L. S. Karieva makroiqtisodiyot


 Pul kredit siyosatining mohiyati, pirovard maqsadlari



Download 2,99 Mb.
Pdf ko'rish
bet65/207
Sana17.07.2022
Hajmi2,99 Mb.
#816825
TuriУчебник
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   207
Bog'liq
макроиктисодиёт лотин

 
5.7 Pul kredit siyosatining mohiyati, pirovard maqsadlari 
Davlatning pul-kredit siyosati
 
(monetar siyosat) bu pul muomalasini tartiblash, 
tovar va pul massasi o‛rtasidagi muvozanatni ta’minlash, iqtisodiyotdagi pul 
oqimlarini boshqarib turish siyosati hisoblanadi. Uning maqsadi narxlarni va 
shunga ko‛ra milliy pul birligi xarid qurbini, uning valyuta kursini 
barqarorlashtirish, 
oxir-oqibatda 
pulga 
talab 
bilan 
uning 
taklifini 
muvozanatlashtirishdan iborat bo‛ladi. 
Pul-kredit siyosatining 3 ta asosiy jihati bor: 
1. Qayta moliyalashtirish yoki hisob-kitob siyosati. Bunda davlat nomidan 
markaziy banklar hisob-kitob stavkasini o‛zgartiradi. Stavka oshganda pul 
qimmatlashib, unga talab qisqaradi. U pasaytirilganda pul arzonlashib, unga talab 
oshadi. 
Bu ayni paytda kreditning arzon yoki qimmat bo‛lishini bildiradi. Bu esa 
iqtisodiyotga kredit hisobidan yuboriladigan investitsiyalarni o‛zgartirib, uning 
o‛sishiga ta’sir etadi. 


101 
Masalan, Evropa mamlakatlarida qayta moliyalashtirish stavkasi 2018 yil 
oxirida 1,7 % bulsa, 2019 yil oxirida bu 0,7 %ga tushdi. Bu bilan kredit 
arzonlashtirildi, chunki kommersiya banklari shunga qarab kredit uchun 
undiriladigan foiz stavkalarini belgiladilar. 
2. Ochiq bozorda operatsiyalar o‛tkazish siyosati.
 
Bu davlat obligatsiyalarini 
chiqarib firmalar, banklar va aholiga, chet elga sotish va vaqti kelganda ularni 
kaytadan sotib olishni bildiradi. Bu obligatsiyalarni olish qulay bo‛ladi, chunki 
ularga qat’iy belgilangan foizni davlat to‛laydi, bu bilan ularning daromadliligi 
kafolatlanadi. Davlat obligatsiyalari sotilganda pul bog‛lanib qoladi, natijada uning 
muomaladagi miqdori qisqaradi. Aksincha, ular qaytadan sotib olinganda pul 
ulardan bo‛shab muomalaga qaytadi va u yerdagi pul miqdori ko‛payadi. Demak, 
bu usul bilan ham pul miqdori tartiblanadi. 
3. Majburiy zaxira siyosati. Bu
 
siyosatga binoan markaziy banklar boshqa 
banklar uchun kredit resursining majburiy zaxirasini kiritadi. Bu tartibga ko‛ra 
banklar kreditga beriladigan pulning bir qismini markaziy banklar ixtiyoriga 
beradi. Bu zaxira oshsa, kredit puli qisqaradi, agar u kamaysa, bu pul ko‛payadi. 
Masalan, mamlakatda jami kredit resurslari 50 mlrd dollar. Shundan 10 % zaxiraga 
o‛tkazilsa, kredit uchun 45 mlrd dollar pul qoladi. Bordi-yu bu zaxira 15 foizgacha 
o‛shsa, kreditga 42,5 mlrd dolllar qoladi. Bu bilan kreditga mo‛ljallangan pulning 
taklifi oshadi yoki qisqaradi. Shunga qarab kredit olish goh oshib, goh qisqarib 
turadi. Pul-kredit siyosatining aytilgan yo‛nalishlari shuni ko‛rsatadiki, unda turli 
iqtisodiy vositalar qo‛llaniladi. 
Markaziy bank tijorat banklarining kredit imkoniyatlarini kengaytirishi yoki 
cheklashi va shunga muvofiq pul taklifini oshirishi yoki kamaytirishi mumkin. 
Haqiqiy iqtisodiy sharoitlarni hisobga olgan holda Markaziy bank arzon pul 
siyosatini 

Download 2,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   207




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish