Barcha ijtimoiy hayot hodisalari singari huquqiy munosabatlar ham taraqqiyot qonuniyatlariga itoat etadi



Download 15,3 Kb.
Sana30.04.2022
Hajmi15,3 Kb.
#597228
Bog'liq
Barcha ijtimoiy hayot hodisalari singari huquqiy munosabatlar ham taraqqiyot qonuniyatlariga itoat etadi


Barcha ijtimoiy hayot hodisalari singari huquqiy munosabatlar ham taraqqiyot qonuniyatlariga itoat etadi. Insonlar o‘rtasidagi aloqalarning yuridik shakli bo‘lmish son-sanoqsiz huquqiy munosabatlar muntazam ravishda paydo bo‘lib, o‘zgarib va barham topib turadi. Huquqiy munosabatlar yuridik normalar asosida kelib chiqadi. Biroq, huquqiy normalar o‘z-o‘zidan, bevosita huquqiy munosabatlarni paydo qilmaydi. Normalar faqatgina huquqiy munosabatlar vujudga kelishining shartlarini, holatlarini va chegaralarini belgilab beradi. Huquqiy munosabatlarning mavjudligi yuridik faktlar, deb ataluvchi muayyan hayotiy hodisalar bilan bog‘liq. Yuridik faktlar huquqiy munosabatlarning zaruriy sharti, aniq talabi sifatida maydonga chiqadi. Xo‘sh, yuridik faktlar degani qanday hodisa? Turmushdagi barcha voqeliklar mana shunday hodisalar hisoblana oladimi? Chamasi, yo‘q. Hayotda turli-tuman faktlar, holatlar, shart-sharoitlar bor. Ammo, ularning hammasi ham yuridik fakt bo‘lavermaydi. Muayyan hodisa va holatlarni yuridik fakt deb e’tirof etish davlatning xohish-irodasiga bog‘liq. Yuridik fakt huquqiy munosabatni keltirib chiqaradi, tomonlarda huquq va majburiyat vujudga keltiradi. Huquqiy normalar ta’sirida u yoki bu hayotiy holatlar yuridik faktga aylanadi. Yuridik faktlar – huquqiy normalar asosida huquqiy munosabatlarni vujudga keltiruvchi, o‘zgartiruvchi va barham toptiruvchi hayotiy hodisalardir. Yuridik faktlar huquqiy tizimda, huquqiy tartibga solish mexanizmida muhim rol o‘ynaydi va katta ahamiyat kasb etadi. Ular huquqiy norma bilan aniq huquqiy munosabat o‘rtasidagi bog‘lovchi bo‘g‘indir. Yuridik faktlar huquqiy normalar va huquqdorlik (huquq subyekti), subyektiv huquq va yuridik majburiyat bilan birgalikda huquqiy munosabatlarning zaruriy sharti hisoblanadi. Masalan, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 41-moddasiga muvofiq, har kim bilim olish huquqiga ega. Fuqaroning oliy o‘quv yurtiga kirib o‘qish huquqi amalga oshishi uchun u balog‘at yoshiga yetganligi hamda muomala layoqatiga egaligidan tashqari tegishli yuridik fakt mavjud bo‘lishi lozim. Bu yuridik fakt – uning kirish imtihonlarini muvaffaqiyatli topshirishi, tanlovdan o‘tishi va buyruq bilan o‘quv muassasasiga qabul qilinishidir. Ana shundagina talaba bilan o‘quv yurti ma’muriyati o‘rtasida huquqiy munosabat kelib chiqadi. Yuridik faktlar huquq normalarida nazarda tutiladi, mustahkamlanadi. Masalan, nikohni FHDYo (ZAGS) idoralarida ro‘yxatdan o‘tkazish fakti – yuridik faktdir, chunki bu holat Fuqarolik kodeksi va Oila kodeksida mustahkamlangan. Ayni vaqtda, masjidda ham nikoh o‘qish faktlari (urf-odati) mavjud. Biroq, bu fakt qonunda nazarda tutilmagan. Shu bois, u yuridik fakt bo‘la olmaydi. Yuridik faktlar xilma-xildir, ular mohiyatan bir necha turlarga bo‘linadi. Yuridik faktlar ular keltirib chiqaradigan huquqiy oqibatlarga qarab: huquqni yaratuvchi, huquqni o‘zgartiruvchi va huquqni bekor qiluvchi faktlarga bo‘linadi. Ayni bir yuridik hodisa bir vaqtning o‘zida ham huquq yaratuvchi, ham huquqni o‘zgartiruvchi, ham huquqni bekor qiluvchi fakt bo‘lishi mumkin. Masalan, insonning o‘limi fakti meros huquqiy munosabatlarining kelib chiqishiga sabab bo‘la oladi, shu choqqacha mavjud bo‘lgan huquqiy munosabat ishtirokchilari tarkibi o‘zgarishiga olib keladi (ya’ni, o‘lgan shaxs bu munosabatdan chiqib ketadi), mavjud qator (oilaviy, mehnat, nafaqa) huquqiy munosabatlarning barham topishiga asos bo‘ladi. Yuridik faktlar irodani ifodalashiga qarab, ikki asosiy guruhga: yuridik hodisalar va yuridik harakatlarga bo‘linadi. Hodisalar – tabiat va jamiyatdagi shunday faktlarki, ularning yuz berishi kishilarning erku irodasi, ongi va ehtiyojiga bog‘liq emas. Masalan, yer qimirlashi, bola tug‘ilishi, insonning vafot etishi, yong‘in, sel kabi tabiiy ofatlar va boshqalar. Mazkur hodisalar huquq bilan tartibga solinuvchi ijtimoiy munosabatlarga muayyan ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Shu sababdan ular yuridik faktlar, deb tan olinadi. Odatda, hodisalar huquqiy munosabatning obyektiga ta’sir etadi. Masalan, yong‘in tufayli uy-joyiga zarar yetgan shaxs bilan tegishli davlat idoralari, jumladan, sug‘urta idoralari o‘rtasida huquqiy munosabat kelib chiqadi. Harakatlar – huquqiy munosabat ishtirokchilari irodasi bilan bog‘liq faktlar. Ular bir necha turga ajraladi: huquqqa muvofiq va huquqqa xilof harakatlar. Amaldagi qonun normalari asosida vujudga keladigan hamda shu normalar bilan tartibga solinadigan harakatlar huquqiy (huquqqa muvofiq) harakatlar, deb ataladi. Huquqiy normalar talablariga zid, ularni buzuvchi harakatlar huquqqa xilof (g‘ayriqonuniy) harakatlar hisoblanadi. Huquqqa zid harakatlar o‘z mazmuni va xususiyatiga qarab jinoiy, ma’muriy, fuqarolik va intizomiy-huquqiy bo‘lmagan harakatlarga bo‘linadi. Huquqiy bo‘lmagan harakat qonunga binoan yuridik javobgarlikni keltirib chiqaradi. Masalan, jinoyat sodir qilinganlik uchun jinoiy javobgarlik kelib chiqadi. Huquqqa muvofiq harakatlar o‘z navbatida ikki turga bo‘linadi: – yuridik aktlar; – yuridik xatti-harakat. Yuridik aktlarda huquqqa muvofiq harakatlar muayyan huquqiy oqibatlarni vujudga keltirishi nazarda tutilib sodir etiladi. Bunday harakatlarda huquq va majburiyatlarni vujudga keltirish, o‘zgartirish va barham toptirishga qaratilgan xohish ifodalandi. Masalan, fuqarolik huquqiy bitimlari, ma’muriy aktlar shunday aktlar sirasiga kiradi. Yuridik xatti-harakat kishilar tomonidan huquqiy oqibatlarga olib kelishini atayin ko‘zda tutmagan holda sodir etiladi, biroq bunday oqibatlar qonunda nazarda tutilganligi tufayli kelib chiqadi. Masalan, ijodkor ilmiy yoki badiiy asar yaratdi, deylik. Bunda ijodkorning huquqiy oqibatlarni vujudga keltirishni istagani yoki istamaganidan qat’i nazar, qonun mualliflik huquqiy munosabatlari paydo bo‘lishini shart qilib qo‘ygan. Demak, ijod mahsulining yaratilishi – yuridik faktdir. Yuridik aktlarning eng muhim xususiyati shundan iboratki, ularda yuridik ahamiyatga molik asosiy shart – yuridik oqibatlarni ko‘zlab o‘zicha ish ko‘rishdir. Shunday qilib, yuridik faktlar huquqiy munosabatlar o‘rnatishning muhim
vositasi bo‘lib xizmat qiladi. Ular, odatda, huquqiy munosabat subyektlarining
manfaatlariga mos keladi. Yuqoridagi tahlillarga yakun yasab, quyidagi xulosalarni chiqarish mumkin:
1) huquqiy munosabatlar – ijtimoiy munosabatlarning alohida turi bo‘lib,
ular ustqurmaning tarkibiy qismi sifatida iqtisodiy tizim, ishlab chiqarish munosabatlari zamirida vujudga keladi va takomillashib boradi;
2) huquqiy munosabatlar, o‘z navbatida, jamiyat hayotiga, ishlab chiqarish
jarayoniga ijobiy yoki salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin;
3) huquqiy munosabatlar huquq normalari asosida paydo bo‘ladi (o‘zgaradi
yoki barham topadi) hamda o‘z tabiatiga ko‘ra irodaviy xarakterga ega bo‘ladi;
4) faqat huquqiy normalargina ijtimoiy munosabatlarga qonuniy shakl
baxsh eta oladi;
5) huquqiy munosabatlar – davlatli jamiyatga xos hodisa. Ular davlat
siyosati, xohish-irodasi bilan chambarchas bog‘liqdir. Huquq vositasida davlat
ijtimoiy munosabatlarni huquqiy tartibga soladi; zarur hollarda huquqiy munosabatlarni ro‘yobga chiqarish, muhofaza etish uchun davlatning majburlash
kuchi ishga solinadi;
6) demokratik jamiyatda huquqiy munosabatlar, asosan, ixtiyoriy, ongli
ravishda amalga oshiriladi. Biroq shunday bo‘lsa-da, huquqiy munosabatlar
doimo davlatning madadiga (kuchiga) tayanadi;
7) huquqiy munosabatlar quyidagi to‘rt unsurli tarkibiy tuzilishga ega:
huquqiy munosabat subyekti, uning obyekti, huquqdorlik, yuridik majburiyat;
8) huquqiy munosabatlarni vujudga keltiradigan, o‘zgartiradigan
(rivojlantiradigan) yoki barham toptiradigan hayotiy hodisalar (shuningdek,
tabiat hodisalari) yuridik faktlar hisoblanadi (chizmaga qaralsin);
9) yuridik faktlar hayotda huquqdan alohida, mustaqil bo‘lib, davlat xohish-irodasi tufayligina huquqiy ma’noga, ahamiyatga ega bo‘ladi;
10) huquqiy munosabatlar obyektiv va subyektiv huquqni amalga oshirishning alohida shaklidir.
Xulosa qilib aytganda, huquqiy munosabatlar fuqarolar, jamoat birlashmalari, davlat organlari va boshqa yuridik shaxslar o‘rtasidagi turli-tuman
aloqalarni tartibga solish orqali jamiyatda qonuniylikni mustahkamlash, qonun
ustuvorligini qaror toptirish, shuningdek, inson, jamiyat va davlat manfaatlarini huquqiy jihatdan uyg‘unlashtirishga samarali xizmat qiladi.
Download 15,3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish