L. O. Daminov O’zbekiston respublikasi oliy va


Quyma olishning mahsus usullari



Download 0,64 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/8
Sana06.03.2022
Hajmi0,64 Mb.
#484104
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Quyma olish

Quyma olishning mahsus usullari 
Sanoat miqyosida quymalar olishning mahsus usullariga: suyuqlantirilgan metall 
yo qotishmalarni qoliplar (kokillar)ga quyish, markazdan qochirma quyish, bosim 
ostida quyish, suyuqlanuvchan nusxalardan foydalanib quyish va qobiq qoliplarga 
quyish kabilar kiradi. Bugungi ishlab chiqarish texnologiyalari yuqori rivojlangan 
zamonda quymalar ishlab chiqarishda resurstejamkor yuqori darajali texnologik 
jarayonlarni qo‘llab maxsulot narxini kamaytirib, uning sifatini oshirish zarur. Mana 
shunday yuqori ko‘rsatgichlarga erishishda quymakorlikning maxsus usullarini 
qo‘llab, zarur xossalarga ega bo‘lgan quymalar olish mumkin. Bu quymalar, bir 
martalik qum-gil tuproqli qoliplarda olingan quymalarga nisbatan sezilarli darajada o‘z 


Muallif: 
L.O.Daminov 
xossalari va sifati bilan farq qiladi.
Quymakorlikni maxsus usullari quydagi afzalliklarga ega: 
1.
Iqtisodiy afzalligi; 
2.
Ishlab chiqarish talablariga javob bera olishi; 
3.
Energiya sarfini kamayishi; 
4.
Ish sharoitlarini yaxshilanishi; 
5.
Kam mexnat talab qilinishi; 
6.
Jarayonni mexanizatsiyalash imkoniyati; 
7.
Atrof muxitga zararli ta’sirini kamayishi. 
Quymakorlikni maxsus usullari deb – maxsus xossali quyma olish imkonini 
beruvchi usullarga aytiladi. Quymakorlikning maxsus usullari ishlatilayotgan qolipga 
ko‘ra: bir marotabali; ko‘p marotabali; doimiy va kombinatsiyalangan turlarga 
bo‘linadi. Suyuq metallni qolipga quyish turiga ko‘ra: gravitatsion; vibratsion; vakkum 
ostida; bosim ostida quyish turlariga bo‘linadi. 
Quymakorlikning maxsus usullariga quyidagilar kiradi: Metall qoliplarga 
(kokilga) quyish; Bosim ostida quyish; Markazdan qochma kuch ta’sirida quyish; 
Modeli eruvchi quymakorlik usuli; Modeli gazga aylanuvchi quymakorlik usuli; 
Vakkumda quyish; Elektroshlak usulida quyish; Uzluksiz quyish. 
Bir martalik qum-gil tuproqli qoliplarda olingan quymalarni tayyor xolatga 
keltirish uchun 15-25 % og‘irligi mexanik ishlov orqali qirindiga aylanadi. Maxsus 
uslda quyilgan quymalarda esa bu ko‘rsatgich 5-10% tashkil etadi. 
Mashinasozlik detallarini tayyorlashda, ish xajmini 60-70% tashkil etadi va bu 
o‘z navbatida tayyorlangan detalni narxini oshiradi. Odatda bu muammo 
mashinasozlik detallarini eng qulay, nisbatan arzon quymachilik usullarini qo‘llash 
orqali bartaraf etiladi. 
Maxsus usullarning qaysi biridan foydalanishni texnologik ko‘rsatgichlar 
belgilab beradi. Ularning barchasi umumiy asosga birlashadi, ya’ni maxsus usullarda 
quymalar olish material, energiya va mexnat sarfini kamaytiruvchi texnologik 
jarayonlardir. 
Quymakorlikning maxsus usullarida quyma olishning boshqa usullardan 
afzalligi, qolip yasash materiallarining kam chiqimligi, atrof muxitga kam ta’sirligi, 
yuqori sifatli quymalar chiqishi va mexnat sarfini kamligida. Maxsus usulda quymalar 
olishda quymalarning miqdorini ortishi bilan tannarxi pasayib boradi. 
Kоkillаrgа quyish
yo’li bilаn оlinаdigаn cho’yan vа po’lаt quymаlаrdа ichki 
bo’shliqlаr (tеshiklаr yoki chuqurchаlаr) hоsil qilish zаrur bo’lsа, оdаtdаgi qоliplаrdа 
ishlаtilаdigаn stеrjеnlаrdаn, аlyuminiy qоtishmаlаri vа mаgniy qоtishmаlаri uchun esа 
аjrаluvchi mеtаll stеrjеnlаrdаn fоydаlаnilаdi. Suyuq mеtаll kоkillаr ustidаn, yonidаn 
yoki оstidаn quyilishi mumkin. Kоkillаrning ichki yuzаlаri o’tgа chidаmli mаtеriаl vа 
buyoqlаr bilаn qоplаnаdi. Kоkillаrgа suyuq mеtаll yaхshi to’lishi uchun ulаr оldindаn 
qizdirib оlinаdi. 
Kоkillаrgа quyish usuli mеhnаt unumini оshirishgа, quymа sirtining sifаtini 
hаmdа uning mехаnik хоssаlаrini yaхshilаshgа, kеsib ishlаsh uchun qоldirilаdigаn 
оrtiqchа qаlinligini kаmаytirishgа imkоn bеrаdi. 


Muallif: 
L.O.Daminov 

Download 0,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish