Tilga etibor elga etibor



Download 65,81 Kb.
Sana01.07.2022
Hajmi65,81 Kb.
#725696
Bog'liq
Dilnovo


TILGA ETIBOR – ELGA ETIBOR

Bundan yigirma yil avval qabul qilingan «Davlat tili haqida»gi O‘zbekiston Respublikasining qonuni o‘zbek tilining mamlakatimizda asosiy til sifatida qo‘llanilishi va o‘rganilishida muhim omil bo‘lmoqda.
O‘tgan davr mobaynida o‘zbek tilini davlat tili sifatida o‘rganish, mavqeini oshirish borasida salmoqli ishlar amalga oshirildi. Ta’lim muassasalarida o‘qish-o‘qitish ishlari, idora va tashkilotlarda hujjatlar yuritish va boshqa jarayonlar davlat tilida olib borilishi belgilab qo‘yildi.
Yurtimizdagi ma’muriy-hududiy birliklar, toponimik obyektlar nomlarining xalqimiz ma’naviyatiga mos hamda davlat tilida bo‘lishini ta’minlash yuzasidan qonunchilik asoslari yaratildi.
– Qonunga binoan, geografik nomlar, shaharlar, qishloqlar, ko‘chalar, maydonlar, tarixiy hamda madaniy yodgorliklar, turar-joy massivlari, savdo rastalari va boshqa ijtimoiy-madaniy ahamiyatga molik obyektlarning nomlari davlat tilida bo‘lishi lozim, – deydi Respublika Ma’naviyat targ‘ibot markazi Samarqand viloyati bo‘limi rahbari, toponimik obyektlarga nom berish masalalari bo‘yicha viloyat komissiyasi a’zosi Yo‘ldosh Suyunov. – Til haqidagi qonun hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 11 avgustda qabul qilingan «O‘zbekiston Respublikasidagi ma’muriy-hududiy birliklar, aholi punktlari, tashkilotlarga va boshqa toponimik obyektlarga nom berish ishlarini tartibga solish to‘g‘risida»gi qarori asosida viloyatimizda bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.
Tarixchi va tilshunos olimlar bilan hamkorlikda hududning geografik joylashuvi, tarixi o‘rganilgan holda nomlanishi tahlil etilmoqda. Muayyan mahalla, qishloq yoki u yerda istiqomat qiluvchi aholiga xos bo‘lmagan, til me’yorlariga to‘g‘ri kelmaydigan, takroriy qo‘llanilgan joy nomlarini o‘zgartirish bo‘yicha respublika komissiyasiga takliflar berilmoqda. Shu asosda har yili ko‘plab toponimik obyektlar nomi o‘zgarmoqda.
Joriy yilda Samarqand shahridagi Xalqlar do‘stligi mahallasiga Baraka, A.Nabiyev mahallasiga Ziyolilar nomi berildi. Bulung‘ur tumanidagi «Janjal» qishlog‘i «Tinchlik», «Qizil qo‘shin» qishlog‘i «Guliston», «Dorotdel» qishlog‘i «Yoshlik» deb o‘zgartirildi.
Shaxslar nomi bilan atalgan va milliy ma’naviyatimizga to‘g‘ri kelmaydigan ko‘cha nomlari ko‘rib chiqilib, qayta nomlanmoqda. Masalan, Payariq tumanidagi R.Sibiryakov ko‘chasiga «Yangi hayot», U.Xo‘jaqulov ko‘chasiga «Chorbog‘», Bulung‘ur tumanidagi Muravitskiy ko‘chasiga «Azlarbuloq» nomi berildi.
Joy nomlari o‘zgartirilayotganda aholining fikri, hudud tarixi bilan bog‘liq jihatlar ham o‘rganilmoqda. Ammo ba’zida obyekt nomi o‘zgarsa-da, u bilan bog‘liq toponimik ko‘rsatkichlarni almashtirish, fuqarolar, korxona va tashkilotlar hujjatlariga tegishli o‘zgartirish kiritish ishlari sust kechmoqda. Ayni vaqtda yangi tashkil etilayotgan savdo va xizmat ko‘rsatish shoxobchalari, korxonalarga nom berishda ham qonun me’yorlarini buzish hollari kuzatilmoqda.
Samarqand shahrining obod, fayzli ko‘chalarini kezar ekansiz, ba’zan muhtasham binolar peshtoqida «Skarlet», «X zona», «Djin», «Esmeralda», «Astoria», «Imperial», «Bozyaka», «Elen kafe-bar» kabi ajnabiy so‘z va jumlalarga ko‘zingiz tushib, dilingiz xira tortadi. Afsuski, bunday holatlarni boshqa shahar va tumanlarda ham uchratish mumkin.
Yuqorida ta’kidlaganimizdek, «Davlat tili haqida»gi qonun qabul qilinganidan buyon uning ijrosi yuzasidan salmoqli ishlar amalga oshirilganini e’tirof etish lozim. Xalq, millat bor ekan uning tili ham sayqallanib, takomillashib boraveradi. Binobarin, tilning obro‘-e’tibori, shon-shuhrati shu tilda so‘zlovchilarning madaniyati, ma’naviy salohiyatiga bog‘liq ekanini unutmasligimiz darkor.
Download 65,81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish