1. Tijorat banklari uchun majburiy rezervlar normasini kim o‘rnatadi? majburiy rezervlar normativi — Markaziy bank tomonidan bankning rezerv shakllantiriladigan majburiyatlariga nisbatan o‘rnatiladigan foiz miqdori; O'z navbatida, majburiy rezervlarning normativ miqdorini hisoblashda Markaziy bank tomonidan tijorat banklarining rezerv shakllantiriladigan majburiyatlariga nisbatan majburiy zaxira me'yorlari belgilangan bo'lib, 2019 yil 1 iyuldan:
milliy valyutadagi depozitlar uchun - 4%;
xorijiy valyutadagi depozitlar uchun - 14%3 etib belgilangan bo'lib, majburiy zaxira rezervlari har ikkala valyuta uchun ham milliy valyutada shakllantiriladi.
2. «Bank» so‘zining ma’nosi nima? Bank (lotincha: ansa — sarrof peshtaxtasi) — kredit-moliya muassasasi; asosan, vaqtincha boʻsh pul mablagʻlarini toʻplash, korxonalarga va umuman pulga muhtojlarga kredit, ssuda berish, naqd pulsiz hisob-kitoblarini amalga oshirish, pul va turli qimmatbaho qogʻozlar chiqarish, oltin va chet el valutalari bilan bogʻliq operatsiyalarni bajarish va boshqa faoliyatlar bilan shugʻullanadi.
3. Aktivlar toifalariga ko‘ra qanday tasniflanadi? Tijorat banklarining aktivlari sifatiga ko‘ra “standart”, “substandart”, “qoniqarsiz”, “shubhali” va “umidsiz” toifalarga tasniflanadi. (O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2015-yil 13-iyundagi 14/5-son qaroriga ILOVA Tijorat banklarida aktivlar sifatini tasniflash va aktivlar bo‘yicha ehtimoliy yo‘qotishlarni qoplash uchun zaxiralar shakllantirish hamda ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi)
5. Banklarni litsenziyalash jarayoni necha bosqichdan iborat? Banklarni litsenziyalash jarayoni ikki bosqichdan iborat:
bank ta’sis etish uchun Markaziy bankning dastlabki ruxsatini berish
bankni ro‘yxatga olish bilan bir vaqtda bank faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya berish
6. Banklarning filiallari ro’yxatga olingandan so’ng qancha vaqtda o‘z faoliyatlarini boshlaydilar? Banklarning filiallari yuridik shaxs hisoblanmaydilar va ular ro`yxatga olingan vaqtdan boshlab o`z faoliyatlarini boshlaydilar.
BANKLARNI RO‘YXATGA OLISH VA ULAR FAOLIYATINI LITSENZIYALASH TARTIBI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASH HAQIDA[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2009-yil 8-oktabrda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 2014]
7. Bankni tugatish turlarini belgilang? BANKLARNI TUGATISH TO‘G‘RISIDA NIZOM (O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 1999-yil 11-fevralda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 626) Bank tugatish turlari 2ga bo’linadi: 1. Ixtiyoriy tugatish, 2. Majburiy tugatish.
8. Bank ustav fondi qanday manbalar hisobidan shakllantiriladi? Bank ustav kapitalining eng kam miqdori yuz milliard soʻmni tashkil etishi lozim.
Bankning ustav kapitali Oʻzbekiston Respublikasi milliy valyutasida shakllantiriladi hamda bank muassislari va aksiyadorlari kiritgan pul mablagʻlaridan yoki davlatning qimmatli qogʻozlaridan tashkil topadi, bundan quyidagi hollar mustasno:
bank aksiyalarini bankning kreditorlari orasida joylashtirish va bankning kreditorlar oldidagi pul majburiyatlari boʻyicha har qanday huquqlarini (talablarini) hisobga olish yoʻli bilan ularning haqini toʻlash;
qimmatli qogʻozlarni bank aksiyalariga ayirboshlash; bankning joylashtirilgan bir turdagi aksiyalarini ushbu bankning boshqa turdagi aksiyalariga almashtirish.
Bankning ustav kapitalini shakllantirish uchun kreditga, garovga olingan mablagʻlardan, shuningdek majburiyat yuklatilgan boshqa mablagʻlardan foydalanishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Bank ustav kapitalining eng kam miqdori bank muassislari tomonidan bankni davlat roʻyxatidan oʻtkazish va litsenziya berish toʻgʻrisidagi ariza taqdim etiladigan paytgacha kiritilishi kerak. Ustav kapitaliga kiritiladigan mablagʻlar bankda ochilgan jamgʻarma hisobvaragʻiga oʻtkaziladi.
9. O‘zbekiston bank tizimi necha pog‘onali? 2-pog’anadan iborat. 1-O’zb Resp Markaziy banki, 2-Tijorat banki hisoblanadi.
10. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Raisining vakolat muddati necha yil? 5-yil
11. O‘zbekiston tijorat banklari qaysi faoliyat turi bilan shug‘ullanishga haqli emas? Banklar: kapitalni taqsimlash natijasida o‘z kapitali talab qilinadigan eng kam miqdordan ham kamayib ketadigan bo‘lsa, kapitalni taqsimlashga; aksiyalar shaklidagi o‘z qimmatli qog‘ozlari bilan kafolatlangan kredit berishga; oldindan Markaziy bankning roziligini olmay turib, o‘z aksiyalarini sotib olishga haqli emaslar.
12. Bankning oliy boshqaruv organi qaysi? Markaziy bank Raisi, uning oʻrinbosarlari va asosiy boʻlinmalar rahbarlaridan iborat Boshqaruv rahbarlik qiladi.
13. 2021-yil 1 yanvar holatiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalash stavkasi necha foiz? 14%
14. Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki qachon tuzildi? O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki mamlakatimiz birinchi Prezidenti I.Karimovning 1991 yil sentabrdagi Farmoni bilan tashkil etilgan.
15. 2017 yilning 1 oktyabridan mikrokredit tashkilotlari uchun ustav kapitalining eng kam miqdoriga qo‘yiladigan talab qancha? mikrokredit tashkilotlari – 2 mlrd.soʻm
Do'stlaringiz bilan baham: |