L. S. Karieva makroiqtisodiyot


-rasm. Pulga taklif egri chizig‛i



Download 2,99 Mb.
Pdf ko'rish
bet59/207
Sana17.07.2022
Hajmi2,99 Mb.
#816825
TuriУчебник
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   207
Bog'liq
макроиктисодиёт лотин

5.4.1-rasm. Pulga taklif egri chizig‛i 
Pul taklifi (Ms) o‛z ichiga bank tizimidan tashqaridagi naqd pullar (S) va zarur 
bo‛lganda (D) iqtisodiy agentlar bitimlar uchun ishlatishi mumkin bo‛lgan 
depozitlarni oladi:
M

= S+D.
Pul taklifi asosan Markaziy bank tomonidan tartibga solinsada, u 
iqtisodiyotdagi barcha taklifni qamrab ololmaydi. Chunki, bu jarayonga uy 
xo‛jaligi hatti-harakati hamda tijorat banklarining siyosati ham ta’sir ko‛rsatadi. 
Tijorat banklari o‛z ixtiyorlarida bo‛lgan aktivlari hisobiga yangi pullarni hosil 
qilishlari, ya’ni ularni bank krediti sifatida mijozlariga berishlari mumkin. To‛g‛ri, 
ularning bu faoliyatlari Markaziy bank tomonidan o‛rnatiluvchi majburiy zaxira 
me’yorlari orqali cheklanadi. Ya’ni, tijorat banki o‛zining joriy xarajatlarini 
qoplashi hamda mijozlar tomonidan kreditlar qaytarilmasligi xavfining oldini olish 
maqsadida ma’lum miqdordagi pul mablag‛larini zaxira sifatida saqlashi lozim. 
Aktivlarning qolgan qismi esa muomalaga chiqarilib, u ma’lum muddatdan so‛ng 


93 
yana bankka qaytishi hamda, majburiy zaxira me’yoridan ortiqcha qismi yana 
muomalaga chiqarilishi mumkin. To‛xtovsiz ravishda takrorlanuvchi bu jarayon 
pul taklifi multiplikatori yoki bank multiplikatori deyiladi.
Aksariyat mamlakatlarda davlat pul chiqarishda monopol huquqqa ega. Uni 
amalga oshirish huquqi nisbatan mustaqil muassasa Markaziy bank ixtiyorida. 
“Markaziy bank O‛zbekiston Respublikasi hududida qonuniy to‛lov vositasi 
sifatida banknotlar va tangalar ko‛rinishidagi pul belgilarini muomalaga chiqarish 
mutlaq huquqiga ega”. Ammo pul taklifini ko‛paytirish imkoniga yoki pul yaratish 
qobiliyatiga tijorat banklari ham ega. Ular kreditlar bera borib, to‛lov vositalari 
emissiyasini yoki kredit multiplikatsiyasini amalga oshiradi. Masalan, A bankning 
depoziti 2000 so‛mga o‛sgan bo‛lsa, zaxira normasi 20 % ga teng bo‛lganda 
(zaxira normasi – tijorat banklar depozitlarining ma’lum qismini Markaziy bankda 
saqlab turish normasi), u 400 so‛mni Markaziy bankda zaxiralab, qolgan 1600 
so‛mni qarzga beradi. Shunday qilib, A bank pul taklifini 1600 so‛mga 
ko‛paytiradi va u endi 2000+1600=3600 so‛mni tashkil etadi. Ya’ni, 
omonatchilarning depozitlardagi 2000 so‛mdan tashqari yana 1600 so‛m qarz 
oluvchilar qo‛lida qoladi. Agar, 1600 so‛m yana banka tushsa, (masalan, B bankka) 
unda 20 % ga teng bo‛lgan zaxira normasida u 320 so‛mni zaxirada qoldirib, 1280 
so‛mni kreditga beradi hamda shu miqdorda pul taklifini oshiradi. Kredit 
berishning bu jarayoni so‛nggi pul birligidan foydalanishga qadar davom etadi. 
Yakuniy hisob kitob bank depozitlari jami 10000 so‛mga ko‛payganligini 
ko‛rsatadi. Bu jarayonni formula ko‛rinishida quyidagicha yozishimiz mumkin:

Download 2,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   207




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish