Yuridik faktlar xilma-xildir, ular mohiyatan bir necha turlarga bo‘linadi



Download 24,75 Kb.
Sana17.12.2022
Hajmi24,75 Kb.
#889821
Bog'liq
DHN ON2 2022


Kazus
Yuridik faktlar xilma-xildir, ular mohiyatan bir necha turlarga bo‘linadi.
Yuridik faktlar keltirib chiqaradigan huquqiy oqibatlariga ko‘ra huquqiy munosabatlarni vujudga kelishi, o‘zgarishi va bekor bo‘lishiga asos bo‘ladigan faktlarga bo‘linadi. Ammo ayni bir yuridik hodisa, bir vaqtning o‘zida ham muayyan huquqni yaratuvchi, ham huquqni o‘zgartiruvchi, ham huquqni bekor qiluvchi fakt bo‘lishi mumkin.
Yuridik faktlarning turlarini muhokama qiling va oddiy hamda murakkab yuridik faktlarga O‘zbekiston Respublikasi yuridik amaliyotidan misollar keltirib o‘ting.
Javob:

  1. Huquqiy munosabatlar o’zi nima ?

  2. Yuridik fakt tushunchasi va turlari qanday ?

Huquqiy munosabatlar – davlat tomonidan muhofaza etiladigan, odatda, kishilar xulq-atvoriga xulq normalari ta’siri ostida paydo bo`ladigan hamda uning ishtirokchilarida subyektiv (shaxsiy) huquq va yuridik majburiyatlar mavjudligi bilan tavsiflanadigan ijtimoiy munosabatlardir1. Huquqiy munosabatlar davlat tomonidan muhofaza etilishi deyilganda, barcha ijtimoiy munosabatlarning qonun, hamda, normativ hujjatlar yordamida tartibga solinib, himoya etilishi tushuniladi.
Huquqiy munosabatlar turli ko’rinishlarda qadimgi davrlarda ham mavjud bo’lgan. Davlat paydo bo`lishidan oldin ham huquqiy munosabatlarning mavjud bo’lgan, hamda, davlat tashkil topgandan so’ng ular qonun bilan mustahkamlana boshlagan. Keyinchalik ushbu qonunlar yillar davomida rivojlanib, davlat va fuqarolar o`rtasida o`zaro subyektiv (shaxsiy) huquq va yuridik majburiyatni vujudga keltiradi. Misol tariqasida, davlatning fuqarolarni himoya qilish majburiyati, davlat boshqaruvini va boshqaruv prinsipini amalga oshirish huquqi va boshqalar. O’z navbatida fuqarolar ham huquqlarga ega bo’ladi va majburiyalarni bajarishiga to’g’ri keladi. Masalan: Huquq – bu o’z huquqlaridan foydalanishi. Bunga saylov huquqi, bepul ta’lim olish huquqi va boshqalar. Majburiyat esa fuqarolar o’z vaqtida soliqlarni to’lash majburiyati kabi. Subyektiv huquq bor bo`lsa, yuridik majburiyat ham vujudga keladi. Subyektiv huquq va yuridik majburiyatni yuzaga keltiruvchi, ya’ni unga asos bo’lib hizmat qiluvchi vosita bu yuridik fakt deb ataladi. Huquqiy munosabatlarni ijtimoiy hayotda ko`plab uchratishimiz mumkin. “Huquqiy munosabatlar tarkibiy qismlariga huquqiy munosabatlarining subyektlari, obyekti, huquqiy munosabatlarning mazmunini tashkil etuvchi subyektiv huquq va yuridik majburiyatlar kiradi”.2 Yuqorida ta’kidlaganimizdek, huquqiy munosabatlar yuridik majburiyat va subyektiv huquq mavjudligi bilan tavsiflanadi. Subyektiv huquq va yuridik majburiyatni keltirishiga asos bo’luvchi yuridik fakt nima ?
Yuridik fakt – qonunda nazarda tutilgan va muayyan huquqiy munosabatlar yuzaga kelishi uchun asos bo`lgan holatlar yoki huquqiy munosabatlarni vujudga keltiruvchi, o`zgartiruvchi va bekor qiluvchi faktlardir (holatlar).3
Bundan ko’rinib turibdiki, bizning xatti-harakat yo harakatsizligimiz qonun va normativ-huquqiy hujjatlarda o`z ifodasini topib huquqiy ijtimoiy munosabatlarga asos bo`lsa, yuridik fakt sifatida qabul qilinadi. Masalan: konstitutsiyamizning 39-moddasida “Har kim qariganda, mehnat layoqatini yo`qotganda, shuningdek boquvchisidan mahrum bo`lganda va qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda ijtimoiy ta’minot olish huquqiga ega”4. Bu yerda moddada ko’rsatilgan shaxslar ijtimoiy ta’minot olishi uchun mehnat daftarchasi, ma’lum yoshga yetganligi, hamda, vakolatli organning pensiya tayinlash to’g’risidagi qarori bo’lishi talab etiladi. Bu yerda ijtimoiy ta’minot olish uchun keltirilgan faktlar yuridik faktlar deb ataladi.

Ko’pgina “Davlat va huquq nazariyasi” darsliklarida yuridik faktlar 2 turga bo’linishi keltiriladi. Ya’ni, 1- yuridik hodisalar, 2-yuridik harakatlar. Yuridik hodisalar bu inson xohish-irodasiga bog’liq bo’lmasdan, tabiat bilan bog’liq bo’lgan hodisalar qonun va hujjatlarda o’z aksini topishi tushuniladi. Masalan, suv toshqinlar, zilzila va boshqalar. Agar shunday hollar kuzatilgan taqdirda, davlat va uning organlari, tegishli tuzilmalar fuqarolarga ko’maklashadi. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 22-moddasida O’zbekiston o’z hududida va undan tashqarida ham o’z fuqarolarini himoya qiladi, hamda, o’z fuqarolariga homiylik qiladi. Fuqarolarni himoya qilish kafolatlari “ Fuqaro muhofazasi to’g’risida” qonunda o’z ifodasini topgan. Masalan, 2020-yilda Sirdaryo viloyati Sardoba tumanida suv ombori buzilib ketishi sababli, fuqarolar juda katta talofatlar ko’rdi. Toshqin oqibatida Sirdaryoda 4710 ta xonadonga zarar yetdi, 2231 ta uy yashash uchun yaroqsiz holga kelib qoldi, 2499 ta xonadon esa ta’mirtalab ahvolga tushib qoldi. Sardoba tumani, Mirzaobod tumani va Oqoltin tuman aholisi, ya’ni, 89 450 nafar aholi tinch joylarda ko’chirildi. Sardoba toshqini oqibatlarini bartaraf etish maqsadida O’zbekiston hukumati 1.5 trillion pul mablag’lari ajratdi. Shu mablag’lardan 855 mlrd so’m evaziga Sardoba tumanida 37 ta, Mirzaobod tumanida 9 ta va Oqoltin tumanida 40 ta besh qavatli xonadonlar fuqarolarga qurib berildi. Bundan tashqari, mamlakat prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan 4.5 mingdan ziyod fuqarolarga 40 mln so’mdan pul mablag’lari ajratish belgilandi.
Xatti- harakatlar yoki harakatsizlik odamlarning xohishiga asosan, ya’ni ongli faoliyati natijasida vujudga keladigan hayotiy faktlar. Xatti-harakat yoki harakatsizlik qonun va huquq normalariga mos keluvchi, ularga zid keluvchi xattiharakatlar ham yuridik harakat (harakatsizlik) deb tushunsak bo’ladi. Huquqlarga zid xatti-harakatlar deganda qonunlarga qarshi xatti harakatlar tushuniladi va javobgarlikka tortilishiga asos bo’ladi. O’zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 43-moddasida ko’rsatilgan jazo choralari qo’llaniladi.
Yuridik faktlar oqibatlariga ko’ra 3 turga bo’linadi.

  • Huquqni yaratuvchi;

  • Huquqni o’zgartiruvchi;

  • Uni bekor qiluvchi.

Konstitutsiyamizning 39-moddasida, har bir shaxs mulkdor bo’lish huquqiga ega ekanligi ko’rsatilgan. Bu moddada ko’rsatib o’tilgan huquqimiz mustaqillikka erishganimizdan so’ng bozor iqtisodiyotida o’tish bosqichida o’z mulkimiz ya’ni, xususiy mulkka ega bo’lishimiz mumkinligiga asos bo’ldi. O’zbekiston Respublikasi “Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish to’g’risida”gi va Vazirlar Mahkamasi “Qishloq xo’jaligiga mo’ljallangan yer uchastkalarini xususiylashtirish to’g’risida”gi qonunlarga asosan, fuqarolar yer uchastkalari xususiylashtirish, uni sotish, auksionda qo’yish va yana boshqa qator huquqlarga ega bo’ldilar. Bu huquq huquqni yaratuvchi faktga misol bo’ladi. Fuqarolarning o’zlariga tegishli mulklarni ma’lum shartnomalar asosida, boshqa shaxslarga foydalanish huquqini berishi (avtomobil, yer uchastkasi) huquqni o’zgartiruvchi faktga misol tariqasida keltirsak bo’ladi. Bundan tashqari huquqni huquqni o’zgartiruvchi faktga harbiy unvonlar o’zgartirilishi, lavozimlari o’zgartirilishi misol qilsak bo’ladi. Huquqni o’zgartiruvchi faktlar munosabatlarni o’zgartirishga qaratiladi, lekin uni tugatmaydi. Keyinchalik ushbu shartnomalarni bekor qilish yoki boshqa shaxslarga o’tkazishi esa huquqni bekor qiluvchi faktga misol bo’ladi. O’z-o’zidan ko’rinib turibdiki, huquqni bekor qiluvchi faktlar munosabatlarning yakunlovchi bosqichi hisoblanadi. Masalan, harbiy lavozimdan ozod qilish, huquqni bekor qiluvchi faktga misol bo’ladi.
Xulosa qiladigan bo’lsak, yuridik faktlar turlicha va ko’p usullarda klassifikatsiya qilsak bo’ladi. Chunki yuridik faktlar turli ijtimoiy munosabatlarda uchratishimiz mumkin bo’ladi.
Foydalanilgan adabiyotlar:

  • O`zbekiston yuridik ensiklopediyasi / Nashr uchun mas’ul R.A. Muhitdinov va b.; mas’ul muharrir N. To`ychiyev. – T.: Adolat, 2009. – 704 bet

  • X.T. Odilqoriyev, Davlat va huquq nazariyasi. Darslik. – T.: Adolat, 2021. –528-bet

  • O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi

Foydalanilgan saytlar:



  • http://lex.uz/

  • http://distant.tsul.uz /

  • http://arxiv.uz/




1 O`zbekiston yuridik ensiklopediyasi / Nashr uchun mas’ul R.A. Muhitdinov va b.; mas’ul muharrir N. To`ychiyev. – T.: Adolat, 2009. – 651-bet.

2 X.T. Odilqoriyev, Davlat va huquq nazariyasi. Darslik. – T.: Adolat, 2021. – 295-bet

3 O`zbekiston yuridik ensiklopediyasi / Nashr uchun mas’ul R.A. Muhitdinov va b.; mas’ul muharrir N. To`ychiyev. – T.: Adolat, 2009. – 562-bet.

4 O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 39-modda

Download 24,75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish