Qisqa muddatli qarorlar kundalik operativ boshqaruv jarayonida vujudga keladi va ko`proq og`zaki farmoyishlar, ko`rsatmalar, naryadlar, yozma buyruqlar, qarorlar va boshqa hujjatlarda o`z ifodasini topadi. Ular odatda uzoq tayyorgarliksiz, operativ tarzda qabul qilinadi.
Bajarilish shartiga ko`ra direktiv, tavsiyaviy va yo`naltiruvchi qarorlar mavjud.
Direktiv qarorlar odatda boshqaruvning oliy organlari tomonidan korxona faoliyatining joriy va istiqboldagi eng muhim yo`nalishlari bo`yicha qabul qilinadi va quyi bo`g`indagi ijro etuvchilar uchun bajarilishi shart hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |