Korxonalar faoliyatini boshqarishning nazariy asoslari



Download 191 Kb.
bet1/32
Sana31.12.2021
Hajmi191 Kb.
#242409
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   32
Bog'liq
Faxriddin



KORXONALAR FAOLIYATINI BOSHQARISHNING NAZARIY ASOSLARI


REJA:
  1. Korxonalar faoliyatini boshqarishning mohiyati va xususiyatlari


  2. Boshqaruv tamoyillari, maqsadi va vazifalari

  3. Boshqaruv usullarining mohiyati va xususiyatlari

  4. Boshqaruv qarorlarining mazmuni va turkumlari
    1. Korxonalar faoliyatini boshqarishning mohiyati va xususiyatlari


Har qanday korxonani, u yirik yoki kichik korxona bo`lsin, boshqarish zarur. Ishlab chiqarishni boshqarish mehnatning ijtimoiy xususiyatlaridan kelib chiqadi. Boshqarish alohida mehnat faoliyati sifatida mehnat taqsimoti, kooperatsiyasi va ishlab chiqarish ko`lamining kengayishi natijasida yuzaga kelgan. Bu jarayon boshqaruv subyektining muayyan bir natijaga erishish maqsadida boshqaruv obyektlariga maqsadli ta’sir o`tkazish bilan bog`liq faoliyatni aks ettiradi.

Boshqaruv subyekti sifatida hokimiyat vakolati va ta’siriga ega bo`lgan jismoniy va yuridik shaxslar tushuniladi. Subyektning hokimiyat vakolatlari, ta’sir o`tkazishning iqtisodiy va ma’naviy-axloqiy dastaklari boshqaruv faoliyatining asoslarini tashkil etadi.

Boshqaruv obyekti hokimiyat ta’siri yo`naltirilgan jismoniy va yuridik shaxslardan hamda ijtimoiy-iqtisodiy tizimlar va jarayonlardan tashkil topadi.

Boshqaruv faoliyati mehnat jarayonining xilma-xil jihatlaridan biri bo`lib, unga xos bo`lgan barcha elementlardan – mehnat predmeti, mehnat vositalari, mehnat va uning natijalaridan iborat bo`ladi.

Har qanday maqsadga yo`naltirilgan faoliyat, shu jumladan boshqaruv faoliyatining asosini ham tabiat, jamiyat va tafakkurning obyektiv qonuniyatlari tashkil etadi. Tafakkur qonuniyatlari – bu jamiyat qonuniyatlarining tarkibiy qismi sanaladi, o`z navbatida jamiyat tabiatning bir bo`lagi sifatida tabiat qonuniyatlariga bo`ysunadi. Boshqaruv faoliyatida tabiat qonuniyatlarini inkor etish mislsiz halokat va yo`qotishlarga olib kelishi mumkin. Jamiyat qonunlarini inkor etish esa, jamiyatda ijtimoiy qarama-qarshiliklar, qaltis vaziyatlar va kelishmovchiliklarni keltirib chiqarishi mumkin. Tafakkur qonunlarini inkor etilishi, o`z navbatida, jamiyat va shaxsning uyg`unlikda rivojlanishiga salbiy ta’sir ko`rsatadi.

Tabiat, jamiyat va tafakkur qonuniyatlaridan boshqaruv qonunlari, ulardan esa boshqaruv maqsadi, tamoyillari, vazifalari va usullari kelib chiqadi (2-chizma).

Har qanday ijtimoiy-iqtisodiy tizimlarni boshqarish, oxir-oqibatda, insonlar xulqini va xatti-harkatini boshqarishdan, ularning faoliyatini tartibga solish va rag`batlantirish jarayonidan iborat deb qarash mumkin.

Korxonani boshqarish keng qamrovli faoliyat bo`lib, uning tarkibiga quyidagi elementlarni kiritish mumkin:



  • boshqaruv mexanizmi (umumiy qonuniyatlar, tamoyillar, maqsad va vazifalar, usullar);

  • boshqaruv tarkibi (boshqaruv organlari, mutaxassis xodimlar, texnik vositalar va boshqa);

  • boshqaruv jarayoni (qarorlarni qabul qilish va amalga oshirish, boshqaruv texnologiyasi va tartibi, xodimlar faoliyatini tashkil etish).


Korxonadagi boshqaruv vazifalarini bajarishga tashqi va ichki omillar o`z ta’sirini ko`rsatadi.




Download 191 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish