Barqaror rivojlanish vazifasi Reja; Barqaror rivojlanish vazifasi Barqaror rivojlanish



Download 39,2 Kb.
Sana24.06.2022
Hajmi39,2 Kb.
#699211
Bog'liq
Barqaror rivojlanish vazifasi Reja; Barqaror rivojlanish vazifas


Barqaror rivojlanish vazifasi
Reja;
1.Barqaror rivojlanish vazifasi
2.Barqaror rivojlanish ta’limining ustuvor yo’nalishlarni qayta baholash.
3. ustivor jixatlarni qayta ko’rib chiqish yaxshiroq natijalarga olib keladi

Barqaror rivojlanish — hozirgi avlodlar hayotiy ehtiyojlarini kelgusi avlodlar ehtiyojlarini qondirishga zarar yetkazmasdan amalga oshiriladigan rivojlanish tushuniladi. Barqaror rivojlansh mazmun boʻyicha ekologik rivojlanish tushunchasiga juda yaqindir.
1968-yili 10 ta davlatdan 30 kishidan iborat fan, madaniyat, maorif, biznes vakillari "Rim klubi" deb nomlangan nodavlat tashkilotini tuzishdi. Klub aʼzolari insoniyatning hozirgi va kelajakdagi murakkab ahvolini muhokama qilish va inqirozdan chiqish yoʻllarini oʻrganishni asosiy maqsad deb belgiladilar. 1972-yil 13-martda "Rim klubi" uchun tayyorlangan "Oʻsish chegaralari" maʼruzasi eʼlon qilindi. Maʼruzada sayyoramiz kelgusi ekologik holatini bashorat qilish boʻyicha global model tahlil qilingan. Modelda sayyorada oʻsishni va uning chegarasini belgilaydigan 5 asosiy omil:

  1. aholi soni;

  2. qishloq hoʻjalik ishlab chiqarishi;

  3. tabiiy resurslar;

  4. sanoat ishlab chiqarishi;

  5. atrof muhitning ifloslanishi

asos qilib olingan.
1972-yil 5-iyunda Stokgolmda Birlashgan millatlar tashkiloti (BMT)ning atrof muhit boʻyicha birinchi umumjahon konferensiyasi oʻtkazildi. Unda 113 davlat vakillari qatnashdilar. Ekologik rivojlanishning asosiy talablari konferensiyada qabul qilingan 26 tamoyildan iborat "Stokgolm deklaratsiyasi"da keltirilgan. Bu prinsiplardan birida har bir inson qulay atrof muhitda yashash huquqiga ega va taraqqiyotga erishadigan darajada boʻlishi kerak" deb taʼkidlandi. Qabul qilingan "tadbirlar rejasi" 109 banddan iborat. Stokgolm konferensiyasidan keyin jahon hamjamiyati ekologik yoʻnaltirilgan taraqqiyotga erishish boʻyicha dastlabki qadamlarni tashladi. 1975-yili aholi soni 4 milliard, 1987-yili 5 milliarddan oshdi. Dunyoning turli chekkalaridagi ekologik inqiroz vaziyatlari chuqurlashdi. Orol dengizining qurishi, Shimoliy afrika mamlakatlaridagi qurgʻoqchilik, okeanlarning neft mahsulotlari bilan ifloslanishi, ozon tuynuklari muammolari chegara bilmasligi, mintaqaviy va global oqibatlari bilan namoyon boʻldi.
1992-yilning 3-4-iyun kunlarida Braziliyaning Rio-de janeyro shahrida BMTning atrof muhit va rivojlanish boʻyicha konferensiyasi boʻlib oldi. Unda 179 davlatlarning rahbarlari, hukumat vakillari, ekspertlar, nodavlat tashkilotlari, ilmiy va ishbilarmon doiralari vakillari qatnashdilar. Hozirgi vaqtda rivojlanayotgan mamlakatlar aholisi GFR yoki AQSh aholisi hayot darajasiga yetishishi uchun yana bir yer sayyorasi resurslarini oʻzlashtirish lozim boʻladi. Yer esa koinotda yagonadir. Tabiat va jamiyatning mutanosib rivojlanishi - koevolyutsiya deb yuritiladi. Jamiyatning rivojlanish surʼatlari juda yuqori, tabiat evolyutsiyasi tezligi oʻzgarmaydi. Koevolyutsiyaga erishish uchun jamiyat oʻzining ayrim ehtiyojlaridan voz kecha olishi lozimdir. 21-asrga kelib atrof-muhitga taʼsir surʼati yuqoriligicha qolmoqda. Barqaror rivojlanish yoʻlidagi saʻyi-harakatlar ijobiy natijalarini bermoqda.
21-asr boshlariga kelib rivojlangan davlatlarda ekologik inqirozning oldini olish tadbirlariga yalpi ichki mahsulot (YaIM)ning 1,5-2,5% ulushi sarflanishi lozim. Atrof-muhit ancha ayanchli holga tushib qolgan mamlakatlarda esa bu koʻrsatgich 4-5%dan kam boʻlmasligi kerakligi taʼkidlanadi. Ekologik taʼlim tarbiyani rivojlantirish, jamoatchilik rolini oshirish, ekologik texnologiyalarni joriy qilish barqaror rivojlanishni taʼminlashda muhim ahamiyatga egadir.
Hozirgi vaqtda tabiat va inson hayotining ekologik xavf ostida qolish jarayoni yanada murakkablashib, mushkullashib bormoqda. Atrof-muhit bilan jamiyat oʻrtasidagi aloqalar muvozanatining buzilishi tabiiy holatga putur yetkazmoqda. Yer yuzi tabiatning barqarorligi, turgʻunligi va uning oʻziga xos qonunlarini insoniyat tomonidan buzilishining asosiy sabablaridan biri kishilarning atrof-muhit muhofazasi haqidagi bilimlarining yetishmasligi hamda tabiatning kelajakdagi ekologik holatini koʻra bilmasliklaridir. Oʻzbekistonda tabiatni muhofaza qilish toʻgʻrisidagi qonunda barcha taʼlim muassalarida ekologik taʼlim majburiy deb belgilangan. Oʻrta maktab, litsey va kollejlarda ekologiya boʻyicha alohida fan oʻtitilishi zarurdir. Bu barqaror rivojlanish uchun taʼlimning asosini tashkil qilishi lozimdir. BMT barqaror rivojlanish uchun taʼlimni 2005-2014 yillar davomida har bir mamlakatda amalga oshirishni rejalashtirgan. 21-asr ekologiya asri boʻlishi shubhasizdir. Har bir inson ona sayyoramiz tabiatiga ziyon yetkazmasdan oʻzgartirishi, tabiiy boyliklardan oqilona foydalanish kerak.
. Barqoror rivojlanish ta’limi

Barqaror rivojlanish ta’limining ustuvor yo’nalishlarni qayta baholash.



So’nggi bir necha 10-yillikdagi tendentsillar “Muvozanati “ rivojlanish g’oyasi “barqaror rivojlanish” (sustainable development ) kontseptsmyasi deb atala boshlandi. “sustainable” so’zi ingliz tilidan boshqa tillarga turlicha tarjima qilinganligi sababli , bu konsensiya turlicha tushiniladi.
Rus tilidagi adabiyotlarda ham “barqaror rivojlanish “ tushinchasi turlicha talqin qilinadi. N.N.Moisev ta’kidlashicha, biz barqaror rivojlanish deb tarjima qilinadi. “sustainable development” terminini “qog’voyutsiya” yoki “nosfera davri “ deb tavsifkash mumkin bo’lgan tabiat va jamiyatning holatiga erishish strategiyasi sifatida talqin ma’qul.
Professor D.A.Yagodin bu termini ”o’zini o’zi ta’minlovchi rivojlanish”deb talqin qiladi. Uning fikricha aynan shu ibora va g’oya mazmunini to’liq ko’rsatib beradi. O’zbek tilidagi rasmiy adabiyotlarda “barqaror rivojlanish “ termini qo’llaniladi. Biroq faylasuf olimlar intilish kerak bo’lgan yakuniy maqsadni bildiruvchi “ barqaror taraqqiyot terminini ko’proq qo’llaydilar.Ular ushbu termin uning asosida yotuvchi g’oyani aniqroq ochib beradi , deb xisoblaydilar. Bazi tadqiqotchilar barqaror rivojlaniishning 300ga yaqin ta’rifinihisoblab chiqishgan . Ta’lim sohasida ham bu tushunchaning aniq bir ta’rifi yo’qligi ajablanarli emas.
Bu hol ko’pgina pedagoglarni havotirga soladi va ularga turlicha nomlanish yoqmaydi chunki biror bir hodisani tushuntirish uchun uning chegaralarini aniq ko’rish va boshqa o’xshash hodisalardan farqini aniqlash zarur . Ko’pgina pedogoglar darslarda “barqaror rivojlanish” tushunchasini batafsil tahlil qilish va uni qismlarga ajratib o’rganish muammoni hal etishda


    1. O'qituvchining turli dunyoqarashlarga munosabati.

Dunyoqarash

O’zgarishlar nazaryasi

O’qitish dasturi va jarayonning o’rni.

Fragmentalizi

Konservativ

Transmissiya (bilimlarni berish)

Insoniyat tabiatdan ajralib

Urf – odatlarni qadirlash,

Ta’lim – qobilyat va




turadi, shu sabab, undan

yangi taklif kiritayotgan

qadriyatlarni




keragicha foydalanishi

o’zgarishlarni esa

yetkazishning bir




mumukin; tabiiy bir necha

yaxshilab o’rganmoq

tamonlama jarayoni; u




tarkibiy qisimlardan

lozim: agar tizim

maktabdagi an’anaviy




tuzilgan; kishilar iqtisodiy

elementlari samarali

fanlarni an’anaviy tarizda




munosabatlarda o’zaro

ishlamayotgan bo’lsa,

o’tilishiga asoslangan;




raqobat qilishlari lozim.

ularni o’zgartirish

o’rganuvchilar qolipga







mumkin; jamiatdagi

solingan, dasturlangan







o’zgarishlar faol kishilarni

ma’lumot va







xatti harakati natijasida

tajribalarning passiv qabul







sodir bo’ladi.

qiluvchilari sifatida










qaraladi.






Pragmatizm
(ilmiy)

Majburlarni joriy qilish

Transaktsiya

Insoinyat atrof muhitni

O’zgarishlar ilm-fan va

Ta’lim – o’rganuvchi

oqilona rejalashtirishi

oqilona tamillar asosida

bilan ta;lim dasturi

orqali o’zgartirishi va

kiritilishi va boshqarilishi

o’rtasidagi diolog;

yaxshilashi mumukin;

lozim; ijtimoiy sohadagi

o’qitish jarayoni

Sayyoramizdagi

o’zgarishlar ayrim

muammolarini yechish

muammolarni fan va

shaxslarning boshqalar

uchun kerak bo’ladigan

texnalogialar hal qilishi

manfatini o’ylab atayin

qobilyatlarni

mumukin; har bir

aralashuvini talab qiladi.

rivojlantirishga

shaxsning xatti –




asoslanadi; o’rganuvchi

harakatini oldindan bilish




kerakli bilim va

va uni qonunlar




vositalarga ega bo’di.

vositasida tartibga solish







mumkin.










Xalizm (yaxlit tizim)

Organizm

Transfarmatsiya

Sayyoramizdagi har bir

O’zgaruvchanlik

Ta’lim – shaxsiy va

narsa o’zaro bog’liq va

tizimning muqarrar va

ijtimoiy taraqqiyot

o’zaro aloqador; hamma

tabiiy xususiyatlardir; har

jarayoni; ta’lim

narsaning manosi o’zaro

qanday o’zgarish butin

jarayoniga

bog’liqligini tushinishdan

tizimga ko’rsatadi;

o’rganuvchining axloqiy

kelib chiqadi; individual

ijtimoiy o’zgarishlar

ma’naviy hamda bilishga

boshqalardan alohida

odamlar o’zlari yaratgan

bo’gan ehtiyojlariga

harakat qila olmaydi- har

to’siqlarni yengib o’tishhi

ehtiyoj darajasiga etibor

bir individuulning
kimning harakati tizimga ta’sir ko’rsatadi.

natijasidagina sodir bo’ladi.

qaratiladi; o’rganuvchi
shaxs sifatida qabul qilinadi.

qo’l keladi, deb xisoblashadi. Natijada, o’quvchilar shundoq ham murakkab mazmunli g’oyani yanada murakkabroq qisimlarga ajratib o’ganishlariga to’g’ri kaladi. Bunday yondashuvni qisimlarga ajratish (fragment) deb atash mumkin, biz bu haqida ikkinchi bobda so’z yuritgan edik. Barqaror rivojlanishni muxokama qilayotganda uning tuzilishini o’rganishdan ko’ra jarayoni hamda bu jarayon sodir bo’ladigan vaziyatni o’rganish ancha samarali bo’lishi mumkin.


Jarayonni o’rganish uning dinamikasini va boshqa jarayonlar bilan bog’liqligini ko’rib chiqishni nazarda tutadi. Shuning uchun ham barqaror rivojlanish tarix yoki ekologiya fanlarini qandaydir aniq bir qismi yoki aloxida fakultativ kursi .k



    1. ustivor jixatlarni qayta ko’rib chiqish yaxshiroq natijalarga olib keladi .

Pedagoglar o’z faolyatini va uning o’quvchilarga haqiqiy tasirini qayta ko’rib chiqishga tayyor bo’lganlarida edi, barqaror rivojlanish talimi ananaviy ekologik talimni ijtimoiy va iqtisodiy mazmuni bilan boyitib uning barcha ijobiy tomonlaridan foydalana olgan b’ladi. Shu xolda o’quvchilar istemolchining xulq - atvori, xalqoro savdo biznes, ijtimoiy adolat, hukumatlar faoliyati va eng asosiysi kelajak variantlarni muxokama qilish va tushunish imkoniyatiga ega o’ladi. Insonlar barqaror dunyoda yashash uchun barqaror kelajak qanday bo’lishini unga olib boruvchi xayot usullarini tasavvur qila olishlari kerak.


Barqaror rivojlanish- doimiy anglash va o’qish bo’lgaligi sababli pedogoglar barqaror borasida eng yaxshi va ishonchli nuqtai nazarlarni batafsil ko’rib chiqishlari lozim. Ayni paytda dunyoda sodir keying o’zgarishlarga javob tarzida ularni qayta ko’rib chiqish va zarur bo’lsa ulardan voz kechishga ham tayyor turish lozim.
Aks holda, ekolgik ta’lim zamonaviy sanoat iqtisodiyotiga xos ta’lim turlaridan biri, yani bekorga sarflangan kata miqdordagi resurslar va chiqindilar, inson ondiga ta’sir (P R) va nisbatan kichik natijalar (foydali maxsulot ) bo’lib qoladi.
Pedogoklar amaliy misollarni yoqtirishmaydi. Ta’lim ham, xuddi shunga o’xshash kabi, ko’nikmani egallashga jalb etish orqali amalga oshiriladi. Bu yerda barqaror rivojlanish uchun dolzarb bo’lgan mavzulardan birining muxokamasi misolida Barqaror rivojlanish ta’limiga nisbatan etiborning kuchayishi misoli keltirilgan.
Misol uchun hammaga tanish mavzulardan birini masalan, “avtotrasportning ifloslantirishi” ni olaylik. Bunday mavzudagi daraslar, odamda hovoning ifloslanishi muammosini o’rgangandan keyin o’tiladi, va muammo ye chishni topishga qaratilgan bo’ladi. Ishtirokchilar nima qilish mumkin ekanligini muxokama etishadi. Ushbu qo’llanmada, avval muxokama qilinganidek, nima qilinishi mumkiligi haqidagi savol “ Biz ” jamyiat sifatida nima qila
olishimizga emas, balki “ Biz ” shaxsan o’zimiz nima qila olishimizga bog’liqdir.
Masalan, “ biz maktabga mashinada emas, avtobusda, pioda yoki velosepedda borishimiz mumkin . Lekin tajriba va sog’lom fikirdan kelib chiqsak, turmush darajasi ortishi bilan insonlar ko’proq mashina sotib olishadi va ulardan ko’proq foydalanishadi.
Shunday qilib, biz darsda quyidagi xulosaga kelishda majbur bo’laniz : “ bu senga bog’liq ” , degan xolda o’quvchilarga o’z manfaatlarini qurbon qilishlari ehtimoli yuqori bo’lgan shaxsiy tanlov taklif etiladi. Balki, biz hovoni ifloslantiruvchilarni yo’lga chaqirmaslikda ko’maklashadigan davlat qonunlari yohud jamoat transporti miqdorini ko’paytirishning ahamiyatini noaniq ravishda yoki ma’lum andoza asosida takidlab o’tishga erishamiz. Ijtimoiy va iqtisodiy vaziyat hamda iste’molchi tanlovini boshqaruvchi mexanizimlar haqidagi jiddiy bahs – mulohazalar hatto kata yoshli o’quvchilar uchun ham kamdan-kam hollarda tashkil etiladi.
Munozaralarda kamdan-kam hollarda transport muammosining ekologik toza, toza arzon va barcha uchun adolatli bo’gan yechimi, ya’ni kelajakning ekologik va ijobiy manzarasi topiladi. Bunday munozaralar, odatda, salbiy vaziyatni tasvirlaydi, yanada ko’p harakat qilishni yoki hech kim, hatto, pedogokning o’zi ham hohlamaydigan orqaga qaytishni taklif etadi.
Download 39,2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish