Muqobil variantlardan birini tanlash. Muammoning yechimiga oid bir nechta muqobil variantlar ishlab chiqilgandan so`ng ularni taqqoslash orqali afzallik va nuqsonlarini baholab, amalga oshirish oqibatida olinishi mumkin bo`lgan natijalarni solishtirib ko`rish lozim bo`ladi. Ishlab chiqilgan muqobil variantlar ichidan iqtisodiy samaradorlik nuqtai nazaridan eng samarali variant tanlab olinadi. Tanlash jarayonida har bir variantni amalga oshirish bilan bog`liq tavakkalchilik (risk) elementlarini e’tibordan qochirmaslik lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |