L. S. Karieva makroiqtisodiyot


Investitsiya xarajatlari dinamikasiga



Download 2,99 Mb.
Pdf ko'rish
bet51/207
Sana17.07.2022
Hajmi2,99 Mb.
#816825
TuriУчебник
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   207
Bog'liq
макроиктисодиёт лотин

Investitsiya xarajatlari dinamikasiga
ta’sir etuvchi boshqa omillar quyidagilar 
kiradi:
1) soliqqa tortish darajasi;
2) ishlab chiqarish texnologiyalaridagi o‛zgarishlar;
3) mavjud bo‛lgan asosiy kapital miqdori;
4) investorlarning kutishi;
5) yalpi daromadlarning o‛zgarishi.


73 
Soliqqa tortish darajasining pasayishi hamda yangi texnologiyalarning paydo 
bo‛lishi kutilayotgan sof foyda normasining (real foiz stavkasi o‛zgarmagan 
sharoitda ham) ko‛payishga olib keladi. Bu esa investitsiya xarajatlarining 
ortishiga turtki beradi.
Investitsiyalar hajmining YaMM yoki daromadlar darajasiga bog‛liqligini 
akselerator modeli aks ettiradi:
I = f(Y)
, ya’ni investitsiyalar (I) YaMM (Y)ning funktsiyasi ekan.
Akselerator modelining to‛liqroq ko‛rinishi quyidagicha bo‛ladi:
I = Ireja+ γY,
bu yerda: 
ᵞ = 
 = 

I reja – rejalashtirilgan investitsiyalar; Y – YAIM (daromad) hajmi.
Akseletator modelini hisobga olib, investitsiya funktsiyasini quyidagicha 
yozish mumkin:
I = e - dR + γY.
YaIM hajmi oshishi korxonalar foydasining ko‛payishiga olib keladi. Korxona 
foydasi investitsiyalarning manbai ekanligini hisobga olsak, bu holatda investitsiya 
xarajatlari oshadi. YaIM hajmi pasayib ketganda esa, ya’ni iqtisodiy faollik 
pasayishi sharoitida bo‛sh turgan quvvatlar mavjudligi tufayli, investitsiya 
xarajatlari pasayib ketadi. Ammo YaMMning davriy tebranishlari, innovatsiyalarni 
doim ham bir tekisda bo‛lmasligi, uskunalarni uzoq muddat xizmat qilishi
iqtisodiy kutishdagi xavflar tufayli investitsiyalar hajmi barqaror bo‛lmaydi.
4.5 O‛zbekiston Respublikasining investitsion siyosatining o‛ziga xos 
xususiyatlari 
2018 yil yakunlari bo‛yicha O‛zbekiston Respublikasi yalpi ichki mahsuloti 
407,5 trln so‛mni tashkil etdi va 2017 yilga nisbatan taqqoslaganda 5,1 % ga o‛sdi. 
YaIM ning 1991-2018 yillarda o‛rtacha yillik o‛sish sur’ati 4,5 % ni tashkil qildi. 
O‛zbekiston o‛zining rivojlanish modelini izchil amalga oshirishi natijasida, 
boshqa sobiq ittifoqi mamlakatlariga nisbatan qisqa muddatlarda, ya’ni 1996 


74 
yildayoq iqtisodiy pasayishning oldini oldi, makroiqtisodiy barqarorlikni 
ta’minladi va iqtisodiyotda tarkibiy o‛zgarishlar bilan bog‛liq asosiy iqtisodiy 
masalalarni amalga oshirishga kirishdi. 1996-2017 yillar davomida iqtisodiy 
o‛sishning o‛rtacha yillik sur’atlari 6,4 % ni tashkil qildi. Oxirgi 10 yilda (2008-
2017 yillar) YaIM 2,1 barobarga o‛sdi. Iqtisodiy o‛sishning asosiy omillari va 
manbalari tahlili shuni ko‛rsatadiki, oxirgi 10 yil davomida iqtisodiyotning yuqori 
o‛sish sur’atlari qishloq xo‛jaligida ishlab chiqarishning 1,8 marta (2008-2017 
yillar uchun o‛rtacha yillik o‛sish – 6,1 %), sanoatda – 1,7 marta (5,4 %), 
qurilishda – 3,4 marta (13,4 %), xizmatlar sohasida – 2,3 marta (8,8 %) o‛sganligi 
hisobiga ta’minlandi. 
2008-2016 yillar uchun YaIM deflyatori indeksi 126,8 % dan 109,6 % gacha 
kamaydi. 2017 yilda YaIM deflyatori indeksining nisbatan yuqori darajasi (120,8 
%) qayd etildi, bu esa asosan, 2017 yil sentyabr oyida valyuta bozorini 
liberallashtirish va milliy valyutaning devalvatsiyasi bilan bog‛liqdir. Oxirgi 10 
yillikda 
(2008-2018yillar) 
qulay 
ishbilarmonlik 
muhitining 
yaratilishi, 
investitsiyalarning keng jalb qilinishi natijasida nafaqat iqtisodiy o‛sish 
sur’atlarining oshishi, balki iqtisodiyot tarkibida muhim sifat o‛zgarishlarining yuz 
berishi ta’minlandi. Tarkibiy o‛zgarishlar borasidagi siyosatning izchil amalga 
oshirilishi natijasida mamlakat iqtisodiyoti tarkibi diversifikatsiya qilindi. 
Mustaqillik yillarida sanoat tarmog‛i va xizmatlar sohasining rivojlanish salohiyati 
yanada kengaytirilishi natijasida YaIM tarkibida qishloq xo‛jaligi ulushining 
bosqichma-bosqich kamayishi (1995 yilda 32,4 % dan 2018 yilda 19,7 % ga) 
tendensiyasi saqlanib qoldi. Shu bilan birga, YaIM tarkibida qishloq xo‛jaligi 
ulushining kamayishi qishloq xo‛jaligi mahsulotlarining ijobiy o‛rtacha yillik 
o‛sish sur’atlari fonida sodir bo‛ldi. Sanoat tarmog‛ini diversifikatsiyalash, 
modernizatsiyalash, texnik va texnologik yangilash bo‛yicha chora-tadbirlarning 
qabul qilinishi natijasida sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish umumiy hajmining 
o‛sishi va YaIM tarkibida sanoatning (qurilishni qo‛shgan holda) ulushi 1995 
yildagi 27,8 % dan 2017 yilda 34,1 % gacha oshishi ta’minlandi. Shu bilan birga, 
xizmatlar sohasining rivojlanishi mamlakat iqtisodiyoti, bandlik va aholi 


75 
daromadlari o‛sishining muhim omillaridan biri hisoblanadi. Xizmat ko‛rsatish va 
servis sohasini isloh qilish bo‛yicha chora-tadbirlarning izchil amalga oshirilishi 
natijasida, mazkur tarmoq qisqa muddat ichida iqtisodiyotning eng jadal 
rivojlanayotgan sektoriga aylandi. Xizmatlar sohasining YaIM dagi ulushi 1995 
yildagi 39,8 % dan 2017 yilda 46,2 % gacha oshdi.
Iqtisodiy islohotlarning ilk davrlaridayoq, obyektlarni xususiylashtirish va 
davlat tasarrufidan chiqarish, shuningdek kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni 
rivojlantirish ko‛p ukladli iqtisodiyotni shakllantirish uchun asos bo‛lib xizmat 
qildi. Kichik biznes mamlakatimiz iqtisodiyotining 2000-2017 yillardagi 
rivojlanishida eng muhim omillaridan biri bo‛lib hisoblandi.
Ishbilarmonlik muhitini shakllantirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni 
rivojlantirishni har tomonlama qo‛llab quvvatlash va yanada rag‛batlantirish 
bo‛yicha chora-tadbirlarning qabul qilinishi natijasida uning YaIM dagi ulushi 
2000 yildagi 31,0 % dan 2017 yilda 54,9 % gacha oshdi.
Yakuniy iste’mol usuli orqali hisoblangan YaIM tarkibi to‛g‛risidagi 
ma’lumotlar YaIM ning yakuniy iste’mol yo‛nalishlari bo‛yicha asosiy 
proporsiyalarini tahlil kilish, shuningdek yakuniy iste’molchilar talabini qondirish 
va mamlakat milliy boyligini o‛stirish uchun iste’mol qilingan tovar va xizmatlar 
qiymati ulushini aniqlash imkonini beradi.
YaIM iste’moli tarkibida asosiy ulush yakuniy iste’mol xarajatlariga hissasiga 
to‛g‛ri keladi. Yakuniy iste’mol xarajatlarida asosiy ulush uy xo‛jaliklari xarajatlari 
hissasiga to‛g‛ri keladi va ularning salmog‛i 1991-2017 yillarda 43,9 % dan 63,1 % 
gachani 
tashkil 
etdi. 
Kuzatilayotgan 
davrda 
YaIM 
tarkibida 
davlat 
muassasalarining yakuniy iste’molga qilgan xarajatlari ulushi sezilarli darajada 
o‛zgarib turdi va 1991 yildagi 20,7 % dan 2017 yilda 16,7 % ga kamayish 
tendensiyasiga ega bo‛ldi. Notijorat tashkilotlari tomonidan uy xo‛jaliklariga 
ko‛rsatilgan nobozor xizmatlarining YaIM dagi ulushi o‛rtacha 1,1 % ni tashkil 
etadi. Yalpi jamg‛arilish asosiy fondlar va moddiy aylanma vositalari o‛sishini 
ifodalaydi. 


76 
1991-2017 yillarda yalpi jamg‛arilishning ulushi barqaror rivojlanish 
tendensiyasiga ega bo‛lib, YaIM ning o‛rtacha 25,4 % ini tashkil qildi. Yalpi 
jamg‛arilishning asosiy ulushini asosiy kapitalning yalpi jamg‛arilishi tashkil qilib, 
iqtisodiyotda investitsion faollikni ifodalaydi. 1991-2017 yillarda asosiy 
kapitalning yalpi jamg‛arilishi ko‛rsatkichining YaIM dagi ulushi o‛rtacha 26,4 % 
ni tashkil etdi. Kuzatilayotgan davr mobaynida tovarlar va xizmatlar sof 
eksportining YaIM dagi ulushi o‛rtacha 2,1 % ni tashkil qildi (eksport 30,4 %, 
import 28,3 %). So‛nggi yillarda YaIM ning asosiy elementlari bo‛yicha barqaror 
o‛sish tendensiyasi kuzatilmoqda. 2001-2017 yillar mobaynida yakuniy iste’mol 
xarajatlarining o‛rtacha yillik o‛sishi 9,2 % ni tashkil qildi va kuzatilayotgan davr 
mobaynida 4,4 barobardan ko‛proqqa oshdi. Bu esa, asosan, uy xo‛jaliklari 
xarajatlarining 5,5 marta oshishi hisobiga ta’minlandi. Shuningdek, davlat 
boshqaruv organlarining yakka tartibdagi va jamoa xizmatlari uchun real 
xarajatlari sezilarli darajada, 2,4 martaga oshdi.
Mamlakatda investitsion faoliyat rivojlanishining asosiy ko‛rsatkichlari asosiy 
kapital jamg‛arilishining mahalliy va xorijiy investitsiyalarni jalb qilish hamda 
o‛zlashtirish hisobiga barqaror o‛sib borayotganligidan dalolat beradi. So‛nggi 
yillarda (2001-2017 yillar) asosiy kapitalning jamg‛arilish me’yori YaIM ga 
nisbatan 25,2 % ni tashkil etdi, bu esa dunyoning rivojlangan va jadal 
rivojlanayotgan mamlakatlari ko‛rsatkichlariga mos keladi. 2001-2017 yillar 
davomida asosiy kapitalning yalpi jamg‛arilishi 5,5 barobardan ko‛proqqa oshdi, 
o‛rtacha yillik o‛sish sur’atlari esa, 10,9 % ni tashkil qildi.
Harakatlar strategiyasi doirasida iqtisodiyot sohasida zamon talablariga javob 
beradigan, yangicha ma’no-mazmundagi va samarali islohotlarni amalga oshirish 
yo‛lida dadil qadamlar qo‛yildi. 
Jahon tajribasi ko‛rsatadiki, bozor iqtisodiyoti va iqtisodiy munosabatlarni 
rivojlantirishning samarali sharti – dunyo bozoriga chiqish, kichik biznes va 
tadbirkorlikning tashqi iqtisodiy faoliyatda, investitsiyalar jalb qilishda 
qatnashishi, yangi, zamonaviy texnologiya va menejmentni joriy etishdir. 


77 
Bugun O‛zbekiston iqtisodiyoti erkinlashtirilmoqda: kichik biznes sohiblariga 
nazorat yuki pasaytirilmoqda, ba’zi inspeksion tashkilotlardagi byurokratik 
ovoragarchiliklarga barham berilmoqda, moliyaviy, soliq va bojxona tizimlarimiz 
liberallashtirilmoqda, xususiy biznesni hukumatdan himoyalovchi qonunlar qayta 
isloh qilinmoqda. 

Download 2,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   207




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish