Tavsiyaviy qarorlar kengashuvchi organlar – turli darajadagi komitetlar, kengashlar, yig`inlar va komissiyalar tomonidan tavsiya sifatida qabul qilinadi. Bu qarorlarni bajarilishi maqsadga muvofiq, ammo majburiy emas. Chunki qarorlarni ijro etuvchilar qaror qabul qiluvchilarga bevosita bo`ysunmaydi.
Yo`naltiruvchi qarorlar direktiv qarorlar singari yuqori organlar tomonidan quyi instansiyadagi ijro etuvchilar uchun qabul qilinadi. Bunga yo`riqnomalarni misol qilib keltirish mumkin.
Funksional tayinlanishi jihatidan tashkiliy, tartibga soluvchi, muvofiqlashtiruvchi, faollashtiruvchi va nazorat etuvchi qarorlarni ajratib ko`rsatish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |