L. O. Daminov O’zbekiston respublikasi oliy va



Download 0,64 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/8
Sana06.03.2022
Hajmi0,64 Mb.
#484104
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Quyma olish



Muallif: 
L.O.Daminov 
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA 
O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI 
QARSHI MUHANDISLIK IQTISODIYOT 
INSTITUTI 
MATERIALSHUNOSLIK fanidan 4-ma’ruza 
matni (2-semestr uchun) 


Muallif: 
L.O.Daminov 
Mavzu: Quymakorlik asoslari 
Reja: 
1.
Quyma olish usullari 
2.
Model komplekti. 
3.
Quyish sistemasi. 
4.
Qo’lda qolip tayyorlash. Qolip aralashmasi. 
5.
Mashinada qolip tayyorlash. Shibbalash usullari. 
Quymakorlik detal va buyumlar xomaki (zagotovkalari) ko‘rinishida turli–
tuman quymalar olish jarayonlaridan iboratdir. Quymakorlik jarayonida qolip (qum–
tuproqdan yoki metalldan yasalgan) suyultirilgan metall bilan to‘ldiriladi, u qotgach, 
quyma detal, ya’ni quyma hosil bo‘ladi. Zarur bo‘lsa, quymalarga keyingi ishlov 
berish jarayonida aniq o‘lcham va shakl beriladi. Ko‘pgina hollarda kerakli detallar 
faqat quyish usuli bilangina olinadi. Bu, ayniqsa katta o‘lcham va vaznga ega bo‘lgan, 
shuningdek, murakkab shaklli detallarni tayyorlashda yoki qotishmaning plastikligi 
kichik (masalan, cho‘yan) bo‘lib, bosim ostida ishlov berish (bolg‘alash, shtamplash) 
mumkin bo‘lmagan hollarda juda muhimdir. Mashinasozlikda barcha detallarning 
taxminan 50 % quymakorlik usuli bilan olinadi. 
Quymakorlik sanoati texnologiyasi. Ma’lumki, quymakorlik sanoati sexlarida u 
yoki bu quyma buyum (detal) ni hosil qilish uchun ma’lum bir tizimdagi ishlab 
chiqarish texnologiyasini amalga oshirish talab qilinadi. SHuning uchun quymalar 
ishlab chikarish texnologiyasini vtulka quymasini hosil qilish misolida ko‘rib 
chiqamiz. 
Vtulka quymasi hosil qilinishi uchun dastavval shu quymaning nusxasi va 
quymada teshik hosil qilish uchun zarur bo‘lgan sterjenning qolipi (sterjen qutisi) 
yasaladi, so‘ngra nusxa yordamida qolip, sterjen qutisida esa sterjen tayyorlanadi. 
Qolipga quyish kanallari ochiladi, sterjen o‘rnatiladi va qolip suyuq metall bilan 
to‘ldiriladi. Metall qotgach, qolipni buzib, undan quyma olinadi, quymaning ortiqcha 
joylari kesib tashlanadi va tozalanadi, natijada quyma tayyor holga keladi, 
SHunday qilib, quymakorlik sexlarida turli quyma buyumlar (detallar) ishlab 
chiqarish texnologiyasi quyidagi jarayonlarni o‘z ichiga oladi: a) metall qolip yuzasiga 
o‘tga chidamli qatlam qoplash va uning ustidan yupqa qilib maxsus bo‘yoqlar berish; 
b) qolipni yig‘ish; d) qolipga metallni quyish; e) quymani qolipdan ajratish; f) qolip 
yuzalarini siqilgan havo bilan yoki boshqa usulda tozalash. 

Download 0,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish