko’rsatkichi texnik xarakteristikada
beriladi, bir cho’michli ekskavatorlar uchun esa quyidagi formula bo’yicha
aniqlanadi:
nk=60/Tц.т
bunda,
Tц.т - ishchi jarayonning nazariy davomiyligi, s.
Formulaga nk qiymatini qo’ygan holda bir cho’michli ekskavator
unumdorligini aniqlash formulasini topamiz:
Пэ.т=3600E/Tц.т
Nazariy unudmorlik ekskavatorning pasportida ko’rsatilganligi sababli uni
pasport ko’rsatkichi deb ham atashadi.
Texnik unumdorlik - muayyan kon holatlarida ekskavatorning cheksiz
ishidagi uning bir soatdagi maksimal unumdorligi. Texnik unumdorlik
ekskavatorning tuzilishiga, qazib olinadigan tog’ jinsiga, cho’michni to’lish
koeffitsiyentiga, tog’ jinsini yumshatilganlik koeffitsiyentiga, zaboy o’lchamlari
va bo’shatish holatlariga (ag’darmaga bo’shatsh yoki transport vositalariga
bo’shatish) bog’liq. Zaboyning o’lchamlari qo’shimcha ishlarga o’z ta’sirini
ko’rsatadi (bir cho’michli ekskavatorlar uchun gabaritmasni olish va siljitish,
rotorli ekskavatorlarni siljitish va boshqalar).
Zich tog’ jinsida soatli texnik unumdorlik ko’pcho’michli ekskavatorlar
uchun quyidagi formula bo’yicha aniqlanadi:
Пэ.тех=60Enkkэkз
bunda, kэ-ekskavastiya koeffitsiyenti;
kэ=kн.к/kр.к
kн.к -cho’michni to’ldirish koeffitsiyenti;
kр.к -cho’michda tog’ jinsining yumshatilish koeffitsiyenti;
kз - qo’shimcha ishlarning zaboyga ta’siri koeffitsiyenti;
kн.к=tр/(tр+tв)
tр- bir holatda turganda yoki rotorning bitta harakat yo’nalishida
ekskavatorning cheksiz ishi davomiyligi, s;
tв -rotorning harakati yo’nalishini o’zgartirish yoki bitta harakat davomiyligi, s.
Bir cho’michli ekskavatorlar uchun zich tog’ jinslarida soatli unumdorlik
quyidagi formula bilan aniqlanadi:
bunda,
Tц.р - qazib olinadigan tog’ jinsiga va ekskavatorning yuklashga
qaratilgan qiyalik burchagiga bog’liq bo’lgan zaboydagi ekskavatorning ish
jarayoni davomiyligi, s.
kэ, kн.к, kр.к koeffitsiyentlari kattaliklari qaziladigan tog’ jinsi
hususiyaltlariga ko’ra, cho’mich hajmi va tuzilishiga, mashinist malakasiga va
boshqa hollarga ko’ra aniqlanadi. Maydalanmagan tog’ jinslari uchun bu
ko’rsatkichlar asosan tog’ jinsi xususiyatlariga ko’ra aniqlanadi. Yumshatilgan
yarim qoyasimon va qoyasimon tog’ jinslarini qazib olishda kэ, kн.к, kр.кko’rsatkichlari yig’imdagi tog’ jinsi bo’lakliligi va cho’mich o’lchamlariga
mos bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |