SURUNKALI GEPATIT
Ta’rifi. SURUNKALI GEPATIT - Bu turli sabablar tufayli kelib chiqadigan turli darajadagi
jigar-hujayra nekrozi va yallig’lanish bilan xarakterlanuvchi va kamida 6 oy davomida
yaxshilanmasdan kechuvchi jigar xastaligidir.
ETIOLOGIYASI
Viruslar A, B, C, D, YE
Alkogol
Toksik moddalar
Ovqat hazm qilish organlari kasalliklari
Turli dorilar- tuberkulozga qarshi preparatlar, antibiotiklarni uzoq qo’llash.
PATOGENEZI.
Virus tabiatli gepatitda virus jigar xujayralarida uzoq vaqt saqlanadi, biriktiruvchi
to’qimaning yallig’lanish reaksiyasini rivojlantiradi.
Parazit infeksiyalar birlamchi o’t yo’llarini shikastlaydi (angioxolit), keyinchalik patologik
jarayonga jigar parenximasi va mezenximalari ham qo’shiladilar.
Gepatotrop toksik moddalar gepatotsitlarni nekrobiozgacha bevosita shikastlaydilar, so’ngra
jigar mezenximasida ikkilamchi yallig’lanish reaksiyasi rivojlanadi.
Toksik-allergik omillar ta'sirida ma'lum moddalarga jigar sezuvchanligining oshishi
axamiyatga ega.
JIGARNING KESIMI (NORMADA)
GEPATITDAGI JIGAR NEKROZI O’CHOQLARI
SURUNKALI GEPATIT TASNIFI (S. D. PODIMOVA, 1983y) KASALLIKLARNI
XALQARO TASNIFI 10-QAYTA KO’RISHDAGI O’ZGARISHLARI BILAN
Sababiga ko’ra:
1 Virus ta'sirida (A,B,C).
2 Toksik (zaxarlanish ta'sirida).
3 Toksik-allergik (dorilar ta'sirida).
4 Alkogol ta'sirida.
5 Nospetsifik reaktivli gepatit.
6 Jigardan tashqaridagi xolestaz bilan bog’liq ikkilamchi biliar gepatit.
Klinik ko’rinishiga ko’ra:
1 Surunkali faol gepatit.
2 Lyupoidli (autoimmun) gepatit.
3 Sust kechuvchi (yaxshi sifatli) gepatit.
4 Xolestatik gepatit.
Jigarning funksional xolatiga ko’ra:
1 Kompensatsiyalashgan.
2 Kompensatsiyasi buzilgan.
KLINIK SHAKLLARI:
SURUNKALI GEPATIT MINIMAL FAOLLIGI BILAN
AKTIV GEPATIT
AUTOIMMUN (LYUPOID) GEPATIT
XOLESTATIK GEPATIT
DAVRIGA QARAB
QO’ZISH
TINCHLANISH
Surunkali gepatit – ko’pincha o’rta yashar, yoshi ulug’ erkaklarda ko’p uchraydi. Xastalik,
aksariyat virus xamda virusning alkogol bilan birgalikdagi ta'sirida vujudga keladi. Klinik
belgilari kam
1. O’ng kobirg’a ostida simillovchi og’riq va og’irlik qissi.
2. Asteno-vegetativ belgilar - sababsiz behollik, tez charchashlik, ish qobiliyatining
pasayishi, oriqlash, uyquvning buzilishi
3. Dispepsiya belgilari-anoreksiya (ishtaxasizlik), kekirish, ko’ngil aynishi, og’iz bemaza
bo’lishi, najasning beqarorlashishi - qabziyat, goxida ich ketishi.
4. Jigar yetishmovchiligi belgilari-qon ketish, sariqlik, astsit, ensefalopatiya.
Surunkali gepatitning «reaktiv turida» oqsil, vitamin yetishmovchiligi va disproteinemiya
natijasida jigarda oraliq modda almashinuvi buziladi.Xolestatik gepatit patogenezi asosida
birlamchi o’t ajralishining tutilishi, o’t dimlanishi yotadi
DAVOLASH
Qo’zg’alish davrida gospitalizatsiya
5-dieta stoli – Qovurilgan, o’tkir oziqlarni kiritmaslik
Spazmolitiklar – Noshpa, platifilin
Gepatoprotektorlar – Essensiale, Karsil, Vitaminlar