71
Investitsiyalarning turli guruhlash mumkin. Makroiqtisodiy tahlilda eng ko‛p
duch kelinadigan guruhlashda investitsiyalar investitsiyalash obyektiga ko‛ra uch
turga bo‛linadi:
1) ishlab chiqarish investitsiyalari;
2) tovar-moddiy zaxiralariga investitsiya;
3) uy-joy qurilishiga investitsiya.
Makroiqtisodiy tahlilda investitsiyalar dinamikasini belgilovchi omil sifatida
real foiz stavkasi qaraladi. Real foiz stavkasi ortishi bilan investitsiyalar hajmi
kamayishini kuzatishimiz mumkin. Chunki investorlar
uchun qarz bahosi ortib,
ular ko‛rsatadigan foyda normasini pasaytirib qo‛yadi.
Avtonom investitsiyalarning
grafigi (4.4.1-rasm) investitsiyalar hajmi foiz
stavkasi dinamikasiga teskari proportsional tarzda o‛zgarishini ko‛rsatadi.
4.4.1- rasm. Avtonom investitsiyalar grafigi
Avtonom invstitsiya funktsiyasi quyidagi ko‛rinishga ega:
I = e – dR,
bu yerda: I – avtonom investitsiya xarajatlari;
e – foiz stavkasi 0 ga teng to‛lgandagi investitsiya
xarajatlarining maksimal
hajmi. U tashqi iqtisodiy omillar, resurs imkoniyatldari, yer,
foydali qazilma
boyliklari va boshqalar bilan belgilanadi;
R – real foiz stavkasi;
d – investitsiyalarning real foiz stavkasi dinamikasi o‛zgarishga ta’sirchanligini
miqdoriy belgilovchi empirik koeffitsient.
72
Grafikdan e nuqtasi shuni bildiradiki, banklar nolga teng foiz stavkasi bilan
kredit berganlarida hamda ularning kredit resurslari cheksiz ko‛p bo‛lganda ham
mamlakatdagi boshqa resurslari miqdorining cheklanganligi
tufayli investitsiya
xarajatlari ma’lum miqdor bilan chegaralanadi.
Investitsiyalar dinamikasini belgilovchi eng muhim omillardan biri bo‛lib
kutilayotgan sof foyda normasi hisoblanadi. Agar real foiz stavkasi bilan
investitsiya xarajatlari miqdori o‛rtasida teskari bog‛liqlik bo‛lsa, kutilayotgan sof
foyda normasi (KSFN) dinamikasi bilan investitsiya xarajatlari o‛rtasida to‛g‛ri
bog‛liqlik bor.
Agarda kutilayotgan foyda me’yori foiz stavkasidan yuqori bo‛lsa,
investitsiyalash foydali va aksincha, foiz stavkasi kutilayotgan
foyda miqdoridan
yuqori bo‛lsa, investitsiyalash foydali bo‛lmay qoladi.
Misol uchun, zavodga 100000 so‛mlik yangi stanok sotib olindi. Yangi
stanokni qo‛llashdan zavod 10.000 so‛m sof foyda olgan bo‛lsin. Kutilayotgan sof
foyda normasi quyidagicha aniqlanadi:
KSFN = 10000 / 100000 x 100 = 10%.
Investitsiya xarajatlari foyda keltirishini aniqlashda nominal foiz stavkasi
emas, balki real foiz stavkasi hisobga olinadi. Real foiz stavka narxlar darajasining
o‛zgarishini
aks ettirib, nominal stavkadan inflyatsiya darajasi ayirmasi
ko‛rinishida aniqlanadi. Masalan, nominal foiz stavkasi 16% ga teng bo‛lsa,
inflyatsiya darajasi yiliga 12% ni tashkil etsa, unda real foiz stavkasi 4
foizini
(16%-12%) tashkil etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: