L. S. Karieva makroiqtisodiyot



Download 2,99 Mb.
Pdf ko'rish
bet54/207
Sana17.07.2022
Hajmi2,99 Mb.
#816825
TuriУчебник
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   207
Bog'liq
макроиктисодиёт лотин

Taklif inflyasiyasini
xarajatlar inflyasiyasi deb ham atashadi, chunki bu ishlab 
chiqarish xarajatlarining oshishi natijasida narxlarning oshishini anglatadi. Ular, 
o‛z navbatida, ish haqining oshishi, xomashyo va energiya narxlarining ko‛tarilishi 
natijasida o‛sadi. 
Xarajatlarning o‛sishi va iqtisodiy muvozanatning buzilishi manbai bo‛lib 
odatda uchta omil hisoblanadi: 
Davlat.
U xarajatlarni qimmatli qog‛ozlarni chiqarish, firmalarning 
xizmatlarini oshirilgan narxlarda to‛lash va kredit-moliya mexanizmi hisobiga 
amalga oshiradi. 
Kasaba uyushmalari
. Ular ish haqini oshirishni talab qiladilar, bu esa 
xarajatlarni ko‛payishi, natijada narxlar o‛sishi, so‛ng ish haqining yanada 
ko‛tarilishiga olib keladi. Natijada "inflyasion spiral" paydo bo‛ladi. 
Yirik firmalar
. Ular monopol yuqori narxlarni belgilash va shu bilan inflyasiya 
jarayonlariga hissa qo‛shish qobiliyatiga ega. Jahon iqtisodiy adabiyotida ushbu 
uchta omil inflyasiyaning asosiy sabablari deb ataladi. 
Inflyasiyaning oqibatlari bir xil emas. 
Keynsning isboti bo‛yicha va amaliyotda mo‛tadil inflyasiya iqtisodiyot uchun 
foydali ekanligini tasdiqlandi, chunki pul massasining o‛sishi ishbilarmonlik 
faolligini rag‛batlantiradi, iqtisodiy o‛sishga yordam beradi va investitsiya 
jarayonini tezlashtiradi. 


84 
Pulni haddan tashqari ko‛p muomalaga chiqarilishi salbiy oqibatlarga olib 
keladi, bu quyidagilarda namoyon bo‛ladi: 
- belgilangan ish haqiga ega bo‛lgan aholining ahvoli yomonlashadi, ular 
uchun iste’mol cheklanadi va jamg‛arma kamayadi; 
- davlatning aholidan pulni yashirin musodara qilishi sodir bo‛ladi; 
- tadbirkorlik faoliyati darajasi pasayib, kapitalning muomalaga yoki chet elga 
kirib borishga intilishi natijasida ishlab chiqarish sohasini tark eta boshlaydi. 
Inflyasiyaga qarshi iqtisodiy siyosatda ikki xil yondashuv mavjud: biri 
inflyasiyaga moslashishni nazarda tutsa, ikkinchisi - inflyasiyani inflyasiyaga 
qarshi chora- tadbirlar yordamida yo‛q qilish. 
Moslashuv
choralariga quyidagilar kiradi: daromadlarni indeksatsiya qilish va 
narxlarni nazorat qilish. Xususiy darajada daromadlarni indeksatsiya qilish kasaba 
uyushmasi va tadbirkor o‛rtasida jamoaviy bitim tuzish orqali amalga oshiriladi. 
Davlat sektoridagi daromadlarni indeksatsiya qilish siyosati davlat xizmatchilari, 
talabalar, 
nafaqaxo‛rlar 
va 
harbiylarning 
mavqeini 
xususiy 
sektorda 
ishlayotganlarga nisbatan yomonlashtirmaslikka qaratilgan. 
Ikkinchi usul 
(tugatish)
- bu iqtisodiy tanazzul va ishsizlikning o‛sishi orqali 
inflyasiyani faol ravishda kamaytirish strategiyasi. Ushbu yo‛lning iqtisodiy va 
ijtimoiy xarajatlari juda katta. Ammo natijalar moslashish siyosatidan ko‛ra 
samaraliroq. 
Ishlab chiqarishdagi turg‛unlik, yuqori ishsizlik va narxlar darajasining bir 
vaqtning o‛zida ko‛tarilishi bilan kechadigan inflyasiya stagflyasiya deb ataladi. 
Yana, pulning funksiyalariga qaytamiz. 
Pul katta likvidlikka, ya’ni tezda almashish qobiliyati ega. 
Agar biron bir tovar sotilgandan keyin boshqasini sotib olish bo‛lmasa, u holda 
oltin muomaladan vaqtincha chiqib ketadi va xazinalar shakllanishi sodir bo‛ladi. 

Download 2,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   207




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish