L. S. Karieva makroiqtisodiyot


 Pulga talab egri chizig‛i grafigi. Fisher samarasi



Download 2,99 Mb.
Pdf ko'rish
bet57/207
Sana17.07.2022
Hajmi2,99 Mb.
#816825
TuriУчебник
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   207
Bog'liq
макроиктисодиёт лотин

5.3 Pulga talab egri chizig‛i grafigi. Fisher samarasi 
Keyns nazariyasida pulga bo‛lgan talabni iqtisodiyot subyektlari o‛z 
boyligining bir qismini likvidli pul aktivlari shaklida saqlashiga moyilligidan kelib 
chiqib aniqlashga harakat qilinadi. Bunda pulni likvidli shaklda saqlashning 
transaksion (to‛lov vositasi sifatida foydalanish), ehtiyotkorlik (ko‛zda tutilmagan 
xarajatlar bo‛lishini hisobga olish) va olib-sotarlik (moliyaviy aktivlarning 
kelgusidagi bozor qiymati noaniqligi va yo‛qotishdan qochish xohishi) motivi 
asosida unga bo‛lgan talabni aniqlashga harakat qilinadi. Keyns pulga bo‛lgan 
talabni nominal daromad va ssuda foizi normasiga bog‛liq deb hisoblaydi: nominal 
daromad pulga bo‛lgan talabga to‛g‛ri mutanosiblikda, ssuda foizi normasi esa 
teskari mutanosiblikda ta’sir ko‛rsatadi. Keyns fikricha, muomaladagi pul 
miqdorining ko‛payishi boshqa sharoitlar o‛zgarmay qolganda foiz stavkasi 
darajasi pasayishini keltirib chiqaradi. Bu tadbirkorlar uchun kreditlar 
arzonlashganini bildiradi, investitsiyalar o‛sishi ro‛y beradi va natijada YaIM 
o‛sishi kuzatiladi. YaIMning o‛sishi pulga bo‛lgan talabni kengaytiradi va foizning 
muvozanatli stavkasini oshiradi. Monetaristlar qarashicha, aynan pul muomalasi 
ishlab chiqarish, bandlik va narx darajasini belgilab beradi. 
Pulga talabning Keyns nazariyasi, likvidlilikning afzalligi nazariyasi, pulni 
naqd ko‛rinishda saqlashga kishilarni undovchi uch sababni ajratib ko‛rsatadi:
1) transaktsion sabab (joriy bitimlar uchun naqd pulga talab);


90 
2) ehtiyotkorlik sababli (ko‛zda tutilmagan holatlar uchun ma’lum miqdorda 
naqd pullarni saqlash);
3) spekulyativ sabab (foyda olish maqsadida qimmatli qog‛ozlar sotib olish 
uchun pulga talab).
Spekulyativ sabab foiz stavkasi bilan obligatsiyalar kursi o‛rtasidagi teskari 
bog‛liqlikka asoslanadi. Agar foiz stavkasi ko‛tarilsa, obligatsiyalar bahosi 
pasayadi, ularga talab esa oshadi. Bu esa o‛z navbatida, naqd pul zaxiralarining 
qisqarishiga hamda naqd pullarga talabning pasayishiga olib keladi.
Pul likvidlilik xususiyatiga ega bo‛lganligi uchun ham aholi uni saqlashni afzal 
biladi. Likvidlilikning afzalligi nazariyasi ko‛rsatadiki pulga bo‛lgan talab miqdori 
foiz stavkasiga bog‛liq. Foiz stavkasi naqd pul vositalarini qo‛lda ushlab turishning 
muqobil xarajatlari miqdorini, ya’ni, siz foiz olib kelmaydigan naqd pullarni qo‛lda 
ushlab turgan sharoitda yo‛qotadigan pul miqdorini bildiradi. Nonning narxi non 
talabi miqdoriga ta’sir qilganidek, naqd pullarni qo‛lda ushlab turish miqdori ham 
pul zaxiralariga talab miqdoriga ta’sir ko‛rsatadi. Shuning uchun foiz stavkasi 
oshganda, insonlar boyliklarini naqd pul shaklida kamroq ushlab turishga harakat 
qiladi.
Real pul zaxiralariga talab funktsiyasini quyidagi ko‛rinishda yozamiz:
M/R = f(R),
bu tenglama ko‛rsatayaptiki, pulga bo‛lgan talab miqdori foiz stavkasi 
funktsiyasi ekan (5.3.1-rasm). Grafikda foiz stavkasi va real pul zaxiralari 
miqdoriga talab teskari bog‛liklikka ega ekanligi ko‛rinadi. Chunki, yuqori foiz 
stavkasi pulga talab miqdorining kamayishini ko‛rsatadi
Klassik va keynschilarga xos yondashuvlarni umumlashtirib, pulga talabning 
quyidagi omillarini ajratib ko‛rsatish mumkin:
1) daromadlar darajasi;
2) pulning aylanish tezligi;
3) foiz stavkasi.
Agar klassik nazariya pulga talabni asosan, real daromad hajmi bilan bog‛lasa, 
keynschilarda esa pulga talab asosan, foiz stavkasiga bog‛liq deb hisoblanadi. 


91 

Download 2,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   207




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish