Reja: Ilk yoshdagi bola psixikasining rivojlanishi. Predmetli faoliyat ilk bolalik davrining yetakchi faoliyati sifatida. Ilk yoshdagi bolalar nutqining xususiyatlari. Ilk yoshdagi bola psixikasining rivojlanishi



Download 23,74 Kb.
bet1/3
Sana01.03.2022
Hajmi23,74 Kb.
#477046
  1   2   3
Bog'liq
ILK BOLALAIK DAVRIDA PSIXIK RIVOJLANISHIDA O’YINLARNING AHAMIYATI, ORGANISM O’SISHNING MIQDOR KO’RSATKICHI VA AKSELERATSIYA O’SISH VA RIVOJLANISHNING TEZLASHUVI JARAYONLARI


ILK BOLALAIK DAVRIDA PSIXIK RIVOJLANISHIDA O’YINLARNING AHAMIYATI, ORGANISM O’SISHNING MIQDOR KO’RSATKICHI VA AKSELERATSIYA O’SISH VA RIVOJLANISHNING TEZLASHUVI JARAYONLARI


Reja:


  1. Ilk yoshdagi bola psixikasining rivojlanishi.

  2. Predmetli faoliyat - ilk bolalik davrining yetakchi faoliyati sifatida.

  3. Ilk yoshdagi bolalar nutqining xususiyatlari.


Ilk yoshdagi bola psixikasining rivojlanishi.
Ilk bolalik davri bola hayotidagi eng ahamiyatga molik, uning kelajakdagi psixologik rivojlanishini belgilab beruvchi muhim davr hisoblanadi. Bu davrdagi rivojlanishning asosini bolaning to‘g‘ri yurishi, muloqotga kirishishi va predmetli faoliyatni egallash xususiyatlari tashkil etadi. Tikka va to‘g‘ri yura olish imkoni bolani, doimiy ravishda yangi ma’lumotlarni egallashga zamin bo‘ladi. Bu yoshdagi bolalar o‘z xatti-harakatlari bilan juda faol va kattalar bilan muloqotga kirishishga intiluvchan bo‘ladilar. Yurishni o‘rganish bolaning faqatgina jismoniy o‘sishi uchun emas, balki uning psixik taraqqiyoti uchun ham juda muhim ahamiyatga ega.
Ilk bolalik davridagi bolalarning analizatorlari yaxshi takomillashgani va ular erkin hapakat qila olish imkoniyatiga ega bo‘lganliklari tufayli bu davrda psixik jihatdan tez rivojlanadilar. Bog‘chagacha tarbiya yoshidagi bolalarning ertadan kechgacha turli harakatlar qila olish imkoniyatlari tevarakatrofdagi muhitni bilish ehtiyojini qondirishda juda katta sharoit yaratib beradi.
Ilk bolalik davridagi bolaning turmush tajribasi deyarli yo‘q bo‘lgani uchun hamma narsa qiziqtiradi. U o‘zining kundalik tinimsiz harakatlari davomida kattalarga taqlid qilib, mustaqil ravishda kiyinish, ovqat yeyish, yuvinish kabi harakatlarni o‘zlashtira boshlaydi. Bog‘chagacha tarbiya yoshidagi bola o‘zining kundalik harakatlari davomida xech bir erinmay, ko‘z o‘ngidagi hamma narsalarni tekshirib ko‘radi. Natijada juda ko‘p yangiliklarni bilib oladi, o‘zining sezgi va idrokini, tasavvur va xotirasini, tafakkur va nutqini hissiyot va xayolini - umuman barcha psixik jarayonlarini rivojlantiradi.
Bu yoshdagi davrda sezgilarning rivojlanishi analizatorlarning tobora takomillashuvi bilan bog‘liqdir. Ikki yoshdan oshgan bolaning sezgilari (ko‘rish, eshitish, hid va ta’m bilish, teri va harakat kabi uning hap kungi xilma-xil harakatlari davomida turli narsalarga bevosita to‘qnash kelishi natijasida rivojlanadi. Sezgilarning normal rivojlanishi bola idroki o‘sishi uchun ham zamin yaratadi.
Ilk bolalik davridagi bolaning idroki ancha rivojlangan bo‘lsa ham hali katta odamlar idrokidan keskin farq qiladi. Birinchidan, bolalarda turmush tajribasining yo‘qligi tufayli ularning idroklari xam anglashilmagan xarakterga ega bo‘ladi. Ular ko‘p narsalarga birinchi marta duch keladilar. Shuning uchun bolalar idrok qiladigan ko‘p narsalar ularga yangilik, ya’ni dastlabki taassurot kuchiga ega bo‘ladi. Ikkinchidan esa, bolalarning idroki ko‘pincha ixtiyorsiz xarakterga ega bo‘ladi, ya’ni ularning idrokida muayyan bir maqsadni ko‘zlash hali sezilmaydi. Shuning uchun ularning idroki bir narsadan boshqa bir narsaga beixtiyor ko‘cha oladi. Lekin bu yoshdagi bolalarda hissiyot kuchli bo‘lgani uchun ular o‘zlarini qiziqtiradigan hayron qoldiradigan, hissiy kechinmalar uyg‘otadigan narsalarni idrok qiladilar.

Download 23,74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish