Uzoq muddatli istiqbol qarorlari (5 yilgacha) ko`pincha prognoz xususiyatiga ega bo`lib, hozirgi sharoit va ehtiyojlardan kelib chiqib kelajakni rejalashtirishga intilishda namoyon bo`ladi. Agar kelgusida shart-sharoitlar yoki ehtiyojlar o`zgarib ketsa, bu qarorlar amalga oshmay qolib ketishi ham mumkin.
O`rta muddatli oraliq qarorlar (1 yilgacha) bajarilishi qat’iy belgilab qo`yilgan reja va dasturlarda o`z ifodasini topadi. Bu reja va dasturlarni amalga
oshirish uchun aniq amaliy tadbirlar ishlab chiqiladi. Reja va dasturlarga tuzatishlar kiritilishi ham mumkin albatta, ammo tuzatishlar kamdan-kam holatda, zaruriyat tug`ilgandagina qo`llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |