L. S. Karieva makroiqtisodiyot


-rasm. Daromadlar darajasining oshishi natijasida pulga talabning



Download 2,99 Mb.
Pdf ko'rish
bet63/207
Sana17.07.2022
Hajmi2,99 Mb.
#816825
TuriУчебник
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   207
Bog'liq
макроиктисодиёт лотин

5.5.3-rasm. Daromadlar darajasining oshishi natijasida pulga talabning 
oshishi natijasida pulga talabning o‛zgarishi.
Daromadlar darajasining Y
1
dan Y
2
ga qadar o‛sishi (5.5.4-rasm) pulga talabni 
M1d dan M2d gacha oshishiga va foiz stavkasini R
1
dan R
2
ga qadar ko‛tarilishiga 
olib keladi. Pul taklifining kamayishi ham foiz stavkasining ko‛tarilishiga va 
muvozanat nuqtasining o‛zgarishiga olib keladi.
5.5.4- rasm. Pul taklifining kamayishi natijasida pul bozorida muvozanatning
o‛zgarishi. 


98 
Pul bozorida muvozanatni o‛rnatish va saqlab turish mexanizmi qimmatli 
qog‛ozlar bozori rivojlangan bozor iqtisodiyoti sharoitida muvafaqqiyatli amal 
qiladi. Pul bozoridagi muvozanat tovarlar va xizmatlar bozoridagi muvozanat 
singari makroiqtisodiy muvozanatning muhim tarkibiy qismidir.
 
5.6 Bank tizimining tarkibi. Banklarning asosiy opreatsiyalari va bozor 
iqtisodiyotidagi roli. Bank multiplikatori 
Moliya bozoridagi operatsiyalar moliya muassasalari vositasida amalga 
oshiriladi. Bunday mussasalarga turli xil banklar, birjalar, depozitariylar, sug‛urta 
kompaniyalari, investitsiya fondlari, agentliklar va h.k.lar kiradi.
«Bank» tushunchasi qadimiy fransuzcha bang va banca so‛zlaridan kelib 
chiqqan bo‛lib, «sarrof kursisi, do‛koni» degan ma’noni anglatadi. Bunday 
tushuncha tarixchilarning taxminan 2000 yil muqaddam faoliyat ko‛rsatgan 
bankirlar haqidagi ma’lumotlarida ham mavjud.
Pul munosabatlarining rivojlanishi banklarni yuzaga keltirgan. Bank iqtisodiyot 
ishtirokchilarining pul yuzasidan bo‛lgan aloqalariga xizmat qiluvchi institut 
(muassasa)dir. Pul bilan bog‛liq xizmatlarni ko‛rsatuvchi tashkilotlar ko‛p, ammo 
ularning markazida banklar turadi. O‛zbekiston Respublikasining «Banklar va 
bank faoliyati to‛g‛risida»gi qonunida, bank nima, degan savolga quyidagicha 
javob topish mumkin:
Bank -
moliya tashkiloti bo‛lib, bank faoliyati deb hisoblanadigan faoliyat 
turlari majmuini amalga oshiradigan yuridik shaxsdir.
O‛zbekistondagi bank tizimi O‛zbekiston Respublikasi Markaziy banki
aktsiyadorlik-tijorat banklari va xususiy banklardan iboratdir. 2005 yil 1-iyul 
holatiga ko‛ra O‛zbekiston Respublikasi bank tizimi 29 tijorat bankini o‛z ichiga 
oldi.
Banklar pul olamini harakatga keltiruvchi motor - yurak, pul bilan bo‛ladigan 
hisob-kitoblarni amalga oshiradi. Hamma pul to‛lovlari (transfertlar) banklar orqali 
o‛tadi. Banklar quyidagi ishlarni amalga oshiradi:
- pul va qimmatli buyumlarni omonatga olib, saqlab beradi;
- pul bilan bo‛ladigan hisob-kitob opretsiyalarini, xususan, pul to‛lash


99 
ishlarini bajaradi;
- o‛z qo‛lidagi pulni qaytarish, foizlilik va muddatlilik sharti bilan unga 
(muhtojlarga) qarz (ssuda)ga beradi, ya’ni, kredit bilan shug‛ullanadi;
- o‛z puliga aktsiya sotib olib, uni boshqa sohaga joylashtiradi;
- biznes yuzasidan maslahat beradi va hokazo.
Bank ishi pul olamida bo‛ladigan biznesdir. Bank biznesi foyda topish 
maqsadida yuritiladi.
Markaziy bankning monopollik mavqei uning mamlakatdagi pul va pirovard 
natijada iqtisodiy barqarorlik uchun alohida javobgar ekanligi bilan chambarchas 
bog‛liq.
O‛zbekiston Respublikasi Markaziy bankining bosh maqsadi va asosiy 
vazifalari quyidagilar:
“Markaziy banning bosh maqsadi milliy valyutaning barqarorligini 
ta’minlashdan iborat. 

Download 2,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   207




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish