Investitsiya xarajatlari dinamikasiga
ta’sir etuvchi boshqa omillar quyidagilar
kiradi:
1) soliqqa tortish darajasi;
2) ishlab chiqarish texnologiyalaridagi o‛zgarishlar;
3) mavjud bo‛lgan asosiy kapital miqdori;
4) investorlarning kutishi;
5) yalpi daromadlarning o‛zgarishi.
73
Soliqqa tortish darajasining pasayishi hamda yangi texnologiyalarning paydo
bo‛lishi kutilayotgan sof foyda normasining (real foiz stavkasi o‛zgarmagan
sharoitda ham) ko‛payishga olib keladi. Bu esa investitsiya xarajatlarining
ortishiga turtki beradi.
Investitsiyalar hajmining YaMM yoki daromadlar darajasiga bog‛liqligini
akselerator modeli aks ettiradi:
I = f(Y)
, ya’ni investitsiyalar (I) YaMM (Y)ning funktsiyasi ekan.
Akselerator modelining to‛liqroq ko‛rinishi quyidagicha bo‛ladi:
I = Ireja+ γY,
bu yerda:
ᵞ =
=
,
I reja – rejalashtirilgan investitsiyalar; Y – YAIM (daromad) hajmi.
Akseletator modelini hisobga olib, investitsiya funktsiyasini quyidagicha
yozish mumkin:
I = e - dR + γY.
YaIM hajmi oshishi korxonalar foydasining ko‛payishiga olib keladi. Korxona
foydasi investitsiyalarning manbai ekanligini hisobga olsak, bu holatda investitsiya
xarajatlari oshadi. YaIM hajmi pasayib ketganda esa, ya’ni iqtisodiy faollik
pasayishi sharoitida bo‛sh turgan quvvatlar mavjudligi tufayli, investitsiya
xarajatlari pasayib ketadi. Ammo YaMMning davriy tebranishlari, innovatsiyalarni
doim ham bir tekisda bo‛lmasligi, uskunalarni uzoq muddat xizmat qilishi,
iqtisodiy kutishdagi xavflar tufayli investitsiyalar hajmi barqaror bo‛lmaydi.
4.5 O‛zbekiston Respublikasining investitsion siyosatining o‛ziga xos
xususiyatlari
2018 yil yakunlari bo‛yicha O‛zbekiston Respublikasi yalpi ichki mahsuloti
407,5 trln so‛mni tashkil etdi va 2017 yilga nisbatan taqqoslaganda 5,1 % ga o‛sdi.
YaIM ning 1991-2018 yillarda o‛rtacha yillik o‛sish sur’ati 4,5 % ni tashkil qildi.
O‛zbekiston o‛zining rivojlanish modelini izchil amalga oshirishi natijasida,
boshqa sobiq ittifoqi mamlakatlariga nisbatan qisqa muddatlarda, ya’ni 1996
74
yildayoq iqtisodiy pasayishning oldini oldi, makroiqtisodiy barqarorlikni
ta’minladi va iqtisodiyotda tarkibiy o‛zgarishlar bilan bog‛liq asosiy iqtisodiy
masalalarni amalga oshirishga kirishdi. 1996-2017 yillar davomida iqtisodiy
o‛sishning o‛rtacha yillik sur’atlari 6,4 % ni tashkil qildi. Oxirgi 10 yilda (2008-
2017 yillar) YaIM 2,1 barobarga o‛sdi. Iqtisodiy o‛sishning asosiy omillari va
manbalari tahlili shuni ko‛rsatadiki, oxirgi 10 yil davomida iqtisodiyotning yuqori
o‛sish sur’atlari qishloq xo‛jaligida ishlab chiqarishning 1,8 marta (2008-2017
yillar uchun o‛rtacha yillik o‛sish – 6,1 %), sanoatda – 1,7 marta (5,4 %),
qurilishda – 3,4 marta (13,4 %), xizmatlar sohasida – 2,3 marta (8,8 %) o‛sganligi
hisobiga ta’minlandi.
2008-2016 yillar uchun YaIM deflyatori indeksi 126,8 % dan 109,6 % gacha
kamaydi. 2017 yilda YaIM deflyatori indeksining nisbatan yuqori darajasi (120,8
%) qayd etildi, bu esa asosan, 2017 yil sentyabr oyida valyuta bozorini
liberallashtirish va milliy valyutaning devalvatsiyasi bilan bog‛liqdir. Oxirgi 10
yillikda
(2008-2018yillar)
qulay
ishbilarmonlik
muhitining
yaratilishi,
investitsiyalarning keng jalb qilinishi natijasida nafaqat iqtisodiy o‛sish
sur’atlarining oshishi, balki iqtisodiyot tarkibida muhim sifat o‛zgarishlarining yuz
berishi ta’minlandi. Tarkibiy o‛zgarishlar borasidagi siyosatning izchil amalga
oshirilishi natijasida mamlakat iqtisodiyoti tarkibi diversifikatsiya qilindi.
Mustaqillik yillarida sanoat tarmog‛i va xizmatlar sohasining rivojlanish salohiyati
yanada kengaytirilishi natijasida YaIM tarkibida qishloq xo‛jaligi ulushining
bosqichma-bosqich kamayishi (1995 yilda 32,4 % dan 2018 yilda 19,7 % ga)
tendensiyasi saqlanib qoldi. Shu bilan birga, YaIM tarkibida qishloq xo‛jaligi
ulushining kamayishi qishloq xo‛jaligi mahsulotlarining ijobiy o‛rtacha yillik
o‛sish sur’atlari fonida sodir bo‛ldi. Sanoat tarmog‛ini diversifikatsiyalash,
modernizatsiyalash, texnik va texnologik yangilash bo‛yicha chora-tadbirlarning
qabul qilinishi natijasida sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish umumiy hajmining
o‛sishi va YaIM tarkibida sanoatning (qurilishni qo‛shgan holda) ulushi 1995
yildagi 27,8 % dan 2017 yilda 34,1 % gacha oshishi ta’minlandi. Shu bilan birga,
xizmatlar sohasining rivojlanishi mamlakat iqtisodiyoti, bandlik va aholi
75
daromadlari o‛sishining muhim omillaridan biri hisoblanadi. Xizmat ko‛rsatish va
servis sohasini isloh qilish bo‛yicha chora-tadbirlarning izchil amalga oshirilishi
natijasida, mazkur tarmoq qisqa muddat ichida iqtisodiyotning eng jadal
rivojlanayotgan sektoriga aylandi. Xizmatlar sohasining YaIM dagi ulushi 1995
yildagi 39,8 % dan 2017 yilda 46,2 % gacha oshdi.
Iqtisodiy islohotlarning ilk davrlaridayoq, obyektlarni xususiylashtirish va
davlat tasarrufidan chiqarish, shuningdek kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni
rivojlantirish ko‛p ukladli iqtisodiyotni shakllantirish uchun asos bo‛lib xizmat
qildi. Kichik biznes mamlakatimiz iqtisodiyotining 2000-2017 yillardagi
rivojlanishida eng muhim omillaridan biri bo‛lib hisoblandi.
Ishbilarmonlik muhitini shakllantirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni
rivojlantirishni har tomonlama qo‛llab quvvatlash va yanada rag‛batlantirish
bo‛yicha chora-tadbirlarning qabul qilinishi natijasida uning YaIM dagi ulushi
2000 yildagi 31,0 % dan 2017 yilda 54,9 % gacha oshdi.
Yakuniy iste’mol usuli orqali hisoblangan YaIM tarkibi to‛g‛risidagi
ma’lumotlar YaIM ning yakuniy iste’mol yo‛nalishlari bo‛yicha asosiy
proporsiyalarini tahlil kilish, shuningdek yakuniy iste’molchilar talabini qondirish
va mamlakat milliy boyligini o‛stirish uchun iste’mol qilingan tovar va xizmatlar
qiymati ulushini aniqlash imkonini beradi.
YaIM iste’moli tarkibida asosiy ulush yakuniy iste’mol xarajatlariga hissasiga
to‛g‛ri keladi. Yakuniy iste’mol xarajatlarida asosiy ulush uy xo‛jaliklari xarajatlari
hissasiga to‛g‛ri keladi va ularning salmog‛i 1991-2017 yillarda 43,9 % dan 63,1 %
gachani
tashkil
etdi.
Kuzatilayotgan
davrda
YaIM
tarkibida
davlat
muassasalarining yakuniy iste’molga qilgan xarajatlari ulushi sezilarli darajada
o‛zgarib turdi va 1991 yildagi 20,7 % dan 2017 yilda 16,7 % ga kamayish
tendensiyasiga ega bo‛ldi. Notijorat tashkilotlari tomonidan uy xo‛jaliklariga
ko‛rsatilgan nobozor xizmatlarining YaIM dagi ulushi o‛rtacha 1,1 % ni tashkil
etadi. Yalpi jamg‛arilish asosiy fondlar va moddiy aylanma vositalari o‛sishini
ifodalaydi.
76
1991-2017 yillarda yalpi jamg‛arilishning ulushi barqaror rivojlanish
tendensiyasiga ega bo‛lib, YaIM ning o‛rtacha 25,4 % ini tashkil qildi. Yalpi
jamg‛arilishning asosiy ulushini asosiy kapitalning yalpi jamg‛arilishi tashkil qilib,
iqtisodiyotda investitsion faollikni ifodalaydi. 1991-2017 yillarda asosiy
kapitalning yalpi jamg‛arilishi ko‛rsatkichining YaIM dagi ulushi o‛rtacha 26,4 %
ni tashkil etdi. Kuzatilayotgan davr mobaynida tovarlar va xizmatlar sof
eksportining YaIM dagi ulushi o‛rtacha 2,1 % ni tashkil qildi (eksport 30,4 %,
import 28,3 %). So‛nggi yillarda YaIM ning asosiy elementlari bo‛yicha barqaror
o‛sish tendensiyasi kuzatilmoqda. 2001-2017 yillar mobaynida yakuniy iste’mol
xarajatlarining o‛rtacha yillik o‛sishi 9,2 % ni tashkil qildi va kuzatilayotgan davr
mobaynida 4,4 barobardan ko‛proqqa oshdi. Bu esa, asosan, uy xo‛jaliklari
xarajatlarining 5,5 marta oshishi hisobiga ta’minlandi. Shuningdek, davlat
boshqaruv organlarining yakka tartibdagi va jamoa xizmatlari uchun real
xarajatlari sezilarli darajada, 2,4 martaga oshdi.
Mamlakatda investitsion faoliyat rivojlanishining asosiy ko‛rsatkichlari asosiy
kapital jamg‛arilishining mahalliy va xorijiy investitsiyalarni jalb qilish hamda
o‛zlashtirish hisobiga barqaror o‛sib borayotganligidan dalolat beradi. So‛nggi
yillarda (2001-2017 yillar) asosiy kapitalning jamg‛arilish me’yori YaIM ga
nisbatan 25,2 % ni tashkil etdi, bu esa dunyoning rivojlangan va jadal
rivojlanayotgan mamlakatlari ko‛rsatkichlariga mos keladi. 2001-2017 yillar
davomida asosiy kapitalning yalpi jamg‛arilishi 5,5 barobardan ko‛proqqa oshdi,
o‛rtacha yillik o‛sish sur’atlari esa, 10,9 % ni tashkil qildi.
Harakatlar strategiyasi doirasida iqtisodiyot sohasida zamon talablariga javob
beradigan, yangicha ma’no-mazmundagi va samarali islohotlarni amalga oshirish
yo‛lida dadil qadamlar qo‛yildi.
Jahon tajribasi ko‛rsatadiki, bozor iqtisodiyoti va iqtisodiy munosabatlarni
rivojlantirishning samarali sharti – dunyo bozoriga chiqish, kichik biznes va
tadbirkorlikning tashqi iqtisodiy faoliyatda, investitsiyalar jalb qilishda
qatnashishi, yangi, zamonaviy texnologiya va menejmentni joriy etishdir.
77
Bugun O‛zbekiston iqtisodiyoti erkinlashtirilmoqda: kichik biznes sohiblariga
nazorat yuki pasaytirilmoqda, ba’zi inspeksion tashkilotlardagi byurokratik
ovoragarchiliklarga barham berilmoqda, moliyaviy, soliq va bojxona tizimlarimiz
liberallashtirilmoqda, xususiy biznesni hukumatdan himoyalovchi qonunlar qayta
isloh qilinmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |